September 14, 2023

#yangilik #новости #news  


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-sentyabrdagi
3/15-115-150/7-sonli xati ijrosini ta‘minlash hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash va o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 14-sentabr kuni sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha birinchi va ikkinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Direktor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin “Davlat-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 24-22 guruh o‘quvchisi Turg‘uboyev Asadbek Xayotjon o‘g‘li;

2-o‘rin “ Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 23-22 guruh o‘quvchisi Raxmadjonov Rahmadjon Umidjonzoda

3-o‘rin “Davlat-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 24-22 guruh o‘quvchisi Yuldashev Samandar Nuraliyevichlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube