December 23, 2021
#yangilik #новости #news
“Yangi Oʻzbekistonga xush kel yangi yil” nomli maʼnaviy- maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 23-dekabr kuni “Texnikumning oʻquvchilar turar joyi” oʻquvchi- yoshlari tomonidan “Yangi Oʻzbekistonga xush kel yangi yil” nomli maʼnaviy- maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari- texnikum direktori M.Toshmatova ochib, kirib kelayotgan yangi 2022 yil bilan tabriklab, oʻzining samimiy dil izxorlarini bilan tadbir ishtirokchilarini tabrikladi.
Shundan soʻng "Texnikumning oʻquvchilar turar joyi” oʻquvchi- yoshlari tomonidan tayyorlangan badiiy- musiqiy chiqishlar davomida sherlar, kuy-qoʻshiqlar, saxna koʻrinishlari hamda qiziqarli shartlar tamoshabinlarga xavola etildi.
Yangi yil tadbirlari davom etadi.