May 2, 2023

#yangilik #новости #news   


♻️ Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich "Yuridik xizmat" yoʻnalishi, 22-22 guruh oʻquvchisi Azamova Sarvinoz Shuhtarjon qizi oʻzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda oʻtkazilgan konfirensiyalarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.

🔹 Jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Chelyabinsk “INNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2023” xalqaro elektron-onlayn konferensiyalar jurnalining 27-aprel 18-sonida “MAKTAB O`QUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYLASHDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR” mavzusidagi maqolasi chop etildi.


MAKTAB O`QUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYLASHDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR

Annotatsiya: Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo`yicha tayyorlash, ma„nan yetuk va jismonan sog`lom shaxsni kamol toptirish sohasida muayyan ishlar amalga oshirildi, sport, shu jumladan, uning texnik va amaliy turlari bilan shug`ullanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Maqolada yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiylashda sinfdan tashqari ishlar tadqiq etilgan.

Kalit so`zlar: vatanparvarlik, kitob va risolalar, armiya, harbiy, konstitutsiya, maqsad, vazifa.

KIRISH

Yosh avlodimizda qat’iy hayotiy pozitsiya va vatanimiz taqdiri uchun yuksak
mas’uliyat tuyg`usini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga
olib, mamlakatimizda o`rta maktabdan boshlab oliy o`quv yurtlarigacha qamrab
oladigan uzluksiz harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo`yicha o`ziga xos noyob
va yaxlit tizim yaratilmoqda‖ deb ta’kidlagan edi prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev.8
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning harbiy bilim salohiyatining
pastligi, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyaning yetarli darajada emasligi, mazkur
holatlarni oldini olish chora tadbirlarining talab darajasida olib borilmayotkanligi sir
emas. Bunday holatlarning yuzaga kelishiga sabab shuki, davlat va nodavlat
tashkilotlari, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilik ta’sirining kamligidir. Davlat
hokimiyati organlari va qurolli kuchlarining ta’lim muassasasi bilan hamkorlikni
yo`lga qo`yish bu muammolarni yechishimizga yordam beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA:

Mustaqillikga erishganimizdan keyin harbiy-vatanparvarlik ruhini tarbiyalash
borasida ko`pgina ishlar qilindi. Jumladan, ommabop kitob va risolalar, ilmiy va
o`quv uslubiy qo`llanmalar chop etildi. R.Y.Qurbonovning «Yoshlarni harbiy
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy g`oyaning o`rni», Kalkanov E.T.
―Vatanparvarlik shakllanishi va amal qilishining bo`g`liqlik qonuniyatlari (ijtimoiyfalsafiy tahlil) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyalari, S.Astanova, I.Y.Inoyatov,
M.X.Abilovning izlanishlari ham ilmiy e’tiborga molikdir. Bu kitob, risola va dissertatsiyalarda asosiy e’tibor vatanparvarlikning mazmun-mohiyatiga, hozirgi
kunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga qaratilgan. Ammo
sohaga oid metodologik masalalar, xususan, o`quvchi-yoshlarni harbiy
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shu vaqtga qadar alohida dolzarb mavzu sifatida
o`rganilmagan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining barcha shakllari bitta maqsadga
yo`naltirilgan bo`lib, yoshlarni vatanga muhabbat, armiyaga xizmat qilish burchi va
vatan himoyasiga doim tayyor turishdan iboratdir.
Vatanparvarlik ruhini tarbiyalashda badiiy kitob va adabiyotlar, kino, teatrlar
hamda tasviriy san’atning o`rni katta. Ushbu manbalarda keltirilgan qahramonlar
kim va ularni nima uchun buyuk deymiz. Vatanimiz uchun ular nimalar qilganlar,
bularni biz manbalar bilan tanishib olganimizdagina bilishimiz mumkin.
Adabiyotlar o`quvchilarni Vatanni himoya qilishning ming yillik an’analari
haqida o`ylashga majbur etadi, Vatanning mustaqilligi uchun tarixiy janglar
qahramonlari bilan faxrlanish hissini uyg`otadi. Xalqning buyukligini ko`rsatadi,
Vatanni himoya qilishga chorlaydi, dushmanga nafrat uyg`otadi. Adabiyot
o`quvchilarga Vatan uchun kurash ahamiyatini ochib beradi, yoshlarga butun yuragi
bilan bu kurash chiroyi va oliyjanobligini ochib beradi. Malika To`maris, cho`pon
Shiroq, Spitamen, Muqanna, A.Temur, Ulug`bek, Bobur, S.Raximov, L.Alieva,
K.Suyunova obrazlari o`quvchi yoshlar uchun ma’naviy namuna hisoblanadi.
Xalqning o`z mustaqilligi uchun kurashiga bag`ishlangan adabiy asarlar
o`quvchilarga urushlarning yuzaga kelishi sabablarini tushunish, O`zbekiston
xalqlarining o`z mustaqilligi uchun qahramonona jasoratlari ma’naviy sabablarining
chuqur asoslarini tushunishga yordam beradi. Urush haqidagi bizning asarlarimiz
qahramonlar ma’naviy dunyosini og`ir sinovlarda ochib beradi, o`quvchilar ongida
Vatan va butun dunyoda tinchlik himoyachilari namunasini yaratib va o`rgatib
qolishiga intiladi.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida yoshlarga tegishli bo`lgan
qonunlar ham mavjud bo`lib, bu qonunlar yoshlarning vatan oldida bo`lgan burchini
bajarishiga qaratilgan.Jumladan,
41-moddada: «har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish
davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir»;
45-moddada: «Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg`iz
keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir»;
64-moddada: «Ota-onalar o`z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish
va tarbiyalashga majburdirlar»;

66-modda: «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari
haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar»;
117-moddada: «O`zbekiston Respublikasining o`n sakkiz yoshga to`lgan
fuqarolari saylash huquqiga egadirlar» kabi me’yorlar belgilab qo`yilgan.10
Boshlang`ich ta’limda o`quvchilarda vatanparvarlikni shakllantirishda har bir
o`qituvchi quyidagi shartlarni e’tiborga olishi lozim:
• bilim egallashga ehtiyojni sezish va o`z bilimi va qobiliyatini namoѐn qila olish
ko`nikmasiga egalik bo`lishi;
• o`ziga nisbatan talabchan, xatti-harakatlaridagi kamchiliklarni bartaraf eta
olish;
• vatanparvarlik sifatlariga ega bo`lish; mehribonlik, g`ururli bo`lish;
Sanab o`tilgan sifatlarni o`quvchi ishlar ongiga singdirish uchun quyidagi
shartsharoitlarga amal qilish zarur:
• o`quvchilarda vatanparvarlikni shakllantiririshni ijtimoiy hayot
sharoitlari bilan bog`lab olib borish;
• o`quvchilarni ijtimoiy yo`naltirish, ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan amaliy
faoliyatni tashkil etish;
• ijtimoiy onglilik ijtimoiy hayot vaziyatlaridan to`g`ri yo`l topib chiqa olish
ma’naviyatlilik, komillik belgisi ekanligini tushuntirish.
Ushbu fikrlarning xulosasi o`rnida shuni ta’kidlash mumkinki, jahon
hamjamiyatida ijtimoiy siyosiy vaziyatlarning keskinlashaѐtgan bir sharoitida
o`quvchi yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.11
Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy
vazifalari hisoblanadi:
1. yoshlarni milliy g`oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi
va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch yekanini chuqur singdirish;
2. qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va
ravnaqi yo`lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga
munosib bo`lish tuyg`usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va
salohiyatiga bo`lgan ishonchni kuchaytirish;
3. milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi,
harbiy xizmat har bir O`zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch yekani haqidagi
tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko`nikmalarni mustahkamlash;
4. yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro`y berayotgan siyosiy-ijtimoiy
jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish
ko`nikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni

5. har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish,
zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga yega
yoshlarni tarbiyalash;
6. O`zbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha
jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo`lish — bu bugungi
kun talabi yekanini hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga
singdirib borish.12

XULOSA

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta’lim muassasalarining
o`rni nihoyatda katta bo`lib, ta’lim muassasasida ta’lim berish bilan birga tarbiyaviy
ishlar birgalikda amalga oshiriladi.Ta’lim muassasalari talabalarining harbiy
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta’lim muassasasida o`tkaziladigan ma’naviyma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlar, harbiy xizmatchilar bilan hamkorlikda tashkil
etiladigan tadbirlar orqali olib boriladi.
Auditoriyadan tashqari ishlarda o`quvchilarda vatanparvarlik tuyg`ularini
shakllantirishda ularning olgan bilimlarini amaliy hayotga tadbiq qilishlari uchun aniq
maqsad asosida munozaralar o`tkazish juda ahamiyatlidir. Darsmashg`ulotlari
vaqtida o`quvchi shu mavzu bo`yicha o`z ilganlarini erkin xolda gapirib berishi,
munozara o`quvchiga murakkab masalalarni tushunib olishga, o`z tushunchasini
o`rtoqlari oldida namoyish qilishga va bilim doirasining kengayishiga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xavfsizlik
kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqi, 11.01.2018-yil.
1. G Habibova, Educating Youth In The Spirit of Military Patriotism Activities
Outside The Classroom//Scientific Progress. 2021. 1871-b.
2. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 08.12,1992-yil.
3. Astanova S., GulDU o`qituvchisi, ―Vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirish
omillari, Referat. www.arxiv.uz
4. Sh Jo`rayev, Yoshlarni Harbiy Vatanparvarlik Ruhida Tarbiyalashning
Ustuvor Vazifalari. // Academic Research In Educational Sciences. 2020. 1083-b
5. Azimova N. E. et al. Youth Is Moving Force of Civil Society //Eastern
European Scientific Journal. – 2019. – №. 1
6. Mengliyev, B. (2022). PEDAGOGICAL COMPETENCE OF A MODERN
PHYSICAL EDUCATION TEACHER. Science and innovation, 1(B7), 554-556



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube