May 24, 2022
#yangilik #новости #news
⚖️ Farg'ona viloyati yuridik texnikumiga Quvasoy shahridagi 8-sonli, 14-sonli hamda 16-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablari bitiruvchilari tashrif buyurib, texnikumda yaratilgan shart-shaoritlar hamda texnikumga qabul qilish tartibi bilan atroflicha tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
O'quvchilar texnikumda yaratilgan moddiy texnik baza ya'ni innovattsion xona, sud amaliyot zali, axborot resurs markazi, anjumanlar zali, faollar zali, Book cafe, AKT xonasi hamda boshqa o'quv xonalar bilan tanishdilar.
🔹 2022-2023 oʻquv yili uchun qabul komissiyasi tomonidan bitiruvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
✅ “Ochiq eshiklar kuni” yakunida o'quvchilarga texnikum faoliyati bo'yicha bukletlar taqdim etildi.