#yangilik #новости #news
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazining 2024-yil 22-apreldagi 03/355-sonli topshiriq xati va O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiyasi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyasi qabul qilinganligining 45 yilligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi qabul qilinganligining 35 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi 1-ilovasi 20-bandi ijrosi yuzasidan Farg'ona viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida “Ayol huquqi - inson huquqi” mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.
🥇1-o‘rinni “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 43-24 guruhi o‘quvchisi Rashidova Barno;
🥈2- o‘rinni “Davlat-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 40-24 guruhi o‘quvchisi Mirzayeva Yasmina;
🥉3-o‘rinni “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 37-23 guruhi o‘quvchisi Xamidjonov Saidburxonlar egalladi.