November 22, 2021

#yangilik #новости #news


“Ijodkor yuristlar klubi” a'zolari bilan davra suhbati o’tkazildi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhum tashabbus ijrosini taʼminlash, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida texnikumda tashkil etilgan “Ijodkor yuristlar klubi” a'zolari bilan davlat tilida ish yuritish fani o’qituvchisi N.Qurbonova tomonidan davra suhbati o’tkazildi.
Davra suhbati davomida yosh qalamkashlar va kitobsevar o’quvchilarga badiiy ijodning o’ziga xos tomonlari, she’riyatning qonun- qoidalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, muammoli masalalar, kazuslar yechimini toppish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Suhbat davomida yosh ijodkorlar o’zlarining ijod namunalarini taqdim etdilar.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube