February 12, 2022
#yangilik #новости #news
“Idrok” intelektual o’yini tashkil etildi
Joriy yilning 11-fevral kuni “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi, maxsus fan o‘qituvchisi Jiyanova Shoxida Maxsumovna tomonidan texnikumining sirtqi bo‘lim o‘quvchilari o‘rtasida, O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 2022-yil 20-yanvarda qabul qilingan “Zakovat” intellektual o‘yinlarini aholi o‘rtasida ommaviy ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora - tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-96 son qarorining ijrosini ta’minlash hamda o‘quvchilarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, intellektual salohiyatlarini, mantiqiy fikirlashlarini yanada oshirish maqsadida “Kuch- bilim va tafakkurda” shiori ostida “Idrok” intelektual o’yini tashkil etildi.
19-21 guruhining "Эверест", 20-21 guruhining "Absolut", 21-21 guruhining “Apocalypse” jamoalarini bilimdonlari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu intelektual o‘yin ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
O'yin yakunida 21-21 guruhining "Apocalypse" jamoasi g'oliblikni qo‘lga kiritdi.