November 3, 2023
#yangilik #новости #news
Fargʻona viloyati yuridik texnikumining 2023/2024 oʻquv yiliga rejalashtirilgan uslubiy seminarlar jadvaliga asosan joriy yilning 31-oktabr kunida texnikumda seminar–trening o'tkazildi.
🔹 Mazkur seminar “Fargʻona viloyati yuridik texnikum o‘quvchilarini oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirish jarayonlari” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, seminar mashgʻulotni texnikum o‘quv metodik bo‘limi boshlig‘i G‘.O‘rmonov tomonidan oʻtkazildi.
🔹 Seminar-trening davomida ishtirokchilarga G‘.O‘rmonov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom bilan takroran tanishtirib chiqdi.