April 8, 2020
Python muharririni(editor) o'rnatish
Oldingi darsda qanday qilib Python dasturini o'rnatish haqida bilib olgan edik, endi siz bilan Python dasturlash tili uchun muharrir (editor) o'rnatishni o'rganib olamiz. Muharrir kod yozish jarayonini ancha qulay va sifatli bo'lishini ta'minlab beradi. Buning uchun avval Python dasturi to'g'ri o'rnatilganligini tekshirib olaylik.
Windows tizimida:
Buyruqlar satrini ( ya'ni konsol, [ Win + R ]) oching. Unda python3
buyrug'ini kiritib 'Enter' tugmachasini bosing va print("Hello World")
kodini kiritib yana bir bor 'Enter' tugmachasini bosing:
Agar sizda tepadagidek natija chiqqan bo'lsa, demak, sizning kompyuteringizda Python ishlab turibdi. Bunday natija chiqmagan bo'lsa birinchi darsni yana birbor ko'rib chiqing.
Atom muharririni o'rnatish
- atom.io veb sahifasiga o'ting
- "Download Windows Installer" tugmachasini bosing
- Yuklab olingan
AtomSetup.exe
faylini ishga tushiring - O'rnatish tugashi bilan Atom ishga tushadi
- Atom yangi versiyasi mavjud bo'lganda avtomatik ravishda yangilanadi