April 10, 2020
Sharhlar/Izohlar (Comments)
O'tgan darsimizda qisqacha sharhlarning ishlatilishi haqida tanishib olgan edik. Endi sharhlar va izohlar to'g'risida yanada to'liq ma'lumotlarni ko'rib chiqamiz.
Sharhlarning nima keragi bor?
- Sharhlardan Python kodini tushuntirish uchun foydalanish mumkin.
- Kodni tez va oson o'qilishi uchun sharhlardan foydalanish mumkin.
- Sharhlar keraksiz kodlarni ajratib turish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Sharh yaratish
- Sharhlar
#
bilan boshlanadi va Python ularga e'tibor bermaydi:
# This is a comment (Bu sharh) print("Assalomu alaykum Python dasturchilar!")
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
- Sharhlar satrning istalgan joyida ishlatilishi mumkin va Python sharh belgisidan (
#
) boshlab satrning qolgan qismiga e'tibor bermaydi:
print("Assalomu alaykum Python dasturchilar!") #This is comment
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
- Sharhlar faqat matn shaklida bo'lishi shart emas, undan keraksiz kodni bajarishini oldini olish uchun foydalanish mumkin, masalan:
# print("Assalom, O'zbekiston!") print("Uyda qoling!")
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
Ko'p qatorli sharhlar
- Python aslida ko'p qatorli sharhlar uchun sintaksisga ega emas.
Ko'p qatorli sharh qo'shish uchun har bir qator uchun#
belgisini ishlatishimiz mumkin:
# Bu sharh # birdan ortiq # satrli izohlar uchun print("Uyda qoling va biz bilan Python o'rganing!")
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
- Yoki, ko'p qatorli matn qo'shtirnoqlaridan (uchta qo'shtirnoq) foydalanishingiz mumkin. Agar matn qo'shtirnoqlar orasidagi qiymatni biror o'zgaruvchiga tayinlanmasangiz, Python buni ko'p qatorli sharh sifatida qabul qiladi, masalan:
""" Bu sharh birdan ortiq satrli izohlar uchun """ print("Uyda qoling va biz bilan Python o'rganing!")
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
Agar sizda savollar paydo bo'lgan bo'lsa, bemalol bizning telegram guruhimizda(@online_web_dasturlash) muhokama qilishingiz mumkin.