Python sintaksi bilan tanishish
Sintaks - bu yozish qoidalari hisoblanadi. Har bir dasturlash tilining o'ziga xos kod yozish qoidalari bo'lganidek, Python-da ham bir nechta muhim qoidalar mavjud.
Oldingi darsda siz bilan Atom dasturlash muharririni o'rnatib olgan edik. Endi Python sintaksi bilan tanishib chiqamiz. Masalan, bo'sh joy (probel) Python dasturlash tilida muhim sintaks qoidalaridan biri hisoblanadi. Keling, buni misollarda ko'rib chiqamiz:
if 5 > 2: print("Besh ikkidan katta!")
Python identatsiya
Identatsiya - bu kod qatorining boshidagi bo'shliqlarni anglatadi.
Boshqa dasturlash tillarida kodni ajratish faqat o'qish uchun mo'ljallangan bo'lsa, Python-dagi bo'sh joylar juda muhimdir.
Python kod blokini ko'rsatish uchun indentatsiyadan foydalanadi. Tepadagi misolda print()
funksiyasi if
bilan bir qatorda boshlanmaganini ko'rishingiz mumkin. Bunday holatda print()
funksiya if
shartiga tegishli hisoblanadi, agar if
sharti to'g'ri bo'lmasa, funksiya bajarilmaydi. Tepadagi kodni o'zingiz tekshirib ko'rishingiz mumkin.
- Agar bo'sh joy qoldirmay ketsangiz, kodda xatolik chiqadi:
----> Ishonmasangiz, o'zingiz sinab ko'ring! <----
- Bo'sh joylar soni dasturchi sifatida o'zingizning ixtiyoringizda, ammo kamida bitta bo'lishi kerak (tabribali dasturchilar 2 yoki 4 ta bo'sh joy qoldirishadi).
if 5 > 2: print("Besh ikkidan katta") #yoki if 5 > 2: print("Besh ikkidan katta")
Turli xil bo'sh joylar qoldirilganiga qaramay, yuqoridagi kod parchalarining ikkalasiyam bir xil natijani beradi. ----> Sinab ko'ring <----
- Bitta kod blokida bir xil bo'sh joylardan foydalanish kerak, aks holda Python sizga xato beradi:
Python o'zgaruvchilar (variables)
- Python-da o'zgaruvchilar qiymatlarni saqlash uchun yaratiladi, masalan:
x = 5 y = "Assalomu alaykum!"
Python-da o'zgaruvchilarni e'lon qilish uchun ortiqcha buyruq ishlatilmaydi. Batafsil, keyingi darslarda ko'rib chiqamiz.
Sharhlar/Izohlar (comments)
Python kodlarni hujjatlashtirish uchun izohlash imkoniyatiga ega. Izohlar kodga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi.
Sharhlar ' # ' bilan boshlanadi, va Python satrning oxirigacha sharh sifatida qabul qiladi:
# Bu sharhli satr va kodga hech qanday ta'siri yo'q print("Hello, World!")
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
Keyingi darslarimizda bizni kuzatib boring!