September 19, 2025

"UBMK‑2025 " anjumanida òzbek olimlari hamkorligi davom etmoqda

2025-yil 18-sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bòlib òtayotgan "UBMK‑2025 (International Conference on Computer Science and Engineering)" xalqaro konferensiyasida òzbekistonlik bir guruh olimlar ishtirok etdilar. Tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan “The Uzbek Coreference Corpus: Description” nomli ilmiy tadqiqot hamjamiyat e'tiboriga havola qilindi. Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot universiteti professori B.Elov hamkorligidagi ushbu ĝoya òzbek tilidagi koreferensiya korpusi va uning lingvistik tadqiqotlarda qòllanishi masalalariga baĝishlanadi. Tadqiqot ishining asosiy yónalishi - matn ichidagi bir xil shaxs, narsa yoki tushunchaga turli sòzlar orqali ishora qilish (coreference) hodisasi va uning òrganish metodologiyasidir. F.f.d., prof. Toirova Guli Ibragimovna òz chiqishida maqolaning ilmiy ahamiyati va òzbek tilida korpusni yaratishning muhimligi haqida sòzlab, ushbu loyiha orqali talabalar va olimlar uchun yangi tadqiqot imkoniyatllari yaratilishini ta'kidladi. Shu bilan birga, Shahlo Abdisalomova Abdumurod qizi ingliz tilida ma'ruza qilib, hamkorlikdagi tadqiqot natijalarini xalqaro auditoriyaga taqdim etdi. Ushbu ishtirok Òzbekiston ilmiy hamjamiyatining xalqaro konferensiyalarda faol qatnashishini yana bir bor namoyish etdi va kelgusida yangi qòshma loyihalar hamda ilmiy hamkorliklarga zamin yaratdi.