G
@gulasalxayrulloyeva
67 posts

Sofiyada o‘zbek tili va madaniyati uyg‘unligi

Ayni kunlarda Bolgariyaning poytaxti Sofiya shahrida o‘zbek ilm-fani va madaniyatining yorqin nafasi sezilmoqda. Buxoro davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan delegatsiya a'zolari Sofiya universiteti da bo‘lib, talabalarga mazmunli va dolzarb mavzularda darslar o‘tmoqdalar. Delegatsiyaga a'zosi Filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori (DSc), professor G.I. Toirova “Raqamli muhitda savodxonlikni ta’minlash vositalari: veb-platformalar va botlar tahlili” mavzusini yoritib, bugungi axborot asrida to‘g‘ri va samarali fikrlash ko‘nikmalarining ahamiyatini talabalarga yetkazdi. Tasviriy san’at va musiqa ijrochiligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) T.I. Rajabov esa...

Xalqaro hamkorlik: Istanbul Texnika Universiteti professori magistrantlarga dars bermoqda

Oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi xalqaro hamkorlik nafaqat tajriba almashish, balki talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochish demakdir. Shu kunlarda kompyuter lingvistikasi yo‘nalishi magistrantlari uchun Turkiyaning eng nufuzli oliygohlaridan biri — Istanbul Texnika Universiteti (İTÜ) professori, texnika fanlari doktori Eshref Adali tomonidan tashkil etilgan dars jarayonlari ana shunday muhim voqealardan biriga aylandi. 🐍 Python: Nazariyadan amaliyotga Professor Eshref Adali magistrantlarga Python dasturlash tili fanidan saboq berar ekan, asosiy e’tiborni tilshunoslik va texnologiya tutashgan nuqtalarga qaratmoqda. Darslar davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar qamrab olindi: NLP (Tabiiy tilni qayta ishlash): Matnlarni...

Bilimli, kitobxon jamoa- muvaffaqiyat garovi

2026- yil, 29-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti ishchi- xodimlari bilan kitobxonlik doirasida “ Bilimli, kitobxon jamoa- muvaffaqiyat garovi“ loyihasi asosida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu loyiha fakultet dekani professor G. I. Toirova tashabbusi asosida, O’zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi dotsenti Nilufar Adizova boshchiligida fakultet ishchi-xodimlarining kitobxonlik madaniyati hamda ma’naviy- ma’rifiy bilimlarini shakllantirish maqsadida amalga oshirildi. Suhbat jarayonida ishchi- xodimlar tanishib kelishlari topshirilgan Abdulla Qahhor qalamiga mansub "Ming bir jon" hikoyasidan olgan taassurotlari, fikr- mulohazalarini bildirdilar va suhbat davomida faol ishtirok etgan, asar yuzasidan...

Germaniya va Turkiya olimlari Nishon Otamurodov uy muzeyida

Yaqinda Germaniya va Turkiyadan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar delegatsiyasi taniqli ijodkor va jamoat arbobi Nishon Otamurodovning uy muzeyiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif ilmiy-madaniy hamkorlikni mustahkamlash, o‘zbek adabiy merosi bilan yaqindan tanishish hamda xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim voqea bo‘ldi.

Turkologiya sohasida ilmiy izlanishlar va innovatsion yondashuvlar: Hacettepe universiteti tajribasi

Bugun Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida Turkiyaning Hacettepe universiteti dotsenti, f.f.f.d. (PhD) Melike Uzum ishtirokida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

Qardosh Ozarbayjon talabalariga òzbek tilidan saboq berildi

Ozarbayjon Slavyan Universitetida Birinchi Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Xalqaro Turkologik Tadqiqotlar” konferensiyasi yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Mazkur nufuzli anjuman turkiy xalqlar o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Konferensiya doirasida f.fd., professor Guli Toirova hamda f.f.d., professor Bashorat Jamilova tomonidan qardosh Ozarbayjon talabalari uchun o‘zbek tili bo‘yicha maxsus darslar tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar davomida talabalarga o‘zbek tilining grammatik xususiyatlari, boy leksikasi hamda nutq madaniyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Darslar interaktiv tarzda olib borilib, talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Mazkur tashabbus...

Yangi istiqbolli loyihalar muhokamasi

Ozarbayjon Slavyan Universitetida Birinchi Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Xalqaro Turkologik Tadqiqotlar” konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda. Mazkur nufuzli anjuman Turkologiya sohasida ilmiy muloqotni yanada rivojlantirish, turkiy xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda til, tarix va madaniyatga oid dolzarb masalalarni keng muhokama qilishga xizmat qilmoqda.

Ozarbayjonda Turkologiya Qurultoyining 100 yilligi nishonlandi

Ozarbayjonning Slavyan Universitetida Birinchi Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan "Xalqaro Turkologik Tadqiqotlar" konferensiyasi yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli anjuman turkologiya sohasida ilmiy muloqotni yanada rivojlantirish, turkiy xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda til, tarix va madaniyatga oid dolzarb masalalarni keng muhokama qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ushbu muhim anjumanda Buxoro davlat universitetidan vakil sifatida Filologiya fakulteti dekani f.f.d., professor Guli Toirova va Òzbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori f.f.d. Bashorat Jamilovalar munosib ishtirok etishmoqda. Konferensiya doirasida professor Toirova Guli Ibragimovna òzining...

Ozarbayjonda Turkologiya Qurultoyining 100 yilligi nishonlandi

Ozarbayjonning Slavyan Universitetida Birinchi Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan "Xalqaro Turkologik Tadqiqotlar" konferensiyasi yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli anjuman turkologiya sohasida ilmiy muloqotni yanada rivojlantirish, turkiy xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda til, tarix va madaniyatga oid dolzarb masalalarni keng muhokama qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ushbu muhim anjumanda Buxoro davlat universitetidan vakil sifatida Filologiya fakulteti dekani f.f.d., professor Guli Toirova va Òzbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori f.f.d. Bashorat Jamilovalar munosib ishtirok etishmoqda. Konferensiya doirasida professor Toirova Guli Ibragimovna òzining...