April 9

Qardosh Ozarbayjon talabalariga òzbek tilidan saboq berildi

Ozarbayjon Slavyan Universitetida Birinchi Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Xalqaro Turkologik Tadqiqotlar” konferensiyasi yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Mazkur nufuzli anjuman turkiy xalqlar o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Konferensiya doirasida f.fd., professor Guli Toirova hamda f.f.d., professor Bashorat Jamilova tomonidan qardosh Ozarbayjon talabalari uchun o‘zbek tili bo‘yicha maxsus darslar tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar davomida talabalarga o‘zbek tilining grammatik xususiyatlari, boy leksikasi hamda nutq madaniyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Darslar interaktiv tarzda olib borilib, talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Mazkur tashabbus ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, til va madaniyatga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.