September 24, 2025

"Yosh tilshunoslar" tògaragida navbatdagi uchrashuv

2025-yil 24-sentabr kuni "Yosh tilshunoslar" tògaragida navbatdagi yiĝilish bòlib òtdi.

F.f.d(DSc), professor G.I.Toirova ma'ruzasida tògarak a'zolari uchun dolzarb bólgan mavzuda - "Tògarak a'zolarining ilmiy maqola va tezis tayyorlash va nashr etishga kónikma va malaka hosil qilishga yordamlashish" haqida tóxtalib, talabalarga ilmiy ijod jarayonida e'tibor qaratilishi zarur bólgan jihatlarni atroflicha yoritib berdi. Ushbu ma'ruza davomida talabalarga ilmiy uslubning qonuniyatlari, maqola tuzilishi, adabiy manbalardan foydalanish madaniyati va xalqaro jurnallarda maqola chop etishning talablari bòyicha amaliy maslahatlar berildi.

Shuningdek, f.f.d (DSc), professor M.Q.Abuzalova ham óz fikr va mulohazalarini bildirib,tilshunoslikka qiziqqan yoshlar uchun ilmiy izlanishlarni erta boshlash, turli konferensiyalar va seminarlarda faol ishtirok etish muhimligini alohida ta'kidladilar.

Tògarak davomida talabalar òzlarini qiziqtirgan savollar bilan chiqish qildilar va ularga ilmiy rahbarlar tomonidan asosli javoblar berildi. Uchrashuv samimiy muloqot, bahs va munozaralarga boy ruhda òtdi.