April 8

Ozarbayjonda Turkologiya Qurultoyining 100 yilligi nishonlandi

Ozarbayjonning Slavyan Universitetida Birinchi Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan "Xalqaro Turkologik Tadqiqotlar" konferensiyasi yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli anjuman turkologiya sohasida ilmiy muloqotni yanada rivojlantirish, turkiy xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda til, tarix va madaniyatga oid dolzarb masalalarni keng muhokama qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ushbu muhim anjumanda Buxoro davlat universitetidan vakil sifatida Filologiya fakulteti dekani f.f.d., professor Guli Toirova va Òzbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori f.f.d. Bashorat Jamilovalar munosib ishtirok etishmoqda. Konferensiya doirasida professor Toirova Guli Ibragimovna òzining "Raqamli muhitda savodxonlikni ta'minlash vositalari: veb-patformalar va botlar tahlili" mavzusidagi ma'ruzasi va professor Bashorat Jamilova "Turkiy xalqlar folklori va bolalar she'riyatida allaning uyĝun ohanglari" mavzularida o‘z ilmiy qarashlari bilan o‘rtoqlashib, turkiy dunyoning boy merosi va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar. Bu kabi ilmiy anjumanlar xalqlar o‘rtasidagi madaniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.