June 7, 2025

Berlinda Òzbekiston kunlari: til, hunarmandchilik va milliy osh tarĝiboti

Joriy yilning iyun oyida Berlindagi nufuzli Gumbolt universitetida "Òzbekiston kunlari" deb nomlangan madaniy-ta'limiy tadbir bólib ótdi. Mazkur tadbir Òzbekistonning boy madaniyati, an'anaviy hunarmandchiligi va òzbek tilini xalqaro maydonda tarĝib etishga qaratilgan bòlib, unda Germaniya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan, talabalar, olimlar va madaniyat ixlosmandlari faol ishtirok etdi. Tadbir doirasida òzbek hunarmandchiliga baĝishlangan kòrgazma tashkil etildi. Mehmonlar òz kòzlari bilan gilam va kashtachilik, misgarlik, kulolchilik va zardòzlik kabi an'anaviy hunarlar bilan tanishish imkoniga ega bòlishdi. Har bir hunar nafaqat milliy estetikani, balki yurtimizdagi nozik tafakkur va sabr-toqatni ham namoyon etdi. Tadbirda òzbek tilini òrganish bóyicha ma'lumot va resurslar ham taqdim etildi. Universitet talabalari va mehmonlar uchun tilni òrganishning afzalliklari, òquv qóllanmalar, onlayn kurslar haqida ma'lumot berildi. Òzbekistonning til va madaniyat markazlari, ayniqsa, Germaniyadagi òzbek diasporasi faoliyati ham muhokama qilindi. Tadbirning eng mazali va samimiy qismi shubhasiz - an'anaviy "osh marosimi" bòldi. Òzbekistonning madaniy elchisi sifatida G.Toirova tomonidan tayyorlangan palov mehmonlar qalbini zabt etdi. Oshning xushbòy gòshti, ziravorlarga boy mazasi va yurakdan qilingan mehmonnavozlik Germaniyalik ishtirokchilar uchun yangi bir taom emas, balki madaniy tajribaga aylandi. Osh atrofida gap-sòz, kulgu va samimiy muloqot ushbu tadbirning haqiqiy ma'naviy kòprigiga aylanganini kòrsatdi. "Òzbekiston kunlari" Berlinning madaniy hayotida òzgacha rang va ruh baĝishladi. U nafaqat Òzbekistonning an'anaviy qadriyatlarini tanitdi, balki milliy til va madaniyatini xalqaro auditoriyaga yaqinlashtirdi. Bunday tadbirlar ikki xalq òrtasidagi dòstlikni mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega