April 9

Yangi istiqbolli loyihalar muhokamasi

Ozarbayjon Slavyan Universitetida Birinchi Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Xalqaro Turkologik Tadqiqotlar” konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda. Mazkur nufuzli anjuman Turkologiya sohasida ilmiy muloqotni yanada rivojlantirish, turkiy xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda til, tarix va madaniyatga oid dolzarb masalalarni keng muhokama qilishga xizmat qilmoqda.

Konferensiya doirasida professor Toirova Guli Ibragimovna Ozarbayjon Slavyan Universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, yangi ilmiy hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi hamda istiqbolli qo‘shma loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishdi va tegishli hujjatlar imzolandi. Mazkur hamkorlik kelgusida ilmiy almashinuvni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish va turkologiya sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etishga xizmat qilishi kutilmoqda.