April 22
Turkologiya sohasida ilmiy izlanishlar va innovatsion yondashuvlar: Hacettepe universiteti tajribasi
Bugun Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida Turkiyaning Hacettepe universiteti dotsenti, f.f.f.d. (PhD) Melike Uzum ishtirokida mahorat darsi bo'lib o'tdi.
Mashg'ulot doirasida o'zbek va Turkiya turkchasi qiyosiy grammatikasi mavzusida ma'ruza qilindi. Dars davomida ikki qardosh tilning strukturaviy xususiyatlari qiyosiy tahlil etilib, turkologiya sohasidagi zamonaviy innovatsion yondashuvlar va tadqiqot metodikasiga doir xalqaro tajribalar o'rtoqlashildi
Ushbu amaliy hamkorlik talabalarning qiyosiy tilshunoslik borasidagi bilimlarini boyitishga va oliygohlararo ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.