September 21, 2025

"UBMK-2025" anjumani òz nihoyasiga yetdi

Bugun anjuman o‘z nihoyasiga yetdi. Tadbir davomida Oʻzbekiston delegatsiyasining chiqishi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan BuxDU rektori O. X. Xamidovning tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi hamda Oʻzbekiston delegatsiyasi nomidan professor Eşref Adalıga qutlov va esdalik sovg‘asi topshirildi.
Shuningdek, "UBMK-2025" tashkilotchilari ishtirokchilar uchun unutilmas kecha uyushtirishdi. Kechki ovqat va musiqiy dastur “Voliadai Sulaymoniya” nomli ulkan kemada tashkil etilib, bu esa mehmonlarga esda qolarli tuhfa bo‘ldi.