Germaniya - O'zbekiston bilan hamkorlik bo'yicha koordinator tayinlandi
Xorijiy OTMlar va O'zbekiston bilan hamkorlik bo'yicha koordinator lavozimiga tayinlash sohasida yangilik!
Buxoro davlat universiteti O'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Guli Ibragimovna Toirova Germaninyaning Maynts shahrida joylashgan Iogann Guttenberg nomidagi Maynts universiteti Turkologiya bo'limi tomonidan Turkologiya va o'zbek tilshunosligi sohasida O'zbekiston Respublikasi bilan akademik hamkorlik bo'yicha koordinator etib saylandi. Ushbu vazifa doirasida professor G.I.Toirova Maynts universiteti Turkologiya bo'limi hamda O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'zbek tili bo'yicha ta'lim, akademik almashinuv va qo'shma loyihalar bo'yicha hamkorlikni muvofiqlashtiradi.
Ushbu faxriy lavozimga tayinlash uch yillik muddatga amal qiladi (01.01.2026 - 31.12.2028). Tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra ushbu muddat uzaytirilishi mumkin.
Ushbu tayinlov Buxoro davlat universiteti, ayniqsa, O'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasining xalqaro munosabatlar borasidagi katta yutug'idir.
Ushbu jarayon bilan filologiya fanlari doktori, professor Guli Ibragimovna Toirovani va ilmiy jamoani Buxoro davlat universiteti rahbariyati nomidan tabriklaymiz! Keyingi ilmiy, ijodiy va xalqaro faoliyatlarida omad tilab qolamiz!