April 30

Bilimli, kitobxon jamoa- muvaffaqiyat garovi

2026- yil, 29-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti ishchi- xodimlari bilan kitobxonlik doirasida “ Bilimli, kitobxon jamoa- muvaffaqiyat garovi“ loyihasi asosida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu loyiha fakultet dekani professor G. I. Toirova tashabbusi asosida, O’zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi dotsenti Nilufar Adizova boshchiligida fakultet ishchi-xodimlarining kitobxonlik madaniyati hamda ma’naviy- ma’rifiy bilimlarini shakllantirish maqsadida amalga oshirildi. Suhbat jarayonida ishchi- xodimlar tanishib kelishlari topshirilgan Abdulla Qahhor qalamiga mansub "Ming bir jon" hikoyasidan olgan taassurotlari, fikr- mulohazalarini bildirdilar va suhbat davomida faol ishtirok etgan, asar yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon etgan ishchi-xodimlarga eng yaxshi sovgʻa sifatida kitob taqdim etildi. Suhbat xodimlarda iliq taassurotlar hamda o’zlariga ishonch kayfiyatini uyg’otdi.