December 30, 2024

Beshikdan qabrgacha ilm izla

Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatda qobiliyat, isteʼdod egalari shu millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyatli jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy-madaniy rivojlanishisiz maʼnaviyatni tasavvur qilish qiyin. „maʼnaviyat – insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxt-saodat boʻlmaydi.

Shunday ekan, biz uchun òrnak hisoblangan buyuk ustozlarimizni e'zozlash, ulardan hayotiy va ilmiy tajribalarni òrganish muhim sanaladi. Bugun filologiya fanlari doktori, professor E.Qilichevning xonadonlarida ana shu mavzularda suhbat bòlib òtdi. Ustozlarimiz f.f.d., professor G.Toirova, f.f.f.d (PhD) M.Hamroyeva, M.Sharipova, S.Mardonovalar òzlari uchun kerakli maslahatlarni olishdi, ustozni kelayotgan yangi yil bilan qutlashdi.