March 1, 2020

"Mungli ko‘zlar" asariga taqriz

Ramazonova Nilufardan

O'smir shaxsi ijtimoiy munosabatlar mahsulodir. Buning sababi, u doimo insonlar davrasida, ular bilan o'zaro ta'sir doirasida bo'ladi. Shunday ekan , uning hissiy va aqliy rivojlanishida ijtimoiy muhit katta o'rin tutadi. Buning isbotini quyida ko'rib chiqamiz.
Xudoyberdi To'xtaboyev o'zbek bolalar adabiyotni jahon miqiyosiga olib chiqqan sevimli bolalar ijodkoridir. Xudoyberdi To'xtaboyev aynan bolalarga bag'ishlangan asarlari orqali jahonga tanildi va ko'plab mashhur shaxslarning tahsiniga sazovor bo'ldi. Adibga eng ko'p darajada shuhrat keltirgan asar " Sariq devni minib" romani bo'lib hisoblanadi. Shundan keyin uning "Sariq devning o'limi", "Besh bolali yigitcha" , "Qasoskorning oltin boshi" , "Yillar va yo'llar", "Shirin qovunlar mamlakati","Mungli ko'zlar"," Jannati odamlar" kabi romanlari chop etildi.
Xudoyberdi To'xtaboyev bolalar olamini yaxshi ko'radi, ular bilan juda yaqin bo'lishga , o'zining e'tiroficha:" kichik og'aynilarmning tilidan so'z o'g'irlashga..." harakat qiladi. Bolaning kitobxon va ma'naviyatli bo'lishida uni yoshlik pallasidan boshlab tarbiyasiga alohida e'tibor berilishini juda ham istaydi. Shu vajdan va yana, bugungi kunda bolalar adabiyotiga kam e'tibor berilayotganligidan bo'lsa kerak bolalarga bag'ishlangan eng sara asarlarni yaratadi. Adibning barcha asarlari faqat bolalarda bo'ladigan o'zgacha samimiylik bilan sug'orilgan. Ba'zan quvlikni , ba'zan o'ta soddadillikni uning qabramonlarida kuzatamiz. Ijodkorning bolalarga bag'ishlangan asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning o'ziga xos tabiati, xususiyatlari,ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, bolalarbop yo'sinda mahorat bilan tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi.
Xudoyberdi To'xtaboyev qalamiga mansub "Mungli ko'zlar" asari roman janrida yaratilgan. Asar ilk bora 1988- yilda e'lon qilindi hamda shu yilning o'zidayoq " Yosh gvardiya" nashriyotida chop etildi. Roman ikkinchi marotaba 1991- yilda "Kamalak" nashriyotida qayta chop etildi. Bu romanda mol-mulkka butunlay ixlosini qo'ygan ota-ona hamda ularning farzandlarining fojiali qismat egalariga aylanishi tasvirlangan.
"Mungli ko'zlar" romanining qahramonlari ijodkorning bundan avval yaratgan asar qahramonlariga sira o'xshamaydi. Sababi, bundan oldingi qahramonlar yumorga boy, maktabda, ko'cha-ko'yda ishkal chiqarib yuradigan, o'qituvchilaridan tez-tez dakki yeb yuradigan sodda bolalar edi. Ammo asardagi bolalar shaharda ulg'ayib, hech qanday muhtojlik ko'rmagan arzanda bolalardir. Ota-onalarining aytgan gapi barcha yerga o'tar, shu sababdan ham bolalar ruhiyatida kibr yaqqol namoyon bo'ladi. Buni Zafarning o'zidan yaxshi o'qiydigan sinfdoshlarini ko'rolmasligida sezish mumkin.
Bolalarning ongi dastlab oq qog'ozdek bo'ladi. Siz unda nimani chizsangiz bola ruhiyatida shu narsa bo'y ko'rsatadi. Bolalarning tarbiya ko'rishida ota-oalari Said va Yoqutxonning ta'siri katta. Bolalar o'zlariga ota-onalaridan ko'proq vaqt ajratishlarini xohlashardi, ulardan haqiqiy samimiylik kutishardi. Ammo ota-ona farzand oldidagi burchlarini faqat ularni yedirish va kiydirishda deb bilar edilar. Asarda Zafar ota-onasi bilan faxrlanib yurar, ularga o'xshashni juda istardi. Oilaning to'ng'ich farzandi Akbar esa nogiron bo'lsa-da, ularning bu ishlari uzoqqa bormadligini bilardi. Qaysarlik qilib ovqat yemas, oyisi olib bergan kiyimlarni ham kiymas edi. Akbar qalbi butun bola edi. Chunki u to'g'riso'zlikni,halollikni muallimi Atoullo Isayevichdan o'rgangan edi. Akbar oiladidagi muhitni umuman qabul qilolmasdi. Chunki ustozi Akbarga halol mehnat qilish gashtini ko'rsatib bergan edi. Qizig'i Akbar ham Zafar gam ota-onalarini birdek yaxshi ko'rishardi. Faqat Akbar otasining poraxo'r, onadining esa chayqovchi ekanligini sira ham hazm qilolmasdi. Akbar bir kun kelib bu ishlarning oqibati fojiali bo'lishidan qo'rqib yashaydi. Oqibatda,o'zi ham yaxshi anglamagan holda, ya'ni ularni xavfdan ogohlantirish maqsadida ularning ustidan yuqoriga yozib yuboradi. Akbar oilasiga yomonlikni zig'ircha bo'lsa ham ravo ko'rmasdi. U shunchaki o'z haqiqatini anglatmoqchi edi. Ammo fojia ustiga fojia yuz berdi. Onasi vafot etdi, otasi esa uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Keskin o'zgarishlar bolalar ruhiyatiga jiddiy zarba berdi. Ayniqsa Akbar ko'p qiynalardi, o'zini aybdor kabi his qilardi. Uning yagona istagi, muhitni o'zgartirmoqchi edi. Ammo hammadi boshqa o'zanga burilib ketdi. Bolalar ruhi cho'kdi. Nigora og'ir xastalikka yo'liqdi. Zufar esa kibrga berilib xatosi tufayli fojiali halok bo'ldi. To'g'ri, Zafarfa ham bu voqealar ta'sir qildi. Ammo u o'zgara boshladi. U garchand boy bo'lishmasa ham Atoullo muallim xonafonida xotirjamlikni , bir muddat ammasinikida tashaganida u yerda halol mehnat qilish gashtini ko'rdi. Uni nohaq bo'lsa-da bir muddat axloq tuzatish joyiga yuborishdi. U u yerda ko'pgina achchiq qismat egalarining taqdirini ko'rdi , yaxshigina xulosalar chiqardi, hunarli bo'ldi. Fikrlari butunlay o'zgarib endi u oldingi Zafardan farq qilishni boshladi. Shunday bo'lsa-da uni ota-onasining xotiralari uni tinch qo'ymasdi. Oilasining barbod bo'lishida , uning nazdida "hissa qo'shgan" ikki yirik boyning uyiga o't qo'ydi. Bu qilmishini tan olib o'z oyoqlari bilan mahkamaga bordi. Ammo uni ruhiyati zo'riqqanlikda,aniqrog'i, jinni bo'lganlikda aybladilar. Ehee, u ruhiy kasallar shifoxonasida nelarni boshidan kechirmadi. Bu voqealar atrofida akasi Akbar o'zini-o'zi yoqib yubordi. Zafar hamma narsani: dang'illama uyi, ota-onasi, o'smirlik davri, akasi Akbarni , ukasi Zufarni yo'qotdi. Ko'plab "do'stim" deganlarining xiyonatiga uchradi, aksincha, dushman deb yurgan Atoullo muallimdan ko'p marhamat ko'rdi, ammasining mehribonchiligini ko'rib yonida sutanadigan tog'i borligidan mamnun edi. Asar so'ngida shunday iqrorga keldi:" ... Bu yerdan eson-omon chiqsam , sen orzu qilgandek, halol yashayman, eshityapsanmi, akajon halol yashayman! Bu gapni men senga,mana, yig'lab aytyapman. Haromxo'rlikka qarshi kurashaman,ehtimol,orzum ushalib , prokuror bo'larman. Leki kurashaman , qattiq kurashaman..."
Xudoyberdi To'xtaboyev bu asari orqali bola ruhini parvarishlab, go'zal ishlov berish ham, uni tanazzulga olib borish ham ijtimoiy muhitdan ekanligiga ishora qiladi. Adib bola ma'naviyatini shakllantirishda adabiyotning qay darajada o'rni bor degan savolga shunday javob bergan edi:" Bolani nimaga o'rgatishimizdan qat'i nazar, xoh iqtisodda xoh kasb-hunarga bo'lsin, ma'naviyatni yoddan chiqarmasligimiz kerak. Eng avvalo, ma'naviyat masalasiga qayg'urish kerak. Ma'naviyatni shakllantirmay turib , iqtisodni shakllantirsangiz yo chayqovchi, yo olg'ir, yo birovning hisobiga boyuvchilar paydo bo'ladi".
Bu fikrlarda yetarlicha asos bor. Bu asar o'sib kelayotgan yosh avlodni mehnatsevarlikka chaqiradi, halol mehnati bilan rizq-nasibasini topib, boriga shukur qilishga undaydi.
Bu asarni mutolaa qilish, agar mutolaa qilgan bo'lsangiz chuqur mushohada qilish kerak deb o'ylayman.

http://t.me/hayotimiz_charogboni