March 3, 2020

"Ota" asariga taqriz

Parizoda Sobirjonovadan


Arzimas yolg'ondan qalbi tilingan, Charchogi bezabon ko'zidan bilingan. Og'zidagi oshni bizga ilingan, Otamga o'xshamas hech bitta inson!!!

Avvalambor bu asarni o'qib turib ko'zimga yosh keldi,Sababiki asarda otaning xaqiqiy o'zbek otalarining umumlashma obrazi tasvirlangan.Otadagi qiziga bo'lgan mehr shu bilan birga oniy bo'lsada nafrat aniq ochib berilgan.Ota o'zi 15yil orziqib kutgan qiziga bor budini beradi uni boshida ko'tarib yuradi.Men asarni o'qir ekanman Inson o'zi sevgan narsasini o'z qo'li bilan yo'q qiladi degan fikr naqadar to'gri ekaniga yana bir bor amin amin bo'ldim.Asardagi qahramonlar ismlarida ham ramziylik borligini ko'rishimiz mumkin Po'lat-sabr Yogdu-Nur Sevinch-mehr va muhabbat ramzi bolsa ajabmas.Asarda necha yil orziqib kutgan qizini o'z qo'llari bilan o'ldirib qo'ygan otani ba'zilar qoralashi mumkindir lekinlli qiz otaning ori nomusu ota butun umr shu orni o'z qo'llarida kotaradi yiglasa yiglaydi ,kulsa kuladi ,boshida ko'taradi ba'zi paytlarda.Po'lat otaning birgina aybi Yogdu uni tanlagani va do'stini xotini o'lgan kunda orziqib kutgan qizini uyga olib kelgani bo'ldi.Buni uchun u judayam katta o'lpon to'laydi uyi kultepaga aylanadi jondan aziz farzandini yuzi kuyadi shu sababli butun umr baxtsiz bo'ladi hatto o'limga ham shu voqea sabab bo'ladi deb o'ylayman.Asardan parcha: Ey yaratgan Egam!Menga bergan xayotning ham huddi qizim Sevinchnikiga o'xshab ikki yuzi bor ekan bittasi g'oyat go'zal sevimli bo'lsa ikkinchisi esa kuyub badbashara holga kelgan shu tufayli sevimsiz hatto qo'rqinchli bo'lib qolgan yuzday kishini o'zidan itarar uni dahshatga solar ekan.

Bilaman...... Tosh qadar toqatlaringiz , Bardoshingiz faqat sinmasin Ota! Metin irodaga suyaning faqat, Faqat yegilmang, yiqilmang Ota! Ota...qiz bola uchun dunyodagi eng qutlug‘, eng baland, eng aziz so'z bo‘lsa ajabmas !.. Ajoyib yozuvchimiz Said Ahmad O'tkir Hoshimovning Dunyoning ishlari asariga shunday ta'rif beradilar"Bu asarni o‘qigan har bir o'quvchi beixtiyor o'z onasi haqida o'ylab ketadi.Darvoqie men tugatgan "Ota " asari ham bundan mustasno emas "Ota" 15yil befarzandlikdan qiynaladi tunu -kun farzand tilab xudoga nola qiladi boshida urushga ketgani tufayli bu sezilmaydi lekin baribir vaqt o'z hukmini o'tkazadi. Nabira ko'rish ishtiyoqida Oychechak opaning bormagan domlasi- yu folbini qolmaydi.Chinakam sabr tufayligina xudo Po‘lat ota-yu Yogdu ayani jannatning gulu lolasi bo'lgan farzand bilan silaydi.Olloh kechiktirsa go'zallashtirar deganlariday judayam chiroyli bir qizchali bo‘lishadi.Dunyo azaldan bir kam dunyodir kunlardan bir kuni ularning uyiga o't tushadi bu qanday holat dersiz o't o'chiruvchining uyiga o't tushishini. Lekin bu o't yoshlikdan Erboyning qalbida yonayotgan cho'g edi ohiri alanga olib yondi, yonganda ham insonlarni butun umr baxtiga zomin bo'lib yondi.Asarni o'qir ekansiz o'ta kuchli bir konfliktga duch kelishingiz mumkin.Ayniqsa asar so‘ngida Ota tug‘ruqxonada o'z jonidan aziz qizini o'ldirilishini ko'rib "O'zbek otalarning bunchalikka bormaydi deb o‘ylashingiz turgan gap. Lekin o'sha payt va shunday vaziyat bo'lganda meni otam qanday yo'l tutardi deb o'ylaganmisiz hech. Po'lat ota o'z qiziga Sevinchiga qattiq ishonardi shuning uchun ham bu ishni qilgan. Agar haqiqatni bilganida aslo o'z qizining qotili bo'lmasdi. Asardan parcha: Meni sotdilaring ! Adoyi tamom qildilaring! Xammasi xammasi...butun umrim bekor ketdi bekor!!! -Nega bunday qilding, Sevinch nega? Senga shunday tarbiya bergan edimmi? Kim o'rgatdi senga shunday yo'l tutishni? Otani aldashni-chi Tortgan azoblarimiz sen tufayli suvlarga oqdi endi! Ha oqdi! Hech narsa qolmadi hech narsa! Hech bir otaning ishonch gullari suvda oqib bevaqt xazon bo'lmasin xurmat va ehtirom bilan Parizod Sobirjonova