"O‘nta negr bolasi"(taqriz) yo xud insoniyliksiz inson...
"Dunyoda yomon odamlar bor. Ammo bu - butun insoniyat yomon degan gap emas. Insoniyat orol emas, qit'a bo‘lib yashashi kerak. Agar dengiz qit'aning bir bo‘lagini o‘pirib olsa, narigi bo‘lagiyam zil ketadi. Negaki, bir bo‘lagidan judo bo‘lganini biladi. Birovning to‘yi - boshqa birovning to‘yi, birovning azasi - boshqa birovning ham azasi bo‘ladi."
O‘tkir Hoshimov
“Detektiv qirolichasi” bo’lmish, ingliz yozuvchisi Agata Kristining “O’nta negr bolasi” detektiv romani birinchi to’liq kitob tarzida 1939-yil 6-noyabr Londondagi “Colins Crime Club” nashriyotida avvaliga “O’n kichkina negrlar(Ten little niggers)”nomida nashr etildi.
Vaqt sayin ba’zi bir irqiy tanqidlar sabab kitobni nomi ham o’zgara boshladi. Avvaliga “O’nta kichkina hindular” keyinroq, “Va keyin u yerda hech kim yo’q edi” deb ham nomlandi.
Kitob dunyodagi eng ko'p sotilgan detektiv asar bo'lib, 100 milliondan ortiq nusxada sotilgani bu - davrdagi eng ko'p sotilgan kitoblardan biriligidan darak. “International Publications” xalqaro-norasmiy tashkiloti esa, uni tarixda eng ko’p sotilgan 21 ta kitoblar ro’yxatida 6-o’ringa munosib ko’rdi.
Agata Kristining bu asariga zamondoshlari “U yozgan kitoblarining eng sirlisi va eng dahshatlisi” deb ta’rif berishgan edi. 1943-yilda Agata Kristi London va Brodveyda muvaffaqiyatli davom etgan roman asnosida o’zgartirilgan tugatish bilan yozdi.
Roman bir necha martalab teatr va kinoteatrlar yuzini ko’rdi. Birinchi filmga 1945- yilda Rene Kler tomonidan suratga olingan "Va hech kim qolmagan" Amerika filmi edi.
Romandan asosiy farq shundaki, Agata Kristi pyesani yozgan asari asosida baxtli yakunga aylantirilgan. “O'n kichkina hindu" va "O'nta kichkina hindu" nomi bilan 1965, 1974 va 1989 yillarda filmlarining keyingi ko’rinishlari xuddi birinchisidek namoyon bo’lgan. Faqatgina Sovetning ikki qismli "O'n negrlar" filmi rejissyori Stanislav Govoruxin (1987) birinchi filmga o’xshamagan va romanning asl nomidan foydalangan.
2015-yil dekabr oyida “BBC One” telekanali romanning asl tugashidan foydalangan birinchi ingliz tilidagi moslashuv bo'lgan "Va hech kim yo'q edi" mini-seriyasini chiqardi.
Roman mashhurligidan hattoki, unga kompyuter o’yini ham ishlab chiqilgan. 2005-yil oktyabr oyida Rossiyada "Agata Kristi: Va Hech kim yo'q" hamda “Va u yerda hech kim yo’q edi” o’yini 2006-yil mart oyida “Akella”( kompyuter o’yin ishlab chiqarish) kompaniyasi tomonidan kompyuter o’yin chiqarildi.
Voqealar rivojini yozishdan oldin asarning “O’nta negr bolalari” bilan tanishtirib o’tsam :
“Birinchi negr bolasi” - Entoni Marston xushbichim, ammo, axloqsiz va mas'uliyatsiz yigit, u ikki yosh bolani (Jon va Lusi Kombs) ehtiyotsiz haydab ketayotganda o'ldirgan, buning uchun u hech qanday afsuslanmaydi va shaxsiy javobgarlikni olmaydi, faqat uning haydovchilik guvohnomasi to'xtatib qo'yilganligidan shikoyat qiladi. Uni “Zanjilar” oroliga do'sti taklif qilgandi.
“Ikkinchi negr bolasi” - Etxel Rojers - Tomas Rojersning rafiqasi, oshpaz, uy bekasi o'limdan qo'rqib yuradigan rangpar va arvohga o'xshash ayol sifatida tasvirlangan.
“Uchinchi negr bolasi” - Jon Makartur - sobiq general. Eski armiyadagi o'rtoqlari bilan uchrashish uchun Onim oroliga taklifnoma oldi. Urush paytida u yordamchisini xotini bilan xufiyona sevgilarini anglagandan so’ng, uni urushning “borsa kelmas” joyiga jo’natadi va yordamchisi shu bilan bedarak yo’qoladi.
“To’rtinchi negr bolasi” - Tomas Rojers - U rafiqasi bilan birga Tashkilot tomonidan janob Onimga yollangan. Miss Brediga - keksa va kasal ayolga xizmat qilib, u va uning xotini o'z vaqtida ayolga dori berishmagan. U Rojersga kichik bir meros qoldirib ketgandi va ular merosni faqat u o’lgandan so’ng olishlarini bilib, miss Brediga vaqtida dori berishmagandi.
“Beshinchi negr bolasi” - Emili Brent - keksa ayol va taqvodor edi. Miss Brent orolidagi ta'tilni asosan moliyaviy qiyinchiliklar tufayli qabul qiladi. Bir necha yil oldin u xizmatkori - Beatris Teylorni nikohsiz homilador bo'lganligi uchun ishdan bo'shatgan edi. Xuddi shu sababga ko'ra, ota-onasi tomonidan rad etilgan Beatris o'zini cho'ktirdi, bu esa Miss Brentni nazdida yanada og'ir gunoh edi.
“Oltinchi negr bolasi” - Lorens Jon Uorgreyv eski sudya, juda aqlli va dono odam. Unga eski do'stidan “Zanjilar” oroliga taklifnoma olgandi. Edvard Sitonning jinoyi ishida to’laqonli o’lim jazosi berishga asos bo’lmasa-da, Uorgreyv Sitonni o'limiga hukm qilgandi.
“Yettinchi negr bolasi” - Edvard Armstrong – Malakali shifokor. U katta pul evaziga shifokor sifatida orolga ishlashga taklif qilingandi. Keksa ayol - Meri Elizabet Klizni operatsiya qilish vaqtida mast edi, va Artmstrongning mastligi miss Elizabetning o'limiga sabab bo'ladi.
“Sakkizinchi negr bolasi” - Uilyam Genri Blor - nafaqadagi inspektor. U qallob edi va har doim o'ziga ishonardi. Onim uni xususiy detektiv sifatida yollaganini maktubida aytgandi. Blor "xavfsizlik ishi" uchun Janubiy Afrikadan kelgan "Devis" taxallusi ostida keladi. Uning haqiqiy ismi grammofon yozuvida oshkor bo'ladi. U grammofon yozuvida unga qo'yilgan ayblovlarni rad etadi. Pora olganligi uchun u sudda soxta guvohlik bergan, natijada aybsiz Landor surgun qilingan va bir yil o'tgach surgun paytida vafot etgan.
“To’qqizinchi negr bolasi” - Filipp Lombard – boy askar bo’lib, iflos buyruqlarni bajarish bilan o'z hayotini o’tkazgan. U murakkab topshiriqni bajarish uchun Isaak Morrisning taklifiga binoan orolga keldi. U Velda Sharqiy Afrika qabilasining tub aholisi bo'lgan 20 kishini otib tashlab, barcha mol-mulkni o'g'irlab, ularni o'limga mahkum qildi.
“O’ninchi negr bolasi” - Vera Kleytorn - yosh qiz, orolga miss Onimning taklifiga binoan uning kotibi bo'lish uchun kelgan. U Siril Xemiltonning enagasi bo'lib, Sirilning akasi Gyugoni yaxshi ko’rardi. Ular oila qurishlari uchun Siril o’lishi kerak edi, lek, buni Gyugo xayoliga ham keltirmasdi. Afsuski, Vera Sirilni o’ldirgandi, buni Gyugodan boshqa hech kim sezmagandi. Shu tariqa Vera va Gyugo ayrilishdi.
Mana biz “O’nta negr bolasi”ning “Zanjilar” oroliga kelishidan oldingi hayoti bilan tanishib chiqdik, endi esa ularning keying qismatlari haqida so’zlaymiz. Asar syujeti :
Ushbu voqea 1930-yillarning oxirlarida Devon sohillari yaqinidagi kichik “Zanjilar” orolida bo’lib o’tadi.
8-avgust kuni mise va miss A. N. Onim (Alrik Norman Onim va Anna Nensi Onim) – ning taklifiga binoan hayotning turli sohalaridan bo’lgan sakkizta notanish odamlar orolga kelishadi. Orolda ularni er-xotin xizmatkorlar kutib olishadi. Ular turishgan uyning mehmonxonasida laganda o’nta chinni negr haykalchalari
va har bir mehmonning xonasida shishaga bolalarning “O’nta negr bolasi” sanoq she’rini qog’ozga yozib qo’yilgandi :
“Oʻnta negr bolasi, bordi tushlik qilgani,
Biri tiqilib oʻldi, toʻqqiz qoldilar bari.
Toʻqqiz negr bolasi miriqib qildi tushlik,
Biri uygʻona olmay, sakkiz qoldilar shoʻrlik.
Sakkiz negr bolasi yurdilar Devon tomon,
Biri ortga qaytmadi, qoldilarku yettovlon.
Yetti negr bolasi oʻtin yordilar birga,
Biri oʻzini chopdi, olti qoldi nahorga.
Olti negr bolasi asalari boqishdi,
Beshta qolishdi soʻngra, birini ari chaqdi.
Beshta negr bolasi qozilikni boplashdi,
Birini sud qilishgach, nochor toʻrtta qolishdi.
Toʻrtta negr bolasi choʻmildilar dengizda,
Biri qarmoqqa tushdi, uchovlon qoldi birga.
Uchta negr bolasi bordi hayvonot bogʻi,
Birini ayiq tutdi, ikkisi ekan sogʻi.
Ikki negr bolasi yotdi jaziramada,
Biri kuyib boʻldi kul, qoldi biri aftoda.
Soʻnggi negr bolasi horgʻin atrof qaradi,
Soʻngra oʻzini osdi, keyin hech kim qolmadi.”
Mehmonlar mehmonxonaga yig'ilishganda, Onimning yozma buyrug'i bilan xizmatkor Rojers grammofonni yoqadi. Mehmonlar ularni qotillikda ayblayotgan ovozni eshitishadi. Mehmonlar yomon hazildan shubhalanishni boshlaydilar. Aniqlanishicha, hozir bo'lganlarning hech biri, shu jumladan xizmatkorlar, Onim bilan shaxsan uchrashmagan va mehmonlar soxta bahona bilan orolga taklif qilingan. Sudya Uorgreyvning ta'kidlashicha, A. N. Onim ismi ingliz tilidagi “Anonim”ga o'xshardi, ya'ni "noma'lum" Sudyaning fikricha, Onim ehtimol, xavfli manyak va qotildir. Barcha mehmonlar, Lombard bundan mustasno, ayblovlarda o'zlarining ayblarini rad etishadi. Mehmonlar ertalab orolni tark etishga qaror qilishdi. Shu zahotiyoq Marston vafot etadi - bir stakan viskida kaliy siyanid bor edi. Rojers chinni negrlardan biri yo'qolganini payqadi.
Ertasi kuni ertalab Rojers xotini o'lganini va o'limga qarshi uyqu tabletkalarini uning stakaniga aralashtirganini bilib qoldi. Ularni olib kelgan kema har safargidek suzib kelmadi, bundan tashqari bo'ron ko'tarilib, mehmonlar orolda qolishadigan bo’lishdi. Bolalarning sanoq she’riga ko'ra, ular ketma-ket o'lishni boshlaydilar.
Erkaklar orolni va uyni qidirishadi, lekin hech kimni topishmaydi. Makarturni dengiz sohilida o'lik holda topishgan - kimdir uni boshiga og'ir narsa bilan urgan. Uorgreyv qotilning mehmonlar orasida ekanligini da'vo qilmoqda, chunki orolda boshqa hech kim yo'q. Generalning vafotida hech kimdan gumon yo'q edi.
10-avgust kuni ertalab xizmatkor Rojersni o’tin yorayotgan vaqtda o’ldirilganligi aniqlandi. O'sha kuni ertalab Emili Brent kaliy siyanid in'ektsiyasidan vafot etdi - unga shprits bilan ukol qilingan edi. Omon qolganlar bir-birlarining narsalarini qidirishga qaror qilishdi, ammo Lombard o'zi bilan olib kelgan to’pponchasi g'oyib bo'lganligi ma'lum bo'ldi.
Kechqurun Vera xonasiga ko'tariladi, bir daqiqadan keyin boshqalar uning qichqiriqlarini eshitishadi. Erkaklar Vera xonasiga shoshilishadi va u hushidan ketganini payqashadi, chunki zulmatda u shiftdan osilgan dengiz suviga o’rmashib olgandi. Zalga qaytib, sudyani stulda, qizil xalat va parik kiygan holda ko'rishdi, peshonasida o'q teshigi ko'rindi. Armstrong sudyaning o'lganini ta’kidladi. Keyin hamma yana xonasiga uxlash uchun chiqdi. Lombard uxlayotgan paytida xonasidagi javonning tortmasida to’pponchasi yana o’z joyida ekanligini sezadi.
O'sha oqshom Blor o'ylashicha, Armstrong uydan ketayotganini eshitganini ta'kidlaydi. U va Lombard uning ortidan boradilar, ammo Armstrong topilmaydi. Endi qolganlar shifokor qotil ekanligiga amin bo'lishdi. 11-avgust kuni ertalab ular uydan chiqib, tosh ustida qolishadi. Blor ovqat uchun uyga qaytadi, Vera va Lombard g'alati ovozlarni eshitadilar. Ular Blorni o'lik holda ko'rishadi - uning boshiga ayiq shaklidagi marmar soati tashlangandi. Keyin ular Armstrongning jasadini suv toshqini ostida yuvib yuborganini topishdi.
Faqat Vera va Lombard qolgandi, Vera Lombardni qotil deb qaror qiladi va u Lombardga Armstrongning jasadini suvdan olishni taklif qiladi va bu onda Vera to’pponchani oladi va Filipni o'ldiradi. Vera o'zini xavfsizligiga ishonch hosil qilib, uyiga qaytib, xonasiga kiradi va arqon hamda stulni ko'radi. U ko'rgan va boshidan kechirgan dahshat yodida Sirilning o'ldirilganidan afsuslanib, stulga o'tirdi va o'zini osdi.
“Soʻnggi negr bolasi horgʻin atrof qaradi,
Soʻngra oʻzini osdi, keyin hech kim qolmadi.”
Orolga kelgan politsiyachilar 10 ta jasadni topishadi. Shotlandiya Yardidan inspektor Meyn va ser Tomas Lagg ba'zi qurbonlarni ushlab turadigan kundaliklar yordamida voqealar rivojini tiklashga va ”Zanjilar” oroli qotilliklari sirini ochishga harakat qilmoqda edilar. Meynning ta'kidlashicha, jazosiz qolgan jinoyatlarda aybdorlar 10 tasini to’plab, birma-bir o’ldirgan va qotil shu yo'l bilan adolatni tiklashga qaror qilgan. Ammo oxirida ular to'xtab qolishdi - politsiya kelguniga qadar hech kim orolni tark etmadi va voqeaning barcha mumkin bo'lgan taxminlari haqiqatga zid keladi:
Armstrong barchasini qirib tashladi, shundan so'ng u o'zini dengizga otdi, jasadi to'lqinlar bilan qirg'oqqa mixlandi. Biroq uning tanasi suv toshqini ostida yotgan, demak uni kimdir qirg'oqqa olib borgani aniq bo'ldi...
Filipp Lombard soatni Blorning boshiga tashladi va Verani o'zini osishga majbur qildi, keyin sohilga qaytib ketdi (uning jasadi o’sha yerda topilgandi) va o'zini otib tashladi. Lekin to’pponcha u yerda yo’q edi…
Uilyam Blor Lombardni otib tashlagan va Verani o'zini osib qo'yishga majbur qilgan, shundan so'ng soatni boshiga qo'ygan. Ammo o'z joniga qasd qilishning bu usuli juda g'alati ko'rinadi va politsiya Blorning yaramas ekanligini biladi, uning adolatga intilishi yo'q edi…
Vera Kleytorn Lombardni otib tashladi, Blorning boshiga marmar soatni tashladi va keyin o'zini osdi. Ammo kimdir u ag'darilgan stulni olib, devorga qo'ydi…
***
Baliqchilar xat bilan bir shishani topib, uni Skotland Yardga topshirishadi. Maktub muallifi sudya Uorgreyv edi. Maktubda ta’kidlashicha:
U hatto yoshligida qotilliklarni orzu qilar edi, ammo adolatni xohlashi unga to'sqinlik qildi, shuning uchun u advokat bo'ldi. U nihoyat kasal bo'lib, mukammal jinoyatni sodir etib, o'z ehtirosini qondirishga qaror qildi. Adolatli Uorgreyv butun hayoti davomida ikkita qarama-qarshilik uni qiynab kelgan : yovvoyi qon to'kish va kuchli adolat tuyg'usi. U umrining ko'p qismida sudya kasbiga ko'ra, ikkala istakni ham qondirgan. Biroq, o'z qo'li bilan qotillik qilish va uning kasalligi tashxisi uni o'z qotillari bo'lgan odamlarni ommaviy qotillikni uyushtirishga undadi, ammo qonun bo'yicha jinoyiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo’lmagan insonlarni qurbon sifatida tanlab olgan edi. Orolga jo'nashdan oldin, u Morrisga boshqa qaytmasligini aytib, kemada kelayotganlarida zaharni “uyqu dori kechroq iching” - deb o’ldirgandi. U Armstrongni “qotilni aniqlashga yordam berasiz” degan bahona bilan o'z o'limini soxtalashtirishda yordam berish bilan aldagan. U to'pponchasi va ozgina egiluvchanligi bilan uning haqiqiy o'limi mehmonlar kundaliklarida qayd etilgan. U ochib bo'lmaydigan sirni yaratmoqchi bo'lsa ham, u tan olish uchun "odamning ayanchli ehtirosi" sabab iqror bo'lishini tan oladi.
U dunyo o'zining hiyla-nayranglari haqida ma'lumotga muhtojligini his qilganini anglab yetgandi va shuning uchun o'z maktubini yozgandi.
Asardagi tugun hamisha parda ortida keldi, qotil kim ekanligi aniq bo’lmagan bo’lsa-da, lekin uning maqsadi qasddan qilingan qotilliklarning qotillariga qonun bo’yicha jazoga tortish mumkin emasligi va shuning uchun o’zi jazolamoqchi edi. Keyin asar xotimasida sudya Uorgreyvning maktubidan tugun parda ortidan chiqgandi. U sudya bo’lganidan keyin o’zi aytganidek : “Tomoshabop, ta’sirchan hamma narsa meni o’ziga rom etardi! Qotillik rom qilardi… Ha, ha, qotillik rom qilardi…”
Hammasi uning sudya bo’lib, ta’sirlanishidan boshlangandi.
Uorgreyvning ehtirosi va tug’ma adolatparvarlik hissi kurashayotgan kunlarning birida uni “tuzalib bo’lmas” kasallikka chalingani hamda yaqin kunlarda vafot etishini bilgandan keyin bu olamshumul jinoyatni amalga oshirishga kirishgandi.
Parcha :
“– Xoʻsh, nima boʻpti? – oʻjarlik qildi Vera. – Bari bir toʻgʻri aytyapman.
– Nega endi A.N. Onim qarmoq haqida sanoq sheʼr bilan oʻzini fosh qilishi kerak? Bemalol
boshqacha yoʻl tutishi mumkin-ku.
– Savdoyiga duch kelganimizni nahotki tushunmayotgan boʻlsangiz?! – dagʻdagʻa qildi Vera. – Axir faqat telba odamgina sanoq sheʼrga aynan mutanosiblikda jinoyat ketidan jinoyat qilishi mumkin! Sudyaga yasama soch kiydirish, Rojersni oʻtin yorayotganda oʻldirish, missis Rojersga qayta uygʻona olmaydigan darajada uyqu dori tiqishtirish, miss Brent halok boʻlgan xonaga ari qoʻyib yuborish – axir bularning hammasi goʻdaklarga xos oʻjarlik bilan qilingan! Hammasi, deyarli hammasi mos kelyapti!
– Toʻgʻri aytyapsiz, – maʼqulladi Blor. – Lekin bu yerda hayvonot bogʻi yoʻqligi aniq. Shunday ekan, sanoq sheʼrni buzmaslik uchun bu yogʻiga qanday yoʻl tutishini bilmayman.
– Haliyam tushunmadingizmi? – bidirladi Vera.
– Bizda insoniylikdan asar ham qolmadi. Hozirning oʻzida hayvonot bogʻiga joʻnatish mumkin. Shunday ekan, mana sizga hayvonot bogʻi.”
Agata Kristi insonning biror narsaga bo’lgan ishtiyoqi hayvonlarnikidan ham battarroq ekanligini ko’rsatib berdi. Bu g’oyani asarda qotilikka qilishga ishtiyoqi baland bo’lgan va erishgan – Uorgreyv hamda 3 kishi (Vera, Lombard va Blor) qolganlardagi hozirgi parchada namoyon bo’ldi."
Asarda yozuvchi bir narsani bot-bot parda ortida ta’kidlaydi :
“Qay ko’rinishda bo’lmasin, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrar. Intiho esa kutilmaganda keladi”
Agata Kristini bu asardan yozishdan maqsadi shuki, insonning o’zgacha xilqatini ochib berish edi. Ya’ni, insonning o’ldirish va yashash ishtiyoqlari ta’sirida insoniylik hissining ildizi tamomila qalbu shuurdan qurib qolishida sirli va nonamoyon xilqatni ko’rsatib bergandi.
Romanning bugungi kungi daxliga o’tsak, biz ta’kidlagan xilqatning ikki qismi ya’ni, o’ldirish va yashash ishtiyoqlarini oldigan boylik va hukmdorlik hirslari ham qo’shildi. To’g’ri, bu hirslar oldindan bo’lgan lek, bugungi kunda barcha muammolar shulardan kelib chiqmayaptimi?
Terrorizmchilarni maqsadi nima?
Hukmdorlik!
Odamlardan oqibat yo’qolishini sababi nimada? Boylik!
Ha, bunaqa misollar oz emas. Shu xilqatni yo’qotishga har birimiz harakat qilishimiz kerak, chunki insoniyliksiz inson insonmi?
Asar keng kitobxonlar davrasiga yoqib tushmasligi mumkin emas! “Detektiv qirolichasi”ning o’zi aytganidek, “Eng yaxshi asari” o’zining qo’rqinchliligi va sirliligi ila kitobxonni o’ziga rom etmasligi amrimaholdir.
Men bu asarni kimki kitob o’qishni yaxshi ko’rsa, o’sha insonga bajonidil tavsiya qilgan bo’lardim!
Manba : Fergana24.uz