April 6, 2020

#Taqriz tanlovi uchun Maftunaxon Ne‘matovadan "Bonu" asariga taqriz

Iqbol Mirzo Bonu |Tanasi boshqa dardingni bilmaydi!
... Shunday insonlar borki ularni inson deging kelmaydi hatto ular bilan bir havodan nafas olayotganing uchun nafratlanasan kishi. Nimayam qila olardik hayot ekanda...
Ehhh bechora Bonuginam ne musibatlar tushdi boshingga? Shuncha dardni qanday sig'dira olding yuragingga? Vijdonni, pokizalikni shuncha qiyinchilikda ham qanday saqlay olding a? Bonuginam shunchalar irodani o'zingda qanday mujassam qilganding a?

Bonu... Ushbu asarni 1kunda o'qigan bo'lishimga qaramay u bilan birga yashadim barcha qiyinchiliklarni va quvonchlarni u bilan birga boshimdan o'tkazdim. Ushbu asar nafaqat bir qizning hayotini yoritdi balki butun millatning ahvolini, mustaqillikka erishgandan keyingi hayotni o'zida aks ettirgan asardir. Iqbol Mirzoning ushbu asaridan har toifa o'ziga kerakli xulosani chiqara oladi, albatta, uni e'tibor va diqqat bilan o'qisa.
Olmos... Shaytonning yerdagi namunasi... Afsuslar bo'lsinki, jamiyatimizda shundaylar juda ko'p uchraydi va qoyil ularni ham yer ko'tarib turibdi. Hay yigit! Yigit! Ahvolingni ko'r! Pul nimalar qilmadiya! Bonuginam dardga chalinganingga shukurlar qilsang arziydi chayonning changalidan omon qolding! Senga berilgan eng katta in'omdir bu balki shuning uchun aytishadida har bir ishda bir hikmat bor deb. O'z ruhiy olamingni ham poklab olding, qanchalar irodali ekanligingni ko'rsatding!
Domla - shu obrazni qandaydir boshqacha yaxshi ko'rdim. Ishqni qadrlagani, diyonati, odamiyligi oldida qancha tasannolar aytsang oz!
•Ishq rohatmi, azobmi? Lazzatmi, iztirobmi?
Telbalikmi, xorlikmi? Jonga xaridorlikmi?
Dilbar - ehhh esiz ayollik iffati senga. Hatto yozishni ham ep ko'rmadim senga!
•Ha odam bolasi ko'zlari ilg'agan narsanigina mavjud deb o'ylaydi, qo'llari tutgan jismnigina borligiga ishonadi.
"Xuvaydo" bobo xuddi "Xizr"dek.
Alisher - ushbu ism haqida ilk ijobiy tasavvur qoyilmaqom! Ushbu ismga loyiqlar ham bor ekan. Uni hozirgi kundagi vijdonga tashbih qilsa ham bo'ladi.
•Bu metin ko'ngilni nechuk taft, harorat eritadi? Qanday kuch unga qayta jon bag'ishlaydi? Qaysi qudrat bu toshlarda gul undira oladi?
Haya Mirxond esdan chiqay debdi. Hozirgi kundagi ko'pchilik yigitlarning andozasi!
... eshitar-tinglamas, ... ko'rar-anglamas!
Bu asarni o'qib chiqishni hammaga tavsiya etgan bo'lardim. Anglaganda hikmat ko'p!

Asardan iqtiboslar:
°Biz o'z holimizcha vositasiz falakka ko'tarila olmaganimizdek, o'lmay turib zamin bag'riga ham butkul kira olmaymiz. Yuzadamiz... Yuzakimiz
°Muhabbat muhabbatdan bo'ldi paydo...
°Boylik tillo zarda emas, qanoatda ko'zi och odam hech qachon to'ymaydi, ko'zi to'q odamning ko'ngli to'q bo'ladi...
°Umid ham quyoshga o'xshaydi, botar chog'i hammayoq zulmatga cho'madi, endi hayot tugadi degan o'y ko'rshapalakday aylanib qoladi. Ammo vaqti kelib umid yana uyg'onadi, sahro osmonida beg'am suzgan uvada bulutlar qorniga zarrin nurlar qadalib yana hayot boshlanadi, qushlar tilga kiradi, qumga quloq bossang, yer ostidagi ildizlar shivirini eshita boshlaysan...
°Odamzot o'z-o'ziga zulm qilguvchidir.
°Armon - boy berilgan imkon.
°Odamlar bir tomchi ko'zyoshingga arzimaydi, arziydigan odam seni yig'latmaydi.
°Biz hayotimizning ma'lum bir qisminigina yarata olamiz. Qolganlarini tanlagan hamrohimiz hosil qiladi..
°... Yo'q bu bolaning ko'zi emas. Xo'rlik erta ulg'aytirgan norasidaga qarashdan ko'ra o'g'irroq azob yo'q ekan dunyoda..

... faqat bitta dog' qolgandir... yuragimda....

Maftunaxon Ne'matova

t.me/Hayotimiz_Charogboni