#Kun_Hikoyasi Ishq gadolari. Knut Gamsun
I
Bularning barini men yozdim, yuragimdagilarni qog’ozga to’kib, yengil tortish uchun, shu bugun ertalab yozdim. Qahvaxonadagi ishimdan ayrildim, ishim bilan birga hayotimning quvonchli damlari ham boy berildi. Qahvaxonaning nomi “Maksimillian” edi.
Har oqshom egniga kulrang kiyim kiygan yosh, kelishgan janob ikki do’sti bilan men xizmat ko’rsatadigan stollardan biriga kelib o’tirardi. To’g’ri, unga o’xshagan janoblarning juda ko’pi qahvaxonaga kelib-ketishar, ularning bari men bilan yaxshi munosabatda bo’lar, hurmat doirasida muomala qilardi. Faqat u… Uning bo’yi baland, qaddi-qomati kelishgan, sochlari tim qora, muloyim, ko’zlari moviy – ba’zan bu ko’zlar menga nigoh tashlagan ko’yi bir oz qotib qolardi – lablari uzra sabza urgan mo’ylablari ham o’ziga yarashgan.
Avvaliga bu janob meni nimagadir xushlamadi.
U hafta davomida har kuni muntazam kelardi. Unga shu qadar o’rganib qoldim, ammo bir kuni u negadir kelmay qoldi. O’sha kuni bir nimamni yo’qotgandek g’ussaga botdim. Qahvaxonaning hamma burchaklarini aylanib, uni qidirdim; nihoyat muhtasham qahvaxonaning narigi burchagidan top-dim. Katta ustun yonida joylashgan stolda sirkda ishlaydigan chavandoz ayol bilan birga o’tirardi. Ayol egniga sariq rangli ko’ylak, qo’llariga esa yelkalarigacha yetadigan qo’lqop kiygandi. Xonim yosh edi, ko’zlari chiroyli, tim qora. Mening ko’zlarim esa – moviy rangda.
Ular o’tirgan stol yaqinidagi panaroq joyda bir daqiqacha turib, gap-lariga quloq tutdim: ayol unga norozi ohangda gapirar, joniga tegib ket-ganini takrorlar, uni tinch qo’yishini, bezovta qilmasligini so’rardi. “Ey, Parvardigor, bu ayol uni o’zidan nari qilayotgan ekan, nega u mening yonimga kela qolmaydi!” – deya hayqirardi yuragim.
Ertasiga u yana do’stlari bilan kirib keldi va tasarrufimdagi stollar-dan biriga o’tirdi. Yoniga har doimgidek darrov yugurib bormadim. Yuz-larim lovullab qizarganini his qildim, biroq o’zimni uni ko’rmagandek tutdim. Meni chaqirganida esa, yoniga yaqinlasharkanman:
– Kecha ko’rinmadingiz, janob? – dedim. U esa do’stlariga murojaat qilganday:
– Bizning kel`ner xonimimiz bag’oyat xushbichim-a! – dedi.
– Pivo keltiraymi? – so’radim.
– Ha, – javob berdi u.
Darhol ulardan uzoqlashdim.
II
Oradan bir necha kun o’tdi. U qo’limga buklangan bir qog’oz tutqazdi.
– Buni olib borib bering… – xatni uning qo’lidan oldimu, gapini tu-gatmasidan nari ketdim. Sal nariroqda o’tirgan sariq ko’ylakli xonimga eltib berishga shoshildim. Yo’l-yo’lakay xatga nari-beri ko’z yugurtirdim, biroq maktub oxiridagi “Vladimir T.” degan yozuvni eslab qoldim xolos.
Qaytib kelganimda, u menga savol nazari bilan qarab turardi.
– Xatni yetkazdim, – dedim hozirjavoblik bilan.
– Javob qaytarishdimi?
– Yo’q.
U menga bir krona uzatdi va kulimsirab:
– Buni so’zsiz ham tushunish mumkin – dedi.
Vladimir (uning ismini bilib olgandim!) butun oqshom davomida o’sha sariq libosli xonim hamda uning hamrohlariga tikilgancha o’tirdi. Soat o’n birlar chamasi edi. O’rnidan turib, ular tomon yaqinlashdi. Sariq libosli xonim uni sovuq qarshi oldi. Yonidagi ikki ishqibozi esa Vladimirga qarata kesatiq gaplar otishar, ustidan kulib, hazil-mazax qilishardi. Ularning davrasida bir necha daqiqagina o’tirgach , u qaytib keldi. Diqqat bilan qaradim; pal`tosining cho’ntagi ho’l edi. Anavilar pivo to’kib yuborishganini angladim. Pal`tosini yecharkan, o’girilib cha-vandoz ayol o’tirgan stol tarafga qaradi. Pal`tosini arta boshladim. U menga qarab jilmaydi va:
– Rahmat, kanizak xonim! – dedi.
Ustki kiyimini kiyishga yordamlashib yubordim. Shu asnoda uning yelkasiga barmoqlarim uchi bilan ohista tegindim.
U ojiz holda kursiga cho’kdi. Do’stlaridan biri pivo keltirishni bu-yurdi. Uning ham krujkasini olmoqchi bo’lgandim, “Yo’q”, degancha idish dastasiga uzatilgan qo’llarim ustiga qo’llarini qo’ydi. Uning tafti-ni sezgan qo’llarim majolsiz bo’shashdi. Yigit ham buni sezdi, tezda qo’llarini tortib oldi.
Kechqurun yotog’im yonida tiz cho’kkan ko’yi uning uchun ikki marta ibodat qildim. Qo’llari tekkan o’ng qo’limni qayta-qayta o’pdim. Juda baxtli edim.
III
Bir safar u menga gul tuhfa qildi, bir dasta gul… Gullarni qahvaxonaga kiraverishda savdo qiladigan gulchi xotindan sotib olgandi. Savat to’la gullar – yangi uzilgan, lov-lov yonib turgandek alvon rangda. Savatni o’zi o’tirgan stol ustiga qo’ydi. Bu gal u yolg’iz kelgandi , doimiy hamrohlari – do’stlari yo’q edi yonida. Bo’sh qoldim deguncha ustun orqasida
turib uni kuzatardim, xayolimda uning ismi charx uraverardi: “Uning ismi Vladimir T.”.
Oradan bir soatga yaqin vaqt o’tdi. U soatiga tez-tez qarab qo’yardi. Undan:
– Kimnidir kutyapsizmi? – deya so’radim.
Parishon holda men tomon nigoh tashladi, so’ng keskin javob berdi:
– Yo’q, hech kimni kutmayapman. Kimniyam kutardim?
– Men… shunchaki, ehtimol siz kimnidir kutayotgandirsiz, deb o’yladim…
– Beriroq keling, – imladi u, – bu gullar sizga!
Gullar to’la savatni menga tutdi.
“Tashakkur”, dedim mamnun holda. Ammo hayajondan ovozim yo’qoldi shekilli, “tashakkur” so’zini pichirlab aytdim. Shu onda miyamga qon quyulgandek qizib, qizarib ketdim, baxtdan masrur bo’lgancha odimlab borarkanman, buyurtmalar peshtaxtasi oldida to’xtadim. Buyurtma qabul qiladigan ayolga ro’yxatni uzatar ekanman, ayol so’radi:
– Sizga nima kerak?
– Nima deb o’ylaysiz, menga nima kerak ekan-a! – savolga savol bilan javob berdim quvlik qilib.
– Nima deb o’ylayman!? – ayol jahl bilan keskin javob berdi. – Nima, aqldan ozdingizmi!
Men esa o’sha ko’tarinki kayfiyat bilan so’zlashda davom etardim:
– Qani, toping-chi, bu gullarni menga kim sovg’a qildi?
Shu payt ober-kel`ner paydo bo’ldi. Menga qarab:
– Anavi yog’och oyoqli janobga pivo olib bormabsiz-ku!– deya so’z qotdi.
– Gullarni menga Vladimir sovg’a qildi! – o’z topishmog’imga o’zim javob berdim-da, quvonchdan uchayotganday mijozga xizmat qilishga shoshildim.
T. hali ham ketmagandi. Bir ozdan keyin u o’rnidan qo’zg’olib, ketish-ga chog’langanida, yoniga chopib bordim-da, yana bir bor unga tashakkur bildirmoqchi bo’ldim.
– Rahmat Sizga!
U hayron bo’ldi va jiddiy ohangda:
– Bilasizmi, to’g’risi, gullarni boshqa birov uchun olgandim! – dedi. Mayli, mayli, ehtimol, u gullarni boshqa birov uchun sotib olgandir.
Ammo ularni menga tuhfa qildi! O’sha ayolga emas, aynan menga! Va yana gullar uchun tashakkurimni izhor etishga izn berdi! Xayrli tun, Vladimir!
IV
Ertasi kuni ertalab yomg’ir yog’ayotgan edi. “Qaysi ko’ylagimni kiysam ekan, qorasinimi yoki yashilini? – Bir oz boshim qotdi, so’ng bir qarorga keldim. – Albatta yashilini-da, axir u yangiroq!” Quvonchim ichimga sig’mas edi.
Tramvay bekatiga yaqinlashar ekanman, bir xonimning jala ostida shamsiyasiz ivib turganini ko’rdim. Unga shamsiyam ostiga kirishni taklif etdim, ammo u tashakkur bildirgancha, taklifimni negadir rad etdi. Shunda men ham shamsiyamni yopdimu, yomg’irda ivigan xonimga sherik bo’ldim. “Nega endi u yolg’iz o’zi ivishi kerak ekan!” degan xayol bilan shunday qildim.
Kechqurun Vladimir yana qahvaxonamizga keldi. Uni qarshi olar ekanman:
– Gullar uchun yana bir bor tashakkur! – dedim jilmayib.
– Qaysi gullar uchun? – so’radi u, so’ng: – Boshqa o’sha gullar haqida ga-pirmang! – dedi.
– Men shunchaki sizga gullar uchun tashakkurimni aytmoqchi edim.
U yelka qisdi va menga qarab
:
– Men sizni sevmayman, – dedi.
Bilaman, u meni sevmaydi, uning sevgani emasligimni yaxshi bila-man. Undan o’zimga nisbatan bunday hislarni sira kutmaganman. Uning so’zlaridan hafsalam pir bo’lgani ham yo’q. Mayli, sevmasa, sevmasin. Biroq men uni har kuni ko’rish baxtiga muyassarman, har oqshom u keladi va mening tasarrufimdagi stollardan biriga o’tiradi, men unga xizmat ko’rsataman. Yana keling, Vladimir.
Kelasi oqshom u odatdagidan ancha kechikib keldi.
– Pulingiz bormi? –deb so’radi.
– Afsus, men bir g’arib qiz bo’lsam…
U nigohini ko’zlarimga qadab turdi-da, jilmayib qo’ydi.
– Siz meni noto’g’ri tushundingiz, menga ozroq pul kerak edi… ertagacha…
– Ha, ozmuncha jamg’armam bor, uyda, bir yuz o’ttiz kronam bor!
– Uydami? Yoningizda emasmi?
– O’n besh daqiqa kutib tura olasizmi, o’n besh daqiqadan keyin qahvaxona yopiladi, ishimiz tugaydi, keyin birga uyimga boramiz, sizga pullarni uydan olib beraman…
U o’n besh daqiqa kutib turdi. Biz birga qahvaxonadan chiqib, uyim tomon yo’l oldik.
– Roppa-rosa yuz krona kerak! – dedi u.
U yo’l bo’yi mening yonimda bordi. Ilgarilab ham ketmadi, ortda ham qolmadi. Zodagon olifta janoblar oddiy odamlar yonida yurishni ma’qul ko’rmay, odatda shunday qilishardi.
– Uyim oddiy bir hujra, – dedim xijolat bo’lib uyimga yaqinlashganimizda.
– Shu yerda kutib turaman, – keskin ohangda javob berdi u, – siz bilan bormayman.
U pastda kutib turdi. Pullarni unga tutqazganimda, erinmay hammasini sanab chiqdi:
– Bu yerda yuz kronadan ko’proq pul bor ekan. O’n kronasi sizga choy haqi! Eshityapsizmi, o’n kronasi sizga! Choy haqi!
U mayda pullarni menga uzatdi. Xayrli tun tiladi-da, ketdi. Muyulishga yetganida yo’l chetidagi tilanchi kampirga ehson uzatayotganiga ko’zim tushdi.
V
Keyingi oqshom qarzni to’lay olmasligini afsus-nadomat bilan aytib, uzr so’radi. Men esa qarzni to’lay olmagani uchun ham unga minnatdorchilik bildirdim. Pullarni ishlatib yuborganini tan oldi.
– Nimayam qilardim, shunday bo’lib qoldi, o’zingizga ma’lum: sariq ko’ylakli xonim!
– Nega sen bunaqa ahvolga tushib qolding-a, og’ayni, – so’z qotdi do’stlaridan biri. – Ishq gadosiga aylanib bo’libsan-ku!
– Biron nima buyurasizlarmi? – ularning gapini bo’ldim.
Bu orada qahvaxonaga o’sha sariq libosli xonim kirib keldi. Vladi-mir o’rnidan turdi-da, aslzodalarga xos ta’zim bajo etdi. Ikki bukilib ta’zim qilganidan chakkalaridagi sochlari yuzlarini yopdi. Xonim esa beparvo holda uning yonidan o’tdi-da, boshqa bir stolga borib joylashdi. Vladimir ham darhol o’sha stol atrofidagi o’rindiqlardan biriga borib o’tirdi. Oradan ikki daqiqa o’tar-o’tmas uning tik turgan holda baland ovoz bilan gapirayotganini eshitdim.
– Juda yaxshi, ketaman. Boshqa qaytmaganim bo’lsin!
– Minnatdorman, – xotirjam holda javob qaytardi xonim.
Bu suhbatni eshitdimu, xursandligimdan go’yoki osmonlarda parvoz qilardim. Shu holda buyurtma qabul qilinadigan bo’lmaga borib, buyurtma oluvchi ayolga bir nimalar deya gapira boshladim. Ehtimol , uning sariq libosli xonimning yoniga hech qachon qaytmasligini so’zlagan bo’lsam kerak. Xizmat ko’rsatish bo’limining boshlig’i yonimizdan o’tib ketarkan, menga yana qattiq ogohlantirish berdi. Ammo endi menga baribir edi!
Soat o’n ikkiga bong urdi, qahvaxonamizning ish vaqti tamom bo’ldi. Hamma birin-sirin chiqib ketarkan, u meni kuzatib qo’ymoqchi ekanligini aytdi.
– Kecha sizga bergandim-ku, o’n krona! Shundan besh kronasini berib tura olasizmi menga? – so’radi u.
Unga kechagi kronalarning hammasini uzatgandim, faqat beshtasinigi-na oldi. Qolganlarini esa, har qancha qarshiligimga qaramay, qaytarib berdi.
– Bilasizmi, bugun juda baxtiyorman, – dedim iymanib. – Qani endi sizni uyimga taklif qila olsam… Uyim oddiygina bir hujra-da!
– Xijolat bo’lmang. Uyingizga kirmoqchi emasman. Xayrli tun.
U ketdi. Muyulishdagi tilanchi kampir oldidan o’tib ketarkan, kampir-ning ehtirom ila qilgan ta’zimiga qaramay, sadaqa berishni unutdi. Shu zahotiyoq kampirning oldiga chopib bordim, unga tanga uzatdim:
– Oling, buvijon. Bu hozirgina shu yerdan o’tib ketgan janobdan. Hozirgina o’tib ketdi-ku, anavi kulrang kiyimdagi janob… Oling, olavering!
– Kulrang kiyimdagi? – behol so’radi kampir.
– Ha, sochlari tim qora… Uning ismi Vladimir.
– Siz uning xotinimisiz, qizim?
– Yo’q, buvijon, – javob berdim masrur holda. – O’sha janobning ishqida o’rtanayotgan bir gadoman.
VI
Bir necha oqshomdan beri u takror va takror pullarimni qaytara olmayotganidan afsusda ekanini aytardi. Men esa bundan aslo xijolat bo’lmasligini ta’kidlar, agar hadeb shunaqa deyaversa, meni ranjitishi mumkinligini eslatardim. U shunchalik baralla gapirardiki, atrofdagilar ham gaplarini bemalol eshita olardilar, ayrimlar esa uning ustidan kulishardi.
– Men yaramas odamman, firibgarman, – derdi u. – Sizdan qarzga pul ketdi, o’zining sirki va sirkchilari bilan birga ketdi. Albatta, men uni tamoman unutib yubordim. Uni biror marta ham o’ylaganim yo’q, rost aytyapman. Unutdim…
– Ammo baribir bugun unga yana xat yuborishga jazm qilding! – gapini bo’ldi do’stlaridan biri.
– Ha, oxirgi marta… bu oxirgisi! – javob berdi bir oz sarxush holda Vladimir.
Eshik oldidagi gulchi ayoldan bir dona atirgul sotib oldim. Atirgulni uning chap yoqasidagi ilgakka to’g’nag’ich bilan qadab qo’ydim. Gulni taqar ekanman, unga juda yaqin turardim, uning nafasi qo’llarimga kelib uri-layotganini his qilib turar, hayajon ichida gulni to’g’nag’ichga ildirolmay qiynalardim.
Nihoyat, gulni taqib bo’lganimdan keyin, u menga mamnun ohangda:
– Sizdan minnatdorman, – dedi.
Kassaga borib, o’zimga tegishli uch-to’rt kronani olib keldim va unga uzatdim. Bu juda oz edi.
– Mana bularni oling, bor-yo’g’im shu!
– Rahmat, minnatdorman.
O’sha oqshom men juda baxtli edim. Oradan bir oz vaqt o’tgach, Vladimir birdaniga:
– Bergan pullaringiz menga juda zarur edi. Bir joyga borib kelishim kerak, safarga… – deb qoldi. – Pullarni qaytganimdan keyin, albatta, qaytaraman.
Bezovtalana boshlaganimni sezib, qo’shimcha qildi:
– Xavotirlanmang, men faqat sizni sevaman, – dedi qo’limdan tutib. Ahvolim yomon edi. U qaergadir jo’nab ketyapti, qancha so’rab-
surishtirmay, qaerga ketayotganini aytishni istamayapti. Shu onda ko’z oldim qorong’ilashib, tevaragimdagi hamma narsa: qahvaxona, shiftdagi qandillar, o’tirgan-yurgan mijozlar, xizmatchilar gir aylanardi. O’zimni tutib turolmadim. Uning ikkala qo’lini mahkam ushlab oldim.
– Aytdim-ku, bir haftadan keyin qaytaman, ko’rishamiz! U shunday deb o’rnidan turdi.
– Siz ishdan bo’shatildingiz!
Quloqlarim ostida ober-kel`nerning yoqimsiz tovushi jarangladi. “Marhamat! Bemalol! – xayolimdan kechardi bu so’zlar. – “Nima qipti? Bo’shasam bo’shabman-da ! Bir haftadan keyin Vladimir yonimga qaytib keladi. Hammasi yaxshi bo’ladi, hammasi! U bor-ku! Unga rahmat, borligi uchun unga rahmat aytib qo’yishim kerak!” Ana shu fikr bilan ortimga
o’girildim. Ammo u allaqachon ketib bo’lgandi.
Oradan bir hafta o’tdi. Kechqurun uyga kirib kelarkanman, uning mak-tubiga ko’zim tushdi. U o’zining juda chorasiz ahvolda qolganini yozardi. O’sha sariq libosli xonimning ortidan borganiga iqror bo’lgan. Mendan olgan pullarni – qarzlarni hech qachon qaytara olmasligini ta’kidlab, uzr so’ragan. Ayni paytda muhtojlik balosi uni qattiq ezib tashlaganini aytgan. Shu qadar tubanlashib ketgani uchun o’zini o’zi la’natlayotganini bildirgan. Maktub oxiriga esa: “Sariq xonimning gadosi”, deya imzo qo’ygan.
Tunu kun iztirob chekardim, ammo qo’limdan hech narsa kelmasdi. Bir hafta burun qahvaxonadagi ish joyimdan ayrilgan va boshqa ish axta- rishga kirishgan edim. Kunduz kunlari shahardagi turli qahvaxonalar va mehmonxonalarga bosh suqib ish so’rardim, yana shaxsiy xonadon egalariga o’z xizmatlarimni taklif etardim. Birok hamma urinishlarim behuda ketardi. Vakt allamahal bo’lganida, sotilmay qolib ketgan gazetalarni yarim bahosiga sotib olar, uyga keliboq, ularni diqqat bilan ko’zdan
kechirardim. “O’zimni va Vladimirni og’ir vaziyatdan qutqara oladigan nimadir toparman”, degan umidli xayollarga berilardim.
Kecha kechqurun gazetalarning birida uning nomiga ko’zim tushdi va men u haqtsa bitilganlarni boshdan-oxirigacha qayta-qayta o’qib chiqtsim. Shu ondayoq ko’chaga otildim, tentirab-tentirab shu ko’yi bugun ertalab uyga qaytdim. Ehtimol, qaerdadir tunagandirman, balki ortiq yurishga majolim qolmagach, birovlarning ko’cha eshiklari zinasida o’tirib tong ottirgandirman, hozir buni eslolmayapman.
Bugun o’sha maqolani yana o’qib chikdim. Uni birinchi marta kecha uyga qaytganimda o’qigandim. Avvaliga hayrat ichra kaftimni kaftimga urdim, keyin kursiga cho’kkaladim. Bir ozdan so’ng yerga o’tirib, kursiga suyanib qoldim. Qo’llarim bilan yerni urgancha, o’yga toldim. Balki o’yga tolmagan- dirman, ehtimol, miyamda kandaydir g’ala-g’ovurlar sodir bo’layotgandir. Keyin… men ehtimol, o’rnimdan turib tashqariga chiqqandirman. Esladim, burchakda muyulishda o’tiradigan tilanchi kampirga bir tanga uzatdim, so’ng:
— Bu sizga o’sha kulrang kiyimdagi janobdan, eslaysizmi uni? — dedim.
“Ha” deganday bosh irg’adi kampir, so’ng:
— Siz balki uning qaylig’idirsiz, a? — deb so’radi talmovsirab.
— Io’q, men uning bevasiman…
Shunday qilib, tongga qadar ko’cha-ko’yda tentirab yurdim. Ayni damda o’sha mash’um xabarni yana bir karra o’qiyapman:
“Uning ismi Vladimir edi…”.