#Taqriz tanlovi uchun Zuhriddin Ergashaliyevdan "Ifor" asariga taqriz
#Taqriz
#Zuhriddin_Ergashaliyevdan #Patrik_Zyuskindning_Ifor_romaniga
Yaratgandan berilgan ong ziyosi yana ming yil yoritishi kerak, toki ibtidoiy tasavvur qoldiqlari sharpadek tarqalib bitmaguncha.
Patrik Zyuskind ©
#Yozuvchi_va_roman_haqida
Patrik Zyuskind Germaniyaning Ambax shahrida tavallud topgan. Yozuvchiga bir aktli monolog tarzida yozilgan "Kontrabas" nomli birinchi asariyoq mufaqqiyatli chiqadi. 1985-yilda yaratilgan "Ifor" romani esa yozuvchini dunyoga tanitdi.Patrik Zyuskindni zamonaviy nemis adabiyotining eng zabardastlarining qatoriga kirdi.Roman birinchi bor 1985-yildayoq Shveytsariyada bosib chiqarilgan.Ayni damda u Remark zamonidan beri nemis tilida yozilgan eng mashhur romanlardan biriga kiradi. Asar jahonning 40 dan ortiq tiliga tarjima qilingan.
#Voqealar_va_roman_mazmuni
Asarning bosh qahramoni Jan Batista Grenuyning qismati bilan asar yoritib beriladi.Roman ekzistentsial yo‘nalishda yozilgan bo‘lib, ramz va ishoralar asosiga qurilgan . Asarda Fransiyaning 18-asrdagi ahvoli namoyon bo‘ladi. Asarda fransuz jamiyatining manfur basharasi va uyg'onish davri qo'zg'olonlariga qadar chirigan jamiyat qonunlari, odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar qo‘lansa hid misolida tasvirlangan. Dunyodagi muhabbat shahri deb atalmish Parijda mehr-u muhabbatning yo'qligi va hamma narsa pul evaziga o‘lchanishi Grenuyning qismatida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Har qanaqa jamiyatda muhabbat, mehr, insoniy tuyg'ular barqaror bo‘lishi kerak.Patrik Zyuskind mehr va muhabbatdan yiroq bo‘lgan kishilarni tasvirlash orqali shu g'oyani ilgari surgan.Bu asar qandaydir majoziy ma'noli yoki balandparvoz so'zlar, sun'iy g'oyalar emas. Aksincha haqiqatda mavjud bo‘lgan insoniy munosabatlar ochib berilgan.
#Obrazlar
Asarning har bir qahramoni yuksak xarakterli qilib tasvirlangan. Har bir qahramon kitobxonning yodidan chiqmaydigan qilib yaratilgan.Keksa attor Juzeppe Baldini, Gayar xonim, markiz de La Tayad Espinass, ikkinchi elchi Antuan Rishi obrazlari asarning yorqin obrazlaridir.
Jan Batista Grenuy- hidsiz tug‘ilgan bola. Chirkin jamiyatda tug‘ilgan kana edi. Uning bunday tug'ilishi onasining xatosi edi. Onaning kasofati edi. Hidsiz tug‘ilgan bola boshqa hidlarga talpinardi. Hidga ega bo'lishni istardi.Hidga etishgan ham. Yigirma besh eng go'zal, hammaning xavasi keladigan, Fransiyaning eng go‘zallarini o'ldirib, o‘z hidiga ega bo‘ladi.
Asar juda ham ajoyib tarzda yaratilgan. Asarni o'qish davomida Fransiyaning o‘sha davrdagi ahvoli ko'z oldingizda yaqqol namoyon bo‘ladi. Yozuvchining asarni yaratishdan asosiy maqsadi jamiyatdagi chirkinliklarni yoritib berish bo‘lgan. Ko‘p gapirib o‘tirmayman. Asarni o'qishni tavsiya qilaman.
So‘zimni yakunlar ekanman asardan bir iqtibos keltirsam:
"Ikki qiyofalilar baxtsizlik va o'lim keldiradirlar."