April 14, 2020

It yuragidagi odammi yoinki odam yuragidagi itmi yoxud “Ityurak”(Mixail Bulgakov) qissasi haqida taqriz

Bookvamper

Odatdagidek, yuzning egri ekanligini tan olishni o’rniga, bu egrilik uchun oyna ayblanadi.

🔶️Inson qalbida yotayotgan it haqidagi bu qissa asosan satirik janr toifasiga kiritilgan, ammo asar ilmiy-fantastik va ham falsafiy qissadir. Asar buyuk rus yozuvchilaridan biri Mixail Bulgakovning qalamiga mansub bo’lib, 1925-yilning mart-yanvar oylarida yozilgan, valekin bu satirik qissa “kattalarning” siyosatini ochib bergani uchun nashr qilinmaydi. 1987-yilga kelibgina qissa chop etiladi, orada bir martadan Fransiya va Germaniyada nashrdan chiqdi va katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi.

🎥Kinematagrafiyada ham qissa bir necha bor o’zini ko’rsatdi. Avvaliga Italiya hamda Fransiyada va 1988-yili SSSRning o’zi bu ishni amalga oshirishdi.


🐶Qissa itning “vuvilashi” bilan boshlangandi. Preobrajenskiy ismli doktor insonlarni yoshartirish bilan shug’ullanardi. Preobrajenskiy nazaran yoshartirishni yangi usulini kashf qilgandi, uning usulini amalda sinab ko’rish uchun it – Sharik tanlandi. Operatsiya. O’lgan insonning gipofizi(miyadagi inson qiyofasini belgilab beradigan bez) itga ko’chirildi. It odam bo’ldi! It yuragidagi odam aniqlab berdiki, gipofiz zohiran o’zgartiradi, ichki qiyofaga daxl qilolmaydi. Gipofiz yumshoq qilib aytganda, zamonning “mast-alast” odamidan olindi, natijada… . Itning endi odam demay iloj yo’q edi, u o’ziga nom topdiyam!. Poligraf Poligrafovich Sharikov. Sharikov ichishni yaxshi ko’radi, mushuklarni yomon ko’radi. Shu sabab u mushuklarni ovlovchilarda ishladi. Sharikov xotin olmoqchi bo’ldi!. Sharikov uni odam qilgan professordan qutulmoqchi bo’ldi, yana qanday deng, “yozma” ravishda. Buni bilgan Proebrojenskiy esa… . Uyog’ini asarda o’qiysiz.

⚫Agar xatolaringizni tan olsangiz, ba'zi narsalar tuzatilishi mumkin.


🔘Satirik qissaligini inobatga olsak, asarda bir necha prototip mavjud. Masalan, Preobrajenskiy – Lenin(mamlakatni o’zgartiruvchi) va Sharikov – Stalin. Bundan tashqari Bulgakov proletarlarning azobini, o’yini it o’yi bilan ko’rsatadi va yana bir narsaki, o’sha zamondagi proletarni davlat ishiga ko’pchilik qo’shilmasliklarini, ular avomlardan ekanini ko’pchilik gapiradi. Shu tariqa bu o’tkir satira o’sha davr sovet siyosatini ustida “kuladi”.
🔹️Qissaning eng keng tarqalgan siyosiy talqini uni "rus inqilobi" g'oyasi, proletariatning ijtimoiy ongini "uyg'otish" g'oyasi bilan bog'liq. Sharikov an'anaviy ravishda ko'p sonli huquq va erkinliklarga ega bo'lgan, ammo tez orada xudbin manfaatlar va o'zlariga o'xshab xiyonat qilish,yo'q qilish qobiliyatiga sohib (sobiq boshpanasiz it ijtimoiy zinapoyaga ko'tarilib, boshqa uysiz hayvonlarni yo'q qiladi) lumpen proletariatning allegorik(majoziy obraz) qiyofasi sifatida qabul qilinadi va ularga ushbu huquqlar berilgan. Hikoyaning yakuniy qismi tashqi aralashuvisiz (deus ex machina) sun'iy ravishda ko'rinadi, Sharikov yaratuvchilarining taqdiri oldindan belgilab qo'yilganga o'xshaydi. Ushbu maqolada Bulgakov 30-yillarning ommaviy qatag'onlarini bashorat qilgan deb ishoniladi.
🔺️Yozuvchi bolshevizm mafkurasi va siyosati, hokimiyatga kelganlarning bexabarligi, tarixdagi tartibni majburan o'zgartirishning mumkin emasligi muammosini ko'taradi. Inqilobning natijalari juda achinarli, bu professor Preobrajenskiyning faoliyati kabi kutilmagan oqibatlarga olib keldi, jamiyatning eng dahshatli kasalliklarini aniqladi.


❇Inson tabiati mavzusi ham muallif tomonidan ko'rib chiqilgan. Odam o'zini juda kuchli deb biladigan, ammo o'z faoliyatining samarasini boshqarish imkoniga ega emasligi haqida shaffof eslatma beradi.


〽️Ishning muammolari haqida qisqacha: ijtimoiy tizim va hayot tarzining keskin o'zgarishi muqarrar ravishda halokatli natijalarga olib keladi, "tajriba" muvaffaqiyatsiz bo'ladi.
✳Bulgakov hikoyasining g'oyasi yetarlicha shaffof: tabiat, jamiyat, tarix, siyosat va boshqa sohalarga har qanday sun'iy aralashuv ijobiy o'zgarishlarga olib kelmaydi. Muallif sog'lom konservatizmga rioya qiladi.

Rasmda Preobrajenskiy hamda Sharikovning haykali


❔Nega falsafiy janr?
❗Bir tomondan Bulgakov kelajakdagilarga va o’zini zamondoshlariga Sharikov bilan oyna tutqazadi. It yuragi odam gipofizi bilan qorishganda, gipofiz yurakka singishini fantastika bilan bo’lsa-da, shohidi bo’ldik, bu ko’rsatamoqdaki, bizning razilligimiz hatto yaxshi itnida yomonga o’zgartirishi mumkin ekan. Nafaqat bu nazariya nabalki, bu zamon insonlarining har birini qalbida “it” borligini aytuvchi nazariya ham yozuvchining maqsadini ochib beradi.
♾Asar nomining ma'nosi shundan iboratki, tug'ilgan kundan boshlab hamma odamlarda normal, ruhiy "sog'lom" yurak yo'q. Yer yuzida Sharikovning hayoti bilan yashaydigan odamlar bor, ular tug'ilishdan boshlab yovuz yuraklarga ega.


🌟ITDEK EMAS, INSONDEK BO’LISH, INSONDEK YASHASH KERAK!


Iqtiboslar:


  • “Kimga qarshi bo’lishidan qat’i nazar, hech qachon jinoyatga qo’l urmang.”
    *
    “Xullas, gipofiz — bu u yoki bu insonning haqiqiy basharasini aks ettiruvchi yopiq kamera! U yoki bu insonning!“
    *
    “Umringizning oxirigacha qo’llaringiz tozaligicha qolsin.“
    *
    “Hujjat — bu dunyoda eng muhim narsa.“
    *
    “Agar ovqat hazm qilish tarmoqlaringiz yaxshi ishlab turishini xohlasangiz, ovqat ustida bolshevizm va tibbiyot haqida gaplasha ko’rmang. Ovqat oldidan sovet gazetalarini o’qishdan esa sizni xudoning o’zi asrasin!.. “
    *
    “Odam hech qayoqqa shoshilmasa, hamma narsaga ulguradi.“
    *
    “Ular zo’ravonlik yordam beradi, deb chuchvarani xom sanashadi. Yo’q, yo’q, oqmi, qizilmi, hatto jigarrangmi, u yordam berolmaydi! Zo’ravonlik asab tarmog’ini butkul falaj qilib qo’yadi“
    *
    “U-u-u-u... bu yorug’ jahonda nimalar bo’lyapti o’zi? Ko’rinib turibdi, hali o’lishimga ancha bor, ruhan taslim bo’lish esa — g’irt gunoh. Qo’lini yalash kerak, boshqa iloj yo’q.“
    *
    “Faqat uv tortganing bilan darding yengillashsa qani edi-ya...“
    *
    “ Har qanday bemor uchun eng muhimi — bir burdagina nimadir yeb olish.“
    *
    “Ammo ko’zlar... Bu shunday narsaki, uzoqdan ham, yaqindan ham o’zgarmaydi, adashtira olmaysan. Xuddi barometrga o’xshaydi ular. Ko’zga qarab, odamning qalbida nimalar kechayotganini bilish mumkin, hammasini payqasa bo’ladi: kimning qalbi Sahroyi Kabir singari bo’m-bo’sh, kimdir hech nimadan-hech nima yo’q etigi bilan qovurg’angga nuqib qoladi.”

Meni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimda ham, kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram