"Ot kishnagan oqshom" asariga taqriz
Rajabboyeva Mavludadan
O'zbek adabiyotiga yangicha qarash, qobiqqa o'ralgan g'oylardan chekingan holda adabiyotimizga yangicha ruh olib kirgan, adabiyot gulshanida o'ziga xos dunyosiga ega bo'lgan adib Tog'ay Murodning "Ot kishnagan oqshom" qissasi 1979-yil "Yoshlik" jurnalida e'lon qilinishi bilanoq xalq orasida tezda dovruq qozondi. Chunki asarda o'sha davr adabiyotida kamdan kam tilga olinadigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar qalamga olinadi, barchaga ibrat qilib ko'rsatiladigan "sovet kishisi" tabiatiga xos bo'lgan turfa illatlar badiiy tarzda ishonarli ravishda ko'rsatilgan. Asarning o'qishliligini ta'minlangan yana bir sabablardan biri asar xalq tilida yozilgan, Ziyodulla chavandoz otni tanlab, o'stirish, bir-biridan farqlash bari-barisini miridan-sirigacha bayon etib bu so'zlarimni yana bir karra isbotini ko'rsatadi.
Asar bosh qahramoni Ziyodulla chavandoz otni Tarlonni bir hayvon deb emas, uni bir do'st sifatida ko'radi. Uni kayfiyatiga qarab ish ko'radi, o'zi yemay otiga yediradi, uni bir yaqinidan kam ko'rmaydi, siqilgan damlarida ham otini quchoqlab yum-yum yig'laydi. Ot bir ongsiz jonivor bo'lsa-da, o'z egasining bu harakatlarini unutmaydi, eng og'ir damida uni o'limdan saqlab qoladi. Tarlon bir ongsiz, til-zabonsiz hayvon bo'lsa-da, ba'zi ongli hayvonsifat odamlar qilmagan oqibatni, mehrni qaytaradi... Ijodkor Tarlon obrazi orqali hayvonsifat odam bo'lishdan, hayvonsifat odamdan hayvon yaxshi ekanligini ko'rsatsa, Ziyodulla chavandaz obrazi orqali sodda, oliyjanob, samimiy, mard o'zbek kishisining suratini chiqadi. Adib o'zbek kishisini hech qanaqa ramkaga olmay, ortiqcha bo'yoqlar bilan bezamagan holda bor bo'yicha aks ettiradi. Begunoh Parvardigor, har bir kishida bo'lgan kabi Ziyodulla chavandoz tabiatida ham maqtovga moyillik, mashhurlik hissi mavjud. Buni Rixsiyevga uning qo'ylari o'zi kabi aqlli, o'qimishli ekanligini, akasining qo'ylari egalari kabi kaltafahmligini aytganida ko'rish mumkin. Lekin keyin qahramonning ko'ngli oğriydi, bu uning vijdon borligi, iymonidan kechmaganligini ko'rsatadi. Adib qahramonning xatti-harakatlari orqali o'z o'quvchisiga hayot darsini o'tib ketayotgandek bo'ladi. Qahramon nohaqlikka, adolatsizlikka ko'z yumib ketolmaydi. Kichik bir holatda bo'lsa-da, adolatni tillashga urinadi. Zero, mitti zarralar bir kun kelib, ulkan bir tog'ni hosil qiladi! Adolatni himoya qilgan bo'lsa-da qamalgan yigitlar uchun o'zini aybdor his ketadi. Bu oliyjanoblik, xalq bilan o'zini bir his qilmaslik bo'lmay nima?! "Men ana shu ko'zyoshlar oqishi uchun o'zimni aybdor deb bildim. Yoshlar to'la ko'zlarga, yoshlarga belangan yuzlarga qarab turolmadim..."
Jahondagi ahvoldan xabardor bo'lgan, undan tashvishlanadigan Rixsiyevdek kishilar uchun, katta janjalni ko'ra turib jim turganlar uchun, soxta xalq posbonlari uchun Ziyodulla chavandozdek kishilar har jihatdan o'rnak bo'la oladi.
Haqiqiy o'zbek kishisi qanday bo'lishini bilmoqchi bo'lganlar, o'zligini anglab aytmoqchi bo'lgan kishilar bu asarni o'qib chiqishi kerak. Zero, bu kabi asarlar o'zbek xalqining ma'naviy boyligi.