Mart oyi "Taqriz" tanloviga Fayziyeva Muqaddasxondan "O‘gay ona" asariga taqriz
#Taqriz
“Ona tuqqan bolasiga jabr ko'rsatishi tabiiy, ammo o'gay bolasiga jabr ko'rsatish johillikdir. ”
Ahmad Lutfiy Qozonchi
Men sizga Ahmad Lutfi Qozonchining "O'gay ona" kitobini tavsiya qilaman . Nimaga ?
Agar sizda insoniylik xislatlari bor bo'lsa, bu kitobni o'qing.. Agar sizda bu hislar yo'q bo'lsa ham o'qing.. Kitobni o'qib bo'lib siz o'zingizda paydo bo'lganini his qilasiz !
.... O'gay ona deganda, ko'pchilikning ko'z oldiga zolim inson keladi. Bu kitobni o'qib siz "o'gay ona"larni qayta kashf qilasiz . Ayniqsa qiz va ayollarga judayam katta tarbiya berguvchi kitob .Asarda Fotima o'zining marhum kundoshi (u unday atamagan) uchun qilgan duolari uni farzandlariga bera olgan yangi hayot yangi tarbiyasi ko'zlaringizni yoshlatmasdan qo'ymaydi! Agar bir insonning qalbidagi mehr shu darajaga yetgan bo‘lsa , aynan o‘zimizning ko‘nglimizga nazar solganda ko‘p hollarda Fotima ko‘ngliga havas qilib qolaman! Yashirmayman-u, Fotimani o'rnida men ham shu yo'lni tanlar edim va lekin Allohga ishonaman!Mehr dunyoni qutqaradi! Dunyoni o'zgartira oladi .Eng qahri qattiq insonga ham mehr bilan gapirib ko'ring-chi !
Asarda sabri va chidami minglab ayollarimizga o‘rnak bo‘la oladigan, Fotimaning qismati uning farzand tarbiyasidagi tutgan yo‘li va mehri, chidami bugungi kunimizdagi ayollarga o‘rnak bo‘libgina qolmay , asl fidoiylikdir! Bu asar AYOLLAR HAQIDA MADHIYAga o‘xshaydi! Bu dunyoda ,albatta, mehr bergan mehr topadi, mehr ko'rgan , mehr beradi !
Doim shu kitobni qayta -qayta o‘qiganimda hayotga pozitiv ruhda qarayman! Real hayotdan ham Fotimalarni izlayman ! Payg‘ambarimiz (s.a.v) ning yetim ko‘ngillariga qaraydigan Fotimalarga o‘xshagim ular bilan birga dildan suhbat qurgim keladi!
Kitobni takror takror o'qiganimda yanada-yanaaaada baxtli yashagim keladiiii...
Asarda tagiga chizib o‘qigan misralarim!
✏️Uning bolaligidan bir voqea xotirasida qolgan: bir kun boqqa borishdi. Olti yoshga kirib-kirmagan Fotima bog'dan u yoq bu yoqqa yugurib bir olma topib oldi va "ona senga olma keltirdim" dedi sevinib, so'ng toklar orasiga kirib ketdi. Yon qo'shnining bog'idan bir bosh chiroyli uzum ularning bog'iga osilib turardi. Endi uzaman deb turganida otasining ovozi darhol qo'l tortishga majbur etdi: Fotima, uzma qizim, bu uzum bizga xarom! Uning kichik miyasida uzum qora bo'lganligi uchun xarom degan fikr qoldi. Oradan yillar o'tdi, lekin Fotima bir dona ham qora uzum yemadi. Uzumning qoraligi uchun emas birovning moli bo'lgani uchun xarom ekanini yillar o'tib bilgach ham oq va qora uzum qo'yilsa uning qo'llari beixtiyor oqqa uzalaverardi...
✏️Otam chekmasdi, lekin piyoz, sarimsoq yesa oqshom jome'ga bormasdi, namozni uyda o'qirdilar. Hech esimdan chiqmaydi, bir oqshom :" Ota, azon aytilmoqda " dedim, eshityapman qizim. Faqat bu oqshom piyoz yedim, jamoatni behuzur qilmasam devdim " , dedi. Men esa buni behuda deb topdim :"Men bo'lsam, piyoz va sarimsoq uchun jome'ni tark etmasdim, ammo jome' uchun bularni tark etardim ", dedim. Otam javob bermadi. Ammo shundan keyin ularni xomligicha yeganini ko'rmadim.
✏️Insondan boshqa barcha mahluqlar ham o'z bolasini bag'riga bosishda insonga tenglashishi mumkin.Lekin o'z bolasidan boshqasini shafqat va marhamat bilan qucha olish faqat insonga xosdir.Har qanday ayol ona bo'lishi mumkin,ammo ularning hammasi ham yaxshi o'gay ona bo'lolmaydi.Chunki baland tog'ning eng yuksak cho'qqisiga chiqish hammaning ham qo'lidan keladigan ish emas.