“Boy ota, kambag’al ota” asariga taqriz yoxud boylar pul topadilar, lekin pulga ishlamaydilar
“Agar boy bo’lishni istasangiz, moliyaviy bilimingizni oshiring!”
Asardan
Amazon.com ning eng ko’p daromad oluvchi 25-yozuvchilaridan birining , 6 yildan beri mashhur “New York Times”ning eng ko’p sotilgan asarlar ro’yxatining 10 taligidagi, 51 tilga tarjima qilingan va dunyoning 109 mamlakatlarida sotilgan, jami 27 milliondan ortiq nusxada sotilgan “Boy ota, kambag’al ota” kitobi 1997-yili Robert Kiyosaki va Sharon Lechterlar hammuallifligida “Warner Books Ed” nashriyotida chop etildi.
Yapon Amerikalikaridan biri, investor, tadbirkor, yozuvchi, notiq, “Rich Dad Compamy” asoschisi, bir necha ta’lim trendlari treningi, mashhur “Cashflow” o’yinining asoschisi, 73-yoshli milliarder Robert Toru Kiyosaki hali hamon qattiq kurashlar ostida turgan holida ham, moliya olamida gigantlardan biri hisoblanadi.
Kiyosakining bu kunlar shu gigantligida turishining asosiy sababi deb, Kiyosakining o’zi “boy otasi”ni ta’kidlaydi. Asar nomini eshitgan inson ozroq o’ylanishi tayin, axir, bir insonda ham boy va ham kambag’al otani bo’lishiga bir g’ayrioddiy sabab bo’lishi kerak edi. Kitob mutolaasidan so’ng kitobxon anglaydiki, uning asli bitta o’zining otasi(kambag’al otasi) va bitta o’gay otasi(boy otasi) ta’sirida ikki xil g’oya uning ongiga singdiriladi hamda u bir maqbul qorishmani ongiga quyadi. Sodda qilib aytganda, boy otasi avval uqib, keyin qil derdi, kambag’al otasi esa, avval o’qib, keyin qil derdi. Moliya tilida bu avval sarfla, keyin to’la va avval to’la, keyin sarfla deyiladi.
Kitob moliyaviy savodxonlik (moliyaviy ta'lim), moliyaviy mustaqillik va aktivlarni investitsiyalash, ko'chmas mulkka investitsiya kiritish, biznesni boshlash va egalik qilish orqali boylik orttirish, shuningdek, o'z biznesini va moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash uchun moliyaviy zakovatni (moliyaviy IQ) oshirish haqida. Asar X bob, 6 dars va bir necha ko’rsatmaviy tavsiya bo’limlaridan iboratdir.
Asar tomirida Kiyosaki har bir inson hayotida o’z biznesi va o’z kasbi tushunchasi ikki nomutanosib xilqat ekanligini aytib o’tadi. Va tomirdan keyin ildiz tomon yetganingizda, “Avval ber, keyin olasan” hamda “Aqlli bo’l – hech kim seni yengolmaydi” degan nazariyalar yotadi.
Parcha:
“Mening kambag’al otam hech nima bilmadi va bu to’g’risida o’ylashni ham xohlamasdi. Boy otam esa texasliklarga o’xshab fikr yuritishimni tavsiya qilardi.
- Texas va texasliklarni yaxshi ko’raman, texasliklar juda dangalchi yutsalar, katta yutadilar, yutqazsalar, chiroyli yutqazishadi. – derdi u.
Ular yutqazishni yaxshi ko’rishadimi?! - so’radim men.
- Yo’q, qaysi inson yutqazishni yaxshi ko’radi. Men ularning yutish va yutqazishga bo’lgan munosabati haqidada gapiryapman, - dedi boy otam.
Milliy futbol ligasining eng yaxshi himoyachisi Fren Tarkinton bunday deydi. Yutish - bu yutqazishdan qo’rqmaslik.
O’z hayotimdan shuni bilamanki odatda yutuq yutqazishdan keyin keladi. Velosipeddda uchishni o’rgangunimcha, juda ko’p marta yiqilganman.“
Yangi hayotingizni, biznesingizni boshlamoqchimisiz, unda qo’rqmay ishingizni boshlang. Bu ancha yengil, katta bilib kerak emas, lekin bu sizdan qat’iy mas’uliyat talab qiladi. Bir necha tavsiyalar, chizmalar va misollar orqali kitobxonga “Sen hozir hech qayerdan daromad olmasang, ishing bo’lmasa, xo’sh, endi sen qanday yashaysan?”, degan savolni uqtirishga hamda javobini izlashga kitobxonni o’z nazariyasi orqali da’vat etadi.
Bu kitobni faqat moliya sohasidagilar uchun emas, barcha-barcha mutolaa qilishi kerak, chunki bu kitobni o’qisangiz, eng kamida siz o’z kelajagingiz ustunlari borligi yoxud yo’qligini alqaysiz.
Unutmang, harakat – harakatsizlikni yengadi.
@Saman_Blog