Taqriz tanlovi uchun Shohjahon Hamrayevdan "Qutlugʻ qon" asariga taqriz.
XX asr oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybekdir. Uning teran fikrlari, aql-idroki, kuchli salohiyati tufayli "Navoiy", "Qutlugʻ qon", "Oltin vodiydan shabadalar", "Ulugʻ yoʻl" singari romanlar dunyoga keldi.O‘zbek xalqining 1916 yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining «Qutlug‘ qon» (1940) romanida zo‘r mahorat bilan realistik ifodalangan bo‘lsa, «Navoiy» (1944) romanida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) asarida xalqimizning urushdan so‘nggi davr yaratuvchilik mehnati, «Quyosh qoraymas» (1958) romanida ikkinchi jahon urushi fojealari o‘z ifodasini topgan. Adibning «Ulug‘ yo‘l» (1977) asari esa «Qutlug‘ qon» romanining mantiqiy davomidir.
Men bir qora kunda tugʻildim,
Tugʻildim-u shu on boʻgʻildim.
Hamid Olimjon
Sevimli shoirimizning ushbu satrlari xuddi "Qutlugʻ qon" asari qahramonlari uchun maxsus yozilganday goʻyo.
"Qutlugʻ qon"-ayanchli oʻtmishimizdan hikoya qiluvchi asardir. Asardagi voqealar shunchaki yozilgan emas. Oybek ularni oʻz koʻzi bilan koʻrgan, bilgan va buni mufassal tasvirlagan.
Asar qahramonlarini nafaqat boylar va kambagʻallar balki salbiy va ijobiy obrazlarga ham boʻlish mumkin. Bu roman Oybekning ilk yirik asari boʻlishiga qaramay katta shuhrat qozondi. Millatimiz tarixining eng chirkin, qora kunlari yaʼni oʻsha oq podsho istilosi davri, birinchi jahon urushida yengilayotgan podsho hukumatiga mardikor yollash va buni Turkiston xalqlari orasidan yigʻish hamda bunga qarama-qarshi yoʻlda harakat qilgan Yoʻlchining bu yoʻlda shahid boʻlganiga guvoh boʻlamiz. Oybek qahramonlarni tasvirlashda syujet chizigʻi orqali ularning xarakterlarini ochib bergan. Bosh qahramon Yoʻlchi yangi hayot kurashchisi sifatida shakllana boshlagan oʻzbek mehnatkashi obrazidir. Qarindoshchilikdan yiroqlashgan Mirzakarimboy togʻaning Yoʻlchi gapirayotgandagi oʻy-xayollari (qarzdorlardan qanday qarzni uzdirish, banklar orqali raqiblariga qarshi sirli ishlari) uning kimligini aytib turibdi asar boshida. Xotini Lutfinisoning ochkoʻzligi (ayniqsa Gulnorga tuhmat qilishi) va qizi Nurinisoning, oʻgʻillari Hakimboyvachcha va Salimboyvachchaning holatlari ham maʼnaviy jihatdan nosogʻlom muhitdan darak berib turibdi. Yoʻlchi shu uyda Gulnorni topdi, Gulnor ham uni yurakdan, qalbdan sevdi. Adib Gulnor obrazi orqali oʻsha davrdagi ayollarning achchiq taqdiri, fojeali qismati, ogʻir turmush tarzi, qiyinchiliklari, itoatkoeliklarini tilga oladi. Afsuski, ular ikkisining ham taqdiri ayanchli yakunlandi, Gulnor zaharlanib, Yoʻlchi esa xalq manfaatlarini himoya qilib jon berdi. Unsin ham oʻsha ijtimoiy muhitga tushib qolgan qiz. Asarda Nuriniso boʻlsa ichi kir, shumlik, battollik, xudbinlik timsolidir. Yoʻlchi shiddatli, boʻronday kuchli edi. U uzoq kutgan kun keldi. (Bu qanday kun? Bu zolimlarning, zamon zzoʻrlarining yoqalaridan tutib, toptalgan huquqlarini dovlash, qonxoʻr oq podshoning qora dovrugʻini, uning mazlum xalqlar boshida jilpanglagan ilon qamchinini sindirish kuni).
Asardagi Shokir ota Unsin Yormat Oʻroz, Qoratoy, Robiya xola va boshqa koʻplab epizodik obrazlar uchraydi.
Asarda oʻsha davr taqozosiga koʻra sotsialistik realizm talabiga binoan rus inqilobchisi Petrov obrazi sunʼiy ravishda kiritilgan. Uning Yoʻlchiga koʻrsatgan taʼsiri ideallashtirilgan. Shuningdek, jadid Abdushukur esa bir tomonlama tasvirlangan. Mariya rus qizi (keyinchalik ismi Maryamga oʻzgartirilgan, Nurinisoning ovssini) obrazida ham madaniyatga, maʼrifatga undashga harakat qilgan.
Asarda milliy ruh birinchi oʻrinda turadi. Oybek shuningdek baʼzi bir oʻrinlarda rus aholisining bizni millatimizga bergan taʼriflarini ham keltirib oʻtgan. (Bu osiyoliklar vahshiy boʻlsalar ham, baʼzi bir fazilatlarga ega ekanlar: mana boy “sart” oʻz xizmatkori, balki quli bilan birga ichishadi. Demokratiya! “Suhbatdoshi unga javoban aytadi: “Sart”lar irq jihatidan, albatta past… Lekin bunga qaramay, baʼzi xususiyatlarini koʻrsatadilarki,… ularda badiiy sezgi ancha oʻsgan. Ular gulni sevadilar. Kiyimlari chirkin boʻlsa ham chakkasiga gul qistirib yuradilar.…Boy boʻlsin, kambagʻal boʻlsin, baribir, “sart”ning uyida bitta piyolasi boʻladi. Ikkita qilsa, odat buziladi…”). Bu holatlar albatta xalqimiz maʼnaviyati va madaniyatining naqadar yuksakligidan dalolatdir.
Asar soʻnggida Yoʻlchining oʻlimi beiz ketmasligi toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Bu bejiz emas albatta, chunki Yoʻlchi singari shunday ozod kunni kutgan boshqa odamlarning oʻsha orzulari endi ushaldi. Shunday ulugʻ kunlarni biz yashab turibmiz. Buning uchun Ollohga shukr qilishimiz kerak va bizning zulmdan ozod boʻlishimizda muhim rol oʻynagan u kabi boshqa qahramonlarimizni ham yoddan chiqarmaslik kerak.
t.me/Hayotimiz_Charogboni