“BOOKVAMP” LOYIHASI NIZOMI

​​#Bookvamp( "vamp" ya‘ni, vampir. Faqat boshqacha vampir, biz insonni emas kitobni qonini ichamiz:)


2020 yil

I. Umumiy qoidalar

1.1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’grisida”gi 13-sentyabr 2017 yildagi PQ-3271-sonli qarori ijrosini ta'minlash, O’zbekiston aholisini kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va ularni rag’batlantirish maqsadida tashkil etiladi.

1.2. “BOOKVAMP” loyihasi barcha kitobsevarlar o’rtasida tashkil etiladi va o’tkaziladi.

II. Maqsad va vazifalar
- davlatimiz tomonidan kitobxonlarga, xususan, yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ulardan unumli foydalana olish mas'uliyatini keng targ’ib etish;
- yoshlarni ijtimoiy tarmoqlarda imlo xatolarsiz yozishlarini targ’ib etish;

- bilimga chanqoq, iqtidorli, intellektual salohiyatli kitobxonlarni rag’batlantirish hamda ularning bilimlari va o’z aql-zakovatlarini namoyon etishlariga
ko’maklashish;

III. Musobaqalarni tashkil etish muddatlari va tartibi

3.1. Yoshi, irqi, millatidan qat`iy nazar barcha kitobsevar kitobxonlar o’rtasida ijtimoiy tarmoqlarda onlayn tarzda o’tkaziladi.

3.2. Musobaqa quyidagi tartibda tashkil etiladi:
Sentabr oyigacha 4 ta qism :
1-qism “Yosh kitobxon 2020 15-19 yosh toifasi ro’yxatidagi kitoblarni o’qiydiganlar” 44 dona har birini 4 kunda,

2-qism “Yosh kitobxon 2020 20-30 yosh toifasi ro’yxatidagi kitoblarni o’qiydiganlar” 54 dona har birini 3 kunda,

3-qism “Jahonda bestseller deb tan olgan asarlarni o’qiydiganlar” 31 dona har birini 5 kunda va

4-qism “Yangi va yangi tarjima qilingan kitoblarni o’qiydiganlar” 26 dona har birini 6 kunda umumiy 150 dan oshiq kitob mutolaa qilinadi. Va har bir kitob tugatilgandan so’ng o’qilgan kitob yuzasidan, savol-javob, taqriz hamda muhokama shartlari orqali ularga ballar berilib boradi. Har bir qism(punkt) bo’yicha berilgan kitoblarni 2 donasini o’qib bo’lgandan so’ng, bir kun dam olinadi.

3.3. Ishtirokchilarning javoblari homiylar tomonidan tayinlangan ishchi guruh tomonidan o’rganib boriladi va xolislik to’liq kafolatlanadi.

3.4. Mutloq g’olib 2020 yil 31 Avgust kuni umumiy ballar orqali aniqlanadi va unga “Bookvamp” diplomi hamda maqomi beriladi.

3.5. Shuningdek, g’oliblikdan tashqari “Eng faol kitobxon” va “Eng savodli kitobxon” nominatsiyalari ham e'lon qilinadi.

IV. Musobaqalarda ishtirok etish tartibi va mezonlari

4.1. Loyiha telegramm mesenjeri orqali maxsus tashkil etilgan @Hayotimiz_Charogboni nomli kanalda berib boriladi. Ushbu kanalda loyiha ichidagi barcha shartlar qanday va qayerda o’tkazilishi e’lon qilinib boradi.
Kitobxonlarning o’zaro fikr almashishlari, o’z fikr-mulohazalarini
bildirishlari uchun maxsus tashkil etilgan @Hayotimiz_Charogboni_guruh iga tashrif buyurishlari mumkin.

4.2. Loyiha a’zosi bo’lish uchun anketani to’ldirgan bo’lishi kerak. Quyida anketa savollari:
1. Ism va familyangiz?
2. Qaysi qismdagi kitobni o’qimoqchisiz?

4.3. Savollar ishtirokchilar tomonidan tuziladi, har br kitobni tugatgandan so’ng asardan 4 ta savol tuzib @Hayotimiz_Charogboni_Muloqot_bot ga tashlashlari shart.

4.4. Yozilgan javoblardagi imlo xatolarga, ma'no jihatdan g’alizliklarga katta e'tibor qaratiladi hamda ma'nolarni o’zgartirib yuboradigan xatoliklari bor javoblar noto’g’ri javoblar qatoridan o’rin oladi (jumladan: w - sh; o - o‘; c - ch o’rniga o’tmaydi va bizda bu harf va raqamlar asl holicha o’qib talqin qilinadi.

V. G’oliblarni taqdirlash

5.1. Oy oxirida o’z qismi(punkti) bo’yicha eng ko’p ball yig’ganlarga kitoblar hadya etiladi va uyigacha yetkazib beriladi.

5.2. Loyihaning g’oliblari va naminatsiya g’oliblari yil yakunida maxsus diplom va homiylarning esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

BARCHAGA OMAD!!!