#Taqriz tanlovi uchun Tursunov Doniyerbekdan "Ikki eshik orasi" asariga taqriz
"Ikki eshik orasida" romaniga taqriz
O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasida" romani 1986-yilda yozilgan bo'lib, u nafaqat muallifning adabiy merosida asosiy o'rinlarda, balki adabiyotimizning nodir durdonalaridan biri ham hisoblanadi. Romanda insonlar taqdiri, hayotning naqadar mukammal ekanligi ajoyib tarzda yoritib berilgan. Adib asarda birinchi navbatda tinchlikka rahna solgan qonli urushni qoralaydi, uning odamgarchilikning hech bir pog'onasiga to'g'ri kelmaydigan g'ayriinsoniy mohiyatiga alohida urg'u beradi. Ayniqsa urush voqeliklari har bir ota - onaning qalbida o'chmas dog' qoldirgani haqida so'z boradi. Muallif qalamga olgan asar qahramonlari orqali insonlarning aksariyat fazilatlari ko'rsatilib o'tilgan. Asar bu qadar jonli chiqishiga sababi buni yozuvchi teran anglagan holda, ya'ni boshidan o'tkan kechinmalar orqali yozgan. Ba'zilarini bilan gaplashib olgan xulosalarini, ba'zilarini aytgan gaplarini, ba'zilarini esa o'ylagan hayollarini yozganlar. Asarda keltirilgan kuchli iqtiboslardan ham buni yaqqol ifodasini ko'rish mumkin.
___
Odam bolasining fe'li qiziq. Avvalo, umid bilan qurgan imorating og‘masin ekan. Bir og‘dimi, bo'ldi, baribir yiqilarkan. To‘sib qolaman desang, bosib tushib o‘zingni ham parcha-parcha qilib tashlashidan qo‘rqar ekansan. Negaki, o‘sha imoratning poydevori qo‘porilishiga bir chekkasi o‘zing ham sababchi ekanligingni bilarkansan.
☆ ★ ☆
Bilmadim, balki shafqatsiz odam - diyonatsiz bo'lar. Lekin diyonatli bo'lish uchun ham shafqatsiz bo'lish kerak. Men shunga ishondim. Urush meni shunga majbur qildi, Robiya!
☆ ★ ☆
"Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi to‘rt enlik", degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi to‘rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko‘rganingga ishon... Maqsad - shu.
✍️ Tursunov Doniyorbek Erkin o'g'li
t.me/Hayotimiz_Charogboni