June 22, 2020

"Iqtibos savatchasi" loyihasi

🏀 Basketboldagi ball berish nizomlaridan foydalanilgani uchun shunday nomlandi.

✔ Loyiha shartlari:


  • 1. Kanal guruhiga haftaning har dushanba va payshanba kunlari soat 21:30 da biron ma‘lum va mashhur asardan iqtibos keltiriladi.
  • 2. Ishtirokchi iqtibos keltirilgan asarni janrini topsa, 1 ball beriladi.
  • Janrlar:
  • Klassik jahon adabiyoti Zamonaviy jahon adabiyoti Klassik o‘zbek adabiyoti Zamonaviy o‘zbek adabiyoti Non-fiction (non-fiktshn) - Ilmiy-ommabop Tarixiy asar
  • 3. Ishtirokchi iqtibos keltirilgan asarni muallifini topsa, 2 ball beriladi.
  • 4. Ishtirokchi iqtibos keltirilgan asarni nomini topsa, 3 ball beriladi. Bir iqtibosda bitta ishtirokchi 5 ball olishi, 3 ta ishtirokchi 1, 2, 3 ball olishi yoinki 2 ta ishtirokchi 1+2, 3 ball olishi mumkin. Sodda qilganda ball uchun 3 xil tarifdan foydalaniladi: janr, muallif va nom.
  • Har bir ishtirokchida javob berish uchun 3 ta imkoniyati bo‘ladi. Agar biron tarif(janr, muallif, asar nomi)dan ball olsa, unga yana 1 ta imkon beriladi.
  • Iqtiboslar har safar 15 tadan o‘ynaladi.


Oy davomida eng ko‘p ball olgan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. G‘olibga sovg‘a sifatida kitob beriladi.

Ishtirok etish uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Shunchaki, guruhga kirasiz va o‘yinda ishtirok etasiz.


Guruh manzili : t.me/Hayotimiz_Charogboni_guruh

Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ
Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ ɢᴜʀᴜʜɪ