#Taqriz tanlovi uchun Nargizaxon Muhammad Amin qizidan "Bonu" asariga taqriz
Eh umr, esiz inson qadri.
Bu dunyo bunchalar beshavqat bo'lmasa!?
Nahot guldek qizni taqdiri o'yin bo'lsa!
Nega ko'chada barcha arilarni go'zalligi bilan shaydo qilib guldan gulga qo'nib yurgan kapalak baxtli bo'lishga haqli bo'lsayu, qalbida Olloh nomi bo'lgan, barcha sinovlarga bardosh bilan sabr bilan yashagan guldek qiz baxtli bo'lishga haqli bo'lmasa!?
Agar kimdir menga oyning o'n beshi yorug', o'n beshi qorong'u, sinovlarga chidagan insonga bir kun baxtli kunlar keladi desa Iqbol Mirzoni "Bonu" romanini qo'liga tutqazardim.
Qani menga topib bersinchi,qani o'sha yorug' kun, qani haqiqat, qani adolat?
Bonuga shunday tarbiya berilganki u o'n ikkita erkakni ichida yashagan bo'lsa ham biror marta ko'nglida yomon fikr kelmagan. Yusufni qilgan ablahligiga qaramasdan u o'z pokligini saqladi boshqa yo'lga ketmadi...
Hech bo'lmaganida SEVGISIGA yetkazsang bo'lardiku!
Keyin bunchalik kuyinmagan bo'lardim...
Qani haqiqat?!
© Muhabbat Baxtiyorovna