April 26, 2020

Uyg‘ottira olarmikinsiz yoxud "Bir vijdon uyg‘onur"(A. L. Qozonchi) romaniga taqriz

Bookvamper

Rasm instagram.com/kitobookniga sahifasidan olindi
“Iso (a.s.) aytdilarki: "Sen bir nafasgagina egalik qilasan. Bas, mana shu bir nafasda bu nafas o‘tib ketishidan oldin ibodatga shoshil va o‘limingdan avval tavba qilib qol.”
Durratun nosihiyn


🤔Vijdoningiz uyg’onarmikin? Zotan, Siz vijdonni moddiyat qolipida deb, o’ylagansiz.
Turkiya “oqsoqollaridan” biri Ahmad Lutfiy Qozonchi didaktik asarlari bilan ma’rifat tislovchilar qalbiga iymon farahini singdirishiga harakat qiladi. Uning bu romani 1972-yil Chorumda yozilgan va asar turkchadan o’zbek tiliga Rohila Ro’zmonova tomonidan 2006-yili o’giriladi. 🚩“Kayfchi” ota – Sururi Bey, uning umr yo’ldoshi, saodat hissini tuymagan – Saodat va ularning yaratiqlari – Tumay asar markazidalar. Sururi Bey Tumayni o’zidek, aroqxo’r, shirakayf insonga aylantirdi, Saodat hali hamon saodatsiz. Bizning Tumay endi “Bey” maqomini ham oldi, chunki u otasining o’zidek bo’ldi, qoldi. Saodat yanada saodatdan yiroqlashdi. Ota o’ldi, o’g’il qalbiga misqol solimlik nish urdi, buni aytmoq uchun ona tomon ildamladi, o’ziga sig’madi va borib yetdi. Ona esa, qo’lida “Qur’oni Karim”ni tutib, bu dunyodan birinchi saodat tuyishdan mosuvo holda o’lik edi. Endi mayxo’r o’g’il solimlikka intilaveradimi? Kishi 3 kunda ota-onasidan ayrilsa va solihlik tomon jahd qilayotgan bo’lsa, uning kelgusi taqdirida nelar bo’ladi? Yana o’sha-sha Tumayga aylanadimi yoki nahot, uning vijdoni uyg’onsa, nahot-a?! Bu savollarning javobi asarda “ixlos to’nini” kiyib sizni kutmoqda, boring, Sizni kutyaptI, ilhaq…


“Kimningdir boshida o’sadi daraxt, Kimningdir boshida sarrayar o’tlar. Biri ma'sum, biri go’zal yigitlar, Na so’zlashar, na xabarlashar.”

💠Inson tarbiyasida qabohat ildizi tursa, undan razldan boshqa yana nimani kutish mumkin?! Razliy qalbda vijdon yo’qmi, bor bo’lsa, qani? Uxlayaptimi, uni kim uyg’ottira oladi? Kim?! Faqat O’zi!
🔶️Qozonchining syujet tuzish qolipi ko’p asarlarida bir xil, yomon va yaxshi insonlarni umumiy prototipi takrorlanaveradi, negizda esa, hamisha solimlik, ya’ni Islom. 🔸️Nazarimda asarda men sezgan boshqa kamchilikdan yirikrog’i bu – romanda yaxshilar va yomonlar muvozanati yo’qolgani bo’ldi, axir dunyoni ko’pi yaxshilik shaydosimas-ku. Va aynan bizni zamonimizda bu masalaga ko’pchilik insonlar “yaxshi odamlar kam” deyadi. Bir tomondan oynaga qanday qarasang, shunday aks namoyon bo’ladi, lekin hammani yaxshi desak, me’yor degan narsa yo’qoladi hamda buning natijasida bad(yomon) ongiy evrilish vujud aylaydi.

🔻Asarda jamiyatning jirkanch qatlami – bu beshlik dunyoda lazzatlanib olmoq kerak, shiori ostidagi aroqxo’rlarni, “ommaviy madaniyatchi”larni, oqibatga yot oilalarni va yana bir necha hozirda olamda aktual bo’lgan, iymonsizlikka doir muammolar ta’sirida ulg’ayotgan yangi jamiyatga uzlatdagi yagona nurni ko’rsatdi, bu Rabb edi!
🔰Asar qahramonida ham ko’rganimizdek, yaxshi amalga maqtov istash – bu shaffof savob amal sanalmaydi. Qilgan yaxshilik uchun ajrni insonlardan emas, O’zidan tilamoq lozim!


✡Dunyoga kelishimiz va ketishimiz qo’lida bo’lgan Allohni zarra xotirot maydonimizdan chiqargan onimiz oxirat maydonida o’z jazosini kutib turadi.


🔯Nima va qanday bo’lishidan qat’iy nazar inson o’z o’zligini topishi va undan qo’rqmasligi kerak. O’zligida xoh razil, xoh xudbin bo’lsin, uni tan olsin! Mana shundagina o’zlik bilan chin vijdonni uyg’ontirish mumkin. ⚜Vijdoningizga nazar soling, farah ruhiyati unda mavjud bo’lmasa, bu kitobni o’qing va o’zliginizni bir karra yaxshi tomonga o’zgartiring! Asar o’zligni o’zgartiradigan darajada emas, zero bunday kitoblarni o’zi barmoq bilan sanarli. Siz vijdoningizni uyg’ottirishni istasangizgina, asar shu maqomga ega bo’ladi. Tepada aytib o’tganimdek, oynaga qanday qarasangiz, shunday aks namoyon bo’ladi. Aksingizdan qo’rqmang, aslo! Uni yenging! ✔Bitta she’rda aytilganidek, so‘lgan hayot albat qayta uyg‘onur...

✳Iqtiboslar:

  • “Bu yerdagi g’arib odatlardan biri shuki, odamlar kiyim-kechak va zeb-ziynatga ko’p e’tibor qaratadi. Birov kiygan qimmatbaho
  • kiyimlari uchun hurmat qilinadi. Agarda ularni eski kiyimlarda ko’rishsa, eshiklaridan quvib solishlari turgan gap.” * “Madaniyatli bo’lish mening kiyinishimga bog’liq bo’lsa, ilohim, bo’lmasin unday madaniyat.” * “Or-nomus va hayoni boy berish evaziga keladigan madaniyat kimga kerak? Boshqalar bilganini qilsin, xohlagancha yursin, avrat joylarini yashirmasin. Ammo men bunga yo’l qo’ymayman. Menga berilgan tarbiya boshqa.” * “Oh, qani, dunyoda nomus dushmanlari bo’lmasa… Beodoblikni, sharmsizlik va axloqsizlikni sharaf deb biluvchilar bo’lmasa… Nomus va iffat bilan yashashni eng oliy saodat deganlar bu dunyoda ayblanmasa…” * “Hayotligida madaniyatli inson bo’lib, burni osmonda bo’lganlarning ham burnilari yerga ishqalanadi. Bir odamni bag’riga olgan bir uyum tuproq, fotiha o’qish uchun kelganlarga qarab: "Kecha men ham seningdek edim, ertaga sen ham mendek bo’lasan!" - deydi. "Pushaymon bo’lmaslik uchun hozirlanib kelishini, zulmatdan qo’rqsa nur (yorug’lik) uchun tayyorgarlik ko’rish lozimligini" samimiyat bilan tavsiya qiladi. Ammo tavsiyaga kim quloq, soladi?” * “Qabriston – dunyo hayotining so’nggi va majburiy bekati.” * “Dunyo saltanatida miriqib davron surgan ham, ezilib qiynalgan ham oxiri shu manzilga keladi. Orzidan ona suti ketmagan go’daklar beli bukchaygan qariyalar bilan shu yerda do’st bo’ladi. Yetim va bechoralarini och-yalang’och tashlab kelgan bag’ri kuygan ota-onalar jigarporalarini shu yerda kutib oladilar. Ilk inson yaratilgandan buyon bu yerga odam yoriladi, ammo tuproq aslo tuymaydi.” * “- Nima, o’lgandan keyin hammasi tugaydi, demoqchimisan? Dunyo hayotining hisobi yo’qmi? Inson hayotda o’zicha, hayvondek yashamaydi-ku…” * “Ammo sen aytayotgan o’sha durmat bu dunyoda keladi. Bir kun kelib, inson faqatgina suyak, et va qondan iborat emasligini, uning ruhi dam borligini anglab yetsang, shu kitobga ehtiyoj his qilasan. Insoniyatni turli falokatlardan saqlab qoluvchi yagona kitob mana shudir. Ammo, senga o’xshagan "madaniyatli" kimsalar buni qayerdan ham bilishsin?!” * “Yaxshi ham, yomon ham birdek so’roq qilinadi. Naqadar odil tushuncha!” * “Bir nechta musht yedi. Zarari yo’q. Hayotda hamma ham musht yeydi... Ammo bu mushtlarning ma'nosi bor. Har bitta yegan mushti avval qilgan odobsizliklarining jazosi...” * “Yaxshi inson bo’lish, insoniylik boshqalar nomusini ham o’z nomusidek muqaddas va muborak hisoblashdan boshlanadi. Har bir kishi avvalo, o’z akasi, singlisi yoki turmush o’rtogini o’ylashi lozim.” * “Ishq dardiga giriftor bo’lganlar sevgilisini hech bir nuqsonsiz tasavvur qilishadi, turmush qurgach esa xayollar to’zg’ib ketadi. Haqiqat zohir bo’ladi. Nuqsonsiz ko’ringan sevgilisining nuqsonlarga to’la ekanini, fazilat unda vatan tutmaganini ko’rib hayratlanadi. Ba'zan peshonaga musht tushadi, gohida sochlar uzilgudek tortiladi. Bu dunyoni go’zal qilib ko’rsatgan nafsini ayblaydi. Insonni farishta qilib ko’rsatgan, "sevganing ham farishta emas, inson", demagan aqli va vijdonini ayblaydi. Ammo endi bundan ne foyda?..” * “Ishq shunday bir seldirki, ba'zan unda Majnun Laylining izidan oqadi, ba'zida Farhod Shirinni toppish uchun bir qirgo’qdan ikkinchi qirg’oqqa uo’ini uradi, ba'zida esa, Tohir Zuhrasi yo’lida cho’kib jon beradi.” * “Inson o’zini yuz liraga sotmasligi kerak edi. Pulga qul bo’lgan kishi insoniyligini yo’qotadi.” * “Hozirgi odamlar fursatni boy berishmaydi, boshqalarning ham o’zidek bir inson ekanligini o’ylab achinmaydi. Vijdonan ish ko’radigan davrlar o’tib ketdi.” * “Bir insonni to’g’ri yo’lga solish, o’layotgan falokat qurbonini kutdirish... Bularni moddiy o’lchovda baholash to’g’rimas. Chunki bular moddiy sohaga daxlsizdir” * “ - Demoqchimanki, siz aytayotgan bu yoshlik va kelishganlik o’tib ketadi. Aslida hayot ham o’tkinchi. Men uchun hayotning o’tkinchi ekaniga eng yorqin misol uch kun ichida ham ota, ham onadan ayrildim. Hozir suyaklari ham chirib yotgan qanchadan-qancha yosh va kelishgan insonlar o’tib ketishgan. Fikrim shuki, kishi yoshligiga ishonib, osmonga ko’z tikish o’rniga, pok va halol biror fakirni topib, unga ko’maklashgani yaxshi
  • ” * “Qudrati cheksiz bo’lgan Alloh ba'zan bir-biriga sevdirishni istagan kishilariga birdek xulq beradi. Bir tomonda ruhlar sevishadi. Qalblar bir-biriga bog’lanadi. Yer yuzining butun boyligi bilan ham, qo’lga kiritib bo’lmaydigan bir natija hosil bo’ladi. Bu buyuk Allohning xohishidirki, bilmaganlar uni ilk ko’rishda oshiq bo’lish, deyishdan boshqa gapni aytolmaydilar.” * “Inson kiygan kiyimining bahosiga ko’ra saodat topadigan bo’lsa, boylarning qizlari umri davomida baxtiyor o’tardi. Nega ularning ham boshi darddan chiqmaydi?” * “Ipak ko’ylak kiyib iymonsiz bo’lgandan ko’ra, yamoq ko’ylakda nur yuzli bo’lish yaxshi.” * “Shifosi yo’q dardga mubtalo bo’lganmiz. Farzand otasiga itoat qilmaydi. Buning sababi nima? Kim ularga itoatsizlik buyrug’ini beryapti? Oila tarbiyasi yaxshi emasmi, yo’qsa maktablarda keragicha axloq darslari o’qitilmayaptimi? Yoki bularni jamiyat buzyaptimi?”

Meni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimda ham, kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram