June 22, 2020

"YANGI VA KREATIV UCH LOYIHA TURKUMI"

Bugun sizlar bilan 3 qiziq loyihalarimizni yangilangan qoidalari bilan umumiy holatda ko‘rib chiqamiz.

📃 Birinchi loyiha - "Iqtibos savatchasi"

🏀 Basketboldagi ball berish nizomlaridan foydalanilgani uchun shunday nomlandi.


Loyiha shartlari:

  • 1. Kanal guruhi ( @Hayotimiz_Charogboni_guruh )ga haftaning har dushanba va payshanba kunlari soat 21:30 da biron ma‘lum va mashhur asardan iqtibos keltiriladi.
  • 2. Ishtirokchi iqtibos keltirilgan asarni janrini topsa, 1 ball beriladi.
  • Qaysi janrlar deysizmi?:
  • Klassik jahon adabiyoti
  • Zamonaviy jahon adabiyoti
  • Klassik o‘zbek adabiyoti
  • Zamonaviy o‘zbek adabiyoti
  • Non-fiction (non-fiktshn) - Ilmiy-ommabop
  • Tarixiy asar
  • Bolalar adabiyoti
  • Xalq og‘zaki ijodi
  • Mumtoz diniy adabiyot
  • Zamonaviy diniy adabiyot
  • 3. Ishtirokchi iqtibos keltirilgan asarni muallifini topsa, 2 ball beriladi.
  • 4. Ishtirokchi iqtibos keltirilgan asarni nomini topsa, 3 ball beriladi.
  • Bir iqtibosda bitta ishtirokchi 5 ball olishi, 3 ta ishtirokchi 1, 2, 3 ball olishi yoinki 2 ta ishtirokchi 1+2, 3 ball olishi mumkin. Sodda qilganda ball uchun 3 xil tarifdan foydalaniladi: janr, muallif va nom.
  • Har bir ishtirokchida javob berish uchun 3 ta imkoniyati bo‘ladi. Agar biron tarif(janr, muallif, asar nomi)dan ball olsa, unga yana 1 ta imkon beriladi.
  • Iqtiboslar har safar 15 tadan o‘ynaladi.

Oy davomida eng ko‘p ball olgan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. G‘olibga sovg‘a sifatida kitob beriladi.

Ishtirok etish uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Shunchaki, guruhga kirasiz va o‘yinda ishtirok etasiz.

Guruh manzili : t.me/Hayotimiz_Charogboni_guruh


Ikkinchi loyiha - "Kalavaning uchini top!"

  • ‼️ Loyihamizning shartlari:

    Ishtirokchilarga
  • 🔹 Asar nomi va qahramoni; (10ta )
    🔹 Asardagi o‘sha qahramonga berilgan ta‘rif;(10ta)
    🔹 Asardagi mashhur iqtibos;(10ta)
  • ...aralash tarzda (jami: 30 ta) ma‘lumotlar beriladi. Siz aynan shu ma‘lumotlardan mos-mosini qo‘yib, bir listda javob berishingiz kerak. Ya‘ni asar nomi, qahramon + unga berilgan ta‘rif + asardan parcha (iqtibos).

✔️ Baholash.

Har bir bosqichda ishtirokchilarga 2 balldan beriladi. O‘yin so‘nggida esa eng ko‘p ball jamg‘argan ishtirokchilar e‘lon qilinadi.

🕰 O‘yin haftada 2 kun o‘tkaziladi:

Seshanba •Juma

Soat 22:00 da

🥳 Va..va..oy oxirida eng ko‘p ball jamg‘argan ishtirokchiga KITOB 📙 SOVG‘A QILINADI!

🎯 O‘yin t.me/Hayotimiz_Charogboni_guruh da bo‘ladi.

Kichik misol: (asar nomi va qahramon) “Uch og‘ayni”, Robert + (qahramonga ta‘rif) kamgap, rahmdil + (Asardan iqtibos) “Rahmdillik dunyodagi eng bema‘ni narsa. U ichi qoralikdan o‘zga narsa emas”

Mana shu ko‘rinishda kalavaning uchini topamiz!


Uchinchi loyiha - "O‘ylaShartmas"

😉Bu soddagina o‘yincha!


🤓Shartlar qanday deysizmi?!


  • 🙂Biz ballni ikkita bosqichda beraylik-chi, dedik. Telegramdagi ulkaaaan tuyg‘ularimizni ifodalaydigan smilelar bor-kuuu(😌). Ana shulardan foydalanib

  • Birinchi bosqichda:
    Har bir ishtirokchiga smilelar orqali asarning nomiga ishora qilinadi. Bunda topqirlik birinchi o‘rinda turadi(😇).
  • Masalan : 🚪🛣🚪- Ikki eshik orasi

  • Ikkinchi bosqichda:
    Ishtirokchilarga asarlarning nomlari aralash shaklda beriladi. Bunda ham topqirlik va tezlik zarur(☺️)!
  • Masalan : K Sh I K E S K I A I R I S O - IKKI EShIK ORASI

  • 📃Har ikkala bosqichda ham, 15 tadan asar nomini topishingiz kerak bo‘ladi.

  • 📌Har bir to‘g‘ri topganizga 1 ball beriladi.


🤗Har bir bosqichda g‘oliblargina keyingi bosqichga o‘tishadi, degan gap yo‘q! Hamma bemalol qatnashaveradi!


🗓Bu o‘yin haftaning chorshanba va shanba kunlari soat 21:30 da o‘tkaziladi.

🥳Oy oxirida esa, eng ko‘p ball yig‘ganga KITOOOOB!


😊Bosqichlar juda oddiy, faqat siz o‘zingizni zehningizni ishlatsangiz, bas!

♻️Haya, o‘yin albatta, @Hayotimiz_charogboni_guruh da bo‘ladi.

😎Demak, o‘yinlarda uchrashguncha!


Barcha o‘yinlar t.me/Hayotimiz_Charogboni_guruh da bo‘ladi.

Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ
Hᴀʏᴏᴛɪᴍɪᴢ Cʜᴀʀᴏɢ‘ʙᴏɴɪ ɢᴜʀᴜʜɪ