April 6, 2020

#Taqriz tanlovi uchun Nargizaxon Muhammad Amin qizidan "Bonu" asariga taqriz

#Taqriz
#Nargizaxon_Muhammad_Amin_qizidan
#Iqbol_Mirzoning_Bonu_asariga

Bonu timsolida yozuvchi o'zbek ayollarining matonati, sadoqati, alamlari, nomus va vafosi aks ettirilgan. Asarni tuni bilan o'qib chiqdim. Bonuni kundaliklaridan yozilganligi uchun kitobxon o'zini xuddi asar qahramini o'rniga qo'yib, ruhini Bonuga bog'laganday bo'ladi.Bonu bolaligi bobosi ogitlari bilan bolalarcha sof tuyg'ularga boy o'tayotgan edi. Bobosini o'limi Bonu uchun birinchi zarba edi.Bonu tabiatan go'zal, husni ham ancha muncha go'zallardan qolishmas edi.Uni yashashga bo'lgan ishtiyoqi menga umid berdi. Otasini vafotidan so'ng Bonu ikkinchi judolikka uchradi. Bu esa juda qimmatga tushdi.Butun hayotini butunlay teskriga o'zgartirib yubordi. Oydek go'zal husniga, siqilishi orqali oq dog'lar tushdi.Shu sababli odamlardan ajralib qoldi, jamiyatga qo'shila olmadi.Asar hozirgi yashab turgan turmush tarzimizda uchraydigan yaxshi va yomon xulqli insonlar haqida berilgan. Mehr kutgan insonlaring sendan mehrini ayaydi.Begona insonlar seni har taraflama qo'llaydi.
Shoira opani asar oxirigacha Bonu bilan birga bo'lishi hayotimizda ham shunday sadoqatli insonlar bormikan deya o'ylashga majbur qiladi.
Olmos va Dilbar obraziga kelsak ular shaytonning bolalari. Pul topish uchun har qanday razillikka tayyor shaxslar. Xuvaydo boboni o'ylab uni ruhiy olamidan o'ziga kuch olib yashaydi.Inson tushkunlikka tushgan paytida yalt etgan nur ham unga umid beradi.Bonu mening fikrimcha shu insonga bo'lgan hurmati,yodi yashashga umid bergan. Asarda keltirilgan hikmatli hikoylarni o'qib siz ham ruhingizga ozgina bo'lsa ham tarbiya berasiz.
Ona bu bizning yerdagi tanho farishtamizdir. Mushtipar onaizorga achinib ketasan.
Aka ota o'rnidagi ulug' siyomo,lekin akasini,o'zini erkin fikri yo'qligi ayolini uni hayotini boshqarishiga sabab bo'ldi. Erkak aka dega nomga dog'day.
Alisherdek mard va nomusli yigitlarni borligi erkak jinsiga bo'lgan mehringizni oshiradi.
Yusuf muhabbatiga egri yo'l orqali erishmiqchi bo'lgan telba oshiq(oshiq deb bo'larmikan).Hirsi yo'lida har qanday qabihlikka tayyor shaxs.
Menga asarning eng yoqqan joyi Bonuni lo'lilar uyida yashagan vaqti bo'ldi.Ular insonni qadrlaydigan,yaxshilikka yaxshilik bilan javob beradigan insonlar ekan.

Bonujon ❤️

Orzu bilan o'tdi erta-kechlaring,
Ustingdan kuldi, pastlar, xor-hastlar.
Nasabing doim hayolda bo'ldi,
Bonujon, o'zinga yetarmi kuching.

Senda otash qalb borligi rostdir,
Har g'amga sherik ul, pokiza qalbing.
Dunyoga o't ketsa, o'chirmoq uchun,
Bonujon, yetarmi ko'zdagi yoshing.

Kun keldi ishq degan savdo bo'zlatdi,
Qo'l yetmas yulduzni yurak bo'zlatdi.
Tanho, hamdard qalb bilan qolding,
Bonujon, usiz yashamoqqa yetarmi kuching.

Toza qalbinga qo'nmasin gardlar,
Holing so'rashga topilsin so'zlar.
Baxtingdan bu kun gullasin bog'lar,
Bonujon, kutmoqqa yetarmi sabring ..?

Ki, senga ko'ngilni pok berdi Egam,
Darzlarni tikmoqqa chok berdim Egam.
Omadlaring goho toq bergan Egam,
Bonujon, yashashga yetarmi kuching...

Nargizaxon Muhammad Amin qizi ©