March 23, 2020

"Hojimurod" qissasiga "Bookvamp"chilar taqrizlari

Gulinoz Anvarovnaning taqrizlari

Iste'dod — Alloh bergan ne'mat! Bu ne'mat ayni vaqtda mas'uliyat hamdir. Xalq dardini anglash, odamlarni qiynayotgan muammolarga javob topish, eng asosiysi, ma'naviy quvvat berish uchun yaratilgan qismat — ijodkor qismati. Ayni shu jihatlar buyuk adib Lev Tolstoyning taqdiri, tarjimai holidir. O'zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov shunday degan edi: «Iste'dodli yozuvchi desam, ko'z oldimga birinchi bo'lib Lev Tolstoy keladi. Pushkin, Dostoevskiylar ham buyuk. Lekin Tolstoyga yetadigani yo'q. Uning mehnatkash, haqiqatgo'y bo'lganiga, tamasiz yashaganiga havasim keladi. Ko'nglidagini baralla, go'zal qilib ayta olgan. Xudo bergan iste'dodni shon-shuhrat, boylikka alishmaydigan yozuvchi ana shunday bo'ladi».

✅ Asar haqida

Adibning «Hojimurod» qissasini o'zbek tiliga Uyg'un tarjima qilgan. Qissa Tolstoy tomonidan 1896- 1904 yillarda yozib tugatilgan bo‘lib, unda yozuvchi ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, ma‘naviy asoslarini ochib tashlaydi. Bu jamiyatning yuzidagi pardasini ko‘taradigan shaxs bu - Hojimurod bo‘ldi. Mazkur asardagi kishilar taqdiri bilan voqealarning o‘zaro chambarchas bog‘liqligi masalasi adibning “ Tirilish ” romani bilan muqoyasa qilinadi.

✅Hojimurod - markaziy obraz.

Yozuvchi bosh qahramonining nomi bilan butun boshli asarini ataydi.Asarga Hojimurodning olib kirilishi yozuvchi qalamidan boshqa obrazga topshiriladi. Ya‘ni uning barkamol, ma‘nan yetuk, o‘z davrining ijtimoiy - siyosiy jarayonlariga boshqalardan farqli o‘laroq mustaqil va shaxsiy fikriga ega komil inson sifatida gavdalantiradi. Hojimurodning ruhiy holati, ijtimoiy onggi, dunyoqarashi uning boshqalar ,atrofidagilar, bilan bo‘lgan suhbatida ochib beriladi. Yozuvchi nimaga aynan bosh qahramonining millatini chechen qilib oladi? Chunki ularda vatanparvarlik ruhi va qoni qaynoqlik, chaqmoqlik xosdir! Aynan shunday markaziy obraz qolgan obrazlarni atrofida jipslashtirmog‘i lozim edi. Hojimurodning Voronsov, Melikov, Asldor , G‘amzat, Mariya Vasilyevna , Meller kabi obrazlar bilan suhbatida haqiqiy shaxs sifatidagi qiyofasi ochiladi.Uning erk va ozodlik yo‘lidagi kurashgan hayot yo‘li qator g‘alaba va mag‘lubiyatlarga sababchi bo‘lgan bo‘lsa- undagi ishonch va g‘ayrat sardorlarga , yo‘lboshchilarga xosdir!
“ Hojimurod o‘z baxtiga doimo ishonardi. U biror narsani boshlasa, albatta muvaffaqiyat qozonaman deb o‘ylardi, shuning uchun ham hamma narsa unga kulib boqardi” Balkim, uning mana shu IShONChI butun boshli rus imperiyasiga qarshi kurashayotganini pisanda qilmaganidir?!

✅Asarning yutug‘i.

Asarda bironta tushunarsiz so‘z yo‘q.Ortiqcha ishora va sirli belgila uchramaydi.Asar MILLAT TANLAMAYDI.Asarni o‘qigan kitobxon“rus adabiyotini o‘qiyapman” deb o‘ylamaydi.Chunki Hojimurodlar har bir xalqning ERKKAChA bo‘lgan hayotida bor!Asar Hojimuroddek sodda,mashxurUndagi voqealarda aynan rus hayotini ko‘rmaysiz.Undagi URUSh , VATAN,ERK,OZODLIK,KURASh, MUNOZARA,TOG‘ TABIATI,ShE‘RIYAT,G‘AYRAT, ShIJOAT, IShONCh, MARDLIK kabi tushunchalar butun dunyo xalqlariga tanish.Asardagi Hojimurod bu - Jaloliddin Manguberdi,Shiroq,To‘marislardir(O‘zbek adabiyoti)U jadidlar bilan bir qatorda!Tolstoy o‘zi ta‘kidlaganidek,“Agar men podsho bo‘lganimda o‘zi ishlatgan so‘zning ma‘nosini tushuntirib berolmaydigan yozuvchini yozish huquqidan mahrum qilar va yuz darra bilan kaltaklash haqida buyruq chiqargan bo‘lardim...”
Agar yozuvchi Hojimurodni qo‘rqoq qilib yaratganida asar bu nom bilan atalmasdi va Tolstoy e‘tiqodiga zid bo‘lardi. Shiller: “Mardona adashmoq va orzu qilmoq zarur” degan edi.
Asarni o‘qigan kitobxon Hojimurodni kutilajak xavflardan ogohlantirgisi, uni jonini asrashi kerakligini uqtirmoqchi bo‘ladi. Balkim Tolstoy ham Hojimurodni o‘ldirishgacha bo‘lgan jarayonda ko‘nglidan shular o‘tgandir?!
Odil Yoqubov:“Hojimurod”dek o‘lmas asarni yaratgan Tolstoy uning o‘limi uchun o‘zi ham yig‘lagan ekan,Tolstoyga asarlari uchun Nobel berishganda ham olmagan ekan”

✅G‘oya

Asarda g‘oya deyilanda:ERK,MAQSAD,KURASh,ADOLAT,VATAN degan satrlar hayqirib chiqadi!g‘oyani shu so‘zlarga jamladim!

Asarni o‘qishni tavsiya qilaman!
✍Gulinoz Anvarovna

-----
Botirxonova Sevinchxonning taqrizlari


Iste‘dod-Alloh bergan ne‘mat. Bu ne‘mat ayni vaqtda mas‘uliyat hamdir. Xalq dardini anglash, odamlarni qiynayotgan muammolarga javob topish, eng asosiysi ma‘naviy quvvat berish uchun yaratilgan qismat-ijodkor qismati. Ayni shu jihat buyuk adib Lev Tolstoyning taqdiri, tarjimai holidir. Uning har bir asari zamirida haqiqat deb atalmish buyuk kuch yashaydi.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov shunday degan edi: "Iste‘dodli yozuvchi desam ko‘z o‘ngimga birinchi bo‘lib Lev Tolstoy keladi. Pushkin, Dostoyevskiylar ham buyuk. Lekin unga yetadigani yo‘q. Uning mehnatkash, haqiqatgo‘y bo‘lganiga, tamasiz yashaganiga havasim keladi. Boisi ko‘nglidagini baralla ayta olgan."
Lev Tolstoyning "Hojimurod" qissasi Uyg‘un tomonidan tarjima qilingan bo‘lib, 1978-yil G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyotida chop etiladi. Oradan yillar o‘tgach o‘zbek radiosi tomonidan qissa asosida tayyorlangan radiopyesa taqdim etiladi.

Ushbu qissa chechen o‘g‘loni, sarkarda Shomilning noibi Hojimurodning mudhish, turli murakkabliklarga to‘la hayoti haqida so‘zlaydi. Hojimurod na ruslar, va na Shomil taraf, u yakka holda chechen yurfini idora etish, tog‘-u toshlarda hukmronlik qilishni istaydi.
Qissa yanchilgan, toptalgan lekin novdalaridan biri gullab turgan buta tasviri bilan boshlanadi va yakun topadi.
"Naqadar zo‘r quvvat!-deya o‘yladim men-inson hammasini yengibdi, millionlarcha o‘t-o‘lanlarni mahv etibdi, bu esa hamon taslim bo‘lmaydi."
"Haydalgan dala o‘rtasidagi yanchilgan tikanak menga ana shu o‘limni eslatdi..."

Darhaqiqat, qissa bosh qahramoni o‘sib-unishga intilgan va yakunda ayanchli o‘lim topgan, to hanuzga qadar ruhi orom topmagan inson.
Asarda turli-tuman obrazlar uchraydi: Eldor, Sado, Vorontsov, Andeev, Xon-Mangoma, Hanafiy, Poltoratskiy, Shomil...
Hojimurod-e‘tiqodda mustahkam, o‘z elini, ovulini sevuvchi, qo‘li ochiq, dushmanga nafrati kuchli, oilasini ardoqlovchi shaxs. U zulmkorlar qo‘lida shaxid bo‘ladi.
To hozirgacha u haqida hayajonlanib gapirishadi, afsonalar to‘qishadi.
Demak, u hamon tirik...

-----

Qo‘shilishi mumkin