𝑿𝒂𝒓𝒐𝒃𝒂𝒅𝒂𝒏 𝑪𝒉𝒊𝒒𝒒𝒂𝒏 𝑲𝒊𝒚𝒐𝒗
9—bob
Taehyung uni tinglardi chindan ham tinglardi ammo xayolidan bir fikrni hech chiqarolmasdi bu qo‘llar yana uni quchoqlab turibdi. Bu qo‘llar issiq, ushlaganda dag‘al, xuddi egasining o‘zi kabi qo‘pol edi. Ammo endi emas. Jungkook unga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirgandi, biroq Taehyung endi qaytadan sevib qololmasdi u allaqachon qulog‘igacha butun borlig‘i bilan oshiq edi. Hatto muloyim rad javobidan keyin ham shuncha ko‘z yosh to‘kkanidan keyin ham.
Balki shunday bo‘lishi kerakdir?
Jungkook unga imkon bermagani to‘g‘ri bo‘lgandir chunki his-tuyg‘ular bo‘lmasa, soxta umid berish kerak emas. Ammo vaziyatni to‘liq tushunib, qabul qilgan bo‘lsada baribir bu qo‘llarning iliqligini g‘amxo‘rligini va quchog‘ini doim istashini o‘ylashdan to‘xtay olmasdi. O‘zi uchun juda ko‘p narsani anglatgan yaqinlikdan keyin shunchaki do‘st bo‘lib qolish oson emasdi. Ammo uning yonida bo‘lishini ham inkor eta olmasdi. Qanchalik og‘riqli bo‘lmasin, Jungkookning g‘amxo‘rligi baribir uning qalbiga yetib borar, ichini iliqlik bilan to‘ldirardi.
Mayli Taehyung yana irodasiz yoki o‘zidan ham battar ahmoq bo‘lib ko‘rinsin, lekin yolg‘iz o‘zi buni uddalay olmaydi. Uning boshiga juda ko‘p narsa tushgandi dunyo faqat Jungkook va uning rad javobi atrofida aylanmaydi buning ustiga hamma uni fohisha deb biladi, bir necha oy oldin unga xiyonat qilishgan va, umuman olganda, Taehyung chamasi Yer yuzidagi eng katta landovurdir. Ammo Jungkook yordam qo‘lini cho‘zishi mumkin ekan nima qilsin?
Bu uning o‘z xohishi. Taehyungga endi buning nima uchun qilinayotgani muhimmi?
Biror narsani yengib o‘tish uchun suyanchiq kerak ba’zan yaqinlaringning qo‘llab-quvvatlashi ham yetarli bo‘lmaydi. Mana shunday yordamchi paydo bo‘ldi…
Hayotdagi og‘ir vaziyatlar haqida hazil aralash samimiy suhbatlashib o‘tirishganidan taxminan bir soat o‘tgach Jungkook yana Jimin haqida so‘radi va o‘zi unga qo‘ng‘iroq qildi. Ammo telefoni tarmoq doirasidan tashqarida edi. Taehyung Jimin Namjoon bilan ketganini aytdi shundan keyin Namjoonning o‘ziga qo‘ng‘iroq qilishdi. Hammasi darhol hal bo‘ldi barchasini topishdi. To‘g‘ri birgina «ammo» bor edi ularning ahvoli unchalik yaxshi emasdi. Jimin oyog‘ini qayirib olgandi (bir tashvishning ustiga boshqasi!).
Sayil davom etardi. Pikapning ochiq derazalaridan quvnoq musiqa yangrar uzoq-uzoqlardan jarangdor ovozlar va kulgi eshitilardi. Jungkook tun qorong‘usida motorni ishga tushirdi. Yo‘l bo‘ylab faralarning iliq nuri yoyildi, dvigatel gurillab ishga tushdi. Taehyung orqa o‘rindiqda qolib, tizzalarini ko‘ksiga tortdi. Endi unga hammasi baribir edi. Qalbi yig‘lab-yig‘lab, nihoyat tinchigandi.
Bu g‘alati, ammo rost edi ular orasida nimalar bo‘lib o‘tganiga qaramay Jungkook bilan birga bo‘lish unga xotirjamlik bag‘ishlardi. Yoki gap shundadir faqat ular orasida hamma narsa bo‘lib o‘tgandan keyingina…
Kasal bilan sog‘lomni olib ketish uchun yo‘lga tushishdi (agar Namjoon sog‘lom bo‘lsa, albatta).
Taehyungning ovozi ham iliqlashdi. Endi ular go‘yo yana ahil do‘stona munosabatda edilar… hammasi joyida.
— Har doimgidek injiqlik qiladi. Lekin umuman olganda, yaxshi.
— Ba’zan qachon kelishingni so‘raydi, ammo seni tobora kamroq eslayapti. Tez orada unutadi.
Ha… Tez orada unutadi… Jungkook ham, uning oilasi ham hovuz bo‘yidagi uycha ham, bu qishloq joylar ham… Go‘yo Taehyung bu yerda hech qachon bo‘lmagandek. Shunday bo‘lgani to‘g‘rimi?..
— O‘zingchi, farzandli bo‘lishni xohlaysanmi?
Suhbatni davom ettirish uchun beriladigan oddiy, beozor savoldek tuyulardi. Garchi ular bu haqda avval ham gaplashishgan bo‘lsada. O‘shanda Jungkook ham bola haqida gap ochgan, natijada Taehyung bo‘riga duch kelgandi.
— Men bolalarni yaxshi ko‘raman. Lekin sobiq sevgilim bunday kelajakni istamagandi. Men bilan ya’ni bir yigit bilan oila qurishni hech kim xohlamasa kerak… Nima demoqchi ekanimni tushunding. Mehribonlik uyidan bolalarni olib, uchovimiz birga yashash… Va hokazo… Bu juda jiddiy qadam— dedi u biroz g‘amginlik bilan, ammo o‘zini yaxshi tutishga harakat qildi.
Jungkookning ko‘ngli g‘ash tortdi. U yana qovog‘ini soldi, chunki Taehyung o‘zi haqida noto‘g‘ri fikrda edi.
— Qanaqa bema’nilik bu? Hamma ham sobiq yigitingga o‘xshaydi, deb o‘ylaysanmi? Ha, bolalarni asrab olish muammoli bo‘lishi mumkinligini taxmin qilaman, ammo bunga hech kim sen bilan oila qurishni istamasligi sabab bo‘lmaydi.
Aslida, bu ular davom ettirishi kerak bo‘lgan suhbat emasdi. Bir odam u bilan oila qurishni orzu qilgan, ikkinchisi esa uni albatta kimdir turmushga olishini ishontirayotgan vaziyatning o‘zi kulgili edi. Albatta, rasman emas, ammo og‘zaki ravishda bemalol.
— Meni yupataverma. O‘zingchi…
— Nima, sen emasmi? Ayollarga ishonmaysan chunki ular oila qurishni istamaydi, deb o‘ylaysan-ku.
Voy, rosa topib qo‘ydi! Jungkook istehzo bilan kulimsiradi.
— Men endi o‘zim ham xohlamayman.
— Ya’ni, hayotimda nimanidir o‘zgartirishni istamayman. Sukunatga, xotirjamlikka o‘rganib qolganman. Hech kim miyamni qotirmaydi, ishlarimga aralashmaydi. Qolaversa, birovning bolasini tarbiyalay oladigan ayolni topish uchun ancha izlashga to‘g‘ri keladi. Oldimda onalik rolini o‘ynaydiganini emas, chinakamiga ona bo‘la oladiganini aytyapman.
— Axir, bu lavozim uchun nomzodlaring navbatda turibdimi?
Qishloq yoshgina qizlarga to‘la, ammo boy fermerlarga unchalik boy emas xulosa o‘z-o‘zidan kelib chiqadi. Shuning uchun ajrashgan kichik Chon uchun butun boshli ishqiy urushlar ketmoqda. Kim ham ularning qasrida xuddi jannatdagidek, hech narsadan kam-ko‘stsiz yashashni istamasdi deysiz?
— Hm… Hammaga rad javobini berasanmi? Ikki yildan beri yolg‘izmisan?
Ular haddan tashqari shaxsiy mavzularda, negadir hech narsani yashirmay gaplashishardi. Jungkook juda sergap edi, Taehyungga esa shunchaki qiziq (uning shaxsiy hayoti haqidagi ochiq gaplarini tinglab, o‘zini qiynash ham qiziq-da, a?).
— Yo‘q, shu vaqt ichida hech kim bilan uchrashmadim. Biror ayol bilan uchrashishni boshlasam, u darrov meni bo‘lajak eri deb hisoblay boshlaydi. Men haqimda shundoq ham mish-mishlar yetarli. Menga buning nima keragi bor?
Taehyung ham xuddi shunday qilgandi… Jungkook unga hech narsa va’da qilmagan bo‘lsa-da, u ikkovining ertaklardagi kabi qo‘shma kelajagini allaqachon xayolan rejalashtirib qo‘ygandi. Ha, rosa ahmoqlik qilibdi. Demak, Jungkook haq ekan — sodda oshiq-ma’shuqlardan masofa saqlash kerak.
Taehyung ham bundan buyon aql bilan ish tutadi.
Bularning bari, albatta, juda og‘riqli edi. Haddan tashqari. Ammo Taehyung o‘zini qo‘lga olib, yana hissiyotlarga berilmaslik uchun tirnoqlarini kaftiga botirdi. Ular o‘tmishda qolgan. Ularning munosabati — shunchaki bir kechalik xato edi. Ha, hayotda shunaqasi ham bo‘ladi.
— Demak, ikki yildan beri rostdan ham… butunlay yolg‘izmisan?
Bu haddan tashqari shaxsiy savollar toifasidan edi. Axir, ular bir-biriga «bor gapni» aytishyapti-ku?
Jungkook shundoq ham juda sekin haydab borardi, ba’zan hatto aylanma yo‘llardan ham yurardi. Ammo eng yaqin o‘tloqqacha yetib borish uchun ko‘p vaqt ketmasdi. U yerda esa boshqa bir juftlik bor edi, ularning oldida bemalol suhbatlashib bo‘lmasdi.
Jungkook unga qisqagina qarab qo‘ydi, ammo munosabatlar va jinsiy yaqinlik bir-biriga majburiy bog‘liq emasligini ochiq aytmadi. Ya’ni, birinchisi ikkinchisisiz bo‘lmaydi, ammo munosabatlarsiz ham yaqinlik qilish oson. Buni yana bir bor eshitish Taehyungga og‘riq berishini bilardi. Jungkook esa uni battar ranjitishni istamasdi. U bilan bunday qilishni xohlamasdi.
Taehyung o‘yga toldi va bir nuqtaga tikilgancha qotib qoldi. Qorong‘ida yaxshi ko‘rinmasdi, ammo Jimin bilan Namjoon pichan g‘aramida o‘tirishardi (ikkalasi ham kiyimda, ancha tartibli ko‘rinishda, sochlari ham to‘zib ketmagan).
Namjoon jarohatlangan yigitning o‘tirishiga yordam bergandi. Jimin esa darhol do‘stiga yopishib, g‘oyib bo‘lib ketgani uchun indamay uzr so‘radi. U Taehyungning fermer mashinasida nimalar qilganidan mutlaqo bexabar edi. Do‘stini nazoratsiz qoldirib, aslida uni qiyin vaziyatda yolg‘iz tashlab qo‘ygani uchun o‘zini juda yomon his qilardi. Axir, Jungkookni Taehyungga yaqinlashtirmaslikka va’da bergandi-ku! Ammo hammasi, odatdagidek, reja bo‘yicha ketmadi.
Namjoon bilan Jungkook oldinda o‘tirishardi, hatto bir-birlari bilan gaplashishmadi ham. Avval raisning o‘g‘lini uyiga eltishdi, keyin esa Kimlarning uyi tomonga yo‘l olishdi. Jimin ulardan nima bo‘lganini so‘rashga o‘zini tiyib turdi. Hech bo‘lmaganda Jungkookning oldida. So‘roq keyinroq bo‘ladi.
Xayrlashayotganlarida Jungkook yana uning tizzasidan ushlab to‘xtatdi bu safar Taehyung seskanmadi ham janjal ko‘tarmadi ham. Ularning orasida qandaydir sulh, betaraflik xohlasangiz do‘stlik o‘rnatilgandi. Ammo aslida bu shunchaki «salom-alik» darajasidagi odobli munosabat edi, xolos.
— Yana bir bor aytaman agar u yana senga tegajog‘lik qilmoqchi bo‘lsa, darhol menga qo‘ng‘iroq qilasan. Mening raqamim senda bormi?
Taehyung ehtiyotkorlik bilan oyog‘ini tortib oldi bu bilan uning qo‘lini olib qo‘yishini ishora qilmoqchi bo‘ldi. Jungkook qo‘lini oldi. Telefon raqami unda yo‘q edi. Qayerdan ham bo‘lsin?
Taehyung, sodda jon, telefonini olib, unga uzatdi. Hatto ekran rasmini o‘zgartirganini, bu surat Jungkookning ko‘rishi uchun emasligini ham o‘ylamadi. Unda o‘sha hovuzning tong sahardagi surati turardi. Go‘yoki buning hech qanday yomon joyi yo‘q oddiy manzara, xolos. Ammo bunga qanday qarashingizga bog‘liq.
O‘sha joyda tashlab ketilgan odam xotira uchun surat saqlamaydi.
Jungkook bir zumga to‘xtab qoldi ammo hech narsa demadi. Shunchaki raqamini kiritdi. Taehyung, zarurat tug‘ilgan taqdirda ham, qo‘ng‘iroq qilishga va’da bermadi. Umuman hech narsaga va’da bermadi. Bu tungi uchrashuv, bu suhbatlar ularning orasidagi hech narsani o‘zgartirmadi. «Xayr», deb Taehyung xotirjamlik bilan mashinadan tushdi.
Xotirjamlik ham yomon. Demak inson o‘z taqdiriga ko‘nikkan va endi hech kimdan hech narsa kutmay qo‘ygan.
Jungkook yana bir muddat ularning uyi yonida turib qoldi. So‘nggi paytlarda uning oldida bir savol ko‘ndalang bo‘lib turardi o‘zi aslida nimani xohlaydi?
Albatta, ular bir-birlari bilan pichirlashib gaplashib olmaguncha uxlamasliklari aniq edi. Bobosi bilan buvisi allaqachon uxlab qolishgan, shu sababli ular xonaga juda sekin, oyoq uchida kirib borishdi. Ammo qancha ehtiyot bo‘lishmasin, pol taxtalari xiyonatkorona g‘ichirlardi. Chiminning oyog‘iga qandaydir krem surtishdi, ikkalasi ko‘rpa ostiga joylashib, sabrsizlik bilan bir-birlariga qarashdi. Ikkalasining ham aytadigan gapi bor edi.
Ikkalasi ham kulib yuborishdi.
— Yo‘q, sen. — Oxirgi so‘z Chiminniki bo‘ldi.
Taehyung chuqur nafas olib, o‘yga toldi-da, baliqchi uning yoniga kelib o‘tirgani, nimalar degani, Jin bilan Davon uni qanday qutqarib qolgani va keyin o‘zlarining «supermeni»ni chaqirishgani haqida aytib berdi.
Chiminning jahli chiqdi, ustiga-ustak, u tinmay uzr so‘rardi. Holbuki, Taehyungning o‘zi uni Namjoon bilan ketishga undagan, telefonining quvvati tugab qolishi esa shunchaki tasodif edi. Chamasi, taqdirning yozgani shu ekan.
Keyin Taehyung Jungkook bilan uchrashgani haqida gapirib berdi hatto ko‘zlariga yosh kelayozdi. Nega? U endigina uni ko‘nglidan chiqarishni boshlaganida Jungkook yana hayotida paydo bo‘ldi yana o‘sha mehribon, g‘amxo‘r holida. His-tuyg‘ulari hech qayerga ketmagan, ularni yana bostirishning iloji bo‘lmay qolgandi. Chon xonim bashorat qilganidek Taehyung birga o‘tkazgan vaqtlarini sog‘ina boshlagandi.
Bu esa o‘zidan nafratlanish va o‘ziga achinishdan ham battarroq edi. Endi u Jungkookni ko‘rishni istayotgani uchun azob chekardi hech bo‘lmasa bir ko‘z qiri bilan bo‘lsa ham. Hatto gaplashishlari ham shart emasdi. Ammo bunday istaklari uchun o‘zini aybdor his qilardi. U Jungkookka endi undan umidi yo‘qligini, hammasini unutganini aytgandi. O‘zi esa yuragini ezuvchi hislar bilan uning quchog‘ida isinib, ayni damda o‘zini naqadar yaxshi his qilayotganini o‘ylagandi.
Chimin uni, umuman olganda, tushunardi uning o‘zi ham sevib qolgan, ayriliqni boshdan kechirgan. Birga bo‘lishing mumkin bo‘lmagan insonni sog‘inib, uning yoniga intilish qanchalik og‘irligini undan yaxshiroq hech kim bilmasdi. Aslida, bunda uyatli hech narsa yo‘q edi. Kuchli mayl bilan kurashayotgan aql-idrokdan ko‘ra his-tuyg‘ular ustun kelayotgani uchun Taehyung aybdor emasdi.
Ammo, baribir, bugungi voqealardan keyin Taehyungning yuragi yana qattiq junbushga kelgandi. U o‘zini allaqachon unutdim deb ishontirib kelgan, lekin Jungkook uni tinchlantirib, bunchalik e’tiborli munosabatda bo‘lganida, endi hech qanday shubha qolmagandi bu hali uzoq davom etadigan jarayon edi. Insonni ko‘ngildan chiqarish oson emasdi.
Chiminga esa uni qo‘llab-quvvatlashdan boshqa chora qolmasdi. Yurakdagi og‘irlikni yengillashtirish uchun qanday so‘z topish mumkin? Axir uning o‘zi ham o‘sha qishloqchasini yomon ko‘rardi, ammo u bo‘lsa, xuddi yarqiragan sovut kiygan ritsardek u yoqdan bu yoqqa yugurib, uni himoya qilardi. Go‘yo vijdoni va rahm-shafqati bordek. Go‘yo u unchalik ham ablah emasdek.
Munosabatlar masalasida hammasi murakkab. Aqling bilan «yo‘q» ekanini tushunasan, ammo ichingdagi hamma narsa «Ha! Ha!» deb qichqiradi. Bunday paytda xato qilib qo‘yish ehtimoli juda katta.
Chimin ham o‘zining qishloqcha «uchrashuvi» haqida gapirib berdi. Garchi uni hecham uchrashuv deb bo‘lmasa-da. Birinchidan, hammasi boshidanoq rasvo bo‘ldi: o‘tloqda qandaydir chuqurchaga tushib ketdi, oqibatda oyog‘ini qayirib oldi. Ikkinchidan, Namjoon... g‘alati edi. Ya’ni...
— Xullas, u menga pichan ustida yotishni taklif qildi. Men esa ichimda: tamom, endi antisanitariya sharoitida himoyasiz yaqinlik bo‘ladi, deb o‘ylab, xayolan... Mayli, tushunding. Hatto tagimga nima to‘shashni ham o‘ylab qo‘ydim, tagimga pichan sanchilmasin deb! Oyog‘imni ham unutdim! Atrof zim-ziyo, ko‘zga barmoq tiqsang ham ko‘rinmaydi. U yana shunchalik yaqin o‘tirdiki! Tushunyapsanmi, hamma narsa ajoyib bir kecha bo‘lishidan darak berayotgandi! — U hayajondan ovozini baland pichirlab, qo‘llarini jahli chiqqancha silkitar edi. — Ikkalamiz deyarli burunma-burun turibmiz! Ichimda hamma narsa titrayapti, unga tomon engashdim-u... Hozir aytadiganlarim umuman dahshat! U sviterimdagi bir poxol cho‘pni olib tashladi! ...Keyin esa, la’nati pichan g‘arami qanday tayyorlanishini tushuntira boshladi. Yana ba’zan pichanni uzoq dalalardan olib kelishlari, u yerda-ilarda degan gaplarni aytdi... Go‘yoki, u yerlarda ilonlar ko‘p emish. Bu yerda esa yo‘q, shuning uchun ular shu yo‘l bilan kelib qolishi mumkin ekan. Xudo ko‘rsatmasin-u, bu yerda ko‘payib ketishsa! Jin ursin! Buni qanchalik yomon ko‘rishimni bilasan-ku! Shu zahoti hafsalam pir bo‘ldi, u yerdan sakrab tushishga tayyor edim! Yaxshiyamki, sizlar kelib bizni olib ketdingiz!
Taehyung muvaffaqiyatsiz uchrashuv ustidan kulib, mehr bilan jilmaydi. Chiminning o‘zi ham u bilan borishni istamagandi, ustiga-ustak, o‘zini eng yomon holatga tayyorlab qo‘ygandi. Natijasi esa mana!
— O‘zimga tasalli berish uchun bu hasharotlar bilan o‘tadigan eng jirkanch, tikanli yaqinlik bo‘lardi, deb o‘ylayapman... Xullas, tamom — qishloq romantikasi tugadi. Yo Apollon bu narsalardan bexabar, yo u rosa ahmoqona hazil qiladigan odam.
— Qo‘ysang-chi, hech bo‘lmasa gaplashib yurish mumkin-ku.
Buni qarang-a, Taehyungning o‘zi aytyapti!
— Yo‘q, yo‘q, Xudo saqlasin! Meni hozirning o‘zida og‘ir kunlar kutib turibdi! Endi yana sevib ham qolsammi, hayotim asalga aylanib ketmasin deb-a? Yo‘q, rahmat. Yaxshisi, joyimda tinchgina o‘tiraman...
Kechqurunning xulosasi shunday bo‘ldi: har biri o‘ziga kerakli saboqni oldi va bir talay tashvishga botdi. Chimin quloqlariga naushnik taqib, darrov uxlab qoldi. Taehyung esa tonggacha u yoqdan bu yoqqa ag‘darilib chiqdi. Qisqa va bezovta uyqusida goh valetni, goh qirol kartasini, goh esa uni ko‘zga ko‘rinmas tarzda quchib, keyin izsiz g‘oyib bo‘ladigan Jungkookni ko‘rdi. Yana kimdir uning qo‘llariga kishan singari ikkita uzuk taqib qo‘yayotgandek edi.
U qayta-qayta cho‘chib va hafsalasi pir bo‘lib uyg‘onardi. Kechqurun bunchalik sarguzashtga boy bo‘lgach, tushiga ham shular kirishi tabiiy edi.
Chiminning davolanishini buvisi o‘z zimmasiga oldi, Taehyung esa yana tushkunlikka tushdi. G‘alati tushlari, tunda mashinada o‘tirib o‘tkazgan suhbatlari Jungkookning xayrlashish oldidan uning ongiga singdirgan fikrlari xayolida qayta-qayta aylanaverardi shu sabab yana ko‘ngli xira tortardi. U tinimsiz Jungkook haqida (ular haqida?) o‘ylardi va asta-sekin izdan chiqib borardi (aqldan ozayozgandi).
Najot esa mutlaqo kutilmaganda topildi. Axir u hech qachon kitob o‘qishga qiziqishi bilan ajralib turmagan edi. Ammo bir kuni nonushta paytida buvasi unga muqovasi titilib ketgan, eski bir kitobni uzatdi. Bu esa Taehyung uchun toza havodan nafas olgandek bo‘ldi. U tez o‘qiydiganlardan emasdi ammo kitobni berilib o‘qirdi, buning ustiga vaqt ham sezilmay o‘tib ketardi. Chimin undan xafa bo‘lmadi seriallarni yolg‘iz tomosha qilaverdi. Taehyung uchun esa bu o‘zini unutish va chalg‘ishning ajoyib usuli edi. Qolaversa, keyin ikkinchi kitobga ham qo‘l urdi. Uni shoshilmay mazasini chiqarib o‘qir, notanish so‘zlarni esa tinmay internetdan qidirardi.
Dunyosi birdaniga rang-barang tus oldi, deb bo‘lmasdi ammo hayoti shubhasiz o‘zgardi shaharning shiddatli sur’atidan sokin va osoyishta qishloq hayotiga ko‘chdi. Hatto Chimin ham unga qarab, javondagi kitoblarni titkilab chiqdi va o‘z didiga mos biror narsa topdi. Ikki shaharlik yigit hammani quvontirib, hayratga solgancha adabiyot olamiga sho‘ng‘ib ketdi.
Chiminning ahvoli yaxshilanib borardi, Taehyungniki esa unchalik emasdi. Axir kitoblar yurak azobini davolamaydi, faqat vaqtni yutadi, xolos. Ammo buning evaziga ular ortiqcha muammolarga duch kelmaslik uchun u yoq-bu yoqda tentirab yurishmasdi. Ikkalasiga ham ruhiy xotirjamlik kerak edi. Ko‘ngilsiz folbinlikdan keyin Chimin ancha tinchlanib qolgandi va oddiygina qilib aytganda, hech kim bilan uchrashishni istamasdi. Ayniqsa, ularga tish qayrab yurgan baliqchi bilan.
Shunday kunlarning birida buvasi u bilan birga sayr qilib kelishni taklif qilganida, Taehyung yangi kitobining sahifasini varaqlagancha, o‘ylab ham o‘tirmay rad etdi. U yerda nimani ko‘rardi o‘zi? Qishloqliklarnimi? Ammo buvasi Chonlarning uyiga ham bir kirib o‘tmoqchi ekanini aytganida, hammasi butunlay o‘zgardi.
Taqvimda avgustning yarmi yaqinlashib qolgan, Taehyungning ketishiga ham oz vaqt qolgandi. Ehtimol, u bu yerga boshqa qaytib kelmasdi. Ammo Jungkookni hali yana bir bor ko‘rgisi kelardi. U bilan gaplashish uchun emas, shunchaki bir ko‘z tashlab olish uchun. Chunki bundan keyin ularning yo‘llari boshqa kesishmasdi.
Taehyung mashinadan tushishni ham, u yoqda tursin, uyga kirishni ham xayoliga keltirmayotgandi. Omadi kelsa, uni uzoqdan ko‘rar kelmasa, demak, taqdir emas ekan. Taehyung bunday qilmasligi kerakligini bilardi, ammo u sevib qolgan edi. Chon xonim aytganidek, bunday tuyg‘uni yurakdan sug‘urib tashlab bo‘lmaydi hammasi ham shunchaki o‘tib ketavermaydi.
Mayli, axir u hech kimning hayotiga aralashmoqchi emasku. Yozning so‘nggi haftalarida amalga oshmagan sevgilisiga pinhona ko‘z tashlab turishning nimasi yomon? Keyin u ketadi va hammasi tugaydi.
Ammo buvasi hovliga kirishi bilan Taehyung devorga o‘ziga bir paytlar juda qadrdon endi esa begona bo‘lib qolgan uyga qaradi. Ilgari butun oila bilan birga o‘tkazilgan shinam oqshomlarni sog‘inch bilan esladi. Endi bu xotiralar yuzida iliq tabassum uyg‘otardi. Bu uydagilardan hech kimni ko‘rmasligini allaqachon tushunib yetgandi. Shuning uchun atrofni, daryo bo‘yidagi bu go‘zal maskanning manzaralarini tomosha qildi. Hech bo‘lmaganda shuning o‘zi unga bir oz taskin berardi.
Albatta, Jungkookka kelin kerak unga esa kuyov. Jungkook bilan bu qasrda yashashni har qanday qiz istaydi (sobiq sevgilisidan tashqari?), Taehyung bilan esa hamma ham yashashni xohlamaydi (Jungkook ham bundan mustasno emas). Lekin taqdir ularni nega uchrashtirdi ekan? Taehyung kerakli tajribaga ega bo‘ldi, umuman olganda qishloqdagi hayot uni ancha tobladi. Ammo bu yerda yolg‘iz o‘zi yashab keta olmasdi, buning unga keragi ham yo‘q. Uni shahar kutmoqda.
Bular esa shunchaki hayotdagi to‘siqlar, u albatta ularni yengib o‘tadi...
Va mana, o‘sha to‘siq yuvaverib eskirgan kulrang futbolka, qora shortik, shippak, odatdagidek pala-partish sochlar va har doimgidek hissiz chehra darvozadan chiqib keldi. Yonida Hunter, bolalar aravachasi va Sanbom bor edi.
Taehyungning jag‘i tushib ketgandek bo‘ldi. Ha, aynan shunday. Mana buni vaqtida kelish desa bo‘ladi!
Jungkook Davonning kenja qizi bilan sayr qilib yurgan ekan. Hozir esa qizaloqni qo‘liga olib kutilmaganda iliq tabassum bilan unga mehr ko‘rsata boshladi. Taehyung uning yaxshi ota ekaniga shubha qilmasdi, ammo bolalarni (ya’ni, faqat o‘zinikilarni emas) ham yaxshi ko‘radi, deb o‘ylamagandi. Garchi uydagi bolalarning barchasi uning jiyanlari bo‘lsa-da, bundan ajablanishga hojat yo‘q edi. Lekin Taehyung uning hali juda kichkina Sanbomga qanday qaraganini ko‘rmagan. Qolaversa, sovuqqon qiyofasi bilan bo‘sh vaqtida bolalar aravachasini itarib yuradigan mehribon dada-amakining obrazi bir-biriga unchalik mos kelmasdi. Balki bu manzara nihoyatda yoqimlidir.
Ammo yonida namunali oila boshlig‘idan tashqari, lablarini cho‘chchaytirib olgan Sanbom ham odimlab kelardi. Hunter esa tilini osiltirgancha, hammadan oldinda quvonch bilan sakrab yugurardi. Agar gapira olganida taxminan shunday qo‘shiq aytgan bo‘lardi: «Men bo‘riman! Xudoyim, naqadar zo‘rman! Panjalarim qanchalik baquvvat!»
Jungkook bir muddat joyida turib, qizaloqqa nimanidir shivirladi. So‘ng uning to‘lachagina yuzidan o‘pib, yurishda davom etdi.
Bir ko‘z tashlab oldi, atrofni ko‘zdan kechirdi, buvasi bilan sayr qilib keldi! Barakalla, Taehyung! Juda ham omadli kelib qolding!
Yashirinishga urinmasin, darvoza yonida turgan yagona mashinani payqamaslik qiyin edi. Qolaversa u ancha yaqin joyda turardi. Keyin Sanbom ham uni ko‘rib qoldi. Bola joyida qotib, ko‘zlarini katta-katta ochdi. Taehyung ham xuddi shunday unga tikilib qoldi.
U bolani hayajonga solishni istamagandi, ammo Sanbom asta-sekin yig‘lab yuborayozdi pastki labini osiltirib, nihoyat orziqib kutgan do‘sti tomon yugurishga jur’at topolmay turardi. (Otasi esa ehtimol uning bu paydo bo‘lishini la’natlayotgandir...)
— Dada, Shalli... Bu Shallimi? U mening oldimga keldimi? — Sanbom barmog‘i bilan mashina tomonni ko‘rsatdi. Jungkook ham o‘sha tomonga — Taehyungga qaradi.
Taehyung o‘zini juda noqulay his qildi, yana uyalib ketdi. Ko‘rishni istaganmidi? Mana, marhamat, uchrashuv ham bo‘ldi. Endi boshqa so‘ramang. Chimin aytganidek, uyda o‘tirib, joyingizda tinchgina turing.
— Odamlarga barmog‘ingni bigiz qilma, senga necha marta aytganman.
Sanbom joyidan qimirlamadi. Goho dadasiga, goho do‘stiga qarab turarkan, o‘zini tutolmay, battar yig‘lab yubordi. Barmog‘ini tushirmay, Taehyungni ko‘rsatishda davom etdi.
— Sen u yo‘q deganding, lekin u bo‘r! Sen menga yolg‘on gapirding...
Jungkook qo‘lida uxlagisi kelayotganga o‘xshagan qizaloqni ko‘tarib turardi. Sanbom esa yig‘isi bilan xalaqit berardi. Taehyung shunchaki mashinada o‘tirib qololmasligini tushundi, endi esa buning uchun kech bo‘lgandi.
Ularning oldiga borib, Jungkook bilan qisqagina salomlashdi-da, bolaning yoniga cho‘kkaladi. Sanbom ikkilanibgina uning bo‘ynidan quchdi. Go‘yo rostdan ham uning qarshisida turganiga ishonmayotgandek, yangi rangga bo‘yalgan yumshoq sochlarini paypasladi. Demak, endi u mister Sallivan emas, ammo Sanbom do‘stining qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, undan voz kechmasdi. Axir u shunchalik kutgandi! Tez orada uning oldiga kelishlariga shunchalik umid qilgandi!
Bu bola ham-a! Doim uni noqulay vaziyatga soladi. Savolining tagida yana boshqa ma’no ham bor edi.
— Yo‘q, bobom bilan keldim. Nega yig‘layapsan? Axir dadang bilan sayrga chiqqanding-ku.
Sanbom uni qo‘yib yubormasdi. Avval kaftini, keyin esa kiyimini artib, burnidan oqayotgan shilimshiqni tozaladi. Shu zahoti ozodalikka o‘rgatayotgan dadasiga xavotir bilan qaradi-da, yana labini osiltirib, yig‘lab yuborayozdi.
— Dadacha opachasi bilan... Men esa yolg‘izman... Yana ketib qolasanmi? Meni tashlab ketasanmi?
Taehyung unga qanday qilib yo‘q deya olardi? Jungkook oldinga ishora qilib, ular bilan yurishga taklif qildi. Taehyung ham Sanbomni qo‘liga oldi. Bola ancha og‘irlashib qolgan bo‘lsa-da, hech bo‘lmaganda, dadasi singlisini ko‘tarib ketayotganiga havas qilmasdi. Taehyung butun e’tiborini unga qaratdi. Axir bolalar juda rashkchi va ta’sirchan bo‘lishadi.
Hunter uzoqda hamon quvnoq sakrab yugurardi, kichkina qizaloq esa mudrab qolgan edi. Oxiri Jungkook uni aravachaga yotqizdi va shoshilmay yurishda davom etdi. Uning ko‘rinishi biroz charchaganga o‘xshardi, ammo aslo jahldor emasdi. (Taehyung hech qanday yomon ish qilmagan bo‘lsa, nimaga jahli chiqsin?)
— Yana menga chaqimchilik qilyapsanmi, o‘g‘lim?
Sanbom boshini burib dadasidan yashirindi. Uning jingalak sochlari Taehyungning bo‘ynini qitiqlardi.
Jungkook jilmayib o‘g‘lining dumbasini yengil chimchilab qo‘ydi. Sanbom qimirlay boshladi kayfiyati ham ancha ko‘tarilgandi.
— Unda dumbangga shapaloq tushiraymi?
Sanbom unga mushtini ko‘rsatdi (odatda dadasi shunday qilardi). Hozir u Sallining himoyasida edi, shu bois qarang-a, naqadar dovyurak va jasur bo‘lib qoldi.
— Taehyung, uni tushirib qo‘y og‘irlik qilyapti.
Jungkook kutilmaganda unga murojaat qildi. Taehyung esa gapiga qarshi chiqishni xayoliga ham keltirmadi.
Sanbomga shunchaki uning qo‘lidan ushlab yurishning o‘ziyoq yoqardi. U Taehyungni savollarga ko‘mib tashladi, o‘zi haqida ham bir talay narsalarni gapirib berdi qayerlarda sayr qilgani, nimalar yegani, qumdan kulichiklar va qasr yasagani haqida. Taehyung ham uning tushunarsiz tinimsiz gaplari orasida imkon topib nimadir deb javob berardi. Keyin esa Sanbom qandaydir makkorona o‘yinni boshladi...
U sabrsizlik bilan chaqirib Jungkookning yoniga bordi va shortigidan tortdi.
— Shalliga baliqchalarni ko‘rsatamizmi?
Taehyungning tizzalari bo‘shashib ketdi. Faqat uylariga olib kirmasa bo‘lgani...
— Kimlarni? — Jungkook ataylab qayta so‘radi, toki o‘g‘li «r» harfini to‘g‘ri talaffuz qilishga urinib ko‘rsin.
Taehyung Jungkook bilan ko‘z urishtirdi. Ular bir jamoada ekanini ya’ni, ikkalasi ham uning uy hududida bo‘lishini istamasligini juda yaxshi bilardi (shunday emasmi?). Taehyung sezdirmay, qoshlarini chimirgancha unga qo‘l siltadi. Go‘yo bolaga yon bosmaslikni aytayotgandek. Jungkook buni tushunmasligi mumkin emasdi. Qolaversa, bu uning o‘ziga ham foyda keltirmasdi...
Taehyung hayratdan ko‘zlarini katta ochib, unga sekingina o‘qraydi. Buni sira kutmagandi. Jungkook odatda o‘g‘lining aytganiga ham ko‘navermasdi.
— Hozir boringlar biz yana biroz sayr qilamiz.
U «biz» deganda albatta, o‘zini va jiyan qizaloqni nazarda tutgandi. Sanbomga ikki marta aytishning hojati yo‘q edi axir unga ruxsat berishdi, taqiq qo‘yishmadi. U darrov do‘stini uy tomon tortdi. Taehyung esa qarshilik ko‘rsatmadi chunki endi buning foydasi yo‘q edi. Sanbomni yana qo‘liga ko‘tarib oldi va imkon borida, hech kim ko‘rmayotganida u bilan o‘ynashib bordi.
Sanbom uni mehr bilan quchib qanchalik sog‘inganini buvisi Taehyung uzoq mamlakatdaligi va hali tez orada qaytib kelmasligini aytganini gapirib berdi. Endi esa u shu yerda edi. Ular yana karavotda mushukcha bilan uxlashlari qumdan qasrlar yasashlari va «baliqchalar»ni tomosha qilishlari mumkin edi. Taehyungning ko‘ngli shu qadar samimiy kutib olingani eng muhimi bunchalik yaxshi ko‘rilganidan erib ketayozdi.
Baliqlar Jinning bolalar uchun maxsus yasagan hovuzida ekan. Sanbom ularning ismlarini taxminan aytardi, lekin kim kimligini aniq bilgandek ko‘rinishga harakat qilardi. Keyin ular maysaga yonboshlashdi (Jungkook esa o‘g‘liga sovuq yerda o‘tirishni taqiqlagan edi). Sanbom uning qorniga joylashib oldi, ikkalasi shunchaki o‘ynashardi. Taehyung uni qitiqlar kuldirar, o‘zi ham bolalarcha sho‘xlik qilardi.
Bu quvonchli manzaraga buvi ham qo‘shildi. Kutilmagan mehmonni ko‘rib, qo‘llarini yoygancha hayratini yashira olmadi. Axir u Taehyungni o‘z uyida ko‘rishdan doim xursand bo‘lardi.
— Sen ham shu yerdamisan! Men esa bobongiz nega biz bilan dasturxon atrofida o‘tirishni istamayapti, deb hayron bo‘lib yurgandim. Taehyung, yur ovqatlanamiz. Sanbom ham xursand bo‘ladi, shundaymi?
Sanbom bu taklifni qo‘l-oyog‘i bilan ma’qulladi. Bu masalada u bilan buvisining fikri bir joydan chiqardi. Ammo Taehyung ayolga qo‘rquv aralash ko‘zlari bilan qarab sekingina: «Kerak emas», deb shivirladi.
Jungkook unga nisbatan yaxshiroq munosabatda bo‘la boshlagan bo‘lishi mumkin ammo baribir uni o‘z uyida ko‘rishni xushlamaydi. Taehyung esa bu uyga boshqa qadam bosmaslikka o‘ziga va’da bergan edi.
Sanbom yana yig‘lay boshladi. Uni quchoqlab, burnini tortgancha, buvisidan madad izlay boshladi. Ammo ayol Taehyungning rad javobini tushunardi va uni majburlashga haqqi yo‘q edi.
Shu payt o‘g‘lining yig‘i-sig‘isini eshitgan Jungkook yetib keldi. U Davonning jiyan qizchasini olib borib qo‘ygan, endi esa ikki do‘stini topgandi. Hunter esa yonlarida sho‘xlik bilan sakrab yurib, bu dramatik manzaraga juda mos tushardi.
Taehyung o‘zini aybdor his qildi holbuki, hech qanday yomon ish qilmagandi. Jungkook ham unga xalq dushmaniga qaragandek qaramayotgandi.
U cho‘kkalab o‘tirib, qarshilik ko‘rsatayotgan o‘g‘lini kuch bilan bag‘riga oldida ko‘tarib u bilan qandaydir past ovozda suhbatlasha boshladi. Bu suhbat nimalar haqida ekanini esa hech kim bilishi shart emasdi.
Taehyung o‘rnidan turib, kiyimlarini qoqdi. Endi sezdirmay chiqib, uyiga jo‘nab ketsa, hech kimning asabiga tegmasa bo‘lardi...
Ammo shu payt Jungkook uni ham chaqirdi. Bobosi bilan birga dasturxon atrofida o‘tirishlarini qat’iy taklif qildi. Taehyung endi kimga qarashni ham bilmay qoldi kimdandir yordam kutardi. Jungkook, ehtimol, yana unga rahmi kelgani uchun ruxsat berayotgandir. Balki bolaga achinayotgandir... Axir uning o‘zi ham oilasidan boshqa hech narsa uni qiziqtirmasligini aytgandi...
Taehyung yana o‘zini ortiqcha o‘ylarga ko‘mib, shu fikrlar bilan ularning ortidan uyga kirdi... go‘yo og‘ir mehnatga ketayotgandek.
Mehmonxonada ularni ko‘rgan bobosi ancha hayratlandi. Hamma Taehyung bilan xuddi eski qadrdon do‘stidek samimiy salomlashdi. Hatto bolalar ham yugurib kelib, uni quchoqlashdi. Taehyung esa bunday iliq kutib olishlarga juda ta’sirchan edi...
Ayollar dasturxon tuzatayotgan, Jungkook bilan Sanbom esa qo‘l yuvayotgan paytda, Taehyung eng chekka joyni egalladi yana bolalar davrasidan. Ko‘p o‘tmay Sanbom juda odob bilan uning yoniga o‘tirishga ruxsat so‘radi. Endi tinchlangandi faqat burnini biroz tortib qo‘yardi. Albatta, Taehyung unga ruxsat berdi. Aksincha, yolg‘iz qolmasligi yaxshi edi.
Erkaklarning hammasi bir joyga o‘tirib, darhol idish-tovoqlarni jaranglatgancha, bir-birlari bilan gaplasha boshlashdi. Taehyung esa dasturxonning «ayollar» tomonida qolib ketdi. Ayollar unga sharob quyib berishar suhbatlariga tortishar likopchasiga ovqat solib qo‘yishardi xullas unga juda mehribonlik bilan g‘amxo‘rlik qilishardi.
Sanbom deyarli ovqat yemadi. Faqat Taehyungga suyanib indamay o‘tirar va boshqalarning gaplarini tinglardi. Holbuki yonlaridagi bolalar ishtaha bilan ovqatlanib, o‘zaro nimanidir bahslashishardi ham.
Aytish mumkinki, bu yerda uchta alohida guruh bor edi erkaklar ayollar va bolalar. Ammo Sanbom bilan Taehyung hech kim bilan muloqot qilishni istamaydigan, o‘ziga xos alohida bir guruh edi.
Ovqatlanish doim uzoqqa cho‘zilardi, chunki erkaklarning muhokama qiladigan gaplari ko‘p ayollar esa hech narsa qilmay shunchaki o‘tirib suhbatlashishdan zavq olishardi. Bu paytga kelib bolalar allaqachon joylaridan sakrab turib, o‘ynagani qochib ketishgandi. Sanbom esa do‘stiga yopishib olgancha bir qadam ham nariga jilmasdi. Jungkook unga xuddi tinchlantiruvchi dori ukol qilgandek edi mana senga otalik ta’siri!
Ammo nima bo‘lganda ham, xayrlashish vaqti kelgandi. Bobo yana darvoza oldida janob Chon bilan suhbatlashib qolgan, Taehyung esa tinchib qolgan Sanbomni quchoqlab turardi. Bola lablarini cho‘chchaytirgancha, unga g‘amgin kiyiknikidek ko‘zlari bilan qarardi.
Negadir Jungkook ham ularning yoniga keldi. Yonoqlarini olmaxondek shishirib olgan o‘g‘lini qo‘liga ko‘tardi-da, Taehyungga ma’nosini anglab bo‘lmaydigan nigoh bilan tikildi. Nigoh tushunarsiz bo‘lsa demak, uni anglashning iloji yo‘q. Bu esa Taehyungni noqulay ahvolga solardi.
Yana o‘sha «do‘stona munosabatlar doirasidagi» so‘roq. Taehyung bir joyda bezovtalanib turib, atrofga alangladi va o‘zini beparvo ko‘rsatishga urindi. Hammasi a’lo, ularni hech narsa bog‘lab turmaydi demak hayajonlanishga hojat yo‘q.
— Hech kim tinchingni buzmayaptimi?
Sanbom otasining futbolkasi yoqasini barmoqlari bilan o‘ynab, labini tishlagancha, tez-tez Salliga qarab qo‘yardi. Taehyung esa odatdagidek o‘zini ortiqcha odamdek his qildi.
Taehyungning ko‘rinishidan bu suhbat unga og‘irlik qilayotgani va undan tezroq qutulishni istayotgani bilinib turardi. Garchi «bilib turardi» deyish shartmidi? Axir rostdan ham shunday edi.
— Bu soch rangi senga juda yarashibdi.
Nima-nima? Taehyung buni mutlaqo kutmagandi. Shu bois gapidan to‘xtab, ahmoqona tarzda qayta so‘radi. Nima yarashibdi? Qaysi rang? Nima bilan? Kimga?
— Soching — deya aniqlik kiritdi Jungkook uning pala-partish turmaklangan sochlariga qarab. Bu turmak, aksincha, unga yoqimli ko‘rinish berardi. Biroz jingalak tus olgan kashtanrang sochlari uning qiyofasini yanada nozikroq, muloyimroq qilib ko‘rsatardi.
— Demak ko‘k rangdagisi yarashmaganmi?
Taehyung dovdirab qolganidan keyin xayoliga kelgan birinchi gapni aytdi.
— Yomon emasdi. Ammo bunisi yaxshiroq.
Taehyung puf tortib beixtiyor qulog‘i ortiga tushib turgan soch tolasini tekisladi. Agar bu maqtov bo‘lsa ham, uni jiddiy qabul qilmoqchi emasdi.
— Sen hech narsani tushunmaysan. O‘shanda uslubli edi, hozir esa unday emas.
— Bahslashmayman. Biz, qishloqilar uslub borasida sizlarga yetolmaymiz.
Jungkook samimiy kulimsiradi. Taehyung esa nigohini olib qochib, tortinchoq jilmaydi. Jungkookning hech qanday yashirin ma’noga ega bo‘lmagan, ammo baribir ko‘ngliga tegib ketadigan gaplariga qanday munosabat bildirishni unchalik bilmasdi.
Taehyung bobosining ishini tugatib, ularga qarab kelayotganini ko‘rib, shosha-pisha ketishga hozirlandi. Yana kelishini so‘ragan va uni sog‘inishini va’da qilgan Sanbomga qo‘l silkitdi. Ha… Qarindoshlaridan tashqari qishloqda uni sog‘inadigan hech bo‘lmasa bir inson bor ekan.
Jungkook mashina eshigini ushlab turdi (bugun unga nima bo‘lyapti o‘zi?) va xayrlashish oldidan qo‘shimcha qildi.
— Yordam kerak bo‘lsa menga qo‘ng‘iroq qilasan.
Bu hatto taklif ham emas, qat’iy aytilgan gap edi. Buni u birinchi marta aytayotgani ham yo‘q. Taehyung eshikni yopdi.
Albatta, yo‘q. U endi Jungkookni o‘z muammolari bilan bezovta qilmaydi. Qolaversa, boshqa muammolar yuzaga kelmasligiga umid qilardi. Yozning qolgan qismi tinch va osoyishta o‘tadi. Sevimli insonlari davrasida.
Yana o‘qish va qorin to‘ydirish bilan kunlar o‘tardi. Taehyung bilan Chimin «qo‘riq yerlarni o‘zlashtirishga» kirishib ketishdi ba’zan begona o‘tlarni yulish uchun tomorqaga chiqishardi. Shu tariqa o‘zlarini butunlay foydasiz his qilishmasdi.
Taehyungning tushlariga hamon o‘sha orzu qilgan erkak kirardi. Bu esa uni juda qiynardi. Chimin bilan ikki marta somon shlyapalar kiyib tanib qolishmasin deb sohil bo‘yidagi bandargohgacha sayr qilishdi. Tabiiyki, ular zerikishardi atrofdagi manzaralar esa shu qadar go‘zalki uyda o‘tirib bo‘lmasdi. Buning ustiga hech qanday alohida voqea ham yuz bermadi.
Yaqinda tanishgan Namjoon yana bir bor ularning uyiga, aniqrog‘i bobosinikiga keldi. Ammo Chimin uni mensimadi, faqat sovuqqina salomlashdi. Bu haqda Taehyung bilan ham gaplashishdi. Chimin undan uzoqroq yurishga qaror qildi. Birinchidan imkoniyat nolga teng, ikkinchidan, taqdirning g‘azabini keltirmagani ma’qul. U folbinning gaplariga rostdan ham ishonib qolgan kelajagi haqida jiddiy o‘ylay boshlagandi. Lekin oxir-oqibat, unga shunchaki shaharga borib kim bilandir yaqinlik qilish kerak shunda arzimas narsalar haqida bosh qotirishni bas qiladi, degan xulosaga keldi.
Xullas, vaqt bir joyda to‘xtab turmaydi. Ikkalasi ham oldinga intilishi kerak. Ular bobosi bilan turli xaridlar uchun Pusanga borishar, qurilish mollari do‘konida Chon oilasining erkaklariga yana duch kelishar, Taehyung esa Jungkookning navbatdagi «Salom ishlaring yaxshimi?» degan gapidan muvaffaqiyatli qochib qutulardi.
Balki bu noto‘g‘ridir ammo u qo‘rqardi. O‘zidanmi undanmi farqi yo‘q baribir bir gap. Axir Jungkookning yuziga qarab o‘zini xuddi oddiy, xushmuomala tanishdek tutish unga og‘ir botardi. Chunki la’nati bo‘lsin ular oddiy tanishlar emasku!
Mashina ichidagi o‘sha tun… Shunchaki bir lahzalik ojizlik edi. Jungkook unga achindi qolaversa, o‘zini aybdor his qilyapti. Ha Taehyungning ishonch va o‘ziga bo‘lgan bahosiga putur yetkazgan xatosini tuzatmoqchi. Ammo muammo ham shunda Jungkook hech narsani tuzatmaydi, aksincha, vaziyatni yanada chigallashtiradi.
Ko‘zdan yiroq ko‘ngildan yiroq. Shunday bo‘la qolsin.
Hammasi aynan shunday davom etardi. Aslida Taehyung hatto o‘zini uddalayotganiga ishontirib, vaziyatni eplab ham kelayotgandi. Toki bir kuni Chimin bilan sut va non olishga chiqmagunlaricha. Hech kim ularga barmog‘ini bigiz qilmadi, haqoratlamadi yoki ortlaridan tupurmadi.
Ammo hammasi mutlaqo-kutilmagan-darajada-juda to‘satdan sodir bo‘ldi.
…Ulardan bir necha metr narida mashina to‘xtadi. Xo‘sh, mashina to‘xtabdi-da? Nima bo‘pti? Ammo ular shlyapa va ko‘zoynak taqib olishgandi. Hech kim ularni tanimaydi, demak, qo‘rqishga hojat yo‘q. Lekin ularni qo‘rqitgan narsa bu ham emasdi. Taehyung avval hech qachon eshitmasligi kerak bo‘lgan ovozni eshitdi. Mashinani esa faqat keyinroq, kutilmagan hodisadan o‘ziga kelgach tanidi.
Taehyung bu mashinada juda ko‘p marta yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan. Uning rulida esa sevgan insoni bo‘lardi. Ular shu mashinada ham uch yil birga yashagan kvartiralaridagi karavotda ham bir-birlariga mehr berib, juda ko‘p vaqt o‘tkazishgan. Toki o‘sha kungacha muhabbat o‘lgan kungacha. Taehyung bu insonning ovozini minglab ovozlar orasidan ham tanirdi.
Sobiq sevgilisi begona uyning darvozasi oldiga kelib qishloqlik bir erkakdan Kimlar oilasini qanday topishni so‘rayotgandi…
Taehyungning ichida hamma narsa lov etib yondi. Ularning orasida bor-yo‘g‘i o‘n metr masofa bor edi bu ham uzoq, ham yaqin. Agar u diqqat bilan qarasa, Taehyungni albatta tanib olardi.
Chimin bir zumda vaziyatni tushundi. Yo‘l chetidagi ariq tomonga burilib, uylar orasidagi tor yo‘lakka tez yurib kirdi birovning tomorqasiga o‘tib butalar orasiga yashirindi.
Taehyung esa boshidan oyog‘igacha qaltirardi. Ko‘zlaridan yosh darhol quyila boshladi. U bu dahshatni unutmagandi. Ammo kutilmagan uchrashuvning zarbasi yanada kuchli bo‘ldi. Hozir o‘zini aqldan ozib qoladigandek his qilardi. So‘nggi oylarda uning boshidan haddan tashqari ko‘p yomon voqealar o‘tdi. Hammasi uning boshiga tushdi. U sobiq sevgilisini unuta olmasdi Jungkookni ham unutishga kuchi yetmasdi, endi esa o‘tmish kelib, go‘yo yuziga tarsaki tushirgandek bo‘ldi!
Bu ablah uni topibdi! Nima uchun?! Uning oldiga kelibdimi? Nima maqsadda?! To‘g‘riku… O‘rmonda bo‘lganlarida unga xabar kelgandi. Unda nima yozilgandi? Jungkook nima deb javob bergandi? Uning qishloqda ekanini bilish qiyin emasdi. Buning uchun hatto xususiy detektiv yollash ham shart emas Instagramdagi oxirgi suratning geolokatsiyasiga qarash kifoya. Lekin baribir nima uchun?!
Taehyung do‘stining yelkasiga bosh qo‘yib, ho‘ngrab yig‘layotgan bir paytda, Chimin qo‘llari qaltiragancha, allaqachon tanish bo‘lib qolgan raqamni terdi. Tomog‘iga nimadir tiqilgandek og‘ir yutindi. Uni qayg‘u emas g‘azab qaltiratardi. Sobiq sevgililar ertami-kechmi qaytib kelishadi ammo ularni kutishganmi bu boshqa masala.
Jungkook telefon ortidan eshitilayotgan hiqillashlarni aniq eshitdi.
U bu ho‘ngrab yig‘lashni minglab ovozlar orasidan ham tanirdi. Buni necha marta eshitganini endi sanab ham bo‘lmasdi.
— Chimin. Yana qo‘ng‘iroq qilayotganim uchun uzr… Bu… jiddiy masala. Tushundingmi?
— Gapning po‘stkallasini ayt! — dedi Jungkook jahli chiqib. Vaziyat qanchalik jiddiyligini o‘zi ham tushunib turgandi. Ammo shu payt Taehyung telefonni tortib oldi. O‘ziga o‘zi qarshi chiqib:
— Yo‘q! Hammasi joyida! — dedi u hiqillab, uzatilgan va tinmay harakatlanayotgan qo‘llardan qochishga urinarkan.
Chimin baribir telefonni qaytarib oldi-da, o‘zini boshqara olmayotgan do‘stini qattiqroq itarib yubordi.
— Do‘kon yonidan burilib birovning tomorqasiga kirib ketdik. Uning sobiq sevgilisi kelibdi! Ee yordam bera olasanmi? U hozir bizning uyimiz tomon ketadi. Men u bilan yuzma-yuz kelishni istamayman. Taehyung esa… undan ham ko‘proq.
Jungkook qisqagina javob berdi
Taehyungning jahli chiqib, o‘rnidan sapchib turdida, boshqa tomonga qarab ketdi. Chimin esa uning ortidan yugurib, qo‘lidan mahkam ushladi. Ular Jungkook va uning tinimsiz yordami haqida, endi unga boshqa murojaat qilmasliklari haqida avval ham gaplashishgandi. Ammo Chimin baribir o‘z bilganidan qolmasdi. Uning pozitsiyasi aniq edi qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, yaxshi natijaga erishadi. Birinchidan, Jungkookning o‘zi unga Taehyung uchrashishni istayotgani haqida xabar kelganini aytgandi. Ikkinchidan, Jungkook aybini yuvishni istayotganini ochiq-oydin ko‘rsatgan edi. Xo‘sh, mana, imkoniyat!
— Nega?! U sening do‘stingmi?! Yoki menikimi?! Nega yana uni chaqirding?!
Chiminning ham jahli chiqdi. U tortishib o‘tirmay, Taehyungning hushini joyiga keltirish uchun yuziga tarsaki tushirdi. Tarsaki hammaga ta’sir qiladi, Taehyungga ham ba’zan jilovdan chiqmasligi uchun qattiqqo‘l bo‘lish kerak edi.
— Menga baribir! U baribir keladi va hammasini o‘zi hal qiladi! Kim bo‘lishining nima farqi bor?! Senga hech kim emas-ku! Shunchaki, la’nati, yordam berishga tayyor bir erkak! Senda muammo bo‘lsa, men unga qo‘ng‘iroq qilaman! Xohlaganingcha qarshilik qil!
— Sen tushunmayapsanmi?! Tushunmayapsanmi?! Men sharmandaman! Muammolarim ham sharmandali! U meni rad etgan bo‘lsa, qanday qilib undan yordam so‘rashim mumkin?!
Taehyung yana o‘zini qo‘lga ololmay, yugurib ketdi. Qayoqqa ketayotganiga ham qaramay, tomorqalar orasidagi notekis so‘qmoqdan o‘tib, ko‘p o‘tmay boshqa ko‘chaga chiqib qoldi. Chimin uni ushlab qolishga ulgurmadi.
U aynan shu yo‘ldan mashinada kelayotgan edi. Vaziyatni darhol anglab (tan olish kerak, mashinasidan ham juda tez tushdi), tashqariga otilib chiqdi va ho‘ngrab yig‘layotgan Taehyungni kuch bilan to‘xtatib, bag‘riga bosdi.
Taehyung esa ikki soniyadan ortiq qarshilik ko‘rsatmadi. Ojizligiga taslim bo‘lib, Jungkookni quchoqladi va boshini uning yelkasiga yashirdi.
Chiminning jahli bosildi. Axir Taehyungga kerak bo‘lgan insonning o‘zi allaqachon uning yoniga kelgandi. U indamay ularning yonidan o‘tib, mashinaga o‘tirdi.
Ikkalasi yuzma-yuz gaplashib olishsin.
U adashmagan edi. Taehyungga aynan mana shunday yordam kerak edi.
— Men shu yerdaman… Hammasi yaxshi bo‘ladi.
«Nimadan qo‘rqyapsan? Sen yolg‘iz emassan, men shu yerdaman»— deya uni tungi dahshatli tushlardan himoya qilgan edi.
«Yig‘lama, men shu yerdaman» bo‘ridan himoya qilgan edi.
Hozir ham uni himoya qilyapti. Bu endi odat tusiga kiryaptimi?..
Taehyung uni mahkam quchoqladi. Bu esa unga taskin berardi. Chimin bunday qila olmasdi. Gap uning tashqi ko‘rinishidan nimjonligi yoki ishonch uyg‘otmasligida emas axir u Taehyungning eng yaqin va eng ishonchli do‘sti edi. Shunchaki, bunday ta’sirga faqat bir inson ega bo‘lishi mumkin. Va taqdir taqozosi bilan bu Chimin emasdi.
Taehyung ilk bor o‘zini chinakam himoyada his qilganida, peshonasi qattiq shikastlangan uni esa nafratlangan hammomdan ko‘tarib olib chiqishayotgandi. O‘shandan beri hech kim unga bunday tuyg‘uni bera olmadi.
Bu qandaydir balo… Ammo uni o‘zidan itarib yuborishga ham kuchi yetmaydi. Taehyung beixtiyor unga intiladi.
— Yana nimaga yig‘layapsan? — Jungkookning tinchlantirish usuli odatdagidek, biroz qo‘pol edi.
— O‘zimni yomon his qilyapman… — dedi Taehyung titroq ovozda. U bunchalik bo‘shashishni istamasdi, ammo yana hissiyotlariga yengildi.
Va bu mutlaqo tabiiy edi. Taehyungning ahvoli yomon, chunki xotiralar uni eng qattiq jarohatlagan voqealar bilan yana yuzlashtirdi. O‘zidan boshqa kimga achinishi kerak edi? Faqat yig‘isining sababi va bu ko‘z yoshlar kimga atalganini adashtirmasa bo‘lgani. O‘ziga achinish tabiiy hol. O‘zi uchun yig‘lash ham.
Uch yil behuda ketdi. Oxirida esa singan yurak, tushib ketgan o‘ziga baho va bir uyum komplekslar qoldi. Jungkook bunday ko‘z yoshlarini o‘zi ham to‘kkanini tan olmasa, yolg‘on gapirgan bo‘lardi. Garchi buni hech kim ko‘rmagan bo‘lsa-da.
— Eslatchi. Men senga erkatoysan, deb aytganmidim? — Jungkook jilmayib, uning burnini chertdi. Taehyung ham boshini egib tabassumini yashirishga urinarkan, yuziga nur yugurdi.
— Erkatoy bu olma pyuresi. Men esa ta’sirchanman, — dedi u muloyimlik bilan.
Qanday yoqimli javob! Agar bunchalik g‘amgin bo‘lmaganida, juda shirin tuyulardi.
Jungkook kulimsirab qo‘ydida Taehyungga mashinaning orqa eshigini ochdi.
Chimin, albatta, kar emasdi. Tasodifan ularning gapini eshitib qolgan ekan, do‘stini qoshini savolomuz ko‘targancha kutib oldi. Bunga izoh berishning hojati yo‘q. Ularning munosabatlari juda chigal edi…
Uyga yetib borish uchun besh soniya kifoya qildi. Taehyung hech narsani ko‘rmaslik, iloji bo‘lsa, eshitmaslik uchun deraza tomonga yuzlandi. Chimin esa tashqaridagi manzarani diqqat bilan kuzatardi: buvi bilan bobo darvoza ortida turishardi, uy yonida esa nafratga aylangan mashina va o‘sha ablah bor edi. U buvisi bilan janjallashayotgan, buvisi esa unga atalgan bir qancha achchiq gaplarni allaqachon tayyorlab qo‘ygandi.
Ularning qishloqcha Stethemiga kelsak, u Chimin tomonga yarim tabassum bilan qaradi (ularning munosabatlari yaqinlashib qolganga o‘xshaydi?) so‘ng o‘rindiq tagidan miltiqni oldi. Uni ataylab o‘zi bilan olib kelgandi kutilmagan sovg‘a, ta’bir joiz bo‘lsa. Xoinlarni qanday kuzatib qo‘yish mumkinligining ko‘rgazmali namunasi.
Chimin umuman olganda, sarguzashtlarni yaxshi ko‘rardi, ammo haqiqiy hayotda emas, ayniqsa qishloqcha Stethem bilan bog‘liq bo‘lsa. Jungkook hammasi nazorat ostida ekanini anglatib, boshini chayqadi-da, mashinadan tushdi.
Agar ko‘zlarini butalar orasiga tashlab, yaxshiroq tomosha qilish uchun boshqa joyga o‘tira olganida, Chimin shunday qilgan bo‘lardi. Ammo u faqat quloqlarini ding qilib, oynani tushirdi. Qiziqish uni ich-ichidan kemirardi. Jungkook endi nima qilarkin?
Jungkook kam gapirdi sobiq sevgilisi esa qo‘pol ohangda tinmay javob qaytardi. Buvi bilan bobo uyni himoya qilayotgandek turishardi. Jungkook esa unga nima yaxshiyu nima yomonligini o‘zi loyiq bo‘lmagan insonlarning hayotidan qanday qilib chiqib ketish kerakligini barmoqlari bilan tushuntirardi.
Erkak uning gaplariga quloq solmagach, Jungkook «mehribon» tabassum bilan miltiqni unga qaratdi. Endi boshqacha usulda tushuntira boshladi uchgacha sanagach, semiz quyonni otib tashlashini aytdi.
Buvisi yuragini ushlab qoldi. Chimin ko‘zlarini katta-katta ochib, oldinga engashdi endi butalar orasiga yashirinishning ham hojati yo‘q edi. Taehyung esa mashinadan otilib chiqib aqlidan ozganga o‘xshab qolgan Leshiyning qo‘lidan ushladi.
— Jungkook! U bunga arzimaydi! Aqldan ozdingmi?!
Juda to‘g‘ri gap. Axir Jungkookning o‘zi hammasini tushunib turardi haligi semiz quyon hech narsaga arzimaydi. Ammo sanoq boshlangan edi, bu yerda hazilga o‘rin yo‘q!
Taehyung sobiq sevgilisiga hatto qaramadi ham. Ana endi tomosha! Butun qishloq uchun yana bir qancha aql bovar qilmas g‘iybatlarga mavzu topildi.
Shaharlik dandiy eshikni qarsillatib yopdida, hammaga dag‘dag‘a qilib, mashinasini keskin haydab ketdi. Umid qilamizki, endi qaytib kelmaydi. U hech kimning yodida qolmadi hech kimga kerak ham emas. Ismsiz va chehrasiz o‘tmishdan kelgan bir inson, xolos. O‘tmishda qolaversin.
Taehyung hayratdan qotib qoldi. Jungkookning qo‘lidan miltiqni tortib olib, unga tanbeh bera boshladi axir u otaku, oilasi borku! Umuman, nima haqida o‘yladi? Qanday qilib bir arzimagan odam tufayli o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin?!
Ehtimol, hissiyotlar ta’sirida Taehyungning ko‘zlariga yana yosh keldi. Chunki bu voqea unga juda qattiq ta’sir qilgandi.
Jungkook esa shu vaqt davomida tabassumini yo‘qotmadi. Balki Taehyungning soddaligidan, uni «xatosidan» qutqarish uchun yugurib kelganidan biroz zavqlanayotgandir? Ha, aynan shunday unga sal kulgili tuyulayotgandi. Axir aslida sog‘lom fikrning o‘zi Jungkook edi.
Chimin o‘rindiq suyanchig‘iga suyanib, og‘zi ochilgancha hayratda qoldi. Bir zumda hammasini anglab yetdi. Birdan miyasida nimadir joyiga tushdiyu hammasi ravshanlashdi! Folbin yolg‘on gapirmagan ekan!
Birinchi valet bor u hozirgina sharmandali tarzda bu yerni tark etdi.
Ikkinchi valet bor u maydonni (jang maydonini) yuz-ko‘zi lat yegan holda tark etgan.
Yana qishloq bor. Mana shu qishloq. Bu yerda hamma faqat bitta qasr borligini biladi. Unda dehqon qirollar yashaydi.
Taehyung ulardan biri bilan yaqindan aloqada bo‘lib qoldi. Hozir esa uning yonida turibdi xavotir olyapti, sevadi, kechiradi, urishadi. Hali haqiqatni bilmaydi. Hali taqdirga ishonmaydi.
Jungkookmi? Ha u hamon jilmayib turardi.
Himoya qilish bilan o‘zingni himoya qildirishning farqi bor. Faqat Taehyung boshqa bir inson haqida o‘ylab ko‘z yosh to‘kayotgandi. Endi esa uning o‘sha odam bilan ishi yo‘q edi.
Ustuvorliklar o‘z o‘rniga qo‘yildi.