November 9

𝑴'𝒂𝒎𝒐𝒖𝒓

23-bob. Fengshuy bo‘yicha

Qarindoshlar bilan munosabatlar og‘ir kechadi hatto ular o‘zingniki bo‘lsa ham. Begonalari haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi...

Frederik Begbeder.

«Sevgi uch yil yashaydi»

Chonguk Xitoyga ketishidan oldin Taehyon undan Sojun va Hunhe bilan xeykingga borishga ruxsat so‘radi. Albatta, bunday iltimosga javoban u halokatli nigohga duch keldi.

— Xotinimning vafot etganiga yillik sana yaqinlashib turganida sen sobiq sevgiling bilan maza qilib dam olgani bormoqchimisan? — deb uni nohaq uyaltirdi. Taehyonning kayfiyati shu zahoti tushib ketdi.

— Bu yillik sana kuni emas undan bir kun keyin bo‘ladi. Biz bilan Hunhe ham boradi. Axir men senga aytgandimku...

— Sening do‘stlaring bo‘lishi mumkin emas — gapini bo‘ldi va har bir so‘zini alohida ta’kidlab tahdid qildi.

— Ular mening do‘stlarim emas. Shunchaki kim bilandir muloqot qilgim kelyapti. Larkinga men bilan borishni buyur, u senga hammasini aytib beradi.

— Albatta aytib beradi. Go‘yo u sendan nimanidir yashirishi mumkin bo‘lgandek.

U Taehyonga shubhali nigoh bilan qaradi.

— Faqat Larkinning ko‘nglini olib mendan nimanidir yashirishga urinib ko‘rma. Agar u meni aldashga jur’at etsa, uni ishdan bo‘shataman sen esa boshqa hech qachon qo‘riqchilar bilan yaqinlashmaysan. Tushunarlimi?

— Larkin men uchun o‘zini xavf ostiga qo‘yadigan darajada ahmoq emas...

— Hech kim ahmoq bo‘lib tug‘ilmaydi. Shuning uchun yaxshi xodimni muammoga qo‘yma.

— Tushundim. Xo‘sh, ruxsat berasanmi? Sojun Hunheni ham taklif qilgan unga ko‘ngil qo‘yganiga qasam ichaman. Men esa shunchaki tanishlarim bilan tog‘larga chiqishni istayman.

Chonguk qog‘ozlariga tikilib, suhbatga qiziqmayotgandek ataylab o‘zini tutdi.

— Sizlar bilan yana bir qo‘riqchi ham boradi. Pe Hunhe yonidan uzoqlashmaysan. Bir juftlikning uchrashuviga bahona bo‘lishning nimasi yoqimli ekanini tasavvur qilishim qiyin. Lekin bu, chamasi mazoxizmning qandaydir o‘ziga xos turi. Men buni tushunmayman.

Taehyon sabr bilan indamadi. Chonguk nima desa desin muhimi u o‘z xohishiga erishadi.


Chonguk kecha kunduz kuni Koreyani tark etdi. Ketishidan oldin unga bank kartasini qoldirdi. O‘sha platina kartani. Taehyon buni kutmagandi, hatto uning mavjudligini ham butunlay unutib yuborgandi.

Chonguk ketishidan oldin ular biznes ochish masalasini ham muhokama qilishdi. Biroz o‘ylab ko‘rgach, Taehyon bu ish mutlaqo o‘ziga mos emas, degan xulosaga keldi. Qolaversa, Chongukka biznes orqali ham qaram bo‘lib qolish unchalik havas qiladigan istiqbol emasdi. Salgina shamol essa, ular yana janjallashib qolishlari undan ham yomoni urishib ketishlari mumkin edi. Keyin esa Taehyon Chongukdan qarzini hech qachon uzolmasdi.

Kartani qo‘liga olganida o‘zini xuddi bir paytlar Yuksam binosidagi kompaniyaga xat orqali jo‘natgan bumerangi qaytib kelib, peshonasiga urilgandek his qildi. Bu puldan yaxshilik hidi kelmasdi aksincha majburiyat va qarzdorlikni eslatardi. Ha, rostdan ham hammasi yana avvalgi holatiga qaytgandi. U shunchaki dabdabali hayotning qanday bo‘lishini unutishga ulgurgandi.

Bu safar ularning yo‘li Ivan-san tog‘iga qarab cho‘zilgan edi. Buyurilganidek Taehyon Hunhe yonidan ketmasdi. Ulardan uncha uzoq bo‘lmagan joyda esa Larkin nihoyatda mamnun qiyofada yurardi. Bu yerga kelayotganlarida u Taehyonga uni qo‘riqlash o‘zi uchun bir huzur ekanini aytgandi. Shu sababli kayfiyati ko‘tarinki edi.

Yana sal orqaroqda sayyohlar va nafaqaxo‘rlar orasida ko‘zdan pana bo‘lib ikkinchi qo‘riqchi

Alan ergashib kelardi. U yaqinda ishga olingandi. Boshqa amerikalik qo‘riqchilarga qaraganda ancha yoshroq edi tashqi ko‘rinishidan o‘ttiz yoshlarda deyish mumkin. Yuz chizgilari bolalarnikidek ammo doim chimirilgan qoshlari bilan birga qaraganda, jiddiydan ko‘ra yoqimtoyroq ko‘rinardi.

Chamasi, Chonguk aynan uni yuborgan, chunki u yangi va yosh edi. Demak boshlig‘ining ko‘ziga yomon ko‘rinib qolishdan hammadan ko‘proq qo‘rqardi. Shu sababli sayohat qilayotgan guruhlaridan lochin nigohini uzmasdi.

Bunday ketishda, hozir osmondan biror kalxat Taehyon Duranni payqab qolib, uni o‘lja deb olib ketadigandek edi.

— Hunhe sening yana munosabatlarni tiklaganingni aytib qo‘ydi, — deb yubordi Sojun.

Pe xonim ko‘zlarini osmonga qadab, yigitni chimchilab oldi. Taehyon biroz xijolat tortdi.

— Nahotki bu Santa aravasidagi o‘sha bug‘u bo‘lsa?

Albatta, Yangi yil kechasida Chonguk unga o‘sha «tabrik»ni yuborganida Sojun Taehyonning yonida edi. Shu bois uning o‘shanda naqadar tushkun ahvolda bo‘lganini yaxshi eslardi.

— Sekinroq uni unday deb atama. Ha o‘sha odam.

Taehyon ortiga qaradi. Larkin uni payqamagandek o‘zini tutardi, ammo yuzidagi ayyorona tabassum hammasini oshkor qildi: «Bug‘u a?»

— U senga nega butun bir qo‘riqchilar guruhini biriktirmabdi? Bor-yo‘g‘i ikkita qo‘riqchi. Buning ustiga, men...

Sojun fitnachilardek ovozini pasaytirdi.

— Mushuklar uchun yem degustatoriman.

Hunhe o‘zini tutolmay, qah-qah otib kuldi. Taehyon esa kamtarona jilmaydi ammo ko‘zlarida baxtli odamlarga xos o‘sha tentakona yaltirash yana paydo bo‘ldi. Yoki sevib qolganlarnikiga. Yoki aqldan ozganlarnikiga...

— Voy, vaysaqiey nimalar deyapsan? Janob Chon Taehyonni minoradagi malika kabi ajdarholar bilan qo‘riqlayapti. Buning nimasi yomon?

— Kelinglar, boshqa mavzuga o‘taylik. Men bu haqda gapirishni istamayman.

Chonguk haqida begonalar bilan gaplashish mumkin emasdi. Bu taqiqlangan mavzu edi. Shunday bo‘lsa-da, uning chiroyli yuzida noo‘rin tabassum yana gullashga urinardi.

Sochlari odatda yuradigan uzunligiga deyarli yetib qolgandi. Chonguk uning avvalgi soch turmagini eng ko‘p yoqtirishini aytgandi. Hozir qora tekis sochlarining yarmi bej rangli to‘qilgan bog‘ich ostida yashiringan bu esa och rangli ko‘zlari bilan juda jozibali kontrast hosil qilardi. Yo‘lovchilar unga tinmay qarashardi. Hamma bir narsaga qiziqardi: bu idolmi rangli linzami yoki genetikaning mo‘jizasimi?

Keyin ular kuzatuv maydonchasiga, buddaviylar ibodatxonasiga borishdi va Samchongak saroyini tomosha qilishdi. Bu yerda teatr, restoran, choyxona va mehmonlar uchun dam olish xonasini o‘z ichiga olgan madaniyat markazi ham joylashgandi.

Ular ibodatxonada o‘tkazilayotgan an’anaviy choy marosimida qatnashish imkoniyatidan foydalanishmadi, ammo madaniyat markazidagi choyxonaga kirishdi. Larkin bilan Alanga esa tashqarida kutishga to‘g‘ri keldi.

Nihoyat uchovlon bemalol nafas olish imkoniga ega bo‘ldi.

— Xitoyga tezroq borsak edi... Bu haqda nima deb o‘ylaysan? — dedi Hunhe xayol surgancha Taehyonga yuzlanib.

Gap shundaki oktyabrdagi chiqishdan keyin Pe xonimga xitoylik xoreografdan hamkorlik taklifi kelgandi. U avvalo ularni Xitoydagi raqs studiyasiga taklif qildi. Truppada salohiyat borligini, ammo texnik mahorat jihatidan ularga ancha yetishmayotganini aytdi. Muammoning asosiy sababi esa repetitsiyalar uchun vaqt kamligi edi. Ikki kun ishlab ikki kun dam olish va kechki repetitsiyalardan iborat jadval bu tugamaydigan yugur-yugurdan boshqa narsa emasdi.

Hunhe xitoylikning taklifini qabul qildi. Ammo bu barcha raqqoslar yo ishdan bo‘shashi, yo maoshsiz ta’til olishi kerakligini anglatardi. Boshqacha aytganda truppa ayrim a’zolaridan ayrilishi mumkin edi. Hamma ham truppani qo‘shimcha daromaddan ustun qo‘ymadi. Ularni ham tushunish mumkin edi hech kimning ortiqcha jamg‘armasi yo‘q.

Pulsiz nima qilishadi?

Xitoyda qancha vaqt qolishlariga to‘g‘ri keladi? Keyin nima bo‘ladi?

O‘zgarishlar taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Ammo har kim ham tavakkal qilishga qodir emas. Bu borada Taehyonning omadi kelgandi. Garchi u Tahraning yorqin kelajagi yo‘lida begona yurtda boshpanasiz qolishga ham tayyor bo‘lsa-da...

— Men baxtliman — deb rostini aytdi u.

Hatto Chonguk ham uning safar haqidagi xabarini hayratlanarli darajada oson qabul qilgandi. Buning sababini taxmin qilish qiyin emasdi: Chongukning Tan Shan shahrida tez-tez ishlari bo‘lardi, bundan tashqari Pekinda qarindoshlari ham bor edi.

Taehyon xayol surgancha derazadan tashqariga qaradi. «Chhongomabi» fasli kuzning maftunkor davri boshqacha aytganda, osmon yanada baland, otlar esa semiradigan payt atrofni oltinrang va to‘q qizil libosga burkagandi. Oyoq ostidagi qarsillaydigan yaproqlar, salqin va musaffo ob-havo kishiga ajoyib kayfiyat bag‘ishlardi. Bunga tog‘ so‘qmoqlari ibodatxonalar va saroylarning boqiy go‘zalligini ham qo‘shsak sayr har jihatdan ajoyib o‘tishi aniq edi.

— Men anchadan beri Namisomga borishni xohlardim. Hozir u yerning muhiti juda ajoyib — dedi Hunhe.

Namisom teleseriallar va reklamalardan barchaga tanish bo‘lgan kichik orol edi.

— Ammo yolg‘iz borsang, zerikarli. Velosiped ijaraga olib, xiyobonlar va muzeylarni kun bo‘yi aylanib chiqish mumkin.

— Xo‘sh muammo nimada? Istagan payting meni taklif qilishing mumkinku— deb darhol gapga qo‘shildi Sojun. Taehyon esa ularni ko‘z qiri bilan kuzatib turardi.

— Yo‘q yo‘q. Ikkovimiz birga bormaymiz.

— Nega endi? O‘zing biz ajoyib jamoamiz degandingku.

Hunhe maftunkorona jilmaydi-da, uning gapini ayyorlik bilan e’tiborsiz qoldirdi. Sojun esa shunday deb yuborganida Taehyon ichgan choyiga tiqilib qoldi

— Umid qilamanki, to‘yimizda bundan ko‘ra yoqimliroq gap aytasan, — dedi u Hunhening ovoziga taqlid qilishga urinib.

— Bo‘lmasa, o‘zimni futbolchidek his qilyapman. Darvozabon kabi. Sen esa menga gol uryapsan.

— Yana qanaqa to‘y? — Hunhe yana kulib yubordi.

— Omadsiz futbolchi. Men senga kampir xoladekman. Kampir!

— Ikkalamizning ikkita farzandimiz bo‘ladi. Ko‘rasan hali, nurim aynan shunday bo‘ladi.

Ayol keng tabassumini yashirish uchun kafti bilan og‘zini to‘sdi. Ularning noz-karashmasidan Taehyonning yuzi lovullab ketdi. U esa allaqachon zabt etib bo‘lmas qal’ani ochiqchasiga qo‘lga kiritishga urinayotgan o‘ziga ishongan yigitga hayrat aralash tabassum bilan qarab qo‘yardi.

— Meni kuldirma, quyoshim — deb Hunhe ham uning o‘yiniga qo‘shildi.

— Men endi farzand ko‘rish uchun ancha keksayganman.

— Muammo emas. O‘zim tug‘ib beraman.

Hunhening ko‘zlari porlab ketdi. Bu, shubhasiz jahldan emasdi.

— Yoshing nechida edi? Esimdan chiqibdi. Yigirma sakkizmi? Yigirma yettimi? Sen ham endi farzand ko‘rish uchun qarib qolyapsan.

U yana kulib yubordi.

— Yigirma-sakkiz-yetti? Bu qanday son o‘zi? Rahmat, nurim. Bolalar masalasida albatta biror chora topaman. Oxir-oqibat, laylakka pora berarman.

— Taehyon hech bo‘lmasa sen bu xayolparastning vaysashlarini to‘xtat. Aytgancha o‘zing farzandlar haqida o‘ylab ko‘rganmisan? O‘z farzanding bo‘lishini xohlaysanmi?

Taehyonning boshiga xuddi kimdir qattiq urib yuborgandek bo‘ldi. Xayolidagi barcha fikrlar bir zumda uchib ketdi.

— Xo‘sh...

— Hunhe demoqchi bo‘lgan narsa shuki, sen yigirma-bir-yigirmadasan ya’ni hali farzand ko‘rish uchun qarib qolmagansan.

Pe unga mushtini ko‘rsatdi.

Hatto Taehyon ham undan ko‘z uzolmasdi. Hunhe boshdan-oyoq nafosat timsoli edi: porlab turgan asalrang ko‘zlaridan tortib, quloqlaridagi dumaloq ziraklarigacha, bej rangli lab bo‘yog‘i surtilgan to‘la lablaridan tortib, nozik zanjir taqilgan nafis qo‘llarigacha.

Albatta, Taehyon munosabatlar masalasida maslahat beradigan yoki kimnidir hukm qiladigan odam emasdi. Ammo o‘z nuqtayi nazaridan qaraganda, bu ikkisi bir-biriga juda yarashardi.

— Menga taqlid qilishni bas qil, bo‘lmasa sen bilan darrov ajrashaman — deya javob qaytardi u.

— Sening urg‘oching mendan aqldan ozgan.

Noqulay sukunat cho‘kdi. Pe yuzidan qo‘lini olmagancha, kulishdan to‘xtamay qoshlarini ko‘tardi.

— Nima? Men samoed iting haqida gapiryapman.

Balki Taehyon bu quvonchli davrada ortiqcha odamdir ammo bu yerda unga shubhasiz, juda yoqyapti.


Raqs studiyasi Pekinda joylashgan edi. Chongukning qarindoshlari shu shaharda yashagani uchun u Taehyonning ketishiga osonlik bilan rozi bo‘ldi axir uning bu yerga kelib-ketishiga sabab bor edi. Biroq turar joy masalasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Ancha taniqli xoreograf Xuan Imou o‘z studiyasini vaqtinchalik yotoqxonaga aylantirishni taklif qildi: kunduzlari raqs zali, kechalari esa tunash joyi bo‘lib xizmat qilardi. Ishsiz va pulsiz raqqoslarning barchasiga bu taklif ma’qul tushdi. Pe Hunhe hozircha truppani turar joy bilan ta’minlash imkoniga ega emasdi. Xitoylik xoreograf kechayu kunduz birga mashq qilish va bir joyda yashash raqqoslarni yanada jipslashtirishini, eng muhimi, ularning mahoratini oshirishini ta’kidladi.

Larkinni, albatta, Taehyonga biriktirishdi. Uning o‘zi esa bundan juda xursand edi: xo‘jayin bilan til topishib olgani naqadar yaxshi bo‘lganini, chunki ishi tobora qiziqarli tus olayotganini aytardi. Tez orada o‘zi ham raqsga tushib ketmasa bo‘ldi! Qo‘riqchi studiyaga eng yaqin joydan kvartira topishga majbur bo‘ldi. Tushunarli sabablarga ko‘ra u truppa bilan birga yashay olmasdi. Bir tomondan, u Xitoyda, ustiga-ustak kvartirada yolg‘iz yashaydi. Boshqa tomondan esa, soatlab bir joyga mixlanib qoladi va sayyohlikning barcha zavq-shavqidan to‘liq bahramand bo‘lishi amri mahol edi.

Yangi xoreograf rahbarligidagi mashg‘ulotlar odatdagilaridan unchalik farq qilmasdi, ammo ancha qiziqarli edi. Avvalgi tarkibdan yetti kishi ketdi. Janob Xuan o‘zining bir nechta raqqoslarini olib keldi, ular vaqtinchalikmi yoki doimiy qolishadimi hozircha noma’lum edi. Ularni ham truppaga qo‘shib qo‘ydi. Hunhe va baletmeyster Kang ham doim yonlarida bo‘lishardi.

Ertalabdan kechgacha oyoqda turishardi. Bir kuni yigitlarga puantlarni kiyib ko‘rish buyurildi qizlarga esa balet tuflilari kiydirildi. Shu tariqa ularning raqsga boshqacha nigoh bilan qarashlariga sabab bo‘lishdi. Taehyon puantlarda tushgan suratini olish uchun fursat topdi. Uni kimga yuborishni esa bilmasdi.

Mashg‘ulotlarda ular ko‘p suhbatlashishardi aylana bo‘lib o‘tirib olishardi. Birgalikda meditatsiya qilishar, ovqatlanishar uxlashga ham birga yotishardi yigitlar ham qizlar ham bitta zalda.

Jihyo ham ular bilan ketdi. Taehyon bilan uning o‘rtasida ochiq qarama-qarshilik yo‘q edi. Hatto Hunhe ataylab ularni juftlik qilib qo‘yardi, shaxsiy muammolarini studiya ostonasidan tashqarida qoldirishga o‘rgatardi. Va buning uddasidan chiqishardi. Har holda, Jihyo yuzini burishtirmas, zaharxanda gaplar bilan tegajog‘lik qilmas, juftlikdagi raqs paytida ham ularga xalaqit bermasdi.

Xuan ko‘p gapirar, ko‘p narsalarni amalda ko‘rsatardi. Klassik baletda ularni go‘yo uchishga osmonga sakrashga o‘rgatishsa, zamonaviy raqsda, aksincha, harakat tamoyili boshqacha edi polga singib ketish, u bilan birlashish kerak edi.

Xoreograf tinmay takrorlardi.

«Raqsni xayolingizdagi obrazlar bilan emas, his-tuyg‘ularingiz bilan ijro eting. Siz ko‘tarilish va qulashlardan iborat butun bir hissiy kechinmalar ketma-ketligini his qilishingiz kerak».

Demak hissiy tebranishlarmi? Xo‘sh bu Taehyonga tanish narsa! Buni u qoyilmaqom uddalay oladi.

Bir kuni Hunhe Xitoyga kelish ularning eng katta yutug‘i bo‘lganini aytdi. Yangi xoreograf bu doimo yangi uslub, yangi fikr va raqsga yangicha munosabat demakdir. San’atkorlar yangi xoreografni tushunishni undan harakatlar plastikasi va ifodaviyligini his qilishni o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi. Xuan Imouning o‘zini kuzatish ham bundan kam qiziqarli emas edi. Axir u ham ko‘plab yangi iste’dodli raqqoslar, buning ustiga chet elliklar bilan hamkorlik qilishni o‘rganayotgan edi.

Taehyonning... po‘st tashlash davri boshlandi uning xoreografiya kurslarini shunday atash mumkin edi. Balki teri qavati ko‘chayotgandir, balki tanasining butun qismlari qanotlari yoki hasharotlarnikiga o‘xshash tashqi skeleti to‘kilayotgandir. Va ularning o‘rnida yangi bir narsa o‘sib chiqayotgandir. U endi boshqacha odam edi.

Chonguk bilan munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Masalan Chonguk undan suratlarini so‘raydigan bo‘ldi. O‘zini suratga olishni bilmaydigan, buning ustiga yoqtirmaydigan Taehyon esa unga xira noaniq rasmlarni yuborardi. Ularda goh yuzini chetga burar, goh kaftiga iyagini tirab olardi. Oxiri puant kiyib tushgan suratini ham yubordi. Chonguk har doim ham javob yozavermasdi, ammo yozganida xabarlarida yoqimli gaplar bo‘lardi.

Kechki paytlar Taehyon balkonga chiqardi aniqrog‘i begona quloqlardan yashirinish uchun o‘sha yerga borardi. Ular bir-birining ovozini eshitmagan kun hali bo‘lmadi. Hech narsa haqida gaplashishmasdi suhbatning asosiy qismini esa Chonguk egallardi. Uning bir maromdagi sokin ovozi Taehyonni uyquga chorlardi.

Raqqoslarga Xitoydagi raqs dasturi dekabr boshida yakunlanishi haqida xabar berishdi. Yangi yil tomoshalari ularning yakuniy imtihoni bo‘lishi kerak edi. Noyabr oyini ular o‘z tanalarini, musiqani, hamkorlarini va harakatlar plastikasini anglashga bag‘ishlashdi. Dekabr uchun esa Xuan «Suzuvchi gullar» baletini sahnalashtirishni rejalashtirdi. Ular bu spektaklni birinchi yanvardan boshlab Xitoy Yangi yiligacha namoyish etishlari shu bilan birga, Xitoyning yirik shaharlarini aylanib chiqishlari kerak edi.

Kelishuv shunday edi topilgan pul kostyumlar xarajatlarini qoplash, turar joy haqini to‘lash va tashkiliy masalalarga sarflanadi qolgan hamma narsa esa Xuan Imouning cho‘ntagiga tushadi. Albatta Hunhe bu shartga rozi bo‘ldi. Xoreograf ulardan pul ishlab olishi kerak edi Tahra esa o‘z navbatida mahalliy matbuotda ham, vatanida ham ijobiy shov-shuvga erishishi lozim edi.

Birinchi dekabr kuni ularga dam olish kuni berildi. Taehyon tong yorishmay turib Larkinning oldiga keldi. Oxiri divanga yotdi har ehtimolga qarshi begona erkakning to‘shagiga yotishdan bosh tortgandi va shu zahoti uxlab qoldi. Qo‘riqchi esa bir piyola qahva va noutbukini olib, oshxonaga joylashdi. U xo‘jayinini kutayotgandi.

Taehyon esa hech narsadan bexabar edi. Chunki xo‘jayinning tashrifi unga syurpriz bo‘lishi rejalashtirilgandi. Ular anchadan beri ko‘rishishmagandi, shu sababli Chonguk Xitoyga o‘ziga kerak bo‘lgan vaqtdan biroz ertaroq uchib kelgandi.

Tae bo‘ynidagi qitiqlash hisidan uyg‘onib ketdi; ongi asta-sekin o‘ziga kelar ekan bu lablarning tegishi ekanligini angladi. Bu uni bir zumda butunlay uyg‘otib yubordi. U keskin harakat bilan o‘girilib qaradi ich-ichidan Larkinga duch kelishni kutgan edi. Unga biror yomonlik yetgan bo‘lishi mumkinligidan qattiq xavotirda edi. Ammo tabiiyki, unga qarab turgan odam janob Jeon edi.

— Agar bunday sakrab turmaganingda senga bir nechta savollarim bo‘lardi. Barakalla instinktlaringni unutmagan ekansan.

Tae uyqusiragan yuzini ishqalab tik o‘tirdi va hayrat ichida ro‘parasida turgan haqiqiy Jungkookga tikilib qoldi.

— Bu yerda nima qilyapsiz?

— O‘rningdan tur mehmonxonaga ketyapmiz. Pekin bo‘ylab sayohat bekor qilindi.

Xitoy poytaxtida havo harorati keskin pasayib ketgandi. Tae svitshotining kapyushonini boshiga tortib paltosini o‘ziga mahkam o‘rab oldi. Jeonning yonida yangi bir mashina bor edi

Tae uni avval ko‘rmagan. Mashina ham haydovchi ham Xitoy xavfsizlik xizmatiga tegishli edi.

Yo‘l tez o‘tdi. Manzilga yetib kelgach Tae shoshilib issiq dushga kirdi ammo eshikni yopishga ulgurmay yoniga yana biri qo‘shildi. Nihoyat o‘zi shuncha vaqtdan beri orzu qilgan tanaga yetishgan Jungkook uni asta-sekin sovunlay boshladi uzoq a’zosining kirish qismiga alohida e’tibor qaratib, Tae lablaridan mayin ingrashlar chiqishiga sabab bo‘ldi.

—Hammasini boshqaruvchi yagona uzuk

haqidagi gaplar ham bekor ekan maqsadga erishish uchun barmoqlar bilan mohirona harakat qilishning o‘zi yetarli bo‘ldi.

Bu shunchalik yoqimli ediki Tae oyoqlarida zo‘rg‘a turardi. Keyin hech qanday ogohlantirishsiz Jungkook pastga egildi va uzoq vaqtdan beri qilishni istagan ishini amalga oshirdi u tilini ishga solib uni ichkaridan erkalay boshladi. Tae chekinishga urindi u hali ham bu holatni "iflos" deb hisoblardi ammo unga orqaga chekinishga yo‘l qo‘yishmadi.

Ko‘p o‘tmay u dastlabki qarshiligini unutdi hatto o‘zi ham oldinga intilib dumbasini yanada kengroq ochdi. Oyoqlari shunchalik kuchli titrardiki yiqilib tushishiga bir bahya qoldi.

Ular dushda ancha vaqt qolishdi axir agar bir kishi shunday zavqqa ega bo‘lgan ekan ikkinchisi ham mukofotga loyiqda. Keyin esa ustlaridagi xalatlarini yechmasdan yana ancha vaqt yotoqda yotishdi. Tae xuddi boladek boshini sherigining ko‘kragiga qo‘ydi; u o‘zida deyarli nojoiz darajadagi xotirjamlik va baxtni his etardi. Ma’lum bo‘lishicha, ichki xotirjamlikka erishish uchun shunchaki narsalarni va odamlarni o‘z o‘rniga qaytarib qo‘yishning o‘zi kifoya ekan.

Yoki balki gap feng-shuy tamoyillariga amal qilishdadir.

—Yana ozib ketibsan. To‘g‘ri ovqatlanishing kerakligi haqida kelishuvdikku. Sog‘lig‘ing bilan bog‘liq muammolar bo‘lishini xohlaysanmi?

Tae erinibgina xalatining yoqasini chetga surdida uning ko‘kragidan tezgina o‘pib qo‘ydi bu "gapiraverma, tinchlan" degan ma’noni anglatuvchi jim bir ishora edi. Jungkook nasihat aytayotganini ham unutib, xalatning bog‘ichini yechdi uni yelkasidan tushirdi va Tae’ni baquvvat, yumaloq dumbalaridan ushlab, o‘ziga yaqinroq tortdi. U Tae tanasining egri-bugri chiziqlarini qo‘llari bilan paypaslab his qilishni yaxshi ko‘rar edi.

—Men yetarlicha ovqatlanyapman shunchaki hammasini sarflab yuboryapman. Sen bo‘lsang, aksincha, biroz semiribsan. Rostdan ham shundaymi?

Tae kulimsirab uning ustiga chiqib oldida qorni va qo‘llarini turtkilay boshladi. U qo‘liga olgan ilk

—Fen-shuy kitobining nomi Ajdahoni uyg‘otish san’ati edi. Tae "ajdaho" tushunchasini o‘zicha biroz o‘zgacha talqin qilgan bo‘lishi mumkin ammo *bu* ajdahoni uyg‘otish juda oson edi. Jungkook unga qarab ko‘zlarida kinoyali va quvnoq bir yaltiroq bilan kuzatib turardi.

—Buni mushak massasi deyishadi. Va yana... biroz salobat.

U o‘z qornidagi terini chimchilab qo‘ydi.

—Uyda yangi oshpaz yolladingmi? Bu salobat shirinlik likopchasida tortiladimi? — deb hazillashdi Tae kinoyali tabassum bilan. Jungkook uning sonlarini siladi.

—Bugun ancha chaqqon gapiradigan bo‘lib qolibsanku. Men seni ham semirtirib qo‘yaman.

U yuqoriroq siljib Taening kindigidan o‘pdi. Tae qo‘llari bilan uning bo‘ynini quchoqlab oldi qitiqlanish hisidan qimirlab, kulib yubordi, yuzida esa keng tabassum paydo bo‘ldi.

—Shunda yumshoq va mazali bo‘lib ketasan.

—Undan keyin meni truppadan haydab yuborishadiku.

—Men seni ular uchun semirtirayotganim yo‘q o‘zim uchun qilyapman.

To‘satdan xotirjam va romantik muhit g‘oyib bo‘ldi. Jungkook Taening boshini silashni to‘xtatdida sochlarini mushtiga yig‘ib ushladi va boshini o‘zining qovog‘i tomon yo‘naltirdi.

—Keling, hoziroq boshlaylik. Buning naqadar mazali ekanini bilasiza?

Uning yuzidagi oshiqona tabassum g‘oyib bo‘ldi. Ko‘zlarini xira sutdek yumshoq parda qopladi lablari xuddi shirali shaftolining rangida va o‘sha shaftolidek mayin arang ochildi bu go‘yo gunohga chorlov edi.