𝑿𝒂𝒓𝒐𝒃𝒂𝒅𝒂𝒏 𝑪𝒉𝒊𝒒𝒒𝒂𝒏 𝑲𝒊𝒚𝒐𝒗
5—bob
Taehyung ancha vaqtgacha joyidan qo‘zg‘ala olmadi avval butun vujudi titradi keyin esa qattiq yiqilganini shu sababli oyog‘ini biroz oqsoqlab bosayotganini angladi. Jungkook shunchaki yonida turib bo‘ronning bosilishini kutdi va uni belidan quchib turdi. So‘ng miltig‘ini yelkasiga ilib, hech narsa demay uni qo‘llariga ko‘tarib ortga olib ketdi.
Taehyung ham indamay, bu mehribonlikni minnatdorlik bilan qabul qildi. Qimirlay olmasdi boshidan kechirgan qo‘rquv tufayli barcha mushaklari qotib qolgandi.
Demak, Jungkook uni ikkinchi marta qo‘llarida ko‘tarib ketayotgandi. Aslida birinchi safarini hisobga olmasa ham bo‘ladi o‘shanda Jungkook unga befarq edi, Taehyung esa unga tegmagandi. Hozir esa hammasi boshqacha Jungkook unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatyapti, Taehyung esa bo‘ynidan mahkam quchib olgan, oldidagi hech narsani ko‘rmaydi ko‘z oldi hamon xiralashib turibdi.
Bunga nima ham ajablanish mumkin? U o‘zi ham yig‘loqi buning ustiga hayotida boshidan kechirgan eng dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Albatta, hozirgi jazavasi bir necha daqiqa avvalgisidan ham kuchliroq edi. U yerdagisi shunchaki gap-so‘z edi suv hatto iflos suv bo‘lsa ham. Bu esa haqiqiy xavf hayotiga tahdid edi. Jungkook yonida bo‘ldi. Tamom. Qolgan hamma narsa ahamiyatsiz.
Uyga kirishlari bilan Jungkook birinchi yordam qutisini olib, Taehyungning ko‘ylagi yengini shimarib qo‘ydi. Teri ancha shilingan qon oqardi, ammo xavfli emasdi. Oyog‘ini ham shikastlab olgan chamasi qattiq lat yegan.
— Shimingni yech — dedi u Taehyung burnini tortib, yig‘isini yutayotgan paytda, muloyim va tinchlantiruvchi ovozda.
Hozir hech qanday uyalish yo‘q edi bunga o‘rin yo‘q. Jungkook chindan ham g‘amxo‘rlik qilardi, hatto ortiqcha darajada (o‘zini aybdor his qilyaptimi?). U Taehyungning jinsi shimini silliq boldirlaridan tushirishga ham yordam berdi, so‘ng oyog‘ini qo‘llariga olib, tovonini o‘z tizzasiga qo‘ydi. Xuddi Zolushkaga billur tuflisini kiydirib ko‘rayotgandek. Oyog‘i ham kir bo‘lib ketgandi. Uni ham tozalab bog‘lab qo‘ydi endi yangi kabi. Faqat yuragiga zubturum bargini bosish qoldi.
Jungkook shu holatda uning qarshisida tiz cho‘kib o‘tirardi.
— Bas qil endi yig‘layverishni, bo‘lmasa yomg‘ir yog‘ib ketadi.
— Men sal qoldi o‘lishimga. O‘lishimga… U meni o‘ldirardi… Tilka-pora qilardi…
Taehyung bu voqeaning dahshatini endi-endi anglay boshlayotgandi. Hali ham shokda edi. U ilgari hech qachon o‘lim haqida o‘ylamagan…
— Bo‘rilar odamlarga kamdan-kam hujum qiladi. Bu yolg‘iz bo‘ri emasdi to‘dadan ekan. Ular zaiflashgan jonivorlarni ovlaydi. Odam esa ular uchun xavfli o‘lja. Menimcha, bu urg‘ochi bo‘ri edi. Ancha semirib ketgan qorni ham osilib qolgan.
Jungkook uni imkon qadar tinchlantirishga urindi, toki Taehyung xayoliga har xil qo‘rqinchli narsalarni keltirmasin.
Aslida, Jungkook mutlaqo rost gapirayotgandi bo‘rilar odamlarga kamdan-kam hujum qiladi. Agar shunday holat yuz bersa bu yo to‘dadan quvilgan alfa erkak bo‘ri bo‘ladi demak juda och qolgan bo‘ladi yoki to‘da bo‘rilari bo‘ladi, ular ham sog‘lom o‘ljani tanlaganiga qaraganda juda och qolgan bo‘lishi kerak. Jungkook bu o‘rmonga tez-tez keladi, demak, bu borada undan ko‘ra yaxshiroq biladigan odam yo‘q.
— Rostdan ham uni o‘ldirmadingmi?
Agar u urg‘ochi bo‘ri bo‘lsa ustiga-ustak bo‘g‘oz bo‘lsa, Jungkook uni faqat o‘q uzib qo‘rqitgan bo‘lishi mumkin… Xudoyim Taehyung, bu sening tashvishing emas.
Taehyung ko‘zlarini pirpiratib unga minnatdorlik bilan qaradi.
— Bechora rosa qo‘rqib ketgandir…
Jungkook tilini taqillatdi. Yana o‘sha Tereza ona kabi o‘zini tutishi! Hammaga yordam berishni istaydiyu hech kimni himoya qila olmaydi. O‘zini ham.
— Ha albatta. Sendan ko‘ra ko‘proq qo‘rqmagan bo‘lsa kerak. Xavotir olma, yo‘lda tug‘ib qo‘ymaydi.
— Bu o‘rmonda yurish shunchalik xavflimi?..
Taehyung janjaldan oldin Jungkook uni o‘zi bilan olib ketishni mutlaqo istamaganini esladi. Endi bu haqda jiddiy o‘ylab qoldi. Nahotki, rostdan ham xavfli bo‘lsa va u Jungkookni bekorga haqorat qilgan bo‘lsa? Shunday bo‘lsa Jungkook darrov tinchgina tushuntirishi mumkin ediku hurib tashlanmasdan…
— Sen uchun ha. Sen balo-magnitisan. Men uchun esa hammasi joyida.
Taehyung oxirgi marta burnini tortib, bir narsaga aniqlik kiritish uchun fikrlarini jamladi. O‘ylamay aytib yuborgan ilk gapidan beri shu narsa uni qiynayotgandi.
U hali gapini boshlashga ham ulgurmagan edi Jungkook allaqachon nima demoqchi ekanini tushundi.
— Unutamiz. Ichimizdagi bor g‘azabni chiqarib tashladik, endi hayotdan zavqlanib yashayveramiz. Hech qanday xavf yo‘q edi. O‘zingni qiynama.
Shunchaki, bir-ikki og‘iz gap bilan vaziyatni hal qildi-qo‘ydi. Taehyung baribir kechirim so‘ramoqchi edi ammo, chamasi Jungkook haq bunga hojat yo‘q. Jungkook ham uni qattiq ranjitdi. Taehyung uning jahli chiqib turgan paytida gapga aralashib, o‘z kuchini hisobga olmadi, Jungkook esa, tabiiyki, unga «sovuq suv» sepib yubordi.
Endi ovga bormaslikni so‘rash ham, o‘zi bilan olib ketishini iltimos qilish ham yo‘q. Bugun sarguzashtlar ham,
janjallar ham yetarli bo‘ldi. Hali tushlik payti u esa allaqachon jahldor Jungkookka ham bo‘riga ham duch kelishga ulgurdi… Omad!
— Shu atrofda bo‘laman. O‘tin yorishim kerak.
Taehyungning o‘zi ham Jungkookdan nima istayotganini bilmasdi. Uning yonida beixtiyor go‘dakdek tutadigan holatga tushib qolardi. O‘zi ham unchalik katta odamdek ko‘rinmasdi ammo Jungkookning yonida yanada kichrayib qolardi… Yoki Jungkook unga nisbatan haddan tashqari yetukmidi?
Jungkook Taehyungning nimadir demoqchi bo‘lib, ammo jur’at etolmayotganini ko‘rib turardi. U og‘zini ochib-yopdi, xolos. Endi nimadan qo‘rqadi? Bir-birlariga allaqachon «shirin» gaplarni aytib bo‘lishdiku.
— Men bilan biroz o‘tirasanmi?..
Yuzi yig‘idan qizarib ketgan burni va lablari shishgan sochlari to‘zg‘ib ketgan ko‘zlari esa ishonch bilan katta ochilgan edi. Albatta, Jungkook ishlarini bahona qilib ketishi ham mumkin edi. Ammo qolsa ham bo‘ladi. Bundan unga hech narsa kamayib qolmaydi.
— Uxlagin kelyaptimi? Jungkook unga yotishga yordam berib, ustini ko‘rpa bilan yopdi. Aslida Taehyung hozir uxlab qolishini u oldindan bilardi. Ketma-ket stress ustiga-ustak yig‘lab ham oldi tezda uyquga ketadi. Yaxshisi ham shu tezroq o‘ziga keladi.
— Axir yaqindagina uyg‘ongandimku uxlamasligim kerak.
Taehyung xotirjam yotardi qo‘llarini ko‘rpa ustiga chiqarib qo‘ygandi. Kunduzi na hasharotlardan, na alvastilardan qo‘rqish kerak faqat jahldor Jungkookdan. Ammo u yana muloyimlashgan ekan demak, hammasi joyida. To‘g‘ri, Taehyung yana biroz suhbatlashishni istardi. Janjalga aylanib ketmasa, u bilan gaplashish yoqardi. Qolaversa savollari anchadan beri ichida yig‘ilib qolgan edi. U unchalik ham kaltabin emas, mantiqan fikrlashni ham biladi.
— Bir narsa so‘rasam bo‘ladimi?
Jungkookning yuzi jiddiy ammo xotirjam edi. Suhbatga qiziqish bildirayotgani sezilib turardi.
— Men senga yoqimsizmanmi? Yo‘q, bu qandaydir… boshqa… shunaqa ma’noda emas. Noto‘g‘ri tushunma. Shunchaki… mening «boshqacha» ekanim senga yoqmaydimi?
Aniq savol, Taehyung darajasida. Yana nima ham qo‘shish mumkin? Qo‘lidan kelganicha tushuntiryapti. Bunday narsani so‘rash ham qo‘rqinchli, yana o‘zi haqida yoqimsiz gaplarni eshitib qolishdan cho‘chiydi. Ammo baribir bilishni istardi. Endi ular bunday mavzuda gaplashadigan darajada yaqinlashishgandi.
— Menga onamning rejasiga ko‘ra uyimizda aylanib yurganing yoqmagandi. Ha o‘shanda seni yaxshi tomondan ko‘rmaganman.
— Nimani eshitishni xohlaysan?
Jungkook unga shunday tushunarsiz qaradiki Taehyung xijolat bo‘lib qoldi.
U hech qanday yashirin ma’noni nazarda tutmagandi. Shunchaki Jungkookning u haqidagi fikri o‘zgargandek tuyulgandi.
— Xo‘sh… Hali ham sening ko‘zingda avvalgidekmanmi?
— Men seni avval qanday ko‘rgan ekanman?
Yana insofsizlarcha o‘ynayapti. Birorta ham javob bermaydi faqat qarshi savol beradi.
— Menga seni jahlingni chiqarishimni bildirarding. Yana men «boshqacha» ekanimni bu esa senga yoqmasligini…
— Avvalambor ota-onam seni menga unashtirmoqchi ekanini bilardim. Men esa buni istamagandim. Shuning uchun jahlimg sendan chiqardi. Sening jinsiy orientatsiyang esa menga baribir, toki bu menga daxldor bo‘lmasa.
Hammasi to‘g‘ri. Taehyungning orientatsiyasi unga umuman aloqasi yo‘q shuning uchun xotirjam bo‘lishi mumkin.
— Bekordan-bekorga uzr so‘rayverma.
— Men senga muammo tug‘dirdim… Aslida men hech kimni… izlab yurganim yo‘q. Tushundingku. O‘zimga hech kim qidirayotganim yo‘q. Shunchaki bu yerga… biroz dam olib, boshimni chalg‘itish uchun kelgandim.
Taehyung yana jilmaydi. Bu tabassum ortida nima yashiringanini tushunish qiyin edi. Oxir-oqibat u umuman javob bermadi. Savoldan qochdimi? Yoki uxlab qoldimi? Suhbatlashib o‘tirgan paytida bunchalik tez uxlab qolishi dargumon edi. Ammo Jungkook uni bezovta qilmadi va tashqariga chiqdi. Uning ham ko‘nglida qandaydir yoqimsiz his qoldi.
Taehyung esa so‘nggi savolini bermadi nega uni o‘zi bilan olib ketgandi?
Pechka yoqilgan, o‘tinlar yana qarsillab yonar, atrofga yoqimli iliqlik taralardi. Taehyung vaqti-vaqti bilan uyg‘onib, tanish siluetni ko‘rar, so‘ng yana uyquga ketardi.
Bu vaqt ichida Jungkook o‘ziga kechki ovqat tayyorladi, onasiga qo‘ng‘iroq qilib hammasi joyida ekanini aytdi (katta yigit bo‘lsa ham baribir onasining bolasi), ob-havo ayniyotganini ko‘rib, yana o‘tin g‘amladi shamol kuchayib, osmon qoraya boshlagandi. Ishlarini tugatib, yomg‘irni kutdi. Aytganidek ko‘z yoshidan keyin yomg‘ir yog‘adi.
Uyqu vaqtigacha hali to‘rt soat bor qiladigan ish ham yo‘q. Shuning uchun o‘ziga choy damlab, kurtkasini yechdida deraza yoniga o‘tirdi. Yomg‘ir ham o‘zining sehrli kuyini chalardi. Shaharda yashaganida Taehyung bunga umuman e’tibor bermasdi. Faqat hozirgina u og‘ir xo‘rsinib, bir ko‘zini sal ochdi.
Jungkook asta ortiga o‘girilib, unga sinchkov nigoh tashladi. Aslida, g‘alati hech narsa yo‘q edi faqat Taehyung bir oyog‘ini ko‘rpaga ilib, ustidan chiqarib qo‘ygandi. Uyqusi kelib turgani uchun tashqi ko‘rinishiga e’tibor bermasdi. Ko‘ylagi shunchaki yuqoriga surilib ketgan, o‘zi doim yashirib yuradigan dumbasi ochilib qolgan (yaxshiyamki, ichki kiyimida edi), silliq oyog‘i esa ko‘rpa ustida yotardi. Sinchiklab qarashga arzigulik manzara. To‘g‘ri ko‘kargan joyi bor edi. Ammo bu jiddiy emas. Jungkook esa o‘z xayollariga berilgandi… Leshiylar nimalar haqida o‘ylarkin?
— Yumronqoziqlarning kun tartibi qandayligini bilmayman.
— Yumronqoziqlarning? Taehyung bo‘ynini uqalab lanjlik bilan so‘radi.
— Sen xuddi yumronqoziqqa o‘xshaysan. Kun bo‘yi uxlayapsan.
— A… — U befarq ohangda yana ko‘rpaga o‘ralib oldi. Tashqarida yomg‘ir yog‘yaptimi?
— O‘zing buyurtma qilganingdek.
Taehyung hali ham uyqu aralash hech narsani tushunmasdi.
— Men hech qayerga ketmasligim uchun.
Taehyung nihoyat gapning tagiga yetib jilmaydi.
— A… Unda ha men buyurtma qilgandim. Sen ham yot.
— Yarim tunda bedor o‘tirish uchunmi? Yo‘q. O‘zing alvastilaringdan qo‘rqib titrab chiqasan. Men esa mazza qilib uxlayman.
Taehyung biroz o‘ziga kelib, yostiqda sal yuqoriroq surildi.
— Jin ursin… Rostdan ham. Nega meni uyg‘otmading?
— Demak, endi men aybdormanmi? — dedi u kinoya bilan.
— ...Sen bu o‘rmonga tez-tez kelib turasanmi?
Taehyung birdan mavzuni o‘zgartirdi. Bu haqda chindan ham o‘ylab qolgandi.
— Yolg‘iz qolganingda qo‘rqmaysanmi?
— Sen bilan bo‘lsam qo‘rqaman kutilmagan javobdan Taehyung qulayroq o‘tirib oldi. Jungkookning gaplaridan ma’no chiqarishga urindi. U kayfiyati yaxshi bo‘lganida Taehyung u bilan suhbatlashishni yoqtirardi. Garchi Jungkook uni doim ahmoqqa chiqarsa ham.
— Chunki sendan ko‘zingni uzmaslik kerak. Yana biror gap yoqmay qolsa, darrov yig‘lab, qochib qolasan.
Taehyung yana jilmaydi bu safar sho‘xlik bilan ko‘zlarida ayyorona chaqnash bor edi.
— Hoy! Axir sen meni haqorat qilding!
— Meni o‘zing shu ahvolga keltirding.
Taehyung kulib yubordida karavotga yaxshiroq joylashib, oyoqlarini pastga tushirdi. Endi uning ham choy ichgisi kelgandi. Jungkook krujkasini unga uzatdi.
— Ha! Sen doim shunaqasan! Avval peshonamga urding keyin qo‘pollik qilding, yotoqxonadan haydading yana qo‘pollik! Keyin qo‘rqitding undan keyin yana qo‘pollik qilding! Men esa faqat bir marta shunday qildim!
Bu gapdan keyin Jungkookning lablarida ham xiyol tabassum paydo bo‘ldi.
— Birinchidan o‘shanda eshik yoniga o‘zing kelgansan. Ikkinchidan o‘zing o‘sha sochiqqa o‘ranib, xuddi qiz boladek tutding. Nima, Han sendan ko‘zini uzmagan deb o‘ylaysanmi? Men senga shunchaki ogohlantirdim erkaklarni xijolatga qo‘yyapsan. Yotoqxonadan esa uxlashim kerak bo‘lgani uchun haydadim men bilasanmi erta turib ishlayman, ayrimlarga o‘xshab tushgacha uxlamayman. Fermamda begona odamlarni yoqtirmayman. Yana qanday da’volaring bor?
Ana, ayyor! «Shunchaki begona odamlarni yoqtirmayman» emish. Shuning uchun quyonni so‘yib tashlash bilan qo‘rqitgandida! Yana qanday da’volari bor ekan? Quyon ham begona bo‘lgani uchunmi?.. Xullas hammaga tegib o‘tadi.
Taehyung ataylab xafa bo‘lgandek e’tiroz bildirdi.
— Qolaversa men xafa edim sen esa meni shafqatsizlarcha haydab yubording!
— Nima, nimaga? Sochiqqa o‘ranib olganding sal qolsa skafandr ham kiyib olarding. Xafa bo‘lganingga kelsak uzr, hayotda ko‘ngilsizliklar ham bo‘lib turadi.
— Men har kimning oldida yechinib yurmayman! Umuman olganda, menga o‘sha hammomning keragi ham yo‘q edi u yerga borishni istamagandim ham.
Jungkook istehzoli tarzda qoshlarini ko‘tardi.
— Istamagan bo‘lsang ham boribsanku. Xuddi nozikta’b xonimga o‘xshab.
Taehyung unga qandaydir qog‘oz bo‘lagini uloqtirdi ammo kayfiyati baribir ko‘tarinki edi. Jungkook ham... jilmayib turardi. Qanday g‘alati holat.
— O‘zing xonimsan! Kechirim so‘rash o‘rniga yana gap qaytarasan. Peshonamdagi ko‘karish hali ham ketgani yo‘q!
— Seni qo‘limda ko‘tarib olib kelganmanku yana qanday kechirim so‘rashim kerak?
— O‘zingni xuddi bolalardek tutyapsan.
Jungkook qah-qah otib kuldi, go‘yo qulog‘iga ishonmayotgandek yuzini burishtirdi.
— O‘zining kimligini bilmay turib gapiradiya!
— O‘zingga qarab gapir! Taehyung yana gap qaytardi va bezorilarcha tirjaydi.
— Yana yostiqqa yuzlanib yot. Shovqining ko‘p.
Taehyung aftini burishtirdida unga orqa o‘girib yotdi. Yuzidan arimayotgan tabassumini yashirishga urindi.
Tong. Taehyung tun bo‘yi qiynaldi goh bezovta uyquga ketdi, goh uzoq vaqt shiftga tikilib yotdi. Yomg‘ir tong otishidan sal oldin to‘xtagan, endi esa tomdan faqat erinibgina tomchilar tushardi. Ularning tovushi qushlar sayrashi bilan qo‘shilib, go‘yo ilohiy bir kuyga aylanardi.
Jungkook unga orqa o‘girib uxlayotgandi. Taehyung esa... oxiri chiday olmay uning yoniga surildida ehtiyotkorlik bilan quchoqlab oldi. Jim yotsa Jungkook qarshilik qilmasa kerak. Taehyungning aslida hech qanday nopok niyati yo‘q edi shunday yotsa uyqusi osonroq kelardi. Bu safar ham aynan shunday bo‘ldi.
«Buning hech qanday yomon joyi yo‘qku?» — deb o‘zini ishontirdi Taehyung. So‘ng hech bir uyalmay uxlab qoldi.
Baribir Leshiy uni mebelning bir bo‘lagi deb bilardi. Bilasizmi, xuddi pufikday ko‘rinishi chiroyli lekin aslida nima keragi bor?
Ular birga uyg‘onishdi. To‘g‘rirog‘i, avval Jungkook turdi, Taehyung esa yonidagi bo‘shliqni his qilib, ko‘zlarini ochdi. U shundoq ham bir umrga yetadigan darajada uxlab olgandi. Endi soat beshda turib savobli ishlar bilan shug‘ullansa ham bo‘lardi.
Balki, unchalik savobli bo‘lmagan ishlar bilan...
Jungkook unga orqa o‘girgancha, cho‘zilib kerishardi... ustida faqat ichki shortigi bor edi. Xudo Taehyungni yaxshi ko‘rmaydi, shekilli. Bo‘lmasa, nega uni bunchalik qiynaydi? U shahvatparast emas, yo‘q, ammo... Keng, mushakdor yelkalari (sigirlarni ko‘tarib yuradimi?), baquvvat qo‘llari, qoraygan terisi... Faqat pastga qaramaslik kerak. Faqat u tomonga emas... Qarama...
— Qani, tur qo‘shiq aytib! — dedi xo‘jayin past, bo‘g‘iq ovozda. U Taehyungning allaqachon uyg‘oqligini bilardi. Taehyung o‘zini mayda o‘g‘riga o‘xshab his qildi: hech narsa o‘g‘irlamagan bo‘lsada jinoyat ustida qo‘lga tushgandek edi.
Taehyung ham o‘rnidan turdi. Sochlarini barmoqlari bilan tarashga ham urinmadi. Boshida tuxum qovursa bo‘ladigan darajada tartibsizlik hukm surardi rosa qulay uya!
— Nega bo‘lmas ekan? Ana, hovuz, mana oyoqlaring. Bor, yuvin.
Taehyung tishini g‘ijirlatib, yuzini burishtirdi. Kiyingisi kelmasdi, lekin ko‘rpa ichida ham yurib bo‘lmaydi. Buning ustiga, tashqarida hali ham sovuq edi. Hovuzdagi suv esa, ehtimol muzdek bo‘lsa kerak.
— Yonimda turasanmi? U joy chuqurmi? Toshlar bormi? Qisqichbaqalarchi?
Jungkook yuzini toshdek qotirdi va umuman javob bermadi. Oxiri u hech bo‘lmasa shimini kiyib etiklarini kiydi. Taehyung esa yana ko‘rpaga o‘ranib kalishlarini kiydi. Jungkookning oldida endi o‘zini tartibga keltirishdan foyda yo‘q edi u Taehyungni allaqachon har qanday holatda ko‘rgan.
Sochiq yo‘q. Dush geli ham yo‘q. Shampun haqida esa faqat orzu qilish mumkin...
Xudoyim, odam o‘z xohishi bilan bu yerda qanday yashashi mumkin? Yuvinmay, badbo‘y bo‘lib soch-soqoli o‘sib ketgan holda!
Jungkook itoatkorlik bilan orqasini o‘girdi, nozikta’b xonim esa kiyimlarini yecha boshladi.
— Kechir... — Bir yelkasiga ko‘rpani ilib qo‘ydi.
— Uzr... — Ikkinchi yelkasiga ko‘ylagini tashladi.
— Kalishlarini yoniga qo‘yib ichiga suzish kiyimini joyladi.
Sovuqdan badanining hamma joyi tortishib ketdi... Terisi bir zumda jimirlab g‘oz terisiga aylandi. Hovuzga tushishga esa zarracha ham istagi yo‘q edi.
Taehyung qo‘llari bilan o‘zini quchoqlab, oyog‘ining uchini suvga tekkizdiyu xuddi ilon chaqqandek sapchib tushdi.
— Muzdekku! Men yuvinishim kerak... Lekin suv muzdek! — deb zorlandi qattiqqo‘l sharoitlarga o‘rganmagan bechora ziyoli. Yana injiqlik qilib xarxasha qilgisi keldi.
U jirkanib e’tiroz bildirdi va isinish uchun joyida sakray boshladi. Sivilizatsiyadan yiroq bu joy uning estetik dunyosiga jiddiy zarba berayotgandi.
— O‘zing nega yuvinmaysan?! — dedi tushkun ovozda quyosh nurida yaltirayotgan moviy suv yuziga nafrat bilan tikilib. Qani endi o‘sha quyosh ertalabki soat beshda hech bo‘lmasa isitganida.
— Men dunyoga toza bo‘lib kelganman — dedi bu qishloqi hech narsadan ta’sirlanmay.
Taehyung unga o‘girilib xuddi yangi darvozani ko‘rgan qo‘chqordek tikilib qoldi. Ahmoqona savol og‘zidan otilib chiqdi u hali eshitgan gapini anglab ham ulgurmagandi.
— Ya’ni... Sen... Bokiramisan?
Fermer qah-qah otib kuldi. Bokiraga o‘xshamaydiku... Ha-ha-ha.
— Ha. O‘g‘lim esa probirkadan chiqqan.
Taehyung xijolat bo‘lib nigohini yerga qadadi. Ha, endi rostdan ham ahmoqlik qilib qo‘ygandi. Nega umuman bunday deb yubordi?
— Yo suvga tushasan yo o‘zim seni otib yuboraman. Sabrimni sinama.
Birinchi qadamni tashladiyu, sekingina ingrab qo‘ydi.
Ikkinchi qadamda ko‘zlarini mahkam yumdi.
— Uyga ketgim ke-e-elayapti...
— Men endi o‘girilyapman — degan baland va tahdidli ovoz uni shoshilinch ravishda suvga tushishga majbur qildi.
— Yo‘q!!! — deb qichqirdi Taehyung va darhol chuqur joyga sho‘ng‘idi. Butun vujudi titrar, o‘zi esa yig‘lamsirardi.
— E, bas qil endi, yig‘loqilikni. Hozir isinib ketasan.
Ko‘zlarini ochgan Taehyung unga xafa nigoh bilan qaradi. Suv bo‘ynigacha kelib turardi. To‘g‘ri, tanasi suv ichida isib qolgandi, ammo endi boshi sovqotardi. Sochlari muz bo‘laklaridek peshonasiga yopishib qolgan edi. Ko‘rinishi hecham kelishgan emasdi, bu esa kayfiyatini battar tushirardi. Moda qani? Estetika qani?
— Chiniqyapmiz. Sog‘ tanda sog‘lom aql.
Taehyung biroz suvda chayqalib turdi, kir bosgan boshini foydasizgina qashilab qo‘ydi go‘yo shunday qilsa, sochlari tozalanib qoladigandek. Badanini ham sal ishqaladi, lekin buning ham foydasi yo‘q edi. Endi esa suvdan chiqish kerak...
— Mayli, turaver. Men esa ketdim.
— Bizda bunaqa janoblar uchun sharoit yo‘q. O‘zing qurib olasan.
— Sen zolimmisan o‘zi? — lablari ko‘karib ketgan bechora suzuvchi burnini tortib, ming‘irladi. Terisi oqarib ketgan, yuzidan sovuq tomchilar sirg‘alib tushardi. Hatto Jungkookning ham unga rahmi kelib ketdi.
Ana, ablah! Taehyung uni ko‘tarib olishni so‘ramagandiku!
— Faqat ko‘zlaringni yum. Qaramaysan, xo‘pmi? Taehyungning o‘ziga yarasha qoidasi bor, u shu qoidaga amal qiladi. Erkaklar yigirma to‘rt soat yalang‘och yurishi bir-birining oldida maqtanishi hatto bitta buta yonida hojat chiqarishi mumkin. Ammo Taehyung unday emas. Uning tanasi begonalarning nigohi uchun daxlsiz. O‘z odami bo‘lsa mayli, qarayversin. Lekin hamma emas. Bu juda muhim.
— E jin ursin chiq endi ingrayvermasdan!
Taehyung so‘radimi? Jungkook bajardi ko‘zlarini yumib, ko‘rpani keng yoyib turdi, Taehyung darhol unga o‘ranib olishi uchun. Sprinter bor irodasini musht qilib yig‘dida chinqirgancha yugurib chiqdi va norozi qiyofada turgan Jungkookning ustiga borib urildi. Jungkook uni ko‘rpaga o‘rab qo‘ydi.
Shunday bo‘lsada uning nigohi juda og‘ir edi. Taehyung bunga chiday olmas, doim yuzini chetga burardi.
— Rahmat... — dedi u mungli ovozda.
— Sen lapashangsan— Jungkook beozorgina kulimsiradi.
— O‘zing ham undan qolishmaysan.
Taehyung uyga yugurib kirib karavotga yiqildi va isinib yotdi. Jungkook ham cho‘mildi, ammo unga sochiq kerak emasdi o‘zi qurib ketaverardi.
Ikkalasi quriguncha Jungkook yana o‘zining cho‘plari bilan gulxan yoqdi va choynakni qaynatish uchun osib qo‘ydi. Taehyung hozirgina o‘ldirilgan hayvonlarning go‘shtini yeyishni istamagan ekan mayli, Jungkook uning ko‘ngliga qarashga qaror qildi. Axir ular o‘rmonda edilar bu yerda «oziq-ovqat» yetarli edi.
U yana hovuzga tushib qiyoqsimon qamish rogozni terib oldi. Bu qora boshchali o‘simlik bo‘lib ko‘pchilik uni oddiy qamish deb o‘ylaydi. Aslida esa rogozning ildizlari mazali va foydali bo‘ladi. Ta’mi pishirilgan kartoshkani eslatadi. Uni xomligicha yeyish, qaynatish yoki pishirish mumkin.
Keyin qichitqi o‘t ham terdi (albatta, qo‘lqop kiyib) ustidan qaynoq suv quydi. Undan karam sho‘rva tayyorlamoqchi edi. Otquloq o‘rniga esa kislichka topdi uni quyon karami ham deyishadi. Ta’mi otquloqqa juda o‘xshardi.
Sumkasida piyoz va sabzi bor edi. Hammasini to‘g‘rab qozonga soldi qaynatilgan choynakni esa pechka ustiga olib qo‘ydi.
Shu payt Taehyung ham tashqariga chiqib gulxan yoniga o‘tirdi. Jungkook deyarli qurib bo‘lgandi ammo hali kiyinmagan suzish kiyimida o‘tirardi...
Taehyung o‘ziga pastga qaramaslikni qat’iy taqiqladi. Axir u sohilda emasku bemalol begonalarning ortidan qarab o‘tirib, hech qanday muammoga duch kelmaydigan joyda ham emas. Bu yerda masofani saqlash kerak edi. (Faqat bu qoidaga amal qilishni faqat Taehyungning o‘zi nazorat qilardi.)
— Nima qilyapsan? — deb so‘radi Taehyung ishtiyoq bilan. Go‘sht yo‘q ekan demak hamma jonivorlar tirik qolibdi.
— Ro‘za sho‘rva tayyorlayapman.
— O‘tlardan. Sigirlardek ovqatlanamiz. O‘zing shuni xohlagandingku.
Taehyung uni sekingina turtib qo‘ydida qozonchaga qaradi. Ichida hammaga atalgan qandaydir sehrli damlama qaynayotgandek edi. Keyin rogoz poyalarini ko‘rib, indamay hayron qoldi. Jungkook nima qilayotganini biladi degan umidda edi. Tag‘in ularni zaharlab qo‘ymasa bo‘lgani.
— Agar o‘rmonda adashib qolsang, rezavorlardan tashqari yana nimalarni yeyish mumkin?
Jungkook unga shubhali nigoh tashladida shimini va ko‘ylagini kiydi. Baliqqa quruqlik haqida gapirib nima foyda? Taehyungga esa «kattalar» tekshirib bermaguncha, og‘ziga hech narsa solish umuman mumkin emas edi.
— Ko‘p narsa. Albatta jur’ating yetsa.
— Chumolilar, qurbaqalar, qurtlar, ilonlar... Davom etaymi?
— Fuu! Kerak emas! Hozir qayt qilib yuboraman... Taehyung yelkasini qisib ataylab tomog‘ini qirib qo‘ydi. Albatta, ko‘ngli aynishi mumkin edi lekin qiziqishi ham tinch qo‘ymasdi.
— Senchi... Shulardan birortasini yeb ko‘rganmisan?
— Qurtni qanday pishirsang ham, mazasi yo‘q. Shuning uchun tatib ko‘rmaganman. Chumolilarni yeganman. Chumolilarning g‘umbaklarini ham. Ilonni ham.
— iiii Bo‘ldi, bas! Fuu jirkanch! Bunaqasi ketmaydi! — Bechora Taehyung ko‘zlarini yumib, zorlanardi. Uning estetik olami yana bir bor larzaga kelgandi. Jungkook esa kulib qo‘yardi. Hozirgina iii fuu deb turgan odamning o‘zi yana so‘radi.
— Xo‘sh... ilonning ta’mi qanday ekan?
Bu tahdidga o‘xshab eshitildi. Taehyung yana chinqirib yubordida ayvon tomonga sakrab qochdi.
— Sen... qozonga biror narsa qo‘shib yubormadingmi?..
U qozonchani ko‘rsatdi. O‘zi esa yana junjikib ketdi. Nima ham derdi? Qiziqish mushukning boshiga yetadi, deyishadiku. O‘zi so‘radi o‘zi ko‘ngli aynidi.
— Bu yerda ilon yo‘q. Qolgan narsalarni esa uzoq qaynatish kerak.
Balki u rostdan ham oshpazdan saboq olgandir? Qanaqadir «jirkanch» oshpazdan sudralib yuradigan har xil iflos narsalarni tayyorlash bo‘yicha.
— Shundaymi? Kechagina meni yaxshi ota degandingku.
— Agar Sanbomga qurt yedirmasang, ha...
— O‘g‘limga faqat eng yaxshisini beraman. Gapni boshqa tomonga burma — dedi Jungkook kulimsirab, o‘rnidan turarkan.
Taehyung uning gapiga ilashib qoldi... va darhol uni masxara qilib takrorladi.
— Faqat eng yaxshisini! Taehyung uning gapini takrorlab, o‘zi ham kulib yubordi. Endi buning uchun tanbeh eshitishdan qo‘rqmasdi. Jungkook esa biroz dovdirab qoldi.
— Hasad qilma. Men sening arg‘imchoq va qumloq maydonchani qanchalik yoqtirganingni ko‘rganman.
Taehyung battar kulib boshini tasdiqlagancha qimirlatdi.
— Xalatni ham. Quloqchalisi bor ediku o‘shani.
— Yoshing nechida o‘zi? Jungkook aslida uning yoshini bilmasdi. Taehyung ham Jungkook necha yoshdaligini bilmasdi.
— Yigirma. Nima hasad qilyapsanmi? O‘zing necha yoshdasan?
— Sendan ancha kattaman. Har holda, ko‘rinishingdan bilinib turibdi...
— Hoy! Mening ko‘rinishimdan faqat yosh va jozibali ekanim bilinadi!
— Ha — dedi Jungkook asabga tegadigan istehzo bilan.
— Aqling esa o‘n yoshli bolanikidek.
— Hammada kamchilik bo‘ladi. Senda ham bor.
— Shafqatsiz tarbiyasiz yovvoyisan.
— Sen meni hali yaxshi tanimaysan — dedi Jungkook muloyim yarim tabassum bilan. Uning ovozida na jahl na so‘z bilan bellashish istagi bor edi. Taehyung esa bir zum jimib qoldida nigohini pastga tushirdi.
— Birinchi taassurot doim to‘g‘ri bo‘ladi...
— Aslida birinchi taassurot aldamchi bo‘ladi, deyishadi. Mayli, sening aqling bilan tenglasha olmayman baribir.
Shu bilan gap tamom bo‘ldi. Taehyung nihoyat kiyimlarini kiyib chiqdi (o‘z kiyimlarini) Jungkook ham o‘zini tartibga keltirdi.
Keyin ikkalasining ham og‘zi sho‘rva bilan band bo‘ldi. Taehyungga juda yoqdi mamnun bo‘lib ming‘irladi va bosh barmog‘ini ko‘tardi. So‘ng har biri bir krujkadan choy ichdi. Taehyung esa yana ko‘rpa-to‘shaklarni tashqariga olib chiqib quritishga yoydi. Bu safar ular yaxshilab qizib rosa tozalanardi.
— Bugun nima qilamiz? Meni tashlab ketmaysana?
— Bir sutka uxlaganidan keyin Taehyungning quvvati haddan tashqari oshib ketgandi.
Jungkook qo‘llarini beliga tirab, nima qilishni o‘yladi. Uning tushunishicha Taehyungni umuman nazoratsiz qoldirib bo‘lmasdi. Ular ikkinchi marta bo‘riga duch kelishsa ikkalasi ham bundan omon chiqmasdi. Taehyung jismonan, Jungkook esa ruhiy tomondan chunki uni kuzatib yurmagan bo‘lardi. Xo‘sh endi u bilan nima qilish kerak? O‘zi bilan olib yurishmi? Demak ovga chiqib bo‘lmaydi. Shunchaki sayr qilishmi? Boshqa nima ham qilardi?..
— Minora yoniga borishimiz mumkin.
— Qanaqa minora? Qayerda? Uzoqmi?
— U yerda aloqa tutadi yaqinlaringga qo‘ng‘iroq qilasan. Biroz uzoqroq yurishimiz kerak. Taxminan besh kilometr.
— Men hazillashyapman deb o‘yladingmi? Qani, yo uxla yo sayrga chiqamiz — dedi u oxirgi so‘zni ataylab ta’kidlab. Axir kecha aynan shuni xohlagan ham shu edi.
Taehyung boshqa variantlarni umuman ko‘rib chiqmoqchi emasdi. Endi yolg‘iz qolmaydi. Jungkook bilan esa qo‘rqinchli emas.
Buvim aytganidek, «poti-tuti» qilib, minora tomon yo‘l olishdi. Havo issiq edi ammo nima ham qilishardi? Boshqa kiyimlari yo‘q, shunday yurishsa, chivinu hasharotlar talayveradi. Jungkook yonida miltiq ko‘tarib, atrofni sinchiklab kuzatgancha yurardi.
Yo‘llarida davom etishdi. Taehyung xavotir bilan alanglab, hadeb kutilmaganda «voy» deb yuborib, Jungkookni cho‘chitardi. Eng kulgilisi esa u birdan chinqirib yuborib deyarli Jungkookning ustiga sakraganida bo‘ldi.
Taehyung ilonlardan juda qattiq qo‘rqardi. Umuman olganda, sudralib yuradigan hamma narsadan. Ayniqsa ilonlardan. Jungkook qora ilonlar haqida gapirib bu yerda ular uchramasligini aytganida, Taehyung uning gapiga quloq solmagandi. Aytib qo‘ydimi aytib qo‘ydi-da, shundaymi? Taehyung sodda odam tayoqni ko‘rsa qichqiradi.
Jungkook uni o‘zidan ajratib, o‘sha buta tomon egildi. Xo‘sh! Rostdan ham tayoq ekan. Uning narigi tomonida esa katta chumoli uyasi bor edi. Taehyung Jungkookning orqasiga yashirindi. U rostdan ham tayoqni ilon deb o‘ylagan endi esa har bir shitirlashdan titrab turardi. Bo‘ri bilan uchrashuv ham unga o‘z ta’sirini o‘tkazgandi vaholanki, undan oldin ham unchalik jasur emasdi.
— Bas qil hadeb sakrayverma. Bu yerda ilon yo‘q. Qancha baland qichqirsang, atrofimizdagi hayvonlar shuncha uzoqqa qochadi. Butun o‘rmonni uyg‘otib yubording. Yonimda yur.
Taehyung yonoq ichini tishlab, Jungkookga yaqinroq surildi. Uzr so‘ragandek jilmayib uning kamuflyaj kurtkasi yengidan mahkam ushlab oldi. Jungkook bu harakatga unchalik e’tibor bermadi.
Oldinda esa yana besh kilometr yo‘l bor edi.
Taxminan ikki kilometr yurganlaridan keyin Taehyung oyoqlari og‘riyotganidan kalishlarda yurish noqulayligidan va oyoqlarini ishqalab yuborayotganidan noliy boshladi. Jungkook esa uni hadeb koyib, tashlab ketish bilan qo‘rqitardi xuddi bolalarga qilgandek.
Axir yigit bunchalik ko‘p yurishga odatlanmagan edi. Faqat tungi klubda tonggacha raqsga tushganida shuncha harakat qilardi. U paytda esa biroz mast bo‘lib quvvati tugamas vaqt qanday o‘tganini ham sezmasdi. Bu yerda esa jazirama quyosh ostida qo‘rquv charchoq va og‘riq bilan yurish kerak edi. Albatta, noliydida!
Jungkook bu ingloqning o‘zini aynan shunday tutishini oldindan bilardi. Shu sababli bunday vaziyatlar uchun uning maxsus «kar bo‘lish» rejimi bor edi. Sanbom bilan bo‘lgani kabi gohida bosh irg‘ab, gapiga qo‘shilgandek ko‘rinishi mumkin ammo aslida umuman quloq solmasdi.
Oradan o‘n daqiqa o‘tgach o‘rmon chetidagi ochiq maydonga chiqishdi. Ana, mana dala! Uning o‘rtasida esa aloqa minorasi qad rostlab turardi. Atrofni ajoyib hid qamrab olgan butun dala oq va pushti rangli mingbarg gullariga burkangan edi. Taehyung oldinga chiqib, og‘zini ochgancha chuqur nafas oldi. Bu yer bunchalik go‘zal ekanini kim bilibdi deysiz! Nafasi ichiga tushib ketay dedi!
— «Spirit: Dashtlar ruhi» multfilmini ko‘rganmisan?
Tushunarli. Zerikarlidan yana nima kutish mumkin? Taehyung xushbo‘y gullar orasiga cho‘kkalab ularni qo‘llari bilan siladi. Bu lahzani hozir suratga muhrlab qo‘ymasa bir umr afsuslanishi aniq edi. Gulchambar to‘qiy olmasdi qo‘lidan kelmasdi Chon Jungkook esa prinsipial ravishda yordam bermasdi. Ammo suratga tushishchi… Uning sochlari ko‘k Jungkookning jinsi ko‘ylagi ham ko‘k edi. Demak beligacha kadrga olinsa nazariy jihatdan yomon ko‘rinmasdi. Lekin Jungkookchi…
— Meni suratga olib berasanmi?
Jungkook hatto qotib qoldi go‘yo noto‘g‘ri eshitganiga umid qilgandek.
— Men fotografga o‘xshaymanmi?
— Bir-ikki marta? Chik-chik… Bo‘ldi…
Ajablanarlisi, Jungkook ko‘ndi va dala tomonga ishora qildi. Taehyung unga ekranida Chimin bilan Sanbomning olma bog‘ida tushgan surati turgan iPhone’ini uzatdi.
Qiziq… Qolaversa, yoqimli ham. Jungkook bunaqa nozikkina yigitlarning telefonida faqat o‘z suratlari yoki dengiz bo‘yida tushilgan qandaydir yarim yalang‘och rasmlar turadi deb o‘ylardi. Taehyung uni yana bir bor hayratda qoldirdi. U unchalik ham dabdabaparast ahmoq emas ekan.
Mana, suratga tush lahzadan foydalan! Ammo Taehyung qotib qoldi. Jungkook esa telefonni beparvolik bilan gorizontal tutib, allaqachon suratga olishga shay turgandi.
— Qanday tursam yaxshi bo‘ladi?
Taehyung u yoqdanbu yoqqa burilib undan maslahat so‘ray boshladi.
— Qimirlamay tur— deb quruqqina javob berdi Jungkook.
Taehyung cho‘kkaladi, undan ham o‘tirishni iltimos qildi. Jungkook ekran orqali unga qarab, baribir sinchiklab kuzata boshladi.
— Qo‘lingni tizzangga qo‘y, yuzingni yon tomonga bur.
— O‘ychanroq ko‘rin. Axir o‘ylashni bilasanku?
Taehyung boshini yon tomonga burdi lablarini xiyol ochdi nigohiga g‘amgin va o‘ychan tus berdi. Orqa fondagi quyosh uning qomatini qoraytirib, yanada sirli ko‘rsatardi. Buning ustiga atrofda butun boshli mingbarg gullari dalasi! Chert.
Taehyung yana qanday qiyofaga kirishni bilmay unga yalinchoq nigoh bilan qaradi. Mayli Jungkook biroz chidashi kerak. Shunchaki chidasa bo‘ldi, hammasi tezda tugaydi.
— Chalqancha yot. Qanotlaringni bir amallab yig‘ishtir bo‘ldi.
Oson! Taehyung chalqancha yotib qo‘llari bilan yuzini nafis quchgancha kameraga qaradi.
— Ikki marta. Fotosessiya tugadi.
Xasisning xuddi o‘zi! Taehyung lablarini cho‘chchaytirib o‘rnidan turdi. Albatta, u hatto shunday yordamga ham umid qilmagandi lekin ko‘proq suratga tushishni istagandi.
— Basharangni burishtirma. Kelishuvimiz bor edi. Bo‘ldi.
— Biz urug‘ sepmasmiz yer haydamasmiz, dalada trusik silkitib yurarmiz bu gap aynan sen haqingda ekan.
Taehyung unga qosh ostidan qaradiyu indamadi. Janjal chiqarishdan ko‘ra tilini tiyib turgani ma’qul. Keyin shunchaki bu yerga nima maqsadda kelishganini amalga oshirishga kirishdi.
Buvijoniga qo‘ng‘iroq qildi. U yig‘lab yuborib, Taehyungni «mening go‘zalim ayiqcham ko‘knor gulim» deb erkaladi. Ertalab Jungkookning onasi qo‘ng‘iroq qilib, hammasi yaxshi ekanini aytganini gapirdi. Taehyung uni tinchlantirib, ular «ta’tilda» ekanini, bu yerda hammasi a’lo darajada ekanini bundan yaxshisi bo‘lishi mumkin emasligini aytdi. Jungkook haqiqiy farishta, Taehyung esa tug‘ma o‘rmonchi ekanini ham qo‘shib qo‘ydi.
Hazil emas, buvisi o‘n besh daqiqa davomida undan kechirim so‘rab uni qanchalik yaxshi ko‘rishini aytdi va tezroq uyga qaytishini iltimos qildi.
Jungkook esa zerikkanidan o‘tga cho‘kkalab o‘tirib aloqa xodimlari paydo bo‘lishini kutdi.
Buvisi nihoyat uni qo‘yib yuborgach, Taehyung o‘zi ham uni qidirib qolgan Chimin’ga xabar yozdi. Qisqacha o‘rmonda Jungkook bilan ekanini qachon qaytishini bilmasligini va aloqa yo‘qligini tushuntirdi.
Yenjil esa darhol qayta qo‘ng‘iroq qildi. Uning savollari juda ko‘p edi!
— Qanaqa o‘rmon jin ursin?! Qanaqa Jungkook?! Qayerdasan o‘zi?!
Chiminning ovozi telefon karnayidan butun o‘rmonni boshiga ko‘tardi. Odatda Taehyung ovozni baland qilib qo‘yardi, ammo bu safar tovushni pasaytirib o‘tloqda o‘tirgan Leshiyga ko‘z tashladi.
— Adashib qoldim Jungkook meni topib oldi… Biz ovchilar kulbasida yashayapmiz… — deb vaziyatni tushuntirishga urindi u.
Chiminning og‘zidan olov chiqayotgandek edi.
— Nima, jin ursin?! Yashayapsizlar… qayerda?! U seni nega o‘zi bilan sudrab ketdi?!
— U seni o‘ziga og‘dirib olmoqchi! Uning qaynoq badaniga uchib ketma! O‘zingni qo‘lga ol Kim!
— Hech narsa bo‘layotgani yo‘q, bas qil…
Taehyung ovozini pasaytirib javob berdi. Chimin esa hamon baqirardi ovozi baribir eshitilib turardi. Shunda Taehyung Jungkook hech narsani eshitmasligi uchun undan uzoqroqqa ketdi.
— Hozir kimdir himoyasiz yaqinlik qilib qo‘yadi! Xudo haqqi trusigingni mahkam ushla! Dumbangni ochib o‘tirma!
— Chimin! Jim bo‘l! Taehyung allaqachon qaynatilgan qisqichbaqadek qizarib ketgandi. Bunday narsalarni «dugonasi» bilan yolg‘iz qolganida muhokama qilish boshqayu begona odamning oldida gaplashish butunlay boshqa masala. Qolaversa gap aynan o‘sha begona odam haqida ketayotgan bo‘lsa!
— Bu urug‘ sochuvchi seni ko‘z ostiga olibdi! Mayli butun qishloq eshitsin!
— Hoy qishloqi! Ekzotika izlab o‘zingni o‘zing qoniqtir! Unga yetkaz! Agar senga ozor bersa tuxumlarini qattiq qilib qaynatib tashlashimni ayt! Tushundingmi?!
— Albatta… aytmayman! Bo‘ldi meni sharmanda qilma. Hammasi joyida. Uyga borganimda qo‘ng‘iroq qilaman. O‘pdim.
Taehyung ortiqcha gap-so‘z chiqmasin deb, qo‘ng‘iroqni uzdi. Chimin yana nimalar deyishini kim biladi. Shundoq ham yetarlicha gapirib bo‘ldi…
Unga qarab yo eshitmagan yo parvo ham qilmagan degan xayolga borish mumkin edi. Yuzidagi befarq ifoda o‘zgarmagandi. Suhbat tugaganini tushunib o‘rnidan turdi va ortga qaytishga chog‘landi.
Aynan noqulay paytda Taehyungning telefoni yana titradi. Yana kim bo‘lishi mumkin? Faqat Chimin. Hali ham tinchimayapti. Chamasi, xabari endigina yetib kelgan edi.
Ammo bu safar xabar do‘stidan emasdi.
Taehyung qotib qoldi. Xabarni ochishga ham joyidan qimirlay olishga ham jur’at etmadi.
— Nima bo‘ldi? Yana suratga tushmoqchimisan?
Qaniydi hammasi shunchalik oddiy bo‘lsa… Taehyung unga yaralangan kuchukchadek ko‘zlari bilan qaradi. Oradan bor-yo‘g‘i bir oydan sal ko‘proq vaqt o‘tgandi hammasi hali juda yangi, hech narsa unutilmagan edi. O‘tmishdan kelgan birgina taqillash uch yillik xotiralarni yana boshidan xayoliga olib kirdi. Yaxshi kunlar ham yomonlari ham. Ammo hammasi eng muhim voqea oldida rangsizlanib ketdi u uyga odatdagidan ertaroq qaytgan o‘sha kun oldida.
Endi uning uchun «yana yarashish» «kechirish», «qayta birga bo‘lish» degan narsalar yo‘q edi. Yo‘q. Hech qachon. U xiyonatni hech qachon, hech kimga kechirmaydi. Chunki sevgan insoningga bunday qilishmaydi.
— Temir yutib yubordingmi? Nega qotib qolding?
Taehyung indamadi hatto ko‘zini ham pirpiratmadi. Sevgilisi bilan ayrilganlar sobiq insoni kutilmaganda yana paydo bo‘lganda qanday holatga tushishni yaxshi bilishadi badan titraydi, miya sodir bo‘layotgan voqeani qabul qilmaydi qo‘llar bo‘ysunmaydi yurak esa… yig‘laydi.
Balki o‘sha ablax uchun buning hech qanday ahamiyati yo‘qdir shunchaki o‘zini eslatmoqchidir. Ammo Taehyungning butun dunyosi yana ostin-ustun bo‘lib ketgandi.
— Nima bo‘ldi o‘zi? Jungkookning jahli chiqib uning yoniga keldida yelkasidan ushlab silkitdi.
Taehyung asta-sekin o‘ziga kelib, telefonini unga uzatdi. O‘zi unga tegmoqchi ham emasdi.
Telefon unga ishonib topshirilgach Jungkook hech ikkilanmay uni ochdi. Kontaktlar ro‘yxatidan o‘chirib tashlangan noma’lum raqamdan kelgan xabarni ko‘rdi. Jungkookdan hech kim bu haqda biror narsa qilishni so‘ramagandi ammo u xabarni ochib satrlarni ko‘zdan kechirdi. Bir zumda qiyofasi jiddiylashdi.
So‘ng xabarni o‘chirib tashladi. Go‘yo u hech qachon bo‘lmagandek.
— Unut. U endi hayotingda yo‘q. Ketdik.
Jungkook Taehyungning bilagidan ushlab o‘z ortidan tortdi. Taehyung esa xuddi yetaklab ketilayotgan odamdek uning ortidan ergashdi. Nima bo‘layotganini hali-hanuz anglay olmasdi.
— U yerda nima yozilganini aytma…
— Aytmoqchi ham emasdim. Raqamini bloklab qo‘y.
— Xo‘p… Faqat qanday qilishni bilmayman…
Jungkook buni ham o‘zi bajarib telefonni Taehyungning cho‘ntagiga solib qo‘ydi.
Mana, u unchalik aqlli yigit bo‘lmasligi mumkin, ammo hech bo‘lmaganda sobiq sevgilisi chaqirishi bilan uning oldiga yugurib bormaydi. Ko‘pchilik shunday qiladi Taehyungda esa hech bo‘lmasa o‘z qadrini bilish hissi bor.
Yana hech qanday sababsiz uzr so‘rayapti.
— Ahmoqlik qilma. Bas, endi yig‘loqilikni ham yig‘ishtir. O‘z hayoting bilan yasha. U seni yo‘qotdi. Tamom. Buni yomon tushdek unut.
Uning maslahat berishga haqqi bor edi axir o‘zi ham xiyonatni boshdan kechirgan. Ammo gapirish oson, amalda esa hammasi ancha qiyin. Miyaga mahkam o‘rnashib olgan narsani qanday chiqarib tashlash mumkin? Uch yil davomida yashagan hayotingni qanday unutasan? Baribir birinchi muhabbat eng kuchli va eng og‘riqlisi bo‘ladi. Undan uzoqlashish uchun ancha vaqt kerak lekin uni hech qachon butunlay unutolmaysan. O‘sha inson bilan hamma narsa ilk bor sodir bo‘lgandi. Uni qanday unutish mumkin?..
Qishloq hayoti Taehyung uchun haqiqiy omon qolish maktabiga aylandi. Birin-ketin darslar yangi to‘siqlar va yutuqlar. Uni doim odatlangan qulaylik hududidan chiqarib yuborishgani uchun tinimsiz yig‘laydi. O‘rmondagi «ta’til» esa bir umr yodida qoladigan bo‘ldi. Bu yerda boshidan kechirganlarini yig‘sa, yigirma yilida ham bunchalik ko‘p voqea bo‘lmagandir. Bular uning irodasini toblashi kerak edi ammo hammasi birdaniga va osonlikcha bo‘lib qolmaydi. Axir u hamon o‘sha Taehyung sodda va nozik qalbli yigit.
— Qo‘lingdan keladi. U senga xiyonat qilgani yetmagandek endi sen uning deb yig‘layapsan. Nima deb o‘ylaysan, u shuncha ko‘z yoshga arziydimi?
Yo‘q. O‘zini sening hisobingdan ko‘tarishiga yo‘l qo‘yma.
Mana shu gap Jungkookning ichidagi nimanidir qo‘zg‘atdi. Unga tanish tuyg‘u edi o‘zini qayta tiklash qanchalik qiyinligini yana bir bor esladi.
Taehyung yig‘lamadi, o‘zini tutdi. Nima, shunchalik bo‘shangmi?
Bir kun ham ko‘z yosh to‘kmasdan turolmaydimi? Albatta, hozir hissiyotlari juda beqaror edi. Arzimagan narsaga ham yig‘lab yuborishi mumkin. Buning ustiga, mana bunday «sovg‘a» ham keldi! Yo‘q sovg‘a emas ataylab qo‘yilgan tuzoq.
Bunday savol berish noo‘rin bo‘lishi mumkin, ammo bu yerda yuragi singan boshqa hech kim yo‘q edi.
— Hayotimdan o‘chirib tashladim, tamom. U men haqimda birorta ham xotiraga arzimaydi. Men uchun xoinlar mavjud emas. Senga ham xuddi shunday yo‘l tutishni maslahat beraman.
— Men senchalik kuchli emasman…
— Unda kuchli bo‘l. Nima deb o‘ylaysan kimdir seni ayab o‘tiradimi? Seni yer bilan bitta qilishadiyu hatto sezishmaydi ham sen esa ko‘z yosh to‘kib yuraverasan. O‘zingni o‘zing himoya qilmasang kim himoya qiladi?
— Senga muhtoj bo‘lmagan odam deb o‘zingni o‘ldirgudek qiynalishdan nima naf?
— Og‘riq yaqinlaring vafot etganda bo‘ladi. Qolgan hammasiga chidasa bo‘ladi.
— Har kimning og‘riqqa chidash chegarasi har xil…
— Yana bir bor takrorlayman o‘zingga achinishni bas qil. Sevgan insonining qadriga yetmagan odamning yo‘li ochiq!
— Xotining kelganida rostdan ham miltiq bilan chiqqanmiding?
Bu uning ishi emasdi, albatta, ammo Jungkook hozir odatdagidan ancha gapdon bo‘lib qolgandi. Shuning uchun omadni sinab ko‘rsa bo‘lardi.
— Yoki qizil gilam yozib kutib olishim kerakmidi? «Kelganing uchun rahmat!» deb oyog‘iga yiqilib ta’zim qilishim kerakmidi? «Farzanding sog‘-salomat to‘g‘ri, sen bir necha oy davomida u bilan qiziqmading. Marhamat ichkariga kir!» deyishim kerakmidi?
— Agar uni bizning to‘shagimizda birov bilan ushlab olganimdachi? Ikkalasini ham rosa savalagan bo‘lardim.
— O‘zingchi, xiyonat qilganmisan?
Jungkook unga hayrat bilan ko‘zlarini katta-katta ochib qaradi.
— Agar bir ayolni tanlagan bo‘lsam, demak, faqat o‘sha bilan bo‘laman. O‘zim ovqatlanadigan likopchaga tupurmayman.
— Men ham xiyonat qilmaganman… Hatto… bu haqda hech o‘ylab ham ko‘rmaganman…
— Seni esa aldash juda oson ekan.
Jungkook juda tez yurardi, ustiga-ustak, jahli chiqqan shaytonga o‘xshardi. Bu gaplarning bari uning asabiga tekkan edi. U sobiq xotinini eslashni yomon ko‘rardi, chunki oxir-oqibat u hayotidagi eng katta xato bo‘lib chiqdi. Axir uni xotinlikka o‘zi tanlagan edi. Demak, o‘z tanlovi noto‘g‘ri bo‘lgan.
— Nimasi unday emas? Sen soddasan, gapga yaxshi quloq solmayapsan eshitganing ustida ham bosh qotirmaysan.
— Menga tanbeh berishni bas qil…
— Sen ham nolishni bas qil. Bo‘lmasa, qarasang yana qotib qolasan! Xafa bo‘lding! Ko‘rishga odamning ko‘ngli ayniydi.
— Tushundimku. Bas qil endi urishishni.
— O‘zing bas qil — deb Taehyung ham javob qaytardi va qisqagina jilmaydi.
Jungkook unga o‘tkir nigoh tashladi.
— Kayfiyating ko‘tarildimi? Endi kulgili bo‘lib qoldimi?
Taehyung qo‘lini uning qo‘lidan tortib oldida endi shunchaki yonma-yon yurdi. Oyoqlaridagi qadoqlarni ham, charchoqni ham unutib yuborgandi. Jungkook uning miyadagi barcha burmalarini yaxshilab tozalab tashlagandi, hatto o‘ylash ham og‘riqli edi. Hissiy jihatdan rosa baqirib berdi og‘zaki shapaloqlar bilan siyladi. Haqiqatan ham endi sobiq sevgilisi haqida o‘ylagisi kelmay qolgandi. Jungkook hammasini barmoq bilan tushuntirib bergandi.
— Sen shunaqayam zerikarlisan…
Jungkook xirgoyi qilib qo‘ydi. Bu borada ular bir-biriga munosib edi.
Taehyungning yuzi yorishib ketdi. Qolgan hamma narsa birdan ikkinchi darajaga tushib qoldi.