𝑿𝒂𝒓𝒐𝒃𝒂𝒅𝒂𝒏 𝑪𝒉𝒊𝒒𝒒𝒂𝒏 𝑲𝒊𝒚𝒐𝒗
Taehyung uzoq vaqt uxlay olmadi. To‘g‘risini aytganda, ikkalasining ham uxlay olmasligiga aynan uning o‘zi sababchi edi. Har safar yaqinlikdan so‘ng yana Jungkookga erkalik qilib suykalardi, uni o‘par, baxtdan uning bo‘yniga qarab ahmoqona kulardi. Jungkook esa indamay jilmayib, uni tinchlantirishga urinardi. Ammo har safar urinishi besamar ketardi Taehyung chaqqonlik bilan yana uning ustiga chiqib olar, muloyim o‘pich bilan uni o‘ziga rom etardi… Jungkook esa uni itarib yuboradigan temirdan yasalgan odam emasku. Shu tariqa hammasi yana boshidan boshlanardi.
Go‘yo to‘ymas odam Taehyung edi, ammo aslida Jungkookning ham unga mehri va istagi tinmasdi bu ham haqiqat. Yopiq doira.
Taehyung nihoyat holdan toyganida, tong yorishib, qushlar sayray boshlagandi. U yana o‘zining (haqiqatan ham o‘zinikimi?) shaytoni yonida yotardi. Bu safar uni dadil quchib, yaqinligidan huzurlanardi. Jungkook uning sababidan erta turish odatini buzib, tonggi ishlarini qoldirishiga ozgina bo‘lsa-da, ich-ichidan xursand edi. Uning deb butun kun tartibini o‘zgartiradi! Endi yana bir oz bag‘rida erkalashib, ko‘rpa ostidagi iliqlikni saqlab yotishadi…
Taehyung aynan shunday bema’ni xayollarga berilgandi. Hatto uxlab qolganida ham yuzidagi tabassum yo‘qolmadi.
Qancha uxlagani va nima sababdan uyg‘ongani noma’lum. Butun tanasi qattiq zirqirardi, tomog‘i qurib ketgandi, boshi aylanib, og‘rirdi, kechagi ochlikdan ko‘ngli aynirdi. Ammo o‘tgan tun haqidagi xotiralar eng yaxshi og‘riq qoldiruvchi vosita edi.
Jungkook yonida yo‘q edi, lekin Taehyung bundan xafa bo‘lmadi. Uni uyg‘otmaslik uchun sekingina o‘z ishlari bilan ketgandir. Buning nimasi yomon?..
Taehyung erkalangancha cho‘zilib, yostiqni quchdi va undan kelayotgan hidni chuqur nafas olib his qildi. Bularning bari tush emasdi, bunga zarracha shubhasi yo‘q edi. O‘sha og‘riqni boshqa hech narsa bilan adashtirib bo‘lmasdi. Uning o‘zi ham Jungkookning hidini o‘ziga singdirib olgandi lablari hali ham uning ta’mini eslardi… nafaqat lablarini. Tanasi ham eslab qolgandi. Balki hatto sog‘inayotgandir, yana mehr va erkalik istayotgandir…
Taehyungda bunday holat faqat bir marta sobiq sevgilisi bilan uchrashishni boshlaganida bo‘lgandi. Bu xuddi qorin ichidagi kapalaklar yengillik, parvoz hissi, hayajon munosabatlarning ilk, shirin davri edi. Hatto Jungkook uxlagan yostiqni quchib, uning tomonida yotishning o‘zi ham unga cheksiz zavq bag‘ishlardi.
Taehyung endi uniki edi. Jungkook bu bilan nima qilishni istasa, o‘zi biladi. O‘tgan tunni shunchaki unutib yuborib bo‘lmasdi.
Nihoyat, yetarlicha yotib dam olgach, Taehyung gandiraklab o‘rnidan turdi. Jungkookning futbolkasini va sonlarini yopib turadigan kamuflyaj kurtkasini kiydi. Ichki kiyimi qayergadir uloqtirilgandi, ammo uni qidirishga unchalik ham xohishi yo‘q edi. Avval yuvinib olishi kerak axir butun badaniga ter chiqib ketgan ustiga-ustak, o‘zidan ayrim izlarni ham yuvib tashlashi lozim edi. Jungkookning izlarini…
Galoshlarini kiyarkan, og‘ziga bir hovuch chernikani tashladi va bir stakan suvni chanqoq bilan ichib yubordi. Shu bilan birga, juda to‘zg‘ib ketgan sochlarini tartibga keltirdi.
Uni tezroq ko‘rib, xayrli tong tilagisi kelardi. Mayli, xayrli kun bo‘lsa ham farqi yo‘q. Uni quchmoqchi, o‘pich so‘rab olmoqchi edi. Shunchaki u bilan birga bo‘lishni istardi… Faqat u bilan, aynan shu Xudo unutgan joyda.
Keyin esa ular qaytishadi va endi bir-birlaridan ochiqchasiga bahramand bo‘la olishmaydi. Ammo bu ham unchalik qo‘rqinchli emasdi. Balki ko‘p narsani yengib o‘tishlariga to‘g‘ri kelar, lekin Taehyung bunga tayyor edi. Qolaversa, Chonlar oilasi uni allaqachon qabul qilgandi, demak, qolgan ishlar unchalik qiyin bo‘lmasa kerak.
Xullas, hali qilinadigan ishlar ko‘p edi! Juda-juda ko‘p. Ota-onasiga aytish, ko‘chib o‘tish masalasini rejalashtirish, Chimin bilan gaplashish, o‘zi ham bularning bari qanday qilib bunchalik tez sodir bo‘lganini yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak edi va… va…
Ammo bularning hammasi keyinroq.
Hozir esa Taehyung faqat uni quchoqlashni istardi.
Uychadan chiqishi bilan Taehyung uni darrov ko‘rdi. Jungkook hovuz bo‘yida turardi: qo‘llari cho‘ntagida, oyoqlari yelka kengligida kerilgan — hech narsa qilmayotgan, har doimgidek sirli qiyofada.
Taehyung sekingina unga yaqinlashishga urinar, shu bilan birga yuzidagi quvonchli tabassumni zo‘rg‘a bosib turardi. Hozir uning ustiga qanday otilishini tasavvur qilardi. Xuddi shunday qildi ham — yugurib borib, Jungkookning orqasiga yopishdi, uni mahkam quchib, yuzini yelkasiga yashirdi.
Shu zahoti Taehyungni yoqimli bir xotirjamlik, to‘qlik va ichki to‘kislik hissi qamrab oldi. Qachondan beri o‘zini bunchalik yaxshi his qilmagandi!
Ammo Jungkook hatto qimirlamadi ham. Go‘yo butun umri davomida ustundek qotib turishga odatlangandek. Taehyung bundan zarracha xavotir olmadi. Axir Jungkookning o‘zi ham ancha sovuqqon odam ekanini yaxshi bilardi. Uchrashuvdagi bu sovuqlikni oqlash uchun istagancha sabab topish mumkin-ku!
Taehyung yana o‘zining gullarga burkangan xayollar olamiga sho‘ng‘igandi. Yana oshiq, yana beparvo. Uni his-tuyg‘ulari boshqarardi, Jungkookni esa aqli…
— Xayrli tong. Anchadan beri uyg‘oqmisan? — dedi u yoqimli, deyarli mushukdek mayin ovozda.
Jungkook uning barmoqlarini qisqa muddat siqdi, biroz jim turdi-da, keyin qo‘llarini o‘zidan olib tashladi.
(Tong xayrli emasmi? Anchadan beri uyg‘oqmisan?..)
Birinchi xavotirli qo‘ng‘iroq yangradi.
Ammo Jungkook unga yuzlanayotganida ham Taehyung jilmayishda davom etardi. Nihoyat, birinchi marta uning yaxshi uxlamagan, odatdagidan ham tundroq yuzini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.
Qanday shayton-a! Ammo o‘ziga naqadar tortardi. Bunda Taehyungning ham, uning tez ko‘ngil qo‘yishi yoki irodasizligining ham aybi yo‘q edi. Axir hamma baquvvat, o‘ziga ishongan erkaklarni yoqtiradi, bunday insonlarga ko‘pchilikning ko‘ngli tushadi. Faqat amalda esa, aksariyat hollarda, ular sovuqqon yoki undan ham yomoni — zolim bo‘lib chiqadi.
Ammo Taehyung baribir ishonardi. Xiyonatdan keyin ham uning sevgiga ishongisi kelardi…
— Yig‘inib olaylik. Soat allaqachon kunduzgi ikkiga bo‘ldi.
Demak, tong baribir xayrli emas ekan. Allaqachon kun bo‘libdi.
Ular endi avvalgidek yaqin emasdi.
Taehyung qotib qoldi. Hali ham jilmayardi, ammo quvonch niqobi darz ketib, lablarining chetlari asta pastga tushdi. U Jungkookka yana bir qaradi. Endi uning tartibli kiyinganini, sovuq muomalasini, og‘ir nigohini payqadi…
Taehyungni esa asta-sekin, ammo juda kuchli bir vahima bosdi.
U ilgari hech kim bilan shunchaki bir kechalik munosabatda bo‘lmagan. Chimin esa buning yomon joyi yo‘qligini, yoshlikdagi xatolar ekanini aytardi. Hatto bunday tajriba qiziqarli ham bo‘lishi mumkinligini, faqat aql bilan ish tutish kerakligini ta’kidlardi.
Taehyung hech kimni qoralamasdi, o‘z qarashlarini boshqalarga tiqishtirmasdi. Ammo u… xato qilishni istamagandi.
Qaniydi, bularning hammasi tush bo‘lsa.
— Men bunchalik uzoq uxlaganim uchun jahling chiqdimi?..
Noqulay sukunatni buzish uchun topilgan eng ahmoqona va achinarli taxmin edi. Uning o‘zi ham achinarli ahvolda edi. Goho issiq bosar, goho sovuq qotardi yana terga botdi.
U hammasini noto‘g‘ri tushungan bo‘lishiga juda-juda umid qilardi. Uning biroz esi pastroq ekanini hisobga olib, unga ellik foiz chegirma berishsa ham bo‘lardi.
Balki u chiroyli yuzli, ichi bo‘sh odamga o‘xshab ko‘rinar. Ammo Jungkook-ku biladi! U Taehyungning har kim bilan osonlikcha yaqinlashadigan yengiltak ahmoq emasligini ko‘rgandi.
Va… u buni biladiku. Albatta, biladi…
— Yo‘q. Yaxshilab uxlab olishingni kutdim. Qaytish vaqti bo‘ldi.
U faqat qaytish haqida gapirdi. Ularning munosabati haqida esa bir og‘iz ham so‘z aytmadi. Ammo ular… axir birga bo‘lishgandiku!
— Shu aytadigan gapingning hammasi shumi?..
Taehyungning ovozi titrab, uzilib chiqdi. Oyoqlari zo‘rg‘a ko‘tarib turardi. Boshi yanada qattiq og‘riy boshladi. U bu o‘rmondan tirik chiqolmasa kerak…
— O‘zing hammasini tushunib olding, deb o‘ylagandim.
Taehyung asabiy ravishda lablarini qiyshaytirdi qandaydir g‘alati qiyshiq tabassum hosil bo‘ldi. Quloqlarida xuddi dengiz chig‘anog‘ini tutgandagi kabi shovqin eshitilardi…
Uning o‘zi ham go‘yo suv ostida, qalin suv qatlamining tagida edi. Hech qayerda yo‘qdek. Faqat shunday bo‘lgandagina og‘riq sezilmaydigandek tuyulardi.
Ammo hamisha og‘riydi. Hatto hammasini eshitmaganga olgan taqdirda ham.
Og‘riqqa chidash chegarasi bor. Taehyung ham cheksiz sabr egasi emasdi…
Taehyung oyoqlarini zo‘rg‘a boshqarib, yon tomonga burildi. Hali ham yuzida zo‘rg‘a tabassumga o‘xshash ifoda bor edi. Ko‘zlari katta-katta ochilgan yoshga to‘lgandi. Ularga qarab ham odam cho‘kib ketishi mumkin edi. Uning havodagi qasrlari erib yo‘q bo‘lib ketgandi.
— Tushunarli. Kechir. Darrov anglay olmadim.
U o‘zini qandaydir film qahramonidek his qilardi. Go‘yo unga shahzodalar bilan hech qachon omadi chopmaydi. Har bir qism uning ko‘z yoshlari va singan yuragi bilan yakunlanadi. Ammo nega? Qanday qilib? U nimani noto‘g‘ri qilyapti?
Taehyung yuzini yashirish uchun o‘girilib olgan paytda Jungkook uning qo‘lidan tutib to‘xtatdi. Taehyung unga yuzini ko‘rsatishni istamasdi o‘zi esa ko‘zga tashlanarli darajada titrardi.
Sevgilisi xiyonat qilganidan keyin endi yana… sevib qolgan insoni ham uni rad etdi. Ha, shunday. Axir u Jungkookni sevib qolgandi.
«Ba’zan shunday bo‘ladi», degandi Jungkook. Unga yaxshiroq ma’lum…
— Taehyung axir ikkimiz ham voyaga yetgan insonlarmiz. Shunchaki istagimiz bo‘ldi va buni amalga oshirdik. Bu bir lahzalik zaiflik edi. Buni yuragingga bunchalik yaqin olma.
U hammasini raqamlar bilan ifodalayotgandek murakkab tenglamani soddalashtirayotgandek gapirardi. Taehyung esa matematik emasdi, ularning tenglamasi hech qanday yechimga kelmasdi.
— Shunchaki jinsiy aloqa… — dedi u jonsiz ovozda va qo‘lini tortib oldi. Endi Jungkookning teginishlari unga sovuq tuyulardi. Tonggi quvonchdan asar ham qolmagandi. «Ba’zan shunday bo‘ladi».
— Men hech kim bilan shunchaki yaqinlik qilmayman… Men unday emasman…
Yana qo‘llari bilan o‘zini quchib olgisi, hech bo‘lmasa shu tariqa himoyalangandek his qilgisi kelardi. Sehrli tayoqcha silkinishi bilan Jungkook g‘oyib bo‘lib qolsa-yu, o‘zini yashirishiga hojat qolmasa edi.
Ammo Jungkook yana uning tirsagidan tutdi. Go‘yo shu tariqa gaplashish unga qulayroq edi.
— Meni kechir. Men qo‘rqoqona yo‘l tutdim. Lekin seni xafa qilishni istamagandim. Taehyung, agar buni bunchalik og‘ir qabul qilishingni bilganimda, senga yaqinlashmagan bo‘lardim. Kechir.
— Qo‘rqoq öxshab yo‘l tutdim. U esa hamma narsani yuragiga yaqin oladi. Aslida, voyaga yetgan odamlar o‘rtasidagi yaqinlik shunchaki o‘zaro yoqtirishdan kelib chiqadigan holat. Buning nimasi bor? Taehyung shunchaki shaharlik nozikta’b, hali hayotni yaxshi tushunib yetmagan…
Taehyung qo‘lini yana tortib oldi-da, undan uzoqlashdi. Bo‘ldi, endi boshqa kerak emas. Go‘yo ichidagi nimadir uzilib qolgandek edi. Unga achinishlarini yoqtirmasdi, achinish uni o‘ldirayotgandek tuyulardi… Atrofdagilarning bari shunchaki his qilishni va sevishni bilganligi uchun unga rahmi kelardi.
— Sen shu vaqtgacha meni masxara qilib kelgansan…
—Lekin menga qilgan hamma narsangdan keyin ham sen bilan birga bo‘lishni istadim…
Ko‘z yoshlari lablari bo‘ylab oqdi. Hatto bundan ham jirkanardi. Chunki Jungkook unga achinardi, aslida esa unga baribir edi. Taehyung esa yana bir bor o‘zining ojizligini ko‘rsatayotgandi.
Albatta! Qanday sodda bola! O‘ylabdi, ishonibdi! Jungkook uni rostdan ham yoqtirib qolgan deb o‘ylabdi… U bilan yaqinlik qilish esa uyat emas emish… Axir buning uchun o‘z jinsiy moyilligini o‘zgartirish shart emasku…
— Yig‘lama Taehyung. Ba’zan ehtiros uyg‘onadi, bu tabiiy. Ikkalamiz ham anchadan beri bunday yaqinlikni boshdan kechirmagandik, ustiga-ustak, bir-birimizga yoqamiz. Bunday vaziyatda bu oddiy hol.
— Sen shunchaki xohlading… Men esa qarshilik qilmadimmi?.. Menda sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan qandaydir g‘aroyib narsani ko‘rdingmi?..
Jungkook uning yelkasidan mahkamroq ushlab, ehtiyotkorlik bilan o‘ziga qaratdi.
— Men yengiltak emasman… Taehyung alam bilan past ovozda yig‘lab yubordi. Undan qutulishga urinib, ko‘ksidan itardi. Jungkookning achinishi unga hech qanday tasalli bermasdi!
— Seni kim yengiltak dedi? «G‘aroyib narsa» emas. Bu so‘zni unut. Haqoratlarimga yopishib olma men shunchaki ahmoqman, seni ranjitmoqchi bo‘lgandim. Lekin hozir emas. Sen jozibali yigitsan, yaxshi insonsan. Qanday qilib birovga yoqmasliging mumkin?
— Menga tegma! Mendан uzoqroq tur!
Taehyung endi chindan ham jahli chiqib qizarib ketgan g‘azabli ko‘zlari bilan unga qaradi. Jungkook uni hech qachon bunday holatda ko‘rmagandi hatto ataylab haqorat qilgan paytlarida ham.
Mayli, u unga tegmaydi. Ammo bu suhbatning bunday yakunlanishiga ham yo‘l qo‘ymaydi.
— Taehyung sen shaharga qaytasan, o‘zing istagandek boshqa birovni topasan va bularning hammasini unutasan. Bu kechadan keyin hech narsa bo‘lmasligini tushunmaganmiding? Nima bo‘lishi mumkin o‘zi? Men shu yerda yashayman, sening uying shaharda, tez orada ketasan. Yo‘llarimiz boshqa-boshqa. Buni tushunasanku.
— Men sening sobiq xotiningga o‘xshamayman!
— Mening sobiq xotinim qanday edi? Shaharlik emasmi? Oila qurishni xohlaysanmi? Balki meni sevarsan? Taehyung yig‘lashni bas qil, janjallashmaylik. Sening uying shaharda. Hammasi shunday bo‘lishi kerak.
— Qaniydi meni hech bo‘lmasa bir marta to‘xtatganingda! Hech bo‘lmasa birortang! Men hech qayerga ketmagan bo‘lardim! Sen ahmoqsan! Yaxshiyamki meni to‘xtatib qolmading…
Jungkook uni ancha qat’iy ushlab, o‘ziga tortdi va ensasidan mahkam quchdi. Taehyung undan ajralishga urinib qarshilik ko‘rsatdi. Ammo baribir Jungkook undan kuchliroq edi.
U esa Taehyungning qulog‘iga xotirjam muloyim ovozda gapirdi.
— Agar seni ushlab tursam boshqa hech qayerga ketolmaysan. Men bilan, yonimda doim. Qo‘lingdan ushlab uyimga olib boraman va u yerda abadiy qolasan. O‘g‘limni tarbiyalaysan, meni uyda kutasan. Bir-ikki yilga emas, butun umrga. Shunday yashashga rozimisan? Sen aynan shuni xohlaysanmi?
— Ha! Shuni xohlayman! Balki men aynan shunday yashashni istarman!
Taehyung hamon qarshilik ko‘rsatib, bor ovozi bilan baqirdi.
— Menda umuman hech narsa yo‘q! Meni haqorat qiladigan, keyin esa men bilan yaqinlik qiladigan erkak yoqib qolgan bo‘lsa, nima qilay?! Shunchaki… Men senga aytgandim-ku! To‘xtashingni so‘ragandim… Lekin sen o‘z so‘zingda turib olding! Sen!
— Ayb menda. O‘sha tun uchun meni kechir. Men turib oldim senga yaqinlashdim bu mening aybim. Mas’uliyatdan qochmayman. Ammo men bilan birga bo‘lishni xohlayotganing borasida adashyapsan. Men hazillashyapman deb o‘ylaysanmi? Mening farzandim bor. U seni ona sifatida eslab qoladi. Keyin esa sen qishloq hayotidan charchab shaharga qaytmoqchi bo‘lsang… Senga nima qilishimni bilmayman. Menga oila kerak. Men vaqtinchalik uchrashib yuradigan bola emasman.
— Sen aqling joyidami?! Biz hali uchrashishni ham boshlamadik sen esa allaqachon meni tashlab ketishim haqida gapiryapsan! Odamlar ajrashadi! Bu bir yildan keyin ham, besh yildan keyin ham bo‘lishi mumkin! Balki men seni sevishdan to‘xtarman yoki sen mendan zerikarsan! Sen esa xuddi zolimdek gapiryapsan! Atrofdagilarning hammasi nohaq faqat sen haq! Darrov meni o‘z qoidalaringga solmoqchisan axir biz hali munosabatlarni ham sinab ko‘rmadikku…
— Mayli, odamlar ajrashaversin, — Jungkook jahli chiqib javob qaytarmadi aksincha, xotirjam tushuntirdi.
— Men esa buni istamayman. Har besh yilda sherigimni almashtirish menga qiziq emas. Hatto qiyin bo‘lsa ham, hislarimiz so‘nsa ham baribir birga yashaymiz, chunki biz oilamiz. Qishloqdagi hayot shunaqa. Menga bu ma’qul. Ammo senga emas.
U qo‘llarini bo‘shashtirdi. Taehyung bundan foydalanib undan bir necha qadam uzoqlashdi. His-tuyg‘ulari xiralashib, o‘rnida faqat bo‘shliq g‘am va umidsizlik qoldi…
— Unda nega men bilan yaqinlik qilding?
— Seni istamaslikning iloji bormi?
—Mening kiyimlarimni kiyib yuribsan yonimda quchoqlashib uxlaysan mendan hid keladi yonimda uyalasan… Tunlari ham yonimda, juda yaqinsan. Seni istamagan bo‘lsam chindan ham aqlim joyida bo‘lmasligi kerak edi. Bunda sening ham ozgina aybing bor, ammo sen yoshsan hissiyotlarga beriluvchansan. Men esa o‘zimni tiyishim mumkin edi. Lekin kecha bunday qilmadim. Sababini o‘zing ham tushunasan. Men aynan seni juda-juda istagandim.
Taehyung yana yig‘lab yubordi ehtimol, Jungkookning ochiq gaplaridan. Uning so‘zlari haqoratdek eshitilmadi aksincha… Jungkook o‘zining to‘g‘riso‘zligi bilan uni lol qoldirdi, ammo bu og‘riqni kamaytirmadi. Axir yaqinlik va tuyg‘ular bir ildizdan chiqqan so‘zlar emas, ularning ma’nosi ham boshqa-boshqa.
— Nega hech bo‘lmasa men bilan uchrashib ko‘rishni istamaysan?..
Taehyung boshini ko‘tardi. Nam kipriklari bir-biriga yopishib qolganidan qahvarang ko‘zlari qisilib turardi.
U yana chetda qo‘llari tushgancha, yolg‘iz va hech kimga tegishli bo‘lmay turardi. Holbuki o‘zini kimgadir bag‘ishlashga evaziga faqat mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rishga tayyor edi. Jungkook buni uddalay olardi. Axir u Taehyungni hech qachon tashlab ketmasdi, xiyonat ham qilmasdi. Uning yonida esa ojiz bo‘lish mumkin edi. Doim ishonchli himoya ostida yashash mumkin edi. Ammo Jungkookka u kerak emasdi: na shunchalik jozibali, na shunchalik istalgan, na samimiy va yaxshi inson sifatida.
Albatta, Taehyung uni o‘ziga oshiq bo‘lishga majburlay olmasdi. Bu shunchaki imkonsiz edi. U odam Taehyungni istamasdi.
— Biz bir-birimizga mos emasmiz. Dunyoqarashimiz boshqa-boshqa. Sen boshqachasan.
Butunlay boshqacha… Beqaror, rang-barang va ichi bo‘sh?.. Uning hurmatga sazovor namunali oilasiga munosib emasmi?
— Meni uyingga olib borishga uyalasanmi? Men shunday ekanimdan uyalasanmi?..
U naqadar alam bilan yig‘lardi… Har safar bu yerda bo‘lishining naqadar bema’niligini anglaganida yuragi yana chil-chil bo‘lardi. Qanday qilib ular o‘rtasida nimadir borligiga ishona oldi?! Jungkook boshidanoq unga hech qanday umid bermagan buni ochiq aytib kelgandi…
— Oilamdan boshqa hech kimning fikri meni qiziqtirmaydi. Kimdan uyalishim kerak? Barcha haqoratlarim uchun meni kechir. Sen meni yomon ko‘rib qolishing, uyimga boshqa qaytmasliging kerak edi tushunyapsanmi? Ammo sen doim bunday narsalardan ustun turasan. Sen… mendan yaxshiroqsan. Yig‘lama. Agar hammasini ortga qaytarish mumkin bo‘lganida, seni o‘zim bilan olib ketmagan bo‘lardim. Shunda hech narsa sodir bo‘lmasdi.
— Oramizda bo‘lgan narsadan… afsuslanyapsanmi?
— Hozirgi ahvolingni ko‘rib turib ha.
Taehyung seskanib ketdida o‘zini qo‘llari bilan mahkam quchib oldi. Yashirinishi o‘zini himoya qilishi unga og‘riq berayotgan narsadan uzoqlashishi kerak edi.
— Tushunarli… — «Kechir» degan so‘z aytilmadi. Yetarlicha uzr so‘ralgandi.
— Kiyimlarimni almashtirishim kerak.
Uning ortidan qarab turish ham o‘ziga xos azob edi, go‘yo o‘zini ataylab qiynayotgandek. Kurtka ostidan ikkita gugurt cho‘pidek oyog‘i ko‘rinib turardi, pastida esa Taehyung allaqachon ko‘nikib qolgan beo‘xshov kalishlari. Jungkook undan o‘z kiyimlarini yechishni so‘ramagandi. Ammo Taehyung endi uning kiyimlarini o‘ziniki qilib olishni istamasdi… Fermer xo‘jaligidan xafa bo‘lib, Jungkookning eski paxtali kurtkasini kiygancha ketganida ham uni qaytarmagandi…
Taehyung qaytib kelganida, o‘zining barcha kiyimlarini kiyib olgandi: kir va yirtilgan jinsi shim kir ko‘ylak, yana qulog‘iga taqib olgan sirg‘asi, o‘ziga yarashadigan tovlanib turuvchi chiroyli zanjiri va bir paytlar och rangda bo‘lgan krossovkalari. Eng yaxshi saqlanib qolgani ham aynan shu krossovkalari edi. Bugun havo salqin u shubhasiz sovqotayotgandi, ammo ustiga boshqa kiyim kiymaydi. Tezroq yo‘lga chiqish kerak.
Jungkook uy ichini tezda yig‘ishtirdi, qurib qolgan o‘tlarni tashladi, sumkasini tayyorladi. Endi yuvilishi kerak bo‘lgan choyshablarni ham oldi. Taehyung uni kutib turardi… O‘rmon chetida turib, gullar uzayotgan ekan. Mayda qalqonsimon to‘pgullari va kigizdek mayin tuklari oppoq bulutni eslatardi. Ularni uzish unchalik oson emasdi, ammo Taehyungga juda kerak bo‘lganga o‘xshardi. Jungkookning qadam tovushlarini eshitib ham ortiga qaramadi. Bir dasta gul uzdida, hech qanday taklif kutmasdan uning ortidan yo‘lga tushdi. Yuragiga yaqin bo‘lib qolgan bu joy bilan xayrlashish uchun ham ortiga bir qaramadi. Bunday qilsa, yanada og‘ir bo‘lardi. Garchi eng go‘zal tonglar va quyosh botishlariga guvoh bo‘lgan bu so‘lim ochiq maydon Taehyungdan foydalanib keyin uni rad etganlar uchun aybdor bo‘lmasa-da.
Ular sukutda yo‘l bosishdi. Jungkook miltig‘ini shay tutib, o‘rmon tovushlariga quloq solardi. Taehyung esa guldastasini silkitib, alamdan yig‘lab yubormaslik uchun xayolan qandaydir qo‘shiqni xirgoyi qilardi. O‘rgimchak to‘rlariga ilinib qolmaslik uchun Jungkookning izidan yurardi. Endi charchaganidan nolimasdi oyoqlari uni o‘z-o‘zidan oldinga eltardi. Faqat bu majburiy hamrohlikdan tezroq qutulishni istardi.
Ammo omad Taehyungning tarafida emasdi. U yaqin atrofdagi daraxtlardan birida qandaydir harakatni ko‘rdi. Ich-ichidan seskanib ketdi. Qadamini sekinlatdi, ammo oldinda ketayotgan Jungkookni chaqirmadi. Keyin yana nimadir qimirladi, butalar orasidan shitirlagan ovoz eshitildi. Taehyung qotib qoldi, noma’lum jonzotga orqa o‘girishdan qo‘rqardi. Guldastasini xuddi qalqondek oldiga tutib rangi oqarib ketdi. Birdan yugurib ketish uchun soniyalarni sanadi, ammo butalar orasidan olmaxon otilib chiqqanida faqat baqira oldi chaqmoqdek tez mitti va surbet bir olmaxon! U boshqa daraxtga tirmashib chiqib ketdi, Taehyung esa yuzini qo‘llari bilan berkitgancha yerga cho‘kib qoldi.
Jungkook nihoyat uning ortda qolganini payqadi. Orqadan kelgan chinqiriqni eshitib, seskanib ketdi. Yana nimadandir qo‘rqib, yiqilib tushgan edi. Jungkook uning yoniga borib, o‘rnidan turishiga yordam berishi, tinchlantirishi mumkin edi (boshqa nima ham qilardi?), ammo Taehyung o‘zi o‘rnidan turdi-da, oyoqlari dir-dir titragancha, hech narsa tushuntirmay uning yoniga yetib oldi.
— O‘rmondan adashib qolishdan ko‘ra g‘ururingni bir chetga surganing yaxshi — dedi Jungkook jahli chiqayotganini zo‘rg‘a bosib, qat’iy ohangda.
Taehyung baland o‘tloqqa beparvo qaradi. Aslida, u ko‘ziga ko‘ringan hamma narsadan qo‘rqardiku.
— Olmaxon. Yuraveramizmi yoki yo‘qmi?
Hatto ovozi ham o‘zgarib ketgandi endi unda avvalgi muloyimlik va savol berayotgandagi ehtiyotkorlik yo‘q edi.
— Yoki yo‘qmi? — dedi u qattiq ohangda.
—Agar qandaydir shitirlagan tovushlarni eshitsang, bu haqda menga aytishing kerak. Hech qachon butalar orasidan kimdir otilib chiqishini kutib, qotib turmasliging kerak!
Jungkook tilini tishlab, yuzini boshqa tomonga burdi. Yana bir og‘iz gapirsa, portlab ketadigandek edi. Ahmoqona qaysarligi tufayli o‘ziga o‘zi zarar yetkazadigan bunday xatti-harakatlar uni asabiylashtirardi. Taehyung nega kinoya qilayotganini tushunardi ammo qanday qilib o‘z hayotiga bunchalik beparvo qarash mumkinligini tushunolmasdi.
Yana sukutda yo‘lga tushishdi. «Karvonboshi» qadamini tezlatdi Taehyung ham undan qolishmadi. Shu tariqa dalaga chiqishdi, undan keyin kichkina o‘rmonzor, nihoyat qishloq! Tezroq yurishsa, ozgina qolgandi. Shu vaqt ichida Taehyung ikki marta qoqildi, yana bir marta chinqirib yuborib Jungkookni cho‘chitdi. Jungkook har safar keskin ortiga o‘girilib, nima bo‘lganini so‘rardi. Taehyung esa qisqa javob berib yo‘lida davom etardi.
Uning kiyimlari butunlay yaroqsiz holga kelgandi buvisiyu bobosi ko‘rsa, dahshatga tushishardi. Go‘yo shu kunlarning hammasini ko‘chada, uni tez-tez tishlab oladigan va umuman… unchalik yoqtirmaydigan bo‘ri bilan birga yashagandek edi.
Shu tariqa butun yo‘lni bosib o‘tishdi. Taehyung achchiq kinoya bilan jilmaydi: axir o‘shanda u o‘rmonning eng chetida turgan, hech qayerda adashmagandi… Jungkook uni negadir aldab, o‘zi bilan olib ketgandi. Mayli, endi buning ahamiyati yo‘q… Chimin minora yonida unga to‘g‘ri aytgandi: Jungkookning niyati shunchaki u bilan yaqinlik qilish bo‘lgan. Buni qanday puxta o‘ylabdi aynan oxirgi kechada, qaytib kelguncha sevishganlar rolini o‘ynamaslik uchun.
Mana, malina butalari ham ortda qoldi. O‘rmon cheti, uning tugashi, oyoqlar bilan bosib tekislangan so‘qmoq bor toza ochiq maydon, biroz narida esa qishloq uylari va ilonizi daryo ko‘rinardi. Taehyung sivilizatsiyani qanchalik sog‘inganini endi his qildi. Odamlarni ham… uni yaxshi ko‘radigan insonlarni.
— Kutib tur Hoseokka qo‘ng‘iroq qilaman. U mashinada olib ketadi.
Bu gap momaqaldiroqdek yangradi.
Taehyung hatto ortiga qaramadi. Tervolgan guldastasini pastga tushirgancha, yengil qadamlar bilan oldinga yurib ketdi. Bu yerdan piyoda ham yetib olsa bo‘lardi-ku… Bir kilometr ko‘pmi ikki kilometr kammi endi farqi yo‘q edi.
Jungkook unga og‘ir nigohini qadab turdi. Keyin baribir akasiga qo‘ng‘iroq qildi. Chunki yana yarim soat davomida o‘z xayollari bilan yolg‘iz, sukutda yurishni istamasdi. Uyda hammasi osonroq: uy odamlar bilan to‘la uni intizorlik bilan kutayotgan o‘g‘li bor. Hammasi avvalgidek yaxshi bo‘ladi. Har qanday holatda ham vaqt o‘tib bu og‘riq bosiladi.
Ammo u ko‘l bo‘yidagi o‘sha uyga hali uzoq vaqt qaytmasligiga amin edi. Chunki u yerdagi hamma narsa Taehyungni eslatardi…
Taehyung buvisining yig‘i aralash ovozi ostida uyga otilib kirdi. U hatto buvisini quchishga ham qodir emasdi hozir hech kimni quchgisi kelmas hatto quchoqlashning o‘zi ham unga yoqimsiz tuyulardi. Buvining ovozini eshitib bobosi ham uyga kirdi va qaytib kelgan nevarasiga aybdorona qaradi.
Taehyung ularni gaplari bilan o‘zidan uzoqlashtirdi yuvinib olmoqchi ekanini aytdi.
Dushxonada mubolag‘asiz rosa bir soat o‘tirdi. Uzoq vaqt ishqalandi, tanasidagi kir va ter qatlamini ko‘z yoshlari bilan birga yuvib tashlashga urindi. Ayniqsa sonlarining ichki tomonlarini va tanasining intim joylarini titrayotgan qo‘llari bilan qayta-qayta sovunladi. Go‘yo shu tariqa xotirasini ham yuvib tashlay oladigandek edi. Sochini ham ikki marta yuvdi taglikka moviy rangli suv oqib tushdi.
Keyin esa shunchaki suv ostida o‘tirib, tozalik va iliqlikdan bahramand bo‘ldi. Beixtiyor pechka yodiga tushdi… Va yana yig‘lab yubordi.
Buvisi bilan gaplashishga ham yuziga tabassum taqib, hech narsa bo‘lmagandek kechki ovqatga o‘tirishga ham xohishi yo‘q edi. U xudbin bo‘lishni istardi. Chunki bir kishi Chon xonim bilan bu sayohatni kelishib olgan boshqasi uni o‘rmonda tashlab ketib, o‘zi jo‘nab qolgan, yana biri esa uni topib olib qiynagan u bilan yaqinlik qilgan va yana ortga qaytarib yuborgan edi. Mana sizga «Rim ta’tili»! Singan yurakni davolashdi… Hammaga rahmat endi hammangiz bemalol ketavering.
Taehyung xalat kiyib chiqdi. Buvisi kursichada uni kutib o‘tirardi ammo yaqinlasha olmadi Taehyung undan sekingina yolg‘iz qoldirishini so‘radi. Xonasiga kirib, eshikni yopdi-da, yangi choyshab solingan karavotga o‘zini tashladi. Yostiqqa yuzini bosib qolgan bor alamini yig‘lab chiqardi. Buvisi bilan bobosining uyida unga juda yaxshi edi ko‘ngli orom olib ruhi yayrardi. Ammo hozir hamma narsa jirkanch tuyulardi va buni hech narsa bilan o‘zgartirib bo‘lmasdi.
Birozdan keyin uy ahlidan kimdir uning xonasiga sekingina mushukchalar solingan qutini olib kirdi. Taehyung ularni karavotiga oldi, bag‘riga bosib ular bilan o‘ynay boshladi. Xonani xira qilish uchun pardalarni yopdi, noutbukini olib, o‘yinlarni yoqdi. Ammo bunga ham uzoq chiday olmadi yana yostiqqa bosh qo‘ydida bu safar telefonini titkilay boshladi.
Nihoyat, aloqa bor internetga ham kirish mumkin edi. Taehyung Chiminning, yana bir nechta do‘stlari va tanishlarining, onasining yangi xabarlarini ko‘rdi. Ammo hech kimga javob bermadi.
Va eng oxirgi ahmoqdek galereyaga kirdi…
Eng oxirgi surat uxlab yotgan Jungkookning surati edi. Uni ular o‘sha kecha birga bo‘lishidan oldin olgandi. Undan avval esa «fotosessiya» paytida olingan ikkita surat bor edi. Ularning orasida tabiat manzaralari tong va shom, barglar ustidagi kapalaklar qushlar, o‘tlar, daraxtlarning ko‘plab suratlari joylashgandi… Bularning hammasini ko‘rmaslik uchun boshini devorga urib yuborgisi kelardi.
Barmoqlari o‘z-o‘zidan yaqin insonining raqamini terdi. U endi bardosh bera olmayotgandi. Buni yolg‘iz uddalay olmasdi…
Chimin ertasi kuni kardiologga kerak bo‘ladigan barcha jihozlari bilan yetib keldi. Nega aynan kardiolog?
Yana yuragini sindirishdimi, endi uni kim davolaydi? Anxel yordamga shoshiladi!
Uni darvoza oldidayoq kutib olishdi it xalat va shippak kiygan Taehyung hamda buvisi.
Salli darhol uning quchog‘iga otildi. Burnini tortib-tortib qo‘yardi ko‘zlari ostidagi qora halqalar va ozib, holdan toygan yuzi esa yanada achinarli ko‘rinardi. U Chimin bilan yarim tungacha gaplashib o‘tirdi. Boshidan kechirgan hamma narsasini aytib berdi, yig‘ladi, o‘zini har xil yomon so‘zlar bilan atadi va bo‘lgan voqealarning barchasidan afsuslandi.
Faqat ertalab buvisi bilan bobosining uzr so‘rab, hammasini tushuntirishlarini eshitgachgina nonushtaga chiqdi. Endi ularning uzri unga kerak emasdi. Ya’ni kechirim so‘rashlari. Taehyung faqat o‘sha kechani o‘tkazganidan afsuslanardi, o‘rmondagi ta’tilidan esa yo‘q. U Jungkook bilan u yerda o‘zini yaxshi his qilgandi. Garchi oxiri hammasi dahshatli yakunlangan bo‘lsa ham.
Chimin og‘ir yo‘l sumkasini polga qo‘ydi. Sumkaning eng ustida beshta shampan vinosi shishasi turardi. U bularning hammasini qanday ko‘tarib kelgan o‘zi?!
Buvisi hayratdan xo‘rsinib yubordi, ammo darhol qadahlar va mevalar olib keldida do‘stlarini yolg‘iz qoldirdi. Uning yordami allaqachon yetarlicha bo‘lgandi nevarasi hozir ham ko‘z yoshlarini yengiga artib o‘tiribdi.
Chiminga kelsak… U jangovar kayfiyatda shampan shishasining tiqinini keskin sug‘urib oldida qadahlarni sekin-asta to‘ldirdi.
Taehyung aftini burishtirib, yana ko‘zlarini pirpiratdi. Ichida yana yig‘i xuruji ko‘tarilayotgandi. Ammo Chimin yana qadahga quydi. Liq to‘ldirdi.
— Ularning ikkala a’zosiga ham o‘sha qishloqi bezorining ham a’zosiga ham qiron kelsin!
Yo‘q, buni albatta oxirigacha ichish kerak edi.
Chimin uning yonidagi stulga o‘tirdi, birinchi shishani oxirigacha bo‘shatdi. Taehyungning boshini yelkasiga qo‘yib, uni quchdi.
Oldingi jarohat hali bitmagan edi Taehyung sumkalarini ko‘tarib uning oldiga kelgan, xiyonat qanday bo‘lishini aytib, tun bo‘yi yig‘lagan kunlar. Chimin o‘shanda Taehyung alahsirab nimalar deganini hech qachon unutmaydi. Uning so‘zlaridan sochlari tikka bo‘lib ketgandi. Rostdan ham Taehyung o‘ziga biror zarar yetkazib qo‘yishidan qo‘rqqan edi. Ammo hammasi yaxshi yakunlandi, og‘ir davr ortda qoldi. Faqat kultepaga aylangan qalb va hech qachon javobi topilmaydigan minglab savollar qoldi: «Nima uchun?», «Nega?» «Sevmaganmidi?» Bu savollar hali uzoq vaqt bitmaydigan yara kabi qayta-qayta zirqirab turadi.
Aslida, Taehyung bir muddat yolg‘iz qolishi kerak edi. U avvaldan hech kimga ishonmasdi, Jungkookdan keyin esa… Umuman, birov bilan munosabat qurishdan qo‘rqib qolgandi. Chunki shunday bo‘lib chiqyaptiki, u hammaga faqat yaqinlik uchun kerak, Taehyungning o‘zi esa butun borlig‘i bilan hech kimga keraksiz. Chiroyli, ammo ichi bo‘sh qo‘g‘irchoq. Hatto bu birovning qarashlariga zid bo‘lsa ham, u bilan bir marta vaqt o‘tkazish maroqli.
— Qanaqa fohisha?! Butunlay esi og‘ib qoldimi? Echki sutini ichib, mast bo‘lib qoldingmi?
Chimin har doimgidek uni sodda tushunarli tilda yupatardi.
— Bir zumlik hissiyotga berilib, o‘zingni unga topshirib qo‘yibsan, endi nima bo‘pti!
—Qo‘y o‘sha molxonasidagi go‘ngiga ko‘milib yursin!
—U senga o‘xshaganlarni faqat internetda ko‘rgan internetdan foydalanishni bilsa, albatta! Endi hech qachon undan yaxshirog‘iga duch kelmaydi!
—O‘zining go‘ngiga belanib yashayversin ablah!
—Har kecha o‘sha kechani eslab yotsin!
Taehyung uni mahkam quchib oldi va indamay minnatdorchilik bildirdi. Yana ichishdi. Aqli biroz xiralasha boshladi. Maqsad bitta mast bo‘lish. Rosa ichib, o‘sha yaramasning o‘ziga o‘xshab qolish. Hozir bu unga har qachongidan ham zarur edi.
Birinchidan, shampan tezda boshga uradi. Ikkinchidan shuning uchun beshta shisha olishgan ta’siri aniq bo‘lishi uchun. Ustiga-ustak yaqinda deyarli hech narsa yeyishmagandi. Bu esa… juda kuchli ta’sir qiladigan miqdor edi. Kunduzi ichkilikbozlik qilishyapti! Ammo ularni kechirish mumkin. Hozir Taehyungga aynan shu kerak edi. Hech bo‘lmasa yana uxlab qoladi va uzoq dam oladi. Uyqu barcha tashvishlarga davo hayot haqiqati.
Uchinchi shishadan keyin (uning katta qismini Taehyung ichib yuborgandi) Chimin yarim mast holatga keldi faqat gapirish sur’ati biroz tezlashgan edi. Taehyung esa tamom, butunlay mast edi. Tili yechilib Jungkookning naqadar yaxshi g‘amxo‘r inson ekanini tinmay gapira boshladi. Uni qanday quchganini, oyoqlarini qanday yuvib berganini uni juda sog‘inganini aytardi… (Mast odam rost gapiradi. G‘azab va nafrat esa ichilgan ichimliklar orasida yo‘qolib ketdi.) Jungkook sobiq sevgilisidan ancha yaxshiroq ekanini, garchi qo‘pol bo‘lsada uning yonida Taehyung o‘zini qulay his qilganini takrorlardi. Umuman olganda Taehyung unga oshiq bo‘lib qolgan va uni unuta olmasdi. Yana… Uni o‘ylashning o‘zi ham og‘riqli edi. Jungkook bilan bog‘liq hamma narsa yuragini ezardi.
So‘zlar sharsharadek quyilib oxir-oqibat o‘sha sayohatning achchiq yakuniga borib urilardi.
Buvisi Taehyungni yotoqxonaga olib borishga yordam berdi. Uni yotqizishdi, ustini yopishdi, yoniga tog‘ora, sochiq va bir stakan suv qo‘yishdi. Ehtimol ko‘ngli aynib qayt qilishi mumkin edi ammo baribir ertami-kechmi o‘ziga keladi. Buvisi karavot yonidagi tumbochkaga pushti floks gullaridan iborat guldasta qo‘ydi. Ularning yoqimli hidi butun xonaga taralardi. Buvisi bu gullar nabirasining tinch uxlashiga yordam berishiga ishongisi kelardi.
Bu orada Chimin garajdan boboni topib, undan Jungkookning telefon raqamini so‘radi. Qo‘lida ichilmay qolgan qadahini olib itni silagancha o‘rindiqqa o‘tirdi. Taehyung unga haqorat yog‘dira olmasdi ammo Chimin buni bemalol uddalardi. Har holda u jim turmoqchi emasdi. Jungkookka qanday ablah ekanini aytib qo‘ymoqchi edi. Garchi bu uning ishi bo‘lmasada garchi qishloqi uchun Chiminning fikri bir pul bo‘lsa-da, baribir qo‘ng‘iroq qilgisi kelardi. Ichkilik unga jasorat, yashirmasa biroz surbetlik ham qo‘shgandi.
Gudoklar uzoq davom etdi birinchi qo‘ng‘iroqqa javob berilmadi. Ammo Chimin taslim bo‘lmadi va yana terdi. Ikkinchi safar esa Jungkook telefonni ko‘tardi…
Angel darhol gap boshladi. G‘azab va nafratdan ko‘ksini kerib olgandi. O‘ziga bo‘lgan ishonchi ham haddan tashqari oshib ketgan edi axir hech kim undan so‘ramagan joyga ham albatta aralashishi kerakku.
— Bugun bemalol uxlay oldingmi? Yuraging og‘rimadimi?
—Tushunaman sizlar uchun biz shaharliklar aqli kalta buzuq odamlarmiz.
—Lekin o‘zing umuman odammisan?!
Jungkook javob bermasa ham bo‘lardi. Chimin uchun muhimi unga kimligini va kimni yo‘qotganini tushuntirish edi. Agar u ham qo‘pollik bilan javob qaytarsa, Chiminning og‘zidan bundan ham ko‘proq achchiq gaplar chiqishi aniq edi.
— Sen uning yigiti xiyonat qilganini juda yaxshi bilarding. U, la’nati shunchaki ko‘nglini yozish uchun kelgandi!
—Sen esa uni nafaqat haqorat qilding balki u bilan yaqinlik qilib keyin rad etding! Bir marta ham emas! Senda umuman yurak bormi?!
—Agar seni ko‘rib qolsam yuzingga tupuraman chunki sen haqiqiy razilsan. Uning ko‘z yoshlari uchun hali javob berasan… Shuni bilib qo‘y. Sendan hali yana ko‘p ayollar qochib ketadi.
Qattiq gapirdimi? Ha, bunga loyiq edi.
Chimin biroz tin oldi, qadahidan ho‘pladi-da, Jungkook nima deyishini kutdi. U qo‘pol odam edi, demak, albatta, o‘z nomiga yarasha javob qaytarardi.
Telefonning narigi tomonida sukut cho‘kdi. Tushundimi? Albatta. Bu ajoyib insonni tanigandi.
Mingta so‘z o‘rniga shu savol. Shumi, xolos?
— Agar u seni rostdan ham qiziqtirganida, hech bo‘lmasa buvisiga qo‘ng‘iroq qilgan bo‘larding… — dedi Chimin achchiq kinoya bilan jilmayib.
Albatta, undan qo‘ng‘iroq kutish befoyda edi. U Taehyungning ahvolini so‘rashni xayoliga ham keltirmagandi. Demak, bu kecha bemalol uxlagan, yuragi ham soppa-sog‘ edi.
— Yaxshi, hech bo‘lmasa hozir sen uning yonida ekansan.
— Nima, endi mehribon odam rolini o‘ynayapsanmi? Bundan ham jirkanchroq.
— Mayli, shunday bo‘la qolsin, — Jungkook bahslashmadi, o‘zini oqlamadi, hech narsani isbotlashga urinmadi. U deyarli befarq, faqat odob yuzasidan hol-ahvol so‘rayotgandek edi. (Faqat undan tinch qo‘yishlarini istayaptimi?) — Seni ogohlantirmoqchiman: bir necha kun oldin uning sobiq sevgilisi yozdi. Men xabarni uning o‘rniga o‘qidim. U uchrashishni xohlashini, gaplashib olishlari kerakligini yozibdi. Biror narsa bo‘lsa, hushyor bo‘l.
Chimin lol bo‘lib qoldi. U ikkalasidan ham birdek nafratlanardi.
— Voy, haqiqiy ritsar ekansan-ku! Uning o‘rniga xabarni o‘qibsan… Meni ham ogohlantiryapsan… Agar men qo‘ng‘iroq qilmaganimda-chi? Unda senga baribir bo‘larmidi? Axir bu sening muammong emas-ku, shundaymi?..
— Agar mening vijdonim bo‘lib olmoqchi bo‘lsang, vaqtingni bekorga sarflayapsan. Men o‘z aybim nimada ekanini sensiz ham bilaman.
— Jin ursin, rostdanmi? Bilasanmi?! Qoyil, naqadar aqlli ekansan! Unda bilasanmi, u o‘zini shunchaki foydalanib ketiladigan fohisha deb hisoblayapti? O‘zicha nimalarni o‘ylab topayotganini bilasanmi? U senga nima yomonlik qildi-yu, sen unga nega bunday munosabatda bo‘lding?! Umuman, nega unga yaqinlashding? Ayol kammi senga?! U sodda, mayli, lekin sen nima bilan o‘ylading? Shaharliklarning turli xil munosabatlarini solishtirib ko‘rmoqchi bo‘ldingmi? Qanday ekan — yoqadimi yoki yo‘qmi? Xo‘sh, natija qanday?
To‘g‘riso‘zlik Chiminning eng kuchli jihati edi. Nima ham qilardi, u bilan gaplashganda so‘z tanlashning keragi bormidi?
— Bema’ni gaplarni gapirma. Men undan kechirim so‘radim va hammasini tushuntirdim. Agar u menga biror gap aytmoqchi bo‘lsa, buni o‘zi qilishi mumkin. Sen emas.
— Nega endi mumkin emas? Sen kechirim so‘rading, endi hech narsani ortga qaytara olmaysan. Men esa qo‘ng‘iroq qilib, seni rosa haqorat qilishim mumkin. Xo‘sh, nima bo‘pti? Yoki sen bunday munosabatga loyiq emasmisan?
— Qo‘ng‘iroqdan maqsading nima? — Jungkook ish yuzasidan gapirayotgandek keskin va quruq ohangda so‘radi.
Chiminning jahli yanada chiqdi. U bu ablah Taehyung bilan ertalab qanday gaplashganini tasavvur qilgan sari yuragi ko‘proq og‘rirdi. Taehyung bularning hammasiga qanday chidadi ekan…
— Bilasanmi yaxshi odamlar yo‘lda sochilib yotmaydi. Qachonki rosa katta xato qilganingni tushunib, undan kechirim so‘rash uchun yugurib kelganingda men seni uning yoniga yaqinlashtirmayman. U sen kabi bir ablahni sevib qolishga muvaffaq bo‘ldi sening esa aqling faqat u bilan yaqinlik qilishga yetdi. Xullas, senga tilagim bitta Yomon yashagin senga eng yomon narsalarni tilayman.
Chimin telefonni o‘chirdi. Alam va g‘azabdan butun vujudi titrardi! Uning mehribon nozik Taehyungi hayot yo‘lida uchragan ikkita ablahga aslo loyiq emasdi. Bu adolatsizlik edi! Kerak bo‘lsa Chimin hammaning yoqasidan olardi.
Chunki hayotining eng og‘ir damlarida, Chimin hali aqlsiz va qo‘rqmas bo‘lib katta-katta balolarga aralashib yurgan paytlarida, uni har safar o‘sha balolardan aynan Taehyung qutqarib qolgan edi. Chimin avliyo emasdi. Aqlini yig‘ib olguniga qadar ko‘p xatolar qilgan. Endi esa Taehyung yordamga hech bo‘lmasa ma’naviy ko‘makka muhtoj bo‘lganida uning yonida turish navbati Chimingga kelgandi.
Atrofdagilarning hammasi xiyonat qilishi mumkin…
Xudoga shukurki, Taehyungning ko‘ngli aynimadi. Ammo uyg‘onganida o‘zini ezilgan va holsiz his qildi. Yana uzoq vaqt dush qabul qildi aspirin ichdi. Keyin buvisi ularga hangomadan keyingi holatni yengillashtiradigan sho‘rva tayyorlab berdi bobosi esa o‘zining damlamasidan ozgina quyib, aytishicha ahvolini yaxshilash uchun ichirdi.
Ular kun bo‘yi mushukchalar bilan karavotda yotib serial tomosha qilishdi. Yaxshilab ovqatlanishdi mors va sharbat ichishdi. Faqat kechqurun uy telefoniga qo‘ng‘iroq bo‘lib, buvisi go‘shakni ko‘tardi. So‘ng ularga Taehyungning onasi u bilan gaplashmoqchi ekanini o‘zi qo‘ng‘iroq qilayotganini aytdi. Ammo Taehyung u bilan gaplashishdan qat’iyan bosh tortdi. Bu oila bilan boshqa hech qanday aloqasi bo‘lishini istamasdi.
Ertasi kuni ular hovliga chiqib, quyoshda toblanishdi. Keyin tomorqaga borib rezavor mevalardan yeyishdi. Kechga yaqin Chimin yana sartaroshlik vazifasini o‘z zimmasiga oldi. Taehyung undan shokolad rangidagi soch bo‘yog‘ini olib kelishni so‘ragandi. Hatto buvisi ham uni fikridan qaytarish uchun yugurib chiqdi. Uning fikricha, bu bilan Taehyung o‘zini sindirishganini endi «oddiy odam»ga aylanganini ko‘rsatib qo‘yardi. Ya’ni uni ranjitgan odamlarga o‘zlarini haq deb his qilish imkonini berardi go‘yoki ular Taehyungni shu qadar qattiq xafa qilishganki, u boshqalardan ajralib turmaslik, ko‘zga tashlanmaslik uchun o‘zgarishga qaror qilgan. Vaholanki, bu shunchaki uning uslubiga xos emasdi qolganlarning hammasi oddiy bo‘lgani uchun emas.
Ammo Taehyungga o‘zgarish juda zarur edi. Chunki ko‘k sochlari unga o‘sha odamni eslatardi…
Xullas, sochlarini bo‘yashdi. Chimin uni qo‘llab-quvvatladi buvisi esa uning pushti sochlarini ham bo‘yab berdi. Bir soatdan keyin ikkalasi ham ko‘zguga qarab kashtanrang sochlarini tomosha qilishardi. Anchadan beri ishlatmagan, ko‘zga tashlanmaydigan sokin rang. Bu ham ularga biroz g‘amginlik olib keldi, ammo Chimin sochlariga dam berish kerakligini, keyin yana qandaydir «ko‘zni kuydiradigan» rangga bo‘yashlarini aytib, uni tinchlantirdi.
Shu kayfiyatda kechki ovqat uchun ayvonga chiqishdi. Aynan o‘sha paytda… hovliga Taehyungning onasi kirib keldi. Yolg‘iz o‘zi.
Taehyungning ich-ichigacha sovib ketdi. U ulardan hech kimni ko‘rishni ayniqsa o‘tmishni yana kavlashni istamasdi. Uni rad etishdi, tamom. Unga bu bema’ni achinish ham arzimagan uzrlar ham kerak emasdi…
— Bezovta qilganim uchun uzr. Yoqimli ishtaha. Taehyung, men sen bilan gaplashgani keldim… Iltimos, menga bir necha daqiqa ajrat. Sen bilan juda gaplashgim kelyapti…
Taehyung qovog‘ini solgancha navbatma-navbat unga, buvisiga va Chiminga qaradi. Chimin unga sekingina bosh irg‘adi go‘yo «Mayli, gaplash» degandek. Buvisi ham uning onasi bilan suhbatlashishini istardi. Taehyungning o‘zi esa uni shunchaki qo‘pol ravishda haydab yubora olmasdi. Faqat shu sababli ikkalasi uyga kirib mehmonxonadagi divanga o‘tirishdi.
Taehyung choy taklif qilmadi. Bunday choyxo‘rlikning ham keragi yo‘q edi.
Ayol uning yangi qiyofasiga mehr bilan, biroz g‘amgin qaradida gapni aylantirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri maqsadga o‘tdi. Buning uchun unga rahmat.
— Hammasi bunday tugagani uchun meni kechir… Men senga hech qachon yomonlikni ravo ko‘rmaganman! Shunchaki bir-biringizga yoqib qolishingizni istagandim… Ammo hammasi mana bunday bo‘lib ketdi…
— Siz hammasini bilasizmi? — Taehyungning ovozida hech qanday hissiyot yo‘q edi.
— Jungkook hech narsa aytmadi. O‘zim fahmladim…
— Uzr so‘rashingiz shart emas. Men sizdan xafa emasman.
Albatta, Taehyung xafa emasdi. Boshqa har qanday sog‘lom fikrlaydigan odam esa xafa bo‘lishi kerak edi.
— Jungkook senga aynan nima deganini bilmayman, lekin o‘ylashimcha, u gaplariga unchalik ehtiyot bo‘lmagan… Iltimos uni kechir. U o‘zi ko‘rinishni istagandek odam emas. Uni ham ranjitishgan, endi esa hech kimni o‘ziga yaqinlashtirmaydi. Ishon o‘rmondan qaytganida uning ahvoli juda yomon edi…
— U gaplariga ehtiyot bo‘ldi va mendan uzr ham so‘radi. Bularning hammasini menga aytishingiz shart emas.
Taehyung sovuqqon edi chunki oralarida masofa saqlamoqchi bo‘lardi. U endi ularning uyiga boshqa kelmaydi, keyin esa butunlay shaharga qaytib bu oilani unutadi. Shuning uchun shirin gaplarning keragi yo‘q edi.
— Sen unga yoqib qolding, buni men yaxshi ko‘rib turibman. Ammo u seni o‘ziga yaqinlashtirishdan qo‘rqadi. Seni istaydi, lekin ayni paytda qo‘rqadi. Unga vaqt kerak tushunyapsanmi? Hammasini anglab yetishi va qabul qilishi uchun. Hozir sen jahldorsan xafasan, meni tinglashni istamayapsan. Lekin sen allaqachon sevib qolgansan bunday tuyg‘uni yurakdan shunchaki sug‘urib tashlab bo‘lmaydi. Biroz vaqt o‘tadi, uni yana ko‘rging keladi sog‘inasan… Axir sen ham hammasi oson emasligini tushunasan. Chunki uning kichkina farzandi bor u esa yonida ishonchli inson bo‘lishini istaydi…
— Bu inson men emasman. Men yigitman. Shu bilan hammasi aytilgan.
Jungkook unga buni bir necha bor tushuntirgandi: ba’zan qo‘pol ba’zan esa muloyim tarzda.
— Oilamiz seni qabul qiladi… Ikkalangiz bir jins vakili ekaningiz biz uchun ahamiyatsiz. Muhimi orangizda tuyg‘u bo‘lsa bas. Qishloqdagi nodonlarning gapiga esa quloq solishning hojati yo‘q. Bizning qo‘rg‘onimizni ko‘rganmisan? U yerda hech kim senga tegina olmaydi Jungkook ham seni hech kimga xafa qildirmaydi. Men sening sadoqatli yigit ekaningni bilaman Jungkook ham biladi. Sen uning sobiq xotiniga umuman o‘xshamaysan. U bir kun kelib aqlini yig‘ib olsa iltimos, unga ikkinchi imkoniyat ber… Hozir bu yoqimsiz va og‘riqli lekin senga ham vaqt kerak…
— U aqlini yig‘ib olmaydi… U meni sevmaydi men buni bilaman! Ishonavering, buni juda yaxshi bilaman!
Taehyung lablarini qattiq qisib, alam bilan ovozini ko‘tardi. Uning jahli chiqishga ham, baqirishga ham haqqi bor edi.
— Sen hech o‘z oilangni qurish haqida o‘ylab ko‘rganmisan? — ayol kutilmaganda savol berdi.
— Axir bizning oilamizda senga yoqqan, shundaymi?
Sen ham shunday oilani istarmiding?
Tasavvur qil sening turmush o‘rtog‘ing va o‘g‘ling bor.
—Buni o‘ylaganingda nimalarni his qilasan?
—Hali ham shaharga qaytging keladimi?
Taehyung darhol javob bera olmadi.
Axir shaharda uni hech narsa ushlab turmasdi. Ota-onasi doim ishda. Uch yil davomida sevgilisining kvartirasida yashadi, endi esa mana qishloqda edi… Shaharga qaytsa, ehtimol Chimin bilan yashar. U joyini osongina o‘zgartirardi va yangi joyga xuddi shunday tez ko‘nikib ketardi. Shuning uchun, agar uni shu yerda qolishga ko‘ndirishsa…