Today

𝑿𝒂𝒓𝒐𝒃𝒂𝒅𝒂𝒏 𝑪𝒉𝒊𝒒𝒒𝒂𝒏 𝑲𝒊𝒚𝒐𝒗

10—bob

Keyin nima bo‘ldi?

So‘nggi paytlarda Jungkookning xatti-harakatlari kabi yana bir g‘alati holat yuz berdi. Xavf ortda qolgach ham Jungkook uning yonidan ketmadi. Goho quchoqlashga urinardi, goho qo‘lidan tutib olardi xullas, tinchlantirmoqchi bo‘lardi. Albatta, bularning bari yaxshi shubhasiz… Ammo Taehyung allaqachon tinchlangan, aqli ham joyiga kelgandi. Endi uni erkalab ovutish shart emas. Qolaversa tashqaridan juda g‘alati ko‘rinishardi Jungkook yuzida qandaydir iliq tabassum bilan Taehyung esa go‘yo ruhiy kasaldek birovning yordamidan bosh tortib, umuman, o‘zining og‘ir ahvolini tan olmayotgandek.

Ko‘z yoshlari allaqachon qurigan edi. Ayvonda dasturxon yozilgan. Jungkook xotirjam qahva ichardi Chimin unga teshib yuborgudek tikilardi Taehyung esa tirsagi bilan unga tegib ketmaslikka urinardi. Buvi bilan bobo esa hech narsadan bexabardek o‘zlarini ahmoqqa solib hech bo‘lmasa dimiqib ketgan muhitni biroz yumshatishga harakat qilishardi.

Kun allaqachon rasvo bo‘lganiga yana bir balo qo‘shilib, ularni yolg‘iz qoldirishdi. Jungkook hammaga gaplashib olishlari kerakligini aytgandi. Chimin na rozi, na qarshi edi. Axir uning saxovatpesha yordami uchun mas’uliyat ham o‘z zimmasida edi faqat shu sababli u ham ketdi. Holbuki, bir paytlar qishloqchasini to‘p o‘qidan ham yaqinlashtirmaslikka va’da bergandi…

Bir daqiqa noqulay sukunat cho‘kdi.

Taehyung u bilan yakkama-yakka qolishni orzu qilmagandi. O‘sha mash’um oqshomdagi dildan suhbatlar unga yetib ortgandi. Endi esa uning muammoli shaxsiga haddan tashqari ko‘p e’tibor qaratilayotgandi. Taehyung o‘zini qarzdordek his qilardi, ammo qanday minnatdorchilik bildirishni bilmasdi. O‘ylab qarasa, u Jungkookni yordamga ham chaqirmagan ediku… Unda nega o‘zini unga qarzdor deb hisoblayapti?

— Mm… Rahmat… tezda yetib kelganing uchun — dedi u noqulay sukutni birinchi bo‘lib buzib. Qishloqchisi esa uyat-andishasizlarcha unga tikilib o‘tirardi. Bu hatto Taehyungni bezovta qila boshladi.

— Nishonga qaratilgan miltiqni tortib olish mumkin emasligini bilasanmi?

Ana xolos! Taehyung bu yerda noqulaylikni yengishga urinayotgan bo‘lsa, u yana nasihat qilishni boshladi.

— Voy, sen qiziq odamsana! Taehyung chinakamiga e’tiroz bildirdi.

— Men sening hayotingni barbod qilishingni xotirjam kuzatib turishim kerakmidi?!

— Miltiq o‘qlanmaganini aytishni unutibman — dedi Jungkook go‘yoki mehribonlik bilan, ammo uning kinoya qilayotgani yaqqol sezilib turardi.

— Agar ichida o‘qlar bo‘lganida, birovni otib qo‘yishing mumkin edi.

— Ha, albatta. Keyingi safar xohlaganingni qilaver, menga baribir bo‘ladi — deb pishqirdi Taehyung va qo‘llarini ko‘ksida chalishtirdi.

— Keyingi safar? Muxlislaring haddan tashqari ko‘payib ketmayaptimi?

Bu qanday qarash o‘zi? Bu tushunarsiz kinoyali tabassum nimasi?

— Aytgancha, yordamingni tinmay o‘zing taklif qilyapsan. Men sendan so‘raganim yo‘q.

— Gap nimada? Men buning evaziga nimadir talab qilyapmanmi?

— Men umuman bu suhbat nimaga kerakligini tushunmayapman…

Taehyung asabiylashib lablarini qisdi. U bu gaplarni jiddiy qabul qilmoqchi emasdi, ammo beixtiyor hissiyotlarga berilib ketdi.

— Sen doim hammaga nima qilish kerakligini o‘rgatasan. Vaholanki, bu safar ahmoqlik qilgan o‘zing.

Jungkook uni ataylab mazax qilayotgani aniq edi. Faqat nima uchun? Hech narsadan hech qanday suhbat paydo bo‘ldi, Taehyung esa yana o‘z haq ekanini astoydil isbotlashga tushdi. Axir hech kimni otib qo‘yishmadi, hamma sog‘-omon xursand. Unda nimani talashish kerak?

— Unda senga Sanbomga munosabat qilgandek munosabatda bo‘lish kerak ekan-da: qo‘lingni yuv, sovuq yerda yotma o‘zingni yaxshi tut, ovqatlan.

— Bechora bola — Taehyung zaharxanda kulimsiradi. Jungkook ham unga xuddi shunday javob qaytardi. Bu yerda o‘zi nima bo‘lyapti?

— Rostdanmi?

— Albatta. U xuddi armiyadagidek buyruq bilan turadi buyruq bilan ovqatlanadi. Menimcha faqat sening ruxsating bilan o‘ynasa kerak. Hatto senga qarashga ham qo‘rqadi!

Biror e’tiroz topish kerakda. Vaholanki Taehyung sanab o‘tgan narsalar shunchaki tarbiya deb atalardi.

— Aksincha siz ikkovingizdan faqat Sanbom ko‘zimga tik qarashdan qo‘rqmaydi.

Juda aniq nishonga tegdi. Taehyung mag‘lubiyatni xotirjam qabul qildi, go‘yo bu gap unga umuman tegishli emasdek.

— …U ham xuddi senga o‘xshab ulg‘ayadi.

— Shundaymi? Qanaqa bo‘lib?

— Yaramas va gapga ko‘nmaydigan.

Jungkook sho‘x nigoh bilan uni kuzatib stul suyanchig‘iga suyanib oldi.

— Ajoyib fazilatlar. Yanachi?

— Qo‘pol.

— Erkak bo‘ladi. Yana?

— Kekkaygan.

— O‘z qadrini bilish kerak. Hozircha birorta ham yomon xislat topilmadi.

— Va zolim — deb yakunladi Taehyung ham stul suyanchig‘iga suyanarkan.

— Xotiram pand bermayotgan bo‘lsa, sen o‘g‘limga meni aqlli chiroyli va yaxshi odam deb aytganding. Bolalarga yolg‘on gapirasanmi? Uyalmaysanmi?

— Men o‘z otam haqida gapirgandim. Sen buni o‘zingga oldingmi?

Jungkook yana ko‘zlarini qisib xuddi Taehyungdek qo‘llarini ko‘ksida chalishtirdi. Bu bilan nimani ko‘rsatmoqchi ekanini tushunib bo‘lmasdi.

— Agar Sanbomni sen tarbiyalaganingda, ahvol juda ayanchli bo‘lardi.

— Men bolalar bilan juda yaxshi chiqishaman.

— Yaxshi chiqishish bilan tarbiyalash boshqa-boshqa narsalar. Sizning yotoqxonangiz doim to‘zg‘ib yotardi, u sen tufayli kech turadigan va dangasa bo‘lib qolardi. Yana boshqa qancha muammolar…

— Axir men uyda yig‘ishtirib-tartibga keltiramanku.

— Pol yuvishingni eslayman.

— Ana, ko‘rdingmi! Sen zolimsan! Odamlarning pol yuvishi ham senga yoqmaydi! Buning uchun ham, chamamda, maxsus diplom kerakdir? Nega birorta kelin nomzodi «suhbatdan» o‘ta olmasligini endi tushundim!

Ular yana me’yordan oshib ketishdi ammo Jungkookning jahli chiqmayapti. Aslida, uning o‘ziga bu suhbat qiziq. Chunki Taehyung endi oddiy «salom-alik» bilan kifoyalanmaydi buning ustiga, undan qochishga ham urinadi. Ammo mana shunday mavzular uni gapga soladi.

— Nega ekan? Juda qiziq.

— Ular harbiy bilim yurtida o‘qishmagan, pol yuvuvchi idish yuvuvchi oshpaz va ertalab turishga usta bo‘lish mutaxassisligini olishmagan. Yana boshqa nimalarnidir ham!

Jungkook qoshini zavq bilan ko‘tarib keng jilmaydi.

— Ertalab turish mutaxassisligi? Bu yangilik ekan. Unda nimaga o‘rgatishadi?

— Erta turishga.

— Buni yodda tutish kerak ekan. Sen tufayli nomzodlar ro‘yxati tobora qisqarib boryapti.

— Bechora qizlar sening qanchalik sinchkov ekaningni bilishmaydi.

Taehyung uning bog‘iga yana tosh otishda davom etdi. Nima bo‘pti! Kimningdir o‘ziga bo‘lgan bahosi haddan tashqari baland.

— Senchi bilasanmi?

— Ha bilishga to‘g‘ri kelgan. To‘g‘ri, uzoq davom etmadi, lekin bu ham yaxshi. Jungkookning tabassumi o‘zgardi biroz so‘ndi ammo yuzidan butunlay yo‘qolmadi. Nigohi esa xiralashdi. U suhbat beixtiyor o‘rmondagi ta’til mavzusiga borib taqalganini tushundi.

— Nahotki men shunchalik sinchkov bo‘lgan bo‘lsam? Uning ovozi mayinlashdi ammo nigohi hamon o‘tkir o‘zi esa bu suhbatga ochiqchasiga qiziqayotgandi.

— Boshqa istalgan qiz birinchi kechadayoq chiday olmay, sendan qochib ketgan bo‘lardi. Men esa senga chidab berdim.

— Boshqa istalgan qiz mening kulbamga kelgan bo‘lardi, deb kim aytdi?

Taehyung unga xuddi ahmoqqa qaragandek tikilib qotib qoldi. Chunki bunday gapni faqat ahmoq aytishi mumkin edi.

— Albatta, boshqa istalgan qiz o‘rmonni yaxshi bilgan bo‘lardi va chiqish yo‘lini darrov topardi.

— Sening «boshqa istalgan qiz» haqidagi tasavvuring ancha buzilgan ekan. U men bilan katta mamnuniyat bilan ketgan bo‘lardi.

— O‘zing yaxshi bilasan. Ko‘pchilik sen bilan borganmi?

Taehyung bu ma’lumot unga ortiqcha ekanini, ehtimol, yana yuragini og‘ritishini tushunib turardi. Ammo o‘zini to‘xtata olmadi.

Yashirin savol esa shunday edi «U yerda mendan boshqa birov bilan ham tun o‘tkazganmisan?»

— Yolg‘iz bo‘lishni afzal ko‘rardim.

Taehyung o‘z savollari bilan haqiqatan ham jarlik yoqasida yuribdi.

— Afzal ko‘rarding? Xo‘sh nima o‘zgardi?

— Bir kuni o‘zim bilan bir ziyolini olib ketganman.

— Unda endi o‘zing bilan hamroh olib yurarkansanda.

Taehyung soxta tabassum qildi. Shu tariqa unga zarracha ham og‘rimaganini umuman olganda ular shunchaki do‘stlarcha Jungkookning kelajagini muhokama qilayotganini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi.

— Ha shunday desa ham bo‘ladi.

Mana endi qattiq og‘ridi. Ammo baribir tabassumini saqlab, o‘z rolini oxirigacha ijro etmoqda. Bugun negadir haddidan oshib ketdi. Nima keragi bor edi? O‘ziga aloqasi bo‘lmagan erkakka uning shaxsiy ishlariga aralashib noo‘rin e’tirozlar bildirishning nima keragi bor?

— Hoy hech bo‘lmasa yolg‘on gapirsang bo‘lardiku!

U hatto chinakam ahmoqdek xixolab kuldi. Axir boshqalar uni shunday deb hisoblashardi. Jungkook esa bunga hech narsa demadi. Endi so‘roq qilish navbati unga keldi.

— Hayot uchun qanday rejalaring bor?

— O‘qishga kirishga tayyorlanaman biror joyda ishlayman…

— Qaysi yo‘nalishga kirmoqchisan?

— Hozircha bilmayman…

— Qanday ishda ishlamoqchisan?

— Hali ish e’lonlarini ham ko‘rib chiqqanim yo‘q…

Jungkook uning yangi hayot boshlashga bo‘lgan ishtiyoqini ko‘rib mehr bilan kulimsiradi.

— Hammasi tushunarli.

U o‘rnidan turdi. Yana ortiqcha gapirib qo‘yishidan oldin ketgani ma’qul.

— Aytgancha onamning tug‘ilgan kuni yigirma beshinchi sanada. U sizlarni taklif qiladi. Umid qilamanki uning taklifini rad etmaysan.

Ularning uyiga yana borib, xursand odamdek ko‘rinish istiqboli unchalik quvonarli emasdi. Ammo ehtimol, bu Chon oilasi, Sanbom bilan bo‘ladigan so‘nggi uchrashuvdir… U yerga borgisi kelmasa ham, butun oqshom amalga oshmagan muhabbatiga hasrat bilan tikilib o‘tirishiga to‘g‘ri kelsa ham, taklifni rad eta olmaydi. Shunchaki indamay ketib qololmaydi. Axir bu odamlar unga begona emas…

Baribir Jungkookni oxirgi marta ko‘radi…

Jungkook esa xayrlashayotib, unga yelkasidan tegdi. Bu unga xos bo‘lmagan darajada samimiy xayrlashuv edi. Taehyung ortiga o‘girilib, uning ketishini kuzatdi. Yana xayollarga cho‘mdi…

Shaharlik yigitlar poytaxtga qaytishdi. Yo‘q hozircha butunlay emas, axir yoz tugashiga hali bir yarim hafta bor. Ularning shaharda o‘z ishlari bor edi. Chimin ota-onasi bilan nimanidir hal qilib yuribdi Taehyung esa onaxon va barcha bolalar uchun sovg‘alar tanlayapti.

Xullas, onaxonga u qo‘lda yasalgan katta malaxit toshi o‘rnatilgan uzuk sotib oldi. Ehtimol, u buni taqmas, ammo uzuk unga juda mos tushardi. Katta oilani birlashtirib, unda hamjihatlik va mehr-muhabbatni saqlab kelayotgan shunday dono ayolga, albatta ulkan toshlar yarashadi bu uning ulug‘vorligini ifodalaydi.

Bolalarning har biriga bittadan o‘yinchoq oldi. Sanbomga ham aniqrog‘i mister Sallivanga. Unga qo‘shimcha ravishda konfet shaklidagi qutichada shirin sovg‘a ham oldi. Taehyung Jungkook unga ko‘p konfet yeyishga ruxsat bermasligini aniq bilardi. Umuman olganda, Chonlar oilasida istagan paytda shirinlikni olib yeyish odat tusiga kirmagan faqat choy bilan. Bu esa «Shalli»dan yana bir kichik imtiyoz edi. So‘nggi sovg‘a sifatida.

Shuningdek, shahardagi kvartirasida Taehyung bayram uchun kiyim tanladi, sochlarini tartibga keltirish va to‘q shokolad rangini yangilash uchun sartaroshxonaga bordi. Albatta, sevimli manikyur ustasining oldiga ham kirib o‘tdi. Har doimgidek, unga erkaklar uchun parvarish muolajasi qilishdi va tirnoqlariga shaffof lak surtishdi. To‘g‘risi, na usta, na Taehyung o‘zini tiyib tura oldi: nomsiz barmoqlarga yurakcha shaklini ham qo‘shishdi. Yaxshilab tikilmasang hatto ko‘rinmaydi ham.

Oxirgi navbatda lazer epilyatsiyasi turardi. Albatta, qishloqda o‘tkazgan vaqti davomida u ancha o‘zgargandi ammo boshqa odamga aylanib qolmadi. O‘ziga qarash unga hamon yoqardi. U o‘zini aynan shundayligicha yaxshi ko‘radi.

Kvartirasida bir kecha tunab yana qishloqqa jo‘nab ketdi. Buni qanday tushuntirish mumkin… U sukunat va yam-yashil kengliklarga ko‘nikib qolgandi. Shaharda o‘zini qandaydir noqulay his qilardi, shu bois u yerda uzoq qolmadi.

Ikki kundan keyin Chimin ham yangilanib ancha tetiklashgan holda yetib keldi: zamonaviy soch turmagi, malla sochlar va qishloq jamiyatida yana bir bor geyona kayfiyatni tarqatadigan ko‘rinish. Kechqurun uchun bir shisha vino ham olib kelibdi. Qoyilmaqom!

Ertaga onaxonning tug‘ilgan kuni. Shu sababli u yana bir bor qo‘ng‘iroq qilib barcha Kimlar kelish-kelmasligini (ularning sodiq do‘sti Endjel bilan birga) aniqlashtirdi.

«X» kuni ham yetib keldi. Yigitlar uzoq vaqt karavotda cho‘zilib yotishdi. Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, kun bo‘yi quyoshli bo‘lishi kutilayotgandi. Ochiq derazadan mayin, salqin shabada esar, tonggi quyosh hali jazirama qilmas qushlar sayrardi.

Chimin uyg‘onish uchun karavotdan boshini pastga osiltirib yotardi Taehyung esa xuddi shu maqsadda quloqchin orqali musiqa tinglardi. To‘g‘risi, unchalik yordam bermayotgandi.

Gap shundaki ular onaxonning bayram kunida uni bezovta qilmaslik uchun ayollarga dasturxon yozishda yordam berishga va’da berishgandi. Bu paytda buvi bog‘da guldasta uchun gullar uzayotgan, bobo esa ularni uyg‘otish uchun kelgandi. Xohlaysanmi-yo‘qmi baribir turish kerak. Avval nonushta qilish, keyin kiyinish so‘ng o‘zlarini tartibga keltirish kerak edi. Taehyung yoqasiz oq ko‘ylak va bej rang shim kiydi na haddan tashqari ko‘zga tashlanadigan na juda kamtarona.

Soat birlarda bobo ularni olib bordi. Bu paytga kelib erkaklar tushlikdan so‘ng allaqachon ketishgan yuvilmagan idishlar tog‘dek uyulib, muzlatkich esa oziq-ovqatga to‘lib yotardi.

Birinchi navbatda onaxonning oldiga borib sovg‘alarini topshirishdi. Buvi unga allaqachon beshinchisi bo‘lgan guldastani berdi. Chonlarning onasi bugun juda chiroyli edi ko‘ylak kiygan, yengil pardoz qilgan nihoyatda baxtiyor va har doimgidek xushmuomala. Keyin u barchani jumladan Taehyungni ham quchoqlab chiqdi. Uning qulog‘iga kelganidan juda xursand ekanini va yordami uchun minnatdorligini pichirladi. Bu juda yoqimli edi.

Bolalarni uxlatib qo‘yishgandi shu sababli ularga sovg‘alarni topshirishni keyinroqqa qoldirishdi.

Shundan so‘ng dasturxonni yig‘ishtirish, idishlarni yuvish va yana bitta stolni ko‘tarib kelish ishlariga kirishishdi. Keyin salatlar tayyorlashga tushishdi. Buni Chimin bilan Taehyung qilishdi, chunki boshqa hech narsani eplashmasdi. Ayollar esa oilaviy retseptlari bo‘yicha go‘shtni duxovkada pishirishar gazaklar va boshqa taomlarni tayyorlashardi.

Chimin o‘z musiqalarini qo‘ydi. Zamonaviy qo‘shiqlar sadolari ostida vaqt qanday o‘tganini ham sezmay qolishdi.

Kunning to‘rtinchi soatiga yaqinlashgan bo‘lsada ovqat tayyorlash ishlari hamon davom etardi. Taehyung dasturxon yozib, kerakli miqdorda stullarni joylashtirdi idish-tovoqlarni terib chiqdi. So‘ng gullar solingan barcha vazalarni oshxonaga olib o‘tdi. Oxirgi vazani bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirayotganida, parda yonida turib qolib, yuragi ko‘kragidan chiqib ketay dedi!

Ostonada, ravoq ustuniga suyanib, fermadan endigina kelgan Jungkook turardi. Bugun havo issiq bo‘lgani uchun u oddiy futbolka va shimda, qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib olgandi. Taehyungni kuzatardi. Qancha vaqtdan beri?

— Seni faqat o‘limga yuborish kerak ekan.

Jungkook yana o‘z odatiga ko‘ra uni mazax qildi. Kutilmaganda paydo bo‘lganidan dovdirab qolgan Taehyung vazani darhol qo‘ydi. Endi interyer bezagi haqida bosh qotirishga hojat yo‘q edi. Uning yagona maqsadi bu yerdan qochish.

— Salom. Qo‘rqitib yubording — dedi u dadil va beparvo ohangda, ayni paytda Jungkookning yonidan o‘tib ketarkan.

Tabiiyki, fermadan kelgani uchun undan o‘ziga xos hid anqirdi. Ammo Taehyungning dahshatiga qarshi o‘laroq, bu unda kerakli darajadagi jirkanish hissini uyg‘otmadi.

— Asalaridek mehnat qilyapsan. Qarab ko‘rishga ko‘z quvonadi.

— Ha-ha— dedi Taehyung tund qiyofada. Hatto ortiga qaramay, yo‘lida davom etdi. Qishloqi yigit uning ortidan ergashish uchun erinmadi holbuki, o‘zi ham og‘ir jismoniy mehnatdan rosa charchagan edi.

— Mana senga «ha-ha». Bugun hammomimiz borligini unutma.

Jin ursin, Taehyung bu haqda hatto o‘ylab ham ko‘rmagandi. U hammomga borishni istaydiganlar ro‘yxatining eng oxirida turardi.

— Xo‘sh nima bo‘pti?

— Nima bo‘lardidi. Siz, ikki nozikta’b xonim, biz bilan kirsangiz supurgi bilan savalanasiz.

Taehyung baribir to‘xtadi. Jungkook nimaga sha’ma qilayotganini darrov tushunmadi. Sir bo‘lmasa uning o‘zi ham hammomga borishni rejalashtirmagandi. Ayniqsa, kimningdir oldida hislari alanga olib o‘sha odam bilan yaqinlikni boshdan kechirganidan keyin. Ularning yalang‘och holda bir xonada o‘tirishlari mumkin emasligi aniq edi. Eski xotiralar ta’sirida yana nimalar yuz berishi mumkinligini kim biladi? Chimin ham bormagani ma’qul u hammomsiz ham ancha qizishib yuradigan yigit.

— Bu qanday tahdid?

— Shundaymi?

Taehyung qoshlarini chimirib unga qovoq ostidan qaradi.

— Men baribir borishni rejalashtirmagandim.

Jungkook xirgoyi qilib qo‘ydida Sanbomni uyg‘otish uchun ikkinchi qavatdagi yotoqxonaga chiqib ketdi.

Davon tushuntirishicha avval bolalarni cho‘miltirish kerak, keyin istagan ayollar kirishadi. Erkaklarga esa bunday hordiq doim yoqadi. Qolaversa, ular hammomni faqat dam olish kunlari bir marta yoqishar qolgan kunlari esa dush qabul qilishardi.

Yana Davon ba’zan juft-juft bo‘lib ham kirishlarini aytdi. Shunda, emishki ish tezroq bitarkan.

Taehyung bu gapning ma’nosini xayolida davom ettirib, hatto qizarib ketdi. Bunday ma’lumot unga mutlaqo ortiqcha edi.

Keyin Jungkook Sanbom bilan birga tashqariga chiqdi. Ikkalasi ham xalat kiyib olgandi. Sanbom esa baribir Taehyungni ko‘rib qoldi-yu, darhol hayratdan ko‘zlarini katta ochdi. Otasining qo‘lida tipirchilab yelkasiga shapillatib urar baland ovozda qayta-qayta Salli kelganini aytardi.

Taehyung uning oldiga bormasdan turolmadi. Sanbom esa darrov uning qo‘liga o‘tishni so‘radi. Yonoqlaridan o‘pib bo‘ynidan mahkam quchoqladi. Taehyung yaxshi ko‘rib qolgan, quloqchalari bor o‘sha xalatini yana kiyib olgandi.

— Aziz Shalli, biz bilan bo‘r! — Voy qanday yoqimtoy! Ammo ba’zan uning gaplarini eshitib, nima deyishni bilmay qolasan. Ular eshik oldida turganlarida Jin ham yetib keldi. U o‘z bolalarini ham ular bilan birga cho‘milishga shoshiltirardi.

— Dadajon mumkinmi?

Jungkook… Go‘yo ataylab Taehyungning asablarini o‘ynayotgandek edi.

— Salli o‘zi qaror qilsin.

«Aqling joyidami?» — degan savol Taehyungning nigohida yaqqol aks etardi.

— Dadajon ruxsat berdi. Yur! U yerda o‘rdakchalar bor!

U rezina o‘rdakchalarni nazarda tutgandi.

— Men allaqachon cho‘milib bo‘ldim. Ko‘ryapsanmi kiyimimni ham kiyib oldimku?

Jungkook, mayli, bu safar hazilni davom ettirmadi. O‘g‘lini yana qo‘liga olib Jinni kutdi. Rostini aytganda ularga u yerda Salli kerak emasdi (ya’ni aynan biror kishining davrasida).

— Men tezda qaytaman. Meni kutib tur, xo‘pmi?

— Xo‘p, xo‘p, o‘g‘lim, yur. Keyin yana ko‘rishasan.

Shunday qilib ular jo‘nab ketishdi.

Bu orada ayollar ham hammomga borishga hozirlik ko‘rishardi. Ular bilan birga kenja qizaloq va Hosokning qizi ham bor edi.

Butun shu jarayon davom etayotgan paytda Taehyung bilan Chimin tebranma ayvondagi o‘rindiqqa cho‘zilib dam olishdi.

Tez orada uy mehmonlarga to‘lib ketadi. Yungi xotini bilan uning ota-onasi rais o‘g‘li bilan shuningdek onaxonning shahardan kelgan singlisi va ukasi. Baliqchi, tabiiyki, endi taklif etilganlar ro‘yxatida yo‘q edi. Albatta, Kimlar oilasi va Chimin ham kelishadi. Bu yerda o‘ttizga yaqin odam bo‘ladi! Dahshatku! Ular hali hamma taomni tayyorlab ulgurishmagan. Yaxshiyamki aqlli ayollar kechadan boshlab ayrim narsalarni to‘g‘rab muzlatkichga joylab qo‘yishgan. Chimin bilan Taehyung esa bu yerda ta’bir joiz bo‘lsa besh qo‘lday begona edilar. Ammo taklif qilishgan ekan…

Vaqt o‘tdi. Ayollar cho‘milib chiqishdi mehmonlar ham asta-sekin kela boshladi.

Chimin «supurgi professori» bilan to‘qnash kelmaslik uchun oshxonaga kirib ketdi. Taehyung esa yo‘lakda hammomdan keyin qizarib, kayfiyati chog‘ bo‘lib chiqqan Sanbomni uchratdi. Ayni paytda unga va boshqa bolalarga sovg‘alarini topshirdi.

Sanbomning yuzida tabassum paydo bo‘ldi hatto uyalib ham ketdi! Keyin esa konfetlarni shunchaki yeyish mumkin emasligini rostini aytib tan oldi. Taehyung esa u bilan birga bo‘lsa mumkinligini aytdi. Kishani qo‘liga olib ular yotoqxonaga yashirinishga qaror qilishdi. Taehyungning fikricha otasi allaqachon biror joyga ketgan bo‘lishi kerak edi.

Xo‘sh nima bo‘ldi deysizmi? Bu to‘liq muvaffaqiyatsizlik edi! Ular hali jinoyatni sodir etishga ham ulgurmay ostonadayoq qo‘lga tushishdi.

Jungkook hamon karavotda yotardi (xalatda!) ular xonaga kirgan zahoti bir ko‘zini ochdi. Kisha darhol Taehyungning qo‘lidan sakrab tushdida Hunterdan ham tezroq xonadan otilib chiqib ketdi.

Sanbom lablarini cho‘chchaytirib begunoh ko‘zlarini pirpiratdi. Taehyung esa aybdor ahvolga tushganini anglab zo‘rg‘a tabassum qildi.

Endi ikkovlarini ham har tomonlama rosa koyishsa kerak.

— Men tushunmadim.

U qornida yotgancha qo‘llarini yostiq ostiga tiqib olgandi. Ko‘rinishidan, dam olayotgan edi.

— Sendan hatto mushuk ham qo‘rqadi.

Eng yaxshi himoya hujum. Sanbom ham ma’qullagandek bosh irg‘adi.

— Dadajon kishaga jahli chiqyapti.

— Agar mushuk o‘zining to‘kilgan junlarini yig‘ishtirib yursa balki u bilan til topisharmiz.

— Bizga aralashma. Axir biz senga aralashmayapmizku to‘g‘rimi, Sanbom?

Sanbom o‘zini himoyalangan his qilib, yana bosh irg‘adi va dadasiga mushtini ko‘rsatdi.

— Mayli unday bo‘lsa, men sizlarga aralashmayman. Sanbomni o‘zing kiydirasan.

— Bemalol.

— Qani boshlay qol.

Sanbom xursand bo‘lib komoddagi o‘z tortmasini ko‘rsatdi. Ular esa tomoshabinning norozi nigohi ostida mamnuniyat bilan hamma narsani ag‘dar-to‘ntar qilishdi. Taehyung yerda o‘tirgancha bir narsani olib, boshqasini ko‘zdan kechirardi. Sanbom esa konfetlar solingan qutini titkilardi chunki bu juda qiziqarli edi.

— Hammasini polga to‘kib yubor shunda ko‘rinishi osonroq bo‘ladi.

Xe-xe, ataylab dadasining jig‘iga tegish uchun. Axir u suyak-suyagigacha ozodalikni yaxshi ko‘radigan odam!

Konfetlar har tomonga sochilib ketdi kiyimlar esa ag‘dar-to‘ntar qilindi. Taehyung Sanbomning sochlarini tarab, uzun jingalaklarini quloqlari ortiga qistirib qo‘ydi. Nihoyat unga mos kiyim topdi kombinezon va yo‘l-yo‘l futbolka.

Xalatini yechgan Sanbom quyondek jilmayib o‘zining yoqimtoy qornichasini ko‘rsatdi.

— Pupa.

Bolalar tilidan tarjima qilganda kindik degani. Taehyung mehrdan yorilib ketay dedi. Ammo Sanbom uni hayratda qoldirishda davom etdi.

— Dada bilan menda filcha (cöcoq) bor. Dadamda mana bunaqa…

Jin ursin Sanbom kimning «filcha» qanchalik katta ekanini qo‘llari bilan ko‘rsata boshlaganida Taehyung uyatdan ingrab yuborishiga sal qoldi. Uning nimani nazarda tutayotganini tushunish qiyin emasdi.

— Menda esa bunaqa. Senda qanaqa?

— O‘g‘lim bunday narsalarni aytish mumkin emas — degan ovoz yostiq ostidan eshitildi.

Jungkookka esa zarracha ham parvo emasdi. Taehyung haqida bunday deb bo‘lmasdi. U o‘zining filchasi (cöcoği) qanday ko‘rinishini kechagidek eslardi! Kimdir yordam bersin!

— Jin amakida esa ma-a-na bunaqa…

— Sanbom jim!

— Dadajon kishaga jahli chiqyapti!

Taehyung uning og‘zini kafti bilan yopib yana xotirjamlik bilan tushuntirishga kirishdi.

— Sanbom filchani (cöcoqcasini nazarda tutgan) mana bu yerga yashirish kerak.

U bolaga ichki kiyimini kiydirdi.

— Hech kim ko‘rmasin. Hech kimga ham aytma. Bu sening siring.

Sanbom hammasini tushunganini bildirib bosh irg‘adi va o‘zi kiyina boshladi. To‘g‘ri Taehyung uning kiyimlarini chiroyli qilib to‘g‘rilab qo‘ydi axir u haqiqiy kelishgan yigit bo‘lishi kerak edi.

Karavotdan bo‘g‘iq ovoz eshitildi.

— Paypoqlar ham.

Paypoqlarni ham topib hatto kombinezonining pochalari ustidan kiydirishdi. Sanbom otasi oldida u yoqdan bu yoqqa aylanib ko‘rsatdi ikkita konfet yediyu shirinlik tanlashni bas qildi. Xullas ular mehmonlarni zabt etishga tayyor. Endi sayrga chiqsa ham bo‘ladi.

— Ko‘chaga chiqishi mumkin emas.

Go‘yo Taehyungning xayolidan o‘tgan fikrni o‘qigandek, Jungkook yana gapga aralashdida o‘rnidan turdi. Taehyung uning tomonga qaramaslikka urinardi.

— Faqat hammomdan keyin. Shamollab qoladi.

— Xo‘p mayli…

Shu payt eshik taqilladi va ostonada onaxon paydo bo‘ldi. Ularning barchasini birga ko‘rib yuzida nurli tabassum paydo bo‘ldi.

— Hamma kelib bo‘ldi. Hammomga bor— dedi u Jungkookka.

Jungkook darhol o‘rnidan turdi va Taehyungga yuzinchi marta navbatdagi qoidani tayinlashni ham unutmadi

— Mabodo mushukning izini ko‘rsam…

— Dumingga urasanmi? — deb ayyorona so‘radi Sanbom.

— Urаman.

— Shalliga hammi?

Jungkookning nigohi avval Taehyungga, keyin konfetlarga so‘ng komodga ko‘chdi.

— Albatta.

Nima?..

Taehyung yana dong qotgancha uning ortidan qarab qoldi. Yo Jungkook nimanidir noto‘g‘ri yeb qo‘ygan yo uning o‘rniga boshqa odam kelgan. Har ikki holatda ham jabr ko‘rayotgan yagona odam Taehyung.

Unga «dumba»siga qanday urishganini juda yaxshi eslaydi. Bu esa mutlaqo jazo uchun bo‘lmagan…

Xudoyim bu kun qachon tugaydi o‘zi?!

Taqiqlanganiga qaramay bolani xursand qilish uchun kichkina sho‘xlik qilib Taehyung mushukni tutib oldi. Shunday qilib uchovlon birga yotishdi. Sanbom mushukning junlarini teskari tomonga silab «kisha» va Hoseokning qizi bilan qanday sayr qilishlarini gapirib berardi.

Taehyung esa sezdirmay yuzini yostiqlarga bosib Jungkookning hididan nafas olardi. Yostiqlardan biri Jungkook hozirgina yotgan hali namligi ketmagan yostiq gel hidini taratardi. Umuman olganda xona juda yoqimli hidga to‘la edi tumbochka ustida xushbo‘y moy solingan idish va unga botirilgan tayoqchalar turardi.

Jungkook haqiqatan ham hamma narsaning toza va ozoda bo‘lishini yaxshi ko‘radi, Sanbomni ham shunga o‘rgatadi. Taehyungka esa bu jihati la’nati darajada yoqardi…

Yana qo‘lga tushib qolmaslik uchun ular mushukchani ham olib boshqalardan ertaroq chiqib ketishdi va dasturxon atrofidan joy olishdi. Chimin ularni tezda topdi. Yonlariga o‘zini tashlab o‘tirar ekan shovqin bilan xo‘rsindida Taehyungning qulog‘iga hozirgina yuz bergan voqeani shoshib-pishib aytib bera boshladi.

Gap shundaki, pichan ishlari professori raisning o‘g‘li uni ayvonda poylab turibdi-da, unga she’rlarni ifodali qilib o‘qib bera boshlabdi. Chiminning g‘azab bilan ta’kidlashicha bu she’rlar sevgi haqida ekan.

U esa fonar ustunidek qotib turib, ko‘zlarini katta-katta ochib unga tikilgancha qolibdi. Chimin uchun bu mutlaqo yangilik edi!

Taqiqlanganiga qaramay bolani xursand qilish uchun kichkina sho‘xlik qilib Taehyung mushukni tutib oldi. Shunday qilib, uchovlon birga yotishdi. Sanbom mushukning junlarini teskari tomonga silab «kisha» va Hoseokning qizi bilan qanday sayr qilishlarini gapirib berardi.

Taehyung esa sezdirmay yuzini yostiqlarga bosib Jungkookning hididan nafas olardi. Yostiqlardan biri Jungkook hozirgina yotgan hali namligi ketmagan yostiq gel hidini taratardi. Umuman olganda, xona juda yoqimli hidga to‘la edi tumbochka ustida xushbo‘y moy solingan idish va unga botirilgan tayoqchalar turardi.

Jungkook haqiqatan ham hamma narsaning toza va ozoda bo‘lishini yaxshi ko‘radi, Sanbomni ham shunga o‘rgatadi. Taehyungka esa bu jihati la’nati darajada yoqardi…

Yana qo‘lga tushib qolmaslik uchun ular mushukchani ham olib boshqalardan ertaroq chiqib ketishdi va dasturxon atrofidan joy olishdi. Chimin ularni tezda topdi. Yonlariga o‘zini tashlab o‘tirar ekan shovqin bilan xo‘rsindida Taehyungning qulog‘iga hozirgina yuz bergan voqeani shoshib-pishib aytib bera boshladi.

Gap shundaki, pichan ishlari professori raisning o‘g‘li uni ayvonda poylab turibdida unga she’rlarni ifodali qilib o‘qib bera boshlabdi. Chiminning g‘azab bilan ta’kidlashicha bu she’rlar sevgi haqida ekan.

U esa fonar ustunidek qotib turib ko‘zlarini katta-katta ochib unga tikilgancha qolibdi. Chimin uchun bu mutlaqo yangilik edi!

— Shunaqa o‘ychan qiyofa yasadimki! Axir meni bilasan-ku she’rdan mutlaqo bexabarman! U esa, tushunyapsanmi la’nati, tuganmas zaxiraga ega ekan! Men unga «Mersi-tujur-bukur», deb har xil gaplarni aytaverdim!.. U qo‘limga intilib, barmoqlarimdan o‘pdi! Barmoqlarimdan, eshityapsanmi?! Go‘yo «Apollon, o‘pishing mumkin bo‘lgan yumshoq joylarim shunchalik ko‘pki…» degandek. Xullas, madaniy shokka tushdim! Yana unga «Senkyu veri mach, ay sou in d’eksayted!» dedim!.. Va!..

Taehyung keng tabassumini yashirishga urinib, qah-qah otib yubormaslikka harakat qildi. Sanbom ularning gaplarini eshitmayotgan edi eshitgan taqdirda ham baribir hech narsani tushunmasdi. U otasi tanbeh bermaguncha sekingina burnini kavlab o‘tirardi.

— Keyinchi?

— Men uni o‘pib tashladim!

Taehyung qoshlarini ko‘tarib, ko‘zlarini katta-katta ochdi. Chimin esa bosh irg‘adi ha ha rosa ehtiros bilan o‘pganini bildirdi.

— Men uning shunchaki kichkina qalampiri bor shuning uchun atrofimda aylanib yuribdi deb o‘ylagandim… Ammo la’nati…

— Nima?..

Taehyung hayajonli uchrashuv haqidagi hikoyaga butunlay berilib ketdi, qiziqishdan joyida qimirlab qo‘ydi. Chiminning ko‘zlari yonib turardi.

— U meni bosh terim bilan qo‘shib yutib yuboray dedi! Hali ham yonib ketyapman!

— Keyin-chi?..

— Hech narsa! Keyin peshonamdan o‘pib, ham tanam, ham qalbim go‘zal ekanini aytdi… Dahshata? Yana, iqtibos keltiraman «Asaldek shirin bo‘sang uchun rahmat», dedi. La’nati voqea…

Taehyung baribir kulib yubordi, lekin ularga hech kim unchalik e’tibor bermadi. Hamma oshxonaga yig‘ila boshlagan edi. Keyin Taehyungning yonidagi bo‘sh stulga kimdir kelib o‘tirdi. Taehyung esa hamon «xi-xi», «xa-xa» qilib baxtdan boshi osmonda edi… Beixtiyor boshini burdi…

— Qanaqa voqea ekan? Birgalashib kulamiz.

Jungkook.

Chimin darhol jim bo‘lib qoldi, qishloqi yigit haqida boshqa bir og‘iz ham gapirmadi. U hanuz Jungkookka ishonchsizlik bilan qarardi ammo buni odob yuzasidan ichiga yutardi. Keyin esa umuman tili kalimaga kelmay qoldi uning yoniga xushmuomala tabassum bilan Namjoon kelib o‘tirdi va go‘yo ular anchadan beri ko‘rishmagandek salomlashdi. (Ya’ni, o‘pishmagandek.)

— Hammom qanday o‘tdi? —

Mavzuni chaqqonlik bilan o‘zgartirgan Taehyung uning kiyimlariga ko‘z yugurtirdi: yenglari shimarilgan yupqa oq kofta va qora jinsi shim. Hammasi oddiy ammo Jungkookda bunday ko‘rinishni ko‘rishga odatlanmagan edi. Undan yoqimli hid kelardi Taehyung buni ham payqadi. Yuragi yana hapqirib ketdi.

— Uy egasi joyida.

Taehyung uning yelkasiga turtib qo‘ydi.

— Aytgancha, ko‘rpacha ustidagi junlar qayerdan paydo bo‘lganini aytib bermaysanmi?

Yana turtib qo‘ydi.

— Nazorating bilan jonga tegding.

— Ko‘nikaver.

Yana o‘sha qiyshiq qarash. Taehyung bunga e’tibor bermadi. Jungkook, chamasi, bugun oyog‘ini noto‘g‘ri qo‘yib turgan edi. Boshqa qanday izohlash mumkin?

Taehyung endi u bilan boshqa gaplashmadi. So‘ng bayramning tantanali qismi boshlandi: hamma onaxonini tabriklab sovg‘alar topshirdi tinmay vino yoki undan kuchliroq ichimliklar solingan qadahlarni ko‘tarishdi. Masalan, Chimin konyakni xo‘plab ichardi Taehyung uy vinosidan, Sanbom esa sharbatdan ichardi. Jungkook onasining sog‘lig‘i uchun bir-ikki marta qadah ko‘tardiyu keyin boshqa spirtli ichimliklarga qo‘l ham urmadi. Qaranga naqadar tartibli odam!

Hammasi juda mazali edi. Dasturxon atrofida qiziqarli mavzularda suhbatlashishar kulishar sovg‘alarni ochishardi. Sanbom zerikib qoldi Taehyung esa u bilan kaft urishtirib o‘ynadi. Qadahlar ko‘tarilganida, u ham boshqalar qatori ichardi. Toki bir payt Jungkook uning qadahini chetga olib qo‘ymaguncha.

— Senga yetadi.

Bu qanday buyruq ohangi? Taehyung Jungkookdan hayratlanishdan to‘xtamasdi. Bu esa uning g‘ashiga tegardi.

— Nega yonimga kelib o‘tirdingu meni nazorat qilyapsan?

— Boshqa safar mast bo‘larsan.

— Men mast bo‘lmayapman.

— Mast bo‘lishingning asosiy sababi ham shu.

— Nima?

— O‘zingni hushyorman deb ishontirishing.

— Meni tinch qo‘ysang-chi!

Mayli, Taehyung boshqa ichimlikka qo‘l urmadi ammo rosa ovqat yedi. Sanbom esa ko‘p odam va ularning shovqinli ovozlaridan charchab, uning tizzasida uxlab qoldi. Bolalarning hammasini allaqachon yotqizish uchun olib ketishgandi. Jungkook ham o‘g‘lini olib, ehtiyotkorlik bilan beshigiga yotqizdi. Kattalarga esa hali uzoq vaqt o‘tirishga to‘g‘ri kelardi.

Qirq yoshdan oshganlarning hammasi ancha-muncha ichib qo‘yishdi. Onaxon esa qadah ko‘tarishga majburlardi axir hali hamma shishalar ochilmagan emish ichimlikni qoldirish yaxshi emas ekan. Keyin tortlar ham olib kelishdi shunaqangi kattaki Taehyung bunaqasini hali ko‘rmagan ham, yemagan ham edi. Uyda tayyorlangan tortlar. Aql bovar qilmas darajada mazali! Taehyung ham hech kimga e’tibor bermay, katta-katta bo‘laklarni paqqos tushira boshladi.

— Yorilib ketmaysanmi?

Yana o‘sha.

Taehyung baribir yangi bo‘lakni og‘ziga olib bordi, faqat yonidagi odamga ko‘z qirini tashlab qo‘ydi. Mayli, qimmatbaho shirinlik isrof bo‘lgandan ko‘ra, o‘sha jirkanch qorin yorilib ketsin!

— Meni kuzatishni bas qil.

— Unday bo‘lsa, karavotga sig‘may qolasan.

— Hechqisi yo‘q, karavotim katta.

— Mening karavotim esa unday emas.

— Buning mening karavotimga nima aloqasi bor?

— Demak, senga polga ko‘rpa to‘shab beraymi?

— Aslida, biz uyga ketamiz.

Jungkook xunukroq kulimsiradi-da, qo‘lini koftasining ichiga tiqib qornini siladi. Taehyung negadir shu oddiy harakatga tikilib qoldi.

— Qiziq, seni kim olib ketadi? Hamma mast.

Rostdan ham, agar hammasi qishloqi aytayotgandek bo‘lsa u holda Taehyung qayerda uxlaydi?

— Hammomga boraman.

— O‘zing bilasan.

Yana bir-birlariga qarab qo‘yishdi. Bugun uni qaysi pashsha chaqqan ekan nega bunaqa bema’ni gaplarni gapiryapti?

Shu payt Chimin ketayotib uning yelkasiga tegdi. U Namjoon bilan birga qayergadir yo‘l olarkan ko‘zlarini katta ochib lablarini cho‘chchaytirdi. Taehyungning qulog‘iga engashib qizg‘in pichirladi

— Mabodo so‘rasang, men hozir shish kabob sixiga o‘zimni o‘tkazib, orgazm sari yo‘l izlayapman. Yo‘qotib qo‘yma!

Taehyung ularning ortidan angrayib qarab qoldi. Hech kim ularga unchalik e’tibor bermadi, Jungkook esa hayratdan qotib qolgan yonidagi odamga ko‘zlarini qisib qaradi.

— «Xotiralar joylari»ni aylanib chiqishadimi?

Taehyung, tabiiyki, bu gapni tushunmadi, peshonasini tirishtirdi. Jungkook esa uyalmay, stol ostida mushtini qisib bir-ikki marta oldinga-orqaga harakatlantirdi.

Nima?..

Taehyung tilidan ayrildi. Jungkookning ishorasini aynan u ko‘zlagan ma’noda tushunib yetdi. Havo dimligidan allaqachon qizarib turgan bo‘lmaganida battar qizarib ketardi.

— Hoy!

Yana uning yelkasiga turtib qo‘ydi.

— Ish shu darajaga borishini bilardim.

Yana ular xuddi shunday mavzularda bemalol gaplasha oladigan yaqin tanishlardek o‘tirishardi.

— Sen Namjoonni yaxshi taniysanmi? U Chiminni masxara qilmayaptimi? Undan nima istayapti?

Jungkook unga bir necha soniya tikilib turdi keyin mensimagandek javob berdi:

— To‘shakka olib kirishni istayapti.

— Shu xolosmi?.. Shunchaki karavotga olib kirish…

«Xuddi sen kabi», deb aytmadi. Ammo Jungkook buni shundoq ham tushundi.

— Do‘stingni o‘ta uyatchan deb aytmagan bo‘lardim.

— Hoy! Uni hukm qilish senga emas. U yaxshi yigit. Shunchaki noto‘g‘ri odamlarni tanlaydi… Namjoon u haqida biror narsa dedimi?..

— Ha, senga endi hamma sirlarimni ochib beraman.

Taehyung ko‘zlarini aylantirib, baland xo‘rsindi. Jungkook bugun kech bo‘yi uning joniga tegdi.

— Hammangiz bir xil…

— Bahsli fikr— deya qayd etdi Jungkook va qo‘lini Taehyungning stuli suyanchig‘iga qo‘ydi.

— Bu komoddan chiqqan yangi moda nima?

U Taehyungning yangi manikyurini, aniqrog‘i nomsiz barmog‘idagi yurakcha konturini payqab qolgan edi. Hatto yaxshiroq ko‘rish uchun uning barmoqlaridan ham ushladi.

Taehyung qo‘lini darhol tortib olib, stol ostiga yashirdi va o‘zini noqulay his qilgancha undan nariroq surildi. Jungkook ikki ma’noli gaplarni qanchalik ko‘p gapirsa va unga tez-tez teginsa, Taehyungga shunchalik og‘ir botardi. Go‘yo ataylab mazax qilayotgandek. Vaholanki uning qitiqlashlarida yomon niyat yo‘q edi.

— Senga nima? Menga yoqadi.

— Men bunga qarshi biror narsa dedimmi?

— Sen men qilayotgan hamma narsani doim masxara qilasan.

Jungkook xiyol jilmayib uning yelkasiga tegdi. Stul suyanchig‘idagi qo‘lini esa hamon olmagan edi.

— Mubolag‘a qilma. Xohlaganingcha bezanaver.

— Ma’qullaganing uchun rahmat— dedi Taehyung kinoya bilan.

— Arzimaydi.

Taehyung undan qo‘l siltab qutuldi. Jungkook chindan ham joniga tegib bo‘lgandi. Gap uning e’tiborini umuman istamasligida emasdi, ammo bu e’tibor do‘stlar qatoridan nariga o‘ta olmaydigan odam uchun hech qanday ma’noga ega emas edi.

U zo‘rg‘a davra tugashini kutdi yarim tun bo‘lib qolgan edi. Taehyung faqat idishlarni olib chiqishga yordam berdi qolganini ertaga o‘zlari yuvishardi. Jungkook esa negadir uxlashga ketmay, kresloga joylashib oldi. Mehmonlar uchun divanni yoyishayotgan edi.

Shu tariqa Taehyung sezdirmay pledni olib tashqariga chiqib ketdida ayvondagi tebranma kresloga o‘tirdi. Tonggacha qayerga borishini, nima qilishini bilmasdi. Hammomda uxlashni unchalik istamasdi Jungkook bilan bir karavotda yotishga esa g‘ururi yo‘l qo‘ymasdi. Qolaversa, yuragi oddiygina og‘riqdan yorilib ketishi mumkin edi.

Bu iblis uni bu yerdan ham topdi. Yonidagi stulga o‘tirib xuddi undan qarzini talab qiladigandek kuzata boshladi.

— Yana nima kerak senga? Bor uxla…

Taehyung u bilan yolg‘iz qolganida xotirjam o‘tira olmasdi. Yana o‘rnidan turdi, qochishga chog‘landi. Endi gaplarni chaynab o‘tirishga ham holi qolmagandi. Hammasi tugadi… Bu ularning so‘nggi uchrashuvi edi.

Ammo Jungkook ham ortidan turdi-da, qat’iy harakat bilan uni bag‘riga tortdi. Uni to‘xtatmoqchimi yoki asta-sekin aqlidan ozayaptimi Taehyung tushunolmadi.

— Bunday qilma… Yo‘qsa noto‘g‘ri tushunib qolaman.

Taehyung undan ajralishga urindi, ammo baquvvat qo‘llar bunga yo‘l qo‘ymadi. Yuragi tobora tezroq urardi. U hech narsani anglay olmayotgan edi.

— Kun bo‘yi senga gapiryapman, gapiryapman, sen esa eshitmayotgandek yuribsan.

— Jungkook… Agar sen… nimanidir istayotgan bo‘lsang… Men senga bunday odam emasligimni tushuntirdim deb o‘ylagandim…

— Yo Xudoyim, Taehyung. Men, albatta, ahmoqman lekin bunchalik emas.

Taehyung tinchlana olmasdi, butun vujudi hayajondan titrardi. Qishloqi yigitning xatti-harakatlari esa bunga aslo yordam bermasdi: u Taehyungning yonoqlariga tegib, bosh barmog‘i bilan terisini siladi. Taehyung nima bo‘layotganini anglab ulgurmay, Jungkook uni belidan tortib, o‘pib qo‘ydi.

Bir, ikki uch soniya…

Bas!

Taehyung bor kuchi bilan uning ko‘ksidan itardi va yuziga tarsaki tushirdi.

Shu bilan butun oqshom barbod bo‘ldi. Bu endi barcha chegaralardan oshib ketish edi!

U hoziroq uyiga ketib qoladi…

— Seni boshqa ko‘rishni istamayman… Menga qanchalik og‘ir bo‘lganini bila turib… Sen esa… Ket.

Jungkook uni tutib olib, ortiqcha gapirmasligi uchun og‘zini qo‘li bilan berkitdi. Albatta, uni shunday kutilmaganda o‘zining bu harakatlari bilan dovdiratib qo‘ygandan keyin, Taehyung yana nimalarni o‘ylashi mumkin edi?

— Senga qanchalik og‘ir bo‘lganini bilaman. Har kecha o‘sha kuni ertalab meni quchoqlaganingni, men esa senga qanday javob qaytarganimni eslayman. Menga baribir deb o‘ylaysanmi? O‘zimdan nafratlanaman. Sen esa mendan qochyapsan, ko‘zimga ham qaramaysan. Men bo‘lsam senga bo‘lgan ehtiyojimni tobora kuchliroq his qilyapman. Buni anglashim uchun vaqt kerak bo‘ldi. Endi nima deyishingdan qat’i nazar seni boshqa qo‘yib yubormayman.

Taehyung unga arvohni ko‘rgandek tikilib qoldi. Go‘yo borliqdan uzilib qolgandi. Hatto Jungkookning gaplarini oxirigacha eshitmagan ham bo‘lishi mumkin quloqlari shang‘illardi. Jungkook jiddiy ko‘rinardi, niyati ham qat’iy edi. U Taehyungni mahkam quchib turar ikkinchi qo‘li bilan shimining orqa cho‘ntagidan nimanidir chiqarardi…

Baxmal qutichani.

Nima?..

— Bilasanmi, men chiroyli gapirishga usta emasman. Lekin senga munosib bir erkak tilaganimda, darrov o‘zimni ahmoqdek his qildim. Go‘yo sen menikimasdek. Seni o‘zimniki emas deb o‘ylashning o‘zi jirkanch.

Qutichaning qopqog‘i ochildi. Uzuk qimmatbaho tosh, Taehyungning yurak xuruji…

— Aytganimdek, qo‘lingdan tutaman, seni uyimga olib boraman va sen o‘sha uyda qolasan… «Bir umrga» degan so‘z seni qo‘rqitadimi? Mayli meni sevishdan to‘xtagan kuning buni yuzimga aytasan keyin hammasini xotirjam muhokama qilamiz. Ammo bu sodir bo‘lmaguncha, sen mening turmush o‘rtog‘im bo‘lasan. Mening uyim sening qal’ang. Bu yerda hech kim seni ranjitmaydi.

Taehyung uzukni olmadi. Indamay ko‘z yosh to‘ka boshladi. Ko‘zlari katta-katta ochilgan ishonmasdi. Butun badanini chumoli o‘rmalagandek jimirlash bosdi. U Jungkookning quchog‘idan chiqib oldi…

— Yo‘q.

…faqat qochib ketish uchun.

Jungkook unga hatto bir qadam ham tashlashga imkon bermadi. Belidan tutib, yana o‘ziga tortdi. U bunday munosabat bo‘lishini oldindan kutgan edi.

— Nimalar deyapsan o‘zi?! Qanaqa oila?! Sanbom ulg‘ayganda unga nima deymiz?! Boshqa bolalarga-chi?! Oilangning obro‘siga putur yetkazmoqchimisan?! Odamlar sizlar haqida nima deyishadi?! Men geyman senga esa xotin kerak hayotingni barbod qilish emas!

Taehyung yig‘lab yubordi albatta ko‘z yoshlarsiz bo‘larmidi! His-tuyg‘ulari haddan oshib ketgandi. Hatto eng jasur xayollarida ham kimdir unga turmush qurishni taklif qilishini tasavvur qilmagan edi.

Jungkook esa uning barmoqlarini tutib qarshiligiga qaramay uzukni taqdi. Uni bir lahza ham qo‘yib yubormadi. Hech ikkilanmadi.

Tamom. Hammasi rost edi endi ortga yo‘l yo‘q.

U endi o‘sha xatoni boshqa takrorlamaydi.

— Asabiylashma. Hamma hammasini allaqachon biladi. Bolalar mehr-muhabbat ichida ulg‘ayishadi ularga nima yaxshiyu nima yomonligini tushuntirishadi. Qanaqa, kechir-u, barbod bo‘lgan hayot haqida gapiryapsan? Kim nima deyishi menga baribir.

— Yo‘q!

— Ha ha Taehyung. Baribir mendan qochib qutulolmaysan. Senga shahar kerak emas. O‘z hayoting bilan nima qilishni bilmayapsan. Men esa bilaman.

— Yo‘q! Men oilangni barbod qilaman! Hammasini buzaman! Oilang bunday narsaga loyiq emas!

Jungkook uning gapidan norozi bo‘lib tilini taqillatdi.

— Otam sening bobong bizni tanishtirishni taklif qilganida mamnuniyat bilan bosh irg‘agan. Onam haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi. Bema’ni narsalarni o‘ylab topma.

— Sendan nafratlanishadi! Ustimdan kulishadi!

— Menga mutlaqo baribir.

— Nima deyayotganingni tushunmayapsan! Buning oqibatlarini tasavvur ham qilmayapsan!

— Nima, aqldan ozdingmi Taehyung? Men bir marta beriladigan hayotimni birovning ko‘rsatmasi bilan yashashim kerakmi? Kimdir… qandaydir begona fikri tor odamlar meni qoralashi mumkinligi uchun o‘zimni baxtdan mahrum qilishim kerakmi? Nima, sen qandaydir ajinapoyasanmi? Qishloqdagi eng chiroyli yigitsan. Mayli Sanbomdan keyin.

Jungkook jilmaydi. Taehyung ham biroz yumshadi, ammo shubhalar uni hamon qiynardi. Bugun sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi narsa turmush qurish taklifi edi.

— Meni chiroyli deb hisoblaysanmi?..

— Uzukni nima maqsadda berayotganimni ham so‘rab ko‘r.

— Men pol yuvolmayman…

— Yomon emas eplaysan.

— Ovqat pishirishni bilmayman…

— O‘rgataman.

— Bunaqa erta turolmayman…

— Ko‘nikasan.

— Bog‘-rog‘ ishlarini umuman bilmayman…

— Hech gap emas.

— Senga farzand tug‘ib bera olmayman!

— Uyimizda har yoshdagi bola to‘lib yotibdiku. O‘g‘lim ham bor.

— Men ahmoqman! Bilimsizman! Ishsizman! Senga munosib bo‘la oladigan eng yomon nomzodman!

— Men ishlayman senga nima kerak? Sening ma’lumoting menga nima uchun kerak? Men seni ishga emas turmush o‘rtog‘im bo‘lishga tanlayapman.

— Men…

— Qani, qani, yana nima o‘ylab topasan?

Taehyung uning quchog‘idan chiqishga biroz urinib ko‘rdi, ammo endi unchalik ham jon-jahdi bilan harakat qilmayotgandi. U butunlay dovdirab qolgandi.

— Biz rasman nikohdan o‘ta olmaymiz…

— Voy, jin ursin, naqadar dahshatli fojia! Yana nima kam?

— Ota-onam shaharda, sen esa menga hech qayerga borish mumkin emas deding…

— Men seni zanjirga bog‘lab qo‘ymoqchi emasman. Shaharga borishing kerak bo‘lsa, borasan.

— Yaxshilab o‘ylamading… Hamma tomonini hisobga olmading…

— Dalillaring tugadi. Yana nimani rad etishim kerak?

— Sen qattiqqo‘l qo‘polsan va hamma narsa faqat sen aytgandek bo‘lishi kerak. Men bunday yashashni istamayman.

— Murosaga kelamiz.

— Jungkook…

Jungkook uning kaftini ko‘tardi-da, barmoqlariga lablarini tekkizdi. Hatto nafas olishga ham qo‘rqasan rozilik berish u yoqda tursin. Bu shunchaki telbalik…

— Sentyabr oxirigacha ota-onangni chaqiramiz. Hamma oldida uzuk almashamiz. Endi sendan rozilik so‘ramayman lekin baribir hech bo‘lmasa boshingni qimirlatib qo‘yishingni kutyapman. Taehyung.

Butun hayoti ko‘z oldidan kinolentadek o‘tdi. Mana u endigina qishloqqa kelgan paytlar… Bu yerda hech narsa unga yoqmasdi buning ustiga Chonlarning kenjasi ham olovga moy separdi. Unga dardidan forig‘ bo‘lish yangi tanishlar orttirish, yangi mashg‘ulotlar topish va qaytadan yashashni o‘rganish kerak edi. Bu oson bo‘lmadi. O‘zini poklash uchun ko‘p narsalarni qayta anglash kerak ekan. Oxir-oqibat, o‘zini tushunish hayotdan nimani istashini qayerga borishini nimalarni orzu qilishini bilish. Balki u o‘ylaganidan ham teranroq insondir, atrofidagi dunyo esa avvalgidan ko‘ra ancha qiziqarliroqdir.

Keyin esa tasodif taqozosi bilan ajoyib o‘rmonga tushib qoldi va u yerda eng jizzaki shu bilan birga eng maftunkor qo‘pol insonga oshiq bo‘ldi. Uning deb ham ozmuncha ko‘z yoshi to‘kmadi.

Xo‘sh endi nima bo‘ladi?

U yangi kuzni va yangi hayotni qayerda kutib oladi?

Inson faqat bir marta sevib qoladimi keyin esa faqat o‘sha insonga o‘xshashlarni izlaydimi?

Bu chin muhabbatmi?

Bunday jiddiy qadamga arziydimi?

Agar bularning javobini bilganida, allaqachon aytgan bo‘lardi. Ammo hamma narsani bilish borasida ularning orasida Jungkook ustun edi. U esa hammasi yaxshi bo‘lishiga ishontirardi. Biri avvalgisiga ikkinchisi esa sobiq sevgilisiga o‘xshamaydi kimdadir nimadir yetishmasa, ikkinchisi uni to‘ldiradi. Umuman olganda hammasi unchalik yomon emas. Hatto yaxshi. Balki haddan tashqari yaxshi.

Xo‘sh, rozi bo‘lsinmi yoki yo‘q? Albatta qochib ketishi mumkin, lekin Leshiy baribir quvib yetadi. Keyin yana yuzta sabab topishga to‘g‘ri keladi, ammo u hali bittasini ham o‘ylab topgani yo‘q. Demak, hali birorta sabab topmagan ekan…

Hozircha javobini ham bilmaydi…

Mayli, mayli! Aslida uning shunchaki Jungkookning asablarini o‘ynatgisi kelyapti. Iblis ham biroz asabiylashsin. Kutish nimaligini his qilib ko‘rsin!

Taehyung uning ko‘zlariga tikildi va bir narsani aniq angladi: ha, folbin rostdan ham adashmagan ekan bu Qirol. Bu yerda esa qal’a bor. Tez orada uning qo‘llarida ikkita uzuk bo‘ladi. Keyingi taqdir qanday kechadi? Buni hech kim bilmaydi. Ammo boshqa barcha shubhayu yashirin qo‘rquvlar orasida Taehyung faqat bir narsaga ishonch bilan amin bo‘lishi mumkin edi uning kuyovi

𝑿𝒂𝒓𝒐𝒃𝒂𝒅𝒂𝒏 𝑪𝒉𝒊𝒒𝒒𝒂𝒏 𝑲𝒊𝒚𝒐𝒗

Va u unga: «Ha!» deb javob beradi!