October 6, 2020

Biznes va shaxsiy hayotda qarorlar qabul qilishda qiynalyapsizmi?

Yaqin 6 oy ichida kanalimizda yangidan yangi loyihalarni boshlab ko‘rmoqdamiz. Bularga misol qilib "Tadbirkor yo‘li" mentorlik sessiyasi audio va video formatda, karantin vaqtida hamfikr insonlar hamjamiyatini shakllantirish va yoshlarni o‘z biznesini ochishga yordam berish maqsadida tizimlashtirilgan onlayn o‘quv dasturlari va biznes nonushtalarni aytishimiz mumkin.

Oxirgi sinov uchun o‘tkazgan loyihamiz onlayn mentorlik sessiyasi kutganimizdan ko‘ra yuqori natijalar olib keldi. Bilim olishga qiziqqan va o‘z ustida ishlovchi insonlar hamjamiyati shakllantirgan volontyorlar jamoasiga rahmat aytib qolaman. Dastlab bu loyiha taklifini berishganida onlayn o‘qishga bo‘lgan talab bunchalik yuqori deb o‘ylamagan edim. 10 kishiga mo‘ljallangan birinchi guruhga 20 dan ortiq yoshlarni yozilgani va eng qizig‘i dunyoning turli davlatlaridan qatnashishlari (AQSH,Turkiya,Janubiy Koreya va boshqa davlatlardan) ochig‘i meni quvontirdi.

Mana shunday yana bir yopiq formatdagi samimiy muhitga talab borligini inobatga olib, volontyorlar jamoamiz yangi loyihani sinov tarzida o‘tkazishni taklif qilmoqda.

Shaxsiy hayotda rivojlanishni istagan insonlar, biznes egalari va top menejerlar uchun o‘z tajribangizni yopiq formatda ulashish bo‘yicha murojaatlar kelayotganini aytishdi.

(Volontyorlar jamoasi )

Biznesda yoki shaxsiy hayotda qarorlar qabul qilish uchun YouTube kanalimizdagi umumiy suhbatlarimiz yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Shaxsiy hayotda yangi marralarga erishish va biznes kompaniyangizni muhiti, bilim madaniyati, o‘zgarishlarga tayyorligi va bozorda yetakchi bo‘lishi sizning ishtiyoqingizga bog‘liq.

Shaxsiy hayotda rivojlanishni istagan insonlar va biznes egalari va top menejerlar uchun yopiq formatdagi yangi loyiha. PERSONAL MENTORING loyihasi.

PERSONAL MENTORING qanday bo'lib o'tadi?

Personal Mentoring loyihasi ustozimiz asosiy biznesi va loyihalarimizga xalaqit qilmagan holda bo'lib o'tkanligi uchun bir oyda bir marotaba tashkil qilinadi.

1-bosqich : Ariza yuborish bosqichi.

Bizning aloqa manzilimizga berilgan ketma-ketlik asosida o'zingiz va faoliyatingiz haqida ma'lumot qoldirasiz. Murojaatni ko'rib chiqib, siz bilan bog'lanamiz.

2-bosqich: Suhbat vaqtini to'g'rilash.

Hozirda yuzma-yuz ko‘rishishdan ko‘ra online zoom format qulay bo‘layotgani va Toshkent shahrida bo‘lmagan insonlar uchun bog‘lanish imkoni zoom orqali juda qulayligi uchun barchasi internet orqali bo‘lib o‘tadi. Sifatli va qulay tarzda.

3-bosqich: ZOOM suhbat .

Suhbat zoom orqali bo'lib o'tadi va davomiyligi 1-1:30 minut davom etadi.

4-Bosqich: Topshiriqlar berish va yakunlash.

Suhbatdagi berilgan bilimlarni va vazifalarni qayta ko'rish uchun video suhbatni yozib olingan variantini o'zingizga taqdim qilinadi. Mavzudan kelib chiqib sizga keyingi mentorlik bo'lgunigacha topshiriqlar beriladi.

Qanday qatnashish mumkin?

Personal Mentoring xizmati yopiq birga-bir formatda bo'lib o'tadi.

TARIF 1: Bir marotaba qatnashish to'lovi : 2.000.000 so'm.

TARIF 2: 3 oyga (3 marotaba bo'ladi) birdaniga to'lov qilish va avvaldan joyni band qilib qo'yish: 5.000.000 so'm.

Eslatma : Ushbu to'lov ichiga 3 oy davomida oyda bir marota bo'ladigan mentorshipni oldindan band qilish. Mentorlikni sistemali tarzda o'rganib borishga erishasiz.

Ushbu loyihadan kelgan barcha mablag' loyiha ortida ish olib borayotgan volontyorlar uchun sarf etiladi. Yangi loyihalar yaratilishiga o'z xissangizni qo'shasiz.

Mentorlik loyihamizga qatnashish soni chegaralangani uchun ro'yhatdan o'tishingiz kerak. O'zingiz haqingizda bizning aloqa manzilimizga ma'lumot qoldiring.

Bizning aloqa manzilimiz : http://t.me/Mentorshipuz_bot

Qo'shimcha ma'lumotlarni +998913252120 raqimidan olishingiz mumkin.

Shaxsiy hayotda rivojlanishni istagan insonlar , biznes egalari va top menejerlar uchun yopiq formatdagi yangi loyiha. PERSONAL MENTORING loyihasi.