O‘zbek-Xitoy savdo uyiga asos solganimizdan, yaʼni 2006 yildan beri viloyatlarimizni bir necha marta aylanib chiqqanman. Har bir viloyatda bir necha martalab bo‘lib, har gal yangi tajriba va taassurotlar bilan qaytganim esimda. Ammo, umuman qaraganda, butun respublika bo‘ylab 15 yildan beri ishlaydigan va 100 mln dollardan ko‘p uskuna va texnologiyalar olib kelgan tashkilot rahbari sifatida, to‘g‘risini aytishim kerak hududlarda kam bo‘lganman va buni to‘g‘irlashni keskin qaror qildim.
Yaqin 6 oy ichida kanalimizda yangidan yangi loyihalarni boshlab ko‘rmoqdamiz. Bularga misol qilib "Tadbirkor yo‘li" mentorlik sessiyasi audio va video formatda, karantin vaqtida hamfikr insonlar hamjamiyatini shakllantirish va yoshlarni o‘z biznesini ochishga yordam berish maqsadida tizimlashtirilgan onlayn o‘quv dasturlari va biznes nonushtalarni aytishimiz mumkin.