September 29, 2020

Bo'sh vakantlar.

Volontyorlik dasturi maqsadi :

Izlanuvchan yoshlarning rivojlanishi va o‘z tajribalarini oshirishi uchun muhit yaratish;

Hikmat Abdurahmanovni shaxsiy va biznes brendlarini tanitish va kuchaytirish;

Biznes va shaxsiy rivojlanishga qiziquvchi yoshlar uchun Hikmat Abdurahmanovning bilim va tajribalarini ulashishda ko‘maklashish.

Volontyorlik dasturining umumiy vazifalari :

Hikmat Abdurahmanovning Telegram, YouTube, Facebook va Instagram kanallarini yuritishda o‘z ko‘nikmalari asosida hissa qo‘shish.

Volontyorlik dasturida qatnashish shartlari :

>  Eng kamida 2 oy faol qatnashish;

>  Aktiv qatnashgan volontyorlarni sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlash;

>  Berilgan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida bajarish;

>  Turli xil yangi g‘oyalar berish;

>  Agar vazifalarni bajarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda jamoani ogohlantirish;

Topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan ishtirokchilarni dasturdan ogohlantirish asosida chetlatish;

Volontyorlik dasturida qatnashish tartibi:

Ushbu dasturni muvaffaqiyatli tamomlash uchun eng kamida quyidagi ishlarni bajarish talab etiladi:

- Har bir yo‘nalish bo‘yicha 100 ball to‘plash;

- Har bir yo‘nalish ishtirokchilari berilgan vazifalarni o‘z vaqtida topshirish;

- Ushbu dastur davomida kamida 1 ta kitob o‘qib, 10 minutlik audio yoki video shaklida jamoa bilan kitobdan olgan fikrlarini o‘rtoqlashish;

- Barcha ishtirokchilar o‘z tajribalarini jamoa bilan ulashish.

  1. Videomontaj bo’yicha volontyo’r (2 kishi).

  Dasturda oladigan bilim va tajribalar: Blog sohasida videomontaj bo'yicha ko'nikma va youtube bo'yicha tizimlashgan bloggerlik kursi bepul qo'lga kiritish.

  Vazifasi: Youtubedagi videolardan qisqa videolar yaratish. Dizayner va copywriter bilan birgalikda ishlaydi.

Texnik talab etiladi: Kompyuter va internetdan erkin foydalanish .

  Dasturni muvaffaqiyatli yakunlash uchun kerak bo’lgan ball: 100 ball.

  Har bir video uchun 4 balldan beriladi.

  Talab etiladigan bilim : Boshlang’ich . (Qolgan bilimlar dasturga kirayotganda o’rgatiladi.)

  Dasturda qatnashish vaqti : Eng kami 2 oy.

  Eslatma: Ushbu dasturga qatnashish uchun kompyuter va internetdan bemalol foydalanishi kerak. Chunki videomontaj uchun ko’proq internet va kompyuter talab etiladi.

  1. Youtube dizaynerlik bo’yicha volontyo’r (2 kishi).

Dasturda oladigan bilim va tajribalar: Blog sohasida Videomontaj va youtube bo'yicha tizimlashgan bloggerlik kursi bepul qo'lga kiritish.

  Vazifasi: Youtubedagi videolarga thumbnail (oblojka ) yaratish. Videomontajchi va copywriter bilan birgalikda ishlaydi.

  Texnik talab etiladi: Kompyuter va internetdan erkin foydalanish .

  Dasturni muvaffaqiyatli yakunlash uchun kerak bo’lgan ball: 100 ball.

  Har bir rasm uchun 4 balldan beriladi.

  Talab etiladigan bilim : Boshlang’ich photoshop bo’yicha ko’nikma. (Qolgan bilimlar dasturga kirayotganda o’rgatiladi.)

  Dasturda qatnashish vaqti : Eng kami 2 oy.

  Eslatma: Ushbu dasturga qatnashish uchun photoshop va dizayn sohasiga qiziqishi bo’lishi kerak.

  1. Tezkor qisqa videolar yaratish uchun (1 kishi).

Dasturda oladigan bilim va tajribalar: Blog sohasida Videomontaj va youtube bo'yicha tizimlashgan bloggerlik kursi bepul qo'lga kiritish.

  Vazifasi: Umumiy videolardan eng qiziq bo’lgan joyidan 1 minutdan qisqa videolar yaratish.

  Texnik talab etiladi: Internetdan erkin foydalanish . Telefon yoki kompyuter bo’lishi kerak. Kompyuter bo’lsa ishlash qulay. Telefonda ham qilsa bo'ladi.

  Dasturni muvaffaqiyatli yakunlash uchun kerak bo’lgan ball: 100 ball.

  Har bir qisqa video uchun 3 balldan beriladi.

  Talab etiladigan bilim : Videolarni tahrir etish bo’yicha tushuncha bo’lsa va yaratuvchanlik bo'lsa yetarli.Dasturga kirayotganda o’rgatiladi.

  Qancha vaqt ajratish kerak: Dam olish kunlari yangi haftani kontentini loyiha manageriga berib qo’yishi va hafta davomida jamoa bilan ishlab borishi kerak.

  Dasturda qatnashish vaqti : Eng kami 2 oy.

  Eslatma: Ushbu dasturga qatnashish uchun internetdan erkin foydalanishi va izlanuvchan kreativlik talab etiladi.

1. Kontent bo'yicha Project manager.

Dasturda oladigan bilim va tajriba : Loyihalarni boshqarish va jamoada ish tashkillash ko‘nikmasini egallaydi.

Vazifasi: Kanalga joylanib boriladigan maʼlumotlarni joylanishini nazorat qiladi. Kontent tayyorlab beradigan volontyorlarni nazoratini qilib boradi. Kontentni berilgan ketma-ketlik asosida oldindan terib chiqadi.

Talab etiladi: Internetdan erkin foydalanish . SMM bo‘yicha boshlang‘ich tushuncha. Jamoaviy ishlash bo‘yicha ko‘nikma. Ishga bo‘lgan Masʼuliyat.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlash uchun kerak bo‘lgan ball: 100 ball.

Har bir oy uchun 30 balldan beriladi.

Talab etiladigan bilim : Jamoani boshqarish va ishga Masʼuliyat. Dasturga kirayotganda yo‘nalish beriladi.

Dasturda qatnashish vaqti : Eng kami 3 oy.

Qancha vaqt ajratish kerak: Dam olish kunlari yangi haftani kontentini terib qo‘yishi va hafta davomida jamoa bilan ishlab borishi kerak.Bir haftada 5 soat minimum vaqt ajratishi kerak.

Eslatma: Ushbu dasturga qatnashish uchun kamida 3 oy bo‘lishi kerak. Yoki 3 oylik ishni avvaldan bajarish kerak. Yangi volontyor olishga 3 oy ehtiyoj bo‘lmaslik kerak. Masʼuliyat birinchi o‘rinda.

  1. Matn yozuvchi (2 kishi).

Dasturda oladigan bilim va tajriba : Jamoaviy ishlashni o‘rganish va telegramda blog yuritishni o‘rganish bo‘yicha tizimli kurs.

Vazifasi: Kanalga joylanib boriladigan maʼlumotlarni joylanishini nazorat qilish va matnli maqola yozish. Kichik jamoa bilan muloqotda bo‘lishi. Kontentni berilgan ketma-ketlik asosida tayyorlab chiqilishi.

Talab etiladi: Internetdan erkin foydalanish . SMM bo‘yicha boshlang‘ich tushuncha. Jamoaviy ishlash bo‘yicha ko‘nikma. Ishga bo‘lgan Masʼuliyat.

Dasturni muvaffaqiyatli yakunlash uchun kerak bo‘lgan ball: 100 ball.

Har bir oy uchun 30 balldan beriladi.

Talab etiladigan bilim : Jamoani boshqarish va ishga Masʼuliyat. Dasturga kirayotganda yo‘nalish beriladi.

Dasturda qatnashish vaqti : Eng kami 2 oy.

Qancha vaqt ajratish kerak: Dam olish kunlari yangi haftani kontentini tayyorlab berishi va hafta davomida jamoa bilan ishlab borishi kerak. Bir haftada 3-5 soat minimum vaqt ajratishi kerak.

Eslatma: Ushbu dasturga qatnashish uchun kamida 3 oy bo‘lishi kerak. Yoki 3 oylik ishni avvaldan bajarish kerak. Yangi volontyor olishga 3 oy ehtiyoj bo‘lmaslik kerak. Masʼuliyat birinchi o‘rinda.

Murojat uchun aloqa : t.me/Nuriddin_GO ga bog'laning yoki kommentariyada o'z aloqa @ ni qoldiring.